Bitiruv ishining maqsadi va vazifalari. “Metall ionlarining tirik organizmlardagi ahamiyati” mavzusini oʻqitishning nazariy va amaliy masalalarini tadqiq etish, fan yuzasidan oʻqitishni takomillashtirish boʻyicha xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Bitiruv ishi maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olindi:
- “Noorganik kimyo” shu jumladan “Bionoorganik kimyo” fanlarining oʻrganish ob’ektlari, usullari, nazariy va amaliy ahamiyatini yoritib berish;
- “Metall ionlarining tirik organizmlardagi ahamiyati” mavzusini mazmun mohiyatini ochib berish;
- “Metall ionlarining tirik organizmlardagi ahamiyati” mavzusini oʻqitishda innovatsion ta’lim texnologiyalari va ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish yoʻllarini yoritish;
Bitiruv ishini tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar va normativ - huquqiy hujjatlarning qisqacha oʻzaro tahlili. Ushbu bitiruv ishini tаyyorlаsh jаrаyonidа Oʻzbеkistоn Rеsrublikаsining Kоnstitutsiyasi, “Ta’lim toʻgʻrisidagi Qonun” 2020 yil 23 sеntyabr, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oʻzbekiston Resrublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “Oʻzbekiston Resrublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-4947 sonli Farmoni, Oʻzbekiston Resrublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2909-sonli qarori, Oʻzbekiston Resrublikasi Prezidentining 2018 yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-3775-sonli qarori, 2019 yil 16 yanvаrdаgi “Tа’lim sifаtini nаzоrаt qilish tizimini tаkоmillаshtirish boʻyichа qoʻshimchа chоrа-tаdbirlаr toʻgʻrisidа”gi PQ-4119-sоnli qarori, Oʻzbekiston Resrublikasi Prezidentining 2019 yil 8 оktyabrdagi “Oʻzbekiston Resrublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kоnsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidа”gi PF-5847-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Resrublikasi Prezidentining 2020 yil 29 оktyabrdagi “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish kоnsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidа”gi PF-6097- sonli Farmoni, Oʻzbekiston Resrublikasi Prezidentining 2020 yil 12 avgustdagi “Kimyo va biologiya yoʻnalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidа”gi PQ-4805-sоnli qarorlaridan foydalanildi. Оliy vа oʻrtа mахsus tа’lim vаzirligining bir qаtоr Qаrоr vа buyruqlаri bilаn tаnishib chiqildi. Bundаn tаshqаri, mаvzu boʻyichа Prеzidеntimizning аsаrlаri vа mа’ruzаlаridа koʻtаrilgаn dоlzаrb mаsаlаlаr hаm oʻrgаnildi.
Shuningdek, noorganik kimyo fani va uning tarkibiy qismi hisoblangan bionoorganik kimyo sohasiga doir xorijiy va mamlakatimizda chop etilgan adabiyotlar tahlili, unda ilgari surilgan qarashlar, fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda yondashildi.
Bitiruv ishini yozishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha bir qator darslik, oʻquv-qoʻllanma va ilmiy-tadqiqot natijalaridan ham foydalanildi. Xususan, N.Avliyakulov, N.Namozovalarning “Muammoli oʻqitish texnologiyalari”, M.Ganiyeva, D.Fayzullayevalarning “Keys-стади oʻqitishning pedagogik texnologiyalari toʻplami”, N.N.Azizxodjayevaning “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” , L.V.Golish va D.M.Fayzullayevalarning “Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish”, B.S.Nuriddinov va М.Oʻ.Dehqonovalarning “Ta’lim samaradorligini oshirish yoʻllari”, R.Ishmuhamedov, A.Abduqodirov, A.Pardayevlarning “Ta’limda innovatsion texnologiyalar”, D.Roʻziyeva, M.Usmonboyeva va Z.Xoliqovalarning “Interfaol metodlar: mohiyati va qollanilishi” kabi adabiyotlar mazkur bitiruv ishini tayyorlashda metodologik asos sifatida xizmat qildi.
Oʻzbekistonda noorganik kimyoning rivojlanishiga muhim hissa qoʻshgan olimlardan N.A. Parpiyev, Х.R. Raximov, А.G.Мuftaxov., V.G.Yusupov V.G., М.Т. Toshev, X.T. Sharipov, O.Xodjayev, T.A. Azizov, Sh.A.Kadirovalarning sohaga oid darslik, oʻquv-qoʻllanma va ilmiy maqolalari mavzu doirasida oʻrganib chiqildi.
Shuningdek, xorijlik olimlar N.A.Dobrinina, B.B.Skopenko, T.N.Litvinova, N.A. Ulaxovich, D.Orbelis va boshqalarning bitiruv ishi mavzusiga doir oʻquv-qoʻllanma va ilmiy maqolalaridan foydalanildi.
Undan tashqari xorijiy olimlarning mavzuga oid Scopus.com tarkibidagi jurnallardagi chop qilingan maqolalaridan ham foydalanildi. Jumladan:
1. Bratovicic A., Saric E. Biogenic Elements as Cofactors in Enzumes and Their Amount in the Chia Seed. Lekture Notes in Networks and Systems. 2020.76,pp.581-586.
2.Cuajungco M.P., Ramirez M.S., Tolmasky M.E. Zinc: Multidimensional effects on living organisms. Biomedicines 2021. 9(2),208, pp. 1-26
3.Kang S., Seo H., Yun C., Kwon J., Park Y. The role of zinc in copper homeostasis of aspergillus fumigatus. International Journal of Molecular Sciences.2020.21(20),7665, с. 1-15
Do'stlaringiz bilan baham: |