biologik faol moddalar
saqlaydi. Biologik faol moddalar o’simliklarning hamma
organlarida bir xil miqdorda to’planmaydi. Ba’zi o’simliklarda yer ostki organlarida,
ba’zilarida yer ustki qismida to’planadi.
Hozirgi paytda shifobaxsh o’simliklardan tayyorlangan dori-darmonlar keng
miqyosda qo’llanilib kelinmoqda. Ruhiy xastaliklarni davolashda dorivor
o’simliklarning 18 turidan, saratonni davolashda 7 turidan, qandli diabetda 24
turidan, ateroskleroz, yurak-qon tomirlari sklerozida 25 turidan, oshqozon
xastaliklarida 10 turidan, qon bosimi xastaliklarida 22 turidan keng
foydalanilmokda. Bundan tashqari, kashandalik va alkogolizmning oldini olishda,
qondagi xolesterinni muvofiqlashtirib turishda ham shifobaxsh giyohlardan
tayyorlangan dori-darmonlar yordam bermoqda.
15
Meva, sabzavot-poliz va ziravor o’simliklar kishi organizmini vitaminlar,
uglevodlar, organik kislotalar, mineral tuzlar va boshqa muhim biologik faol
moddalar bilan tahminlashda asosiy, bahzan yagona manba. Sabzavot, mevalar,
ayniqsa ziravor o’simliklar mehda shirasining ajralishini kuchaytiradi, ishtaha
ochadi va ovqat hazm bo’lishini yaxshilaydi. Natijada organizmdagi modda
almashinuviga katta ta’sir ko’rsatadi. Lekin bundan xulosa qilib, faqat o’simlik
mahsulotlari bilan ovqatlanib kun ko’rish mumkin, degan xulosaga kelinsa to’g’ri
bo’lmaydi. Sababi o’simlik mahsuloti qanchalik foydali bo’lmasin, ularni
ko’pchiligini tarkibida oqsil va moy kam saqlangani uchun birgina o’simliklarning
o’zi inson organizmini yuqori sifatli, kerakli ovqat moddasi bilan tahminlay
olmaydi. Faqat o’simlik va hayvonlar mahsulotlarining kerakli miqdordagi
aralashmasidan tashkil topgan ovqat ancha foydali bo’lib, insonni sog’lom bo’lib
o’sishini tahminlay oladi.
Foydali o’simliklarning asosiy ahamiyati kasallikni davolash emas. Ular
birinchi galda inson va hayvon organizmiga faqat o’simlik mahsuloti bilan kiradigan
biologik
faol
moddalar
(vitaminlar,
organik kislotalar
va
boshqalar)
yetishmasligidan kelib chiqadigan kasalliklarni oldini olishda katta ahmiyatga
egadirlar. Bu moddalar yuqorida aytilganidek organizmga ovqat bilan birga kirib,
ba’zi jarayonlarni kuchaytiradi, modda almashinuviga kuchli ta’sir ko’rsatadi.
Boshqacha qilib aytganda tirik organizmga turli biologik ta’sir ko’rsatadi.
Tarkibida organik (olma, limon va boshqalar) kislotalar (bahzan ko’p
miqdorda) bo’lgani uchun sabzavot, meva va ziravor o’simliklar mehda shirasini
ajralishini kuchaytiradi, ishtaha ochadi va ovqat hazm bo’lishini yaxshilaydi. Ba’zi
sabzavot va mevalarda kaliy tuzlarini ko’p bo’lgani sababli ular yurak kasalliklarida
foydali bo’lib, istisqo, yurak va buyrak faoliyatini susayganida, buyrak-tosh va
siydik yo’llarini boshqa kasalliklarida organizmda yig’ilib qolgan ortiqcha
suyuqlikni chiqib ketishiga ko’maklashadi. Ayni vaqtda gipertoniya kasalligida ham
foydali. Ularni tarkibida osh tuzi juda kam bo’ladi. SHuning uchun gipertoniya
kasalligida sabzavot va quritilmagan mevalarni ko’p iste’mol qilish yaxshi.
Ateroskleroz kasalligini kelib chiqish sabablaridan biri xolesterinni
organizmdagi almashinuvini buzilishi va uni qon tomirlarining devorlarida o’tirib
qolishi. Vitamin C xolesterinni qondagi miqdorini kamaytirishda va ateroskleroz
kasalligini taraqqiy qilishini to’xtatishda ma’lum ahamiyatga ega. SHuning uchun
bu kasallikni oldini olishda vitamin C ga boy bo’lgan sabzavot va mevalarni iste’mol
qilish ko’p foyda keltiradi.
Demak sabzavot, mevalar va ziravorlar juda foydali ekan. Lekin doimo
shunday emas. Ular mehda shirasini ajralishini ko’paytiradi. SHuning uchun
pishirilmagan sabzavotlarni, ko’pchilik meva va ziravor o’simliklarni, ayniqsa
nordon va achchiq meva va o’simliklarni mehda-o’n ikki barmoq ichak yara hamda
mehda shirasida kislotalikni ko’payishi bilan o’tadigan gastrit kasalliklarini
kuchaygan vaqtida iste’mol qilish to’g’ri kelmaydi. Nordon mevalar, achchiq
16
ziravorlarni yana jigar, o’t qo’i va buyrak kasalliklarida ham iste’mol qilib
bo’lmaydi. Aks holda kasallik kuchayadi, og’riq zo’rayadi va bemorni ahvoli
og’irlashadi. Bunday misollarni ko’p keltirish mumkin.
O’zbekiston foydali o’simliklari fanining o’z oldiga qo’ygan asosiy maqsadi
quyidagilardan iborat:
Xalq xo’jaligining turli sohalarida qo’llaniladigan foydali o’simliklar
turlarini o’rganish.
Tabiiy sharoitda yo’qolib ketish xavfi bo’lgan va kamayib ketayotgan
noyob o’simliklarni muhofaza qilish.
Respublikamizda yovvoyi holda o’sadigan o’simliklardan oqilona
foydalanish.
Foydali o’simliklar xazinasini boyitish maqsadida yangi o’simlik
turlarini izlab topish va ulardan samarali foydalanish.
O’zbekiston foydali o’simliklari fani o’z oldiga qo’ygan maqsadni amalga
oshirish uchun quyidagi vazifalarni belgilab oladi:
1.
Xalq xo’jaligining turli sohalarida qo’llaniladigan foydali o’simliklar
turlari o’rganiladi.
2.
Foydali o’simliklar turlarini asrab qolish va sug’oriladigan yerlarda
o’stirish tadbirlari ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
3.
Foydali o’simliklarning tabiiy maydonlarini izlab topish, zahirasini
aniqlash, ularni yig’ish, quritish, saqlash va transportda jo’natish tadbirlari ishlab
chiqiladi.
4.
O’simliklarni madaniylashtirish va iqlimlashtirish ishlari tashkil
qilinadi va amalga oshiriladi.
O’zbekiston foydali o’simliklarini foydali xususiyatlari va ishlatilishiga ko’ra
quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1.Oziq-ovqat o’simliklari; 2.Sabzavot-poliz
o’simliklari; 3.Ziravor o’simliklar; 4.Dorivor o’simliklar; 5.Vitaminli o’simliklar; 6.
Saponinli o’simliklar; 7.Manzarali o’simliklar; 8.Narkotik o’simliklar; 9.Asal
beruvchi o’simliklar; 10.Bo’yoq beruvchi o’simliklar; 11.Efir moyli o’simliklar;
12.Tolali o’simliklar; 13.Oshlovchi moddali o’simliklar; 14.Moyli o’simliklar;
15.Em-xashak o’simliklari; 16.Madaniy o’simliklar; 17.Zaharli o’simliklar va b.
O’zbekiston foydali o’simliklari fani ham barcha sohalarda bo’lganidek,
boshqa fanlarning yutuqlariga tayanmasdan turib, o’zi mustaqil ravishda rivojlana
olmaydi. O’z navbatida O’zbekiston foydali o’simliklari fani ham
o’simlikshunoslik, botanika, farmokognoziya, agrokimyo, tuproqshunoslik,
o’simliklar fiziologiyasi, o’simliklar biokimyosi, o’simliklar biotexnologiyasi,
kimyo, fizika va boshqa fanlarning yutuqlariga tayangan holdagina o’z oldiga
qo’ygan maqsadlarga erisha oladi.
O’zbekiston foydali o’simliklari fanining biologiya yo’nalishi talabalariga
o’qitiladigan barcha fanlar bilan bog’liqligi katta. O’simliklar dunyosini bilish va
yaxshi o’rganishda ayniqsa kimyoviy-biologik fanlarni chuqur o’zlashtirishning
ahamiyati katta.
17
Biologiya yo’nalishining birinchi va ikkinchi kurslarida o’tiladigan botanika
(o’simliklar anatomiyasi va mofologiyasi, o’simliklar sistematikasi), kimyo
(ayniqsa organik va analitik kimyo), ekologiya va tabiatni muhofaza qilish va
boshqa fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari, chet tili)
O’zbekiston foydali o’simliklari fanini o’qitishga asos bo’lsa, O’zbekiston foydali
o’simliklari fanining o’zi eng muhim va qimmatbaho hisoblangan, xalq
xo’jaligining turli sohalarida ishlatiladigan o’simliklar va ulardan foydalanish
usullari, o’simliklarni sug’oriladigan yerlarda o’stirish texnologiyasi to’g’risida
batafsil ma’lumot beradi.
Talabalar botanika fani orqali o’simliklarning anatomik tuzilishi va
morfologik belgilarini o’rganadilar, ularning sistematik guruhlarini, tabiiy tarqalish
maydonlarini bilib oladilar. Kimyo fanidan o’simliklarning kimyoviy tarkibi va
kimyoviy tasnifini o’rganadilar. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanini o’qish
jarayonida o’simliklarni ekologiyasi, o’simliklarni muhofaza qilish, ulardan oqilona
foydalanish, muhofazaga muhtoj turlar haqida o’rganadilar.
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’zlashtirish orqali dunyo
florasiga oid turlar bilan internet ma’lumotlari orqali tanishishlari mumkin, chet
tilini mukammal o’rganish orqali talabalar boshqa chet mamlakatlar florasiga
mansub bo’lgan qimmatbaho o’simlik turlari haqidagi ilmiy manbalarni va
ma’lumotlarni o’zlari mustaqil holda chet tilida batafsil o’qib o’rgana oladilar va h.
Ma’lumki har bir fanning o’ziga xos metodlari — uslublari mavjud.
O’zbekiston foydali o’simliklari fani esa nomlari yuqorida ko’rsatilgan barcha
fanlarning uslublariga tayangan holdagina taraqqiy eta oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |