Javob: u = 192 m/s.
1.9 – masala. Aktiv turdagi pog‘onada bug‘ boshlang‘ich bosimi p0 = 2,8 MPa va harorati t0 = 380 °S dan p1 = 1,6 MPa gacha kengaymoqda. Agar soploning tezlik koeffitsiyenti = 0,96 ga, pog’onaning o’rtacha diametri d = 1 m ga va turbina valining aylanishlar chastotasi n = 50 ayl/s ga teng bo‘lsa, soplo kanalidan oqib chiqayotgan bug‘ning haqiqiy tezligini va kuraklar o’rtasidagi aylanma tezlikni aniqlang.
Javob: c1 = 532 m/s; u = 157 m/s.
1.10 – masala. Reaktiv turdagi pog‘onada bug‘ boshlang‘ich bosimi p0 = 3,0 MPa va harorati t0 = 390 °S dan p2 = 1,7 MPa gacha kengaymoqda. Agar soploning tezlik koeffitsiyenti = 0,965 ga, pog’onaning reaktivlik darajasi = 0,5 ga va kuraklar o’rtasidagi aylanma tezlikning soplo kanalidan oqib chiqayotgan bug‘ning haqiqiy tezligiga nisbati u/c1 = 0,45 ga teng bo‘lsa, soplo kanalidan oqib chiqayotgan bug‘ning haqiqiy tezligini va kuraklar o’rtasidagi aylanma tezlikni aniqlang.
Javob: c1 = 371 m/s; u = 167 m/s.
1.11 – masala. Aktiv turdagi pog‘onada bug‘ boshlang‘ich bosimi p0 = 3,0 MPa va harorati t0 = 450 °S dan p1 = 1,6 MPa gacha kengaymoqda. Agar soploning tezlik koeffitsiyenti = 0,96 ga, disk yassiligiga nisbatan soploning qiyalik burchagi 1 = 16°, pog’onaning o’rtacha diametri d = 0,9 m, turbina valining aylanishlar chastotasi n = 3000 ayl/min, soplo kanallari oldidagi bug’ning boshlang’ich tezligi c0 = 150 m/s ga va pog’onaning reaktivlik darajasi = 0,12 ga teng bo‘lsa, soplo kanalidan oqib chiqayotgan bug‘ning haqiqiy tezligini, kuraklar o’rtasidagi aylanma tezlikni va bug’ning ishchi kuragiga kirishdagi nisbiy tezligini aniqlang.
Yechish: iS – diagrammadan bug‘ning boshlang‘ich parametrlaridagi entalpiyasi i0 va adiabatik kengayishdan keyingi i1 entalpiyalarini topamiz (1.2 – rasm). Bug‘ning berilgan boshlang‘ich p0 va t0 parametrlaridagi entalpiyasi i0 = 3350 kJ/kg ga, bug’ning p1 = 1,6 MPa gacha kengayishidan keyingi entalpiyasi i1 esa i1 = 3150 kJ/kg ga teng.
1.2 – rasm.
Соплодан чиқишдаги буғнинг ҳақиқий тезлигини (1.1) формуладан топамиз:
Kuraklar o’rtasidagi aylanma tezlikni (1.4) formuladan topamiz:
Bug’ning ishchi kuragiga kirishdagi nisbiy tezligini (1.5) formuladan aniqlaymiz:
1.12 – masala. Reaktiv turdagi pog‘onada bug‘ boshlang‘ich bosimi p0 = 1,6 MPa va harorati t0 = 300 °S dan p2 = 1,0 MPa gacha kengaymoqda. Agar soploning tezlik koeffitsiyenti = 0,94 ga, disk yassiligiga nisbatan soploning qiyalik burchagi 1 = 18°, pog’onaning o’rtacha diametri d = 0,95 m, turbina valining aylanishlar chastotasi n = 3600 ayl/min ga va pog’onaning reaktivlik darajasi = 0,5 ga teng bo‘lsa, soplo kanalidan oqib o’tayotgan bug‘ning haqiqiy tezligini, kuraklar o’rtasidagi aylanma tezlikni va bug’ning ishchi kuragiga kirishdagi nisbiy tezligini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |