126
va butun insoniyat ayni bir vaqtda ham bilish obekti, ham bilish subekti sifatida
namoyon bo’ladi.
Bilishning maqsadi
ilmiy bilimlar hosil qilishdangina iborat emas, balki bilish
jarayonida hosil qilingan bilimlar vositasida insonning barkamolligiga intilish, tabiat
va jamiyatni insoniylashtirish, tabiiy va ijtimoiy garmoniyaga erishishdir. Fan — fan
uchun emas, balki inson manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim. Inson ilmiy bilimlar
vositasida ma’naviy barkamollikka erisha borgani sari
ilm-fan qadriyat sifatida
e’zozlana boshlaydi. Fanning har tomonlama rivojlanishi bilan turli ilm sohalarining
hamkorligi kuchayadi, butun ilmiy jamoalar bilish subekti, yangi ilmiy kashfiyotlar
ijodkoriga aylanadilar.
Bilish predmeti
subektning bilish faoliyati qamrab olgan bilish obektining
ayrim sohalari va tomonlaridir. Fanning o’rganish sohasi tobora konkretlashib boradi.
Tabiatshunoslik fanlarini bilish predmetiga qarab botanika, zoologiya,
geografiya,
ixtiologiya va boshqa sohalari vujudga kelgandir. Tadqiqot predmeti fanlarni bir-
biridan farqlashga imkon beradigan muhim belgidir.
Bilish darajalarini
shartli ravishda: quyi, yuqori va oliy dara jaga ajratish
mumkin. Bilishning quyi darajasi barcha tirik mavjudotlarga xos bo’lib, hissiy bilish
deyiladi. Hissiy bilish sezgilar vositasida bilishdir.
Insonning sezgi a’zolari (ko’rish,
eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teri sezgisi)
boshqa mavjudotlarda bo’lgani singari uning narsalarga xos xususiyat, belgilarini
farqlash, tabiiy muxitga moslashish va himoyalanishi uchun yordam beradi.
Bilishning
quyi bosqichida sezgi, idrok, tasavvur, diqqat, xayol tashqi olam
to’g’risida muayyan bilimlar hosil qilishga yordam beradi.
Bilishning yuqori bosqichi faqat insonlargagina xos bo’lib, aqliy bilish (ratsional
bilish) deyiladi. Agar inson o’z sezgilari yordamida narsa va hodisalarning faqat
tashqi xossa va xususiyatlarini bilsa, tafakkur vositasida narsa va hodisalarning ichki
mohiyatini bilib oladi.
Mohiyat hamisha yashirindir, u doimo hodisa sifatida
namoyon bo’ladi. Har bir hodisada mohiyatning faqat bir tomonigina namoyon
bo’ladi. Shu boisdan ham hodisa aldamchi va chalg’ituvchidir. Binobarin,
inson
127
sezgilarining biron bir narsa yoki hodisa to’g’risida bergan malumotlari hech qachon
uning butun mohiyatini ochib bera olmaydi.
Tushuncha, hukm va xulosalar chiqarish ilmiy bilishning muhim vositalaridir.
Bunday bilish insondan alohida qobiliyat, kuchli irodani tarbiyalashni, narsa va
hodisalardan fikran uzoqlashishni, diqqatni bir joyga to’plashni, ijodiy xayolni talab
etadi.
Bilishning
oliy darajasi intuitiv bilish, qalban bilish, g’oyibona bilishdir.
O’zining butun borlig’ini fan, din, siyosat va san’at sohasiga bag’ishlagan buyuk
kishilar ana shunday bilish qobiliyatiga ega bo’ladilar. Intuitiv bilish hissiy va aqliy
bilishga tayanadi. Buyuk shaxslarning g’oyibona bilishi
ularning doimiy ravishda
fikrini band etgan, yechimini kutayotgan umumbashariy muammolar bilan bog’liqdir.
Ilmiy bilishning eng samarali usullarini aniqlash gnoseologiyada muhim o’rin egallab
keldi. Har bir fan o’ziga xos bilish usullaridan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: