Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi



Download 3,84 Mb.
bet8/29
Sana04.10.2022
Hajmi3,84 Mb.
#851275
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
Эшчанов Эркабай Ускинович.2.BMI

Natriy va kaliyning funksiyalari:
Natriy ionlari organizmda suvni bir meyorda ushlab turishga imkon beradi;
Kaliy ionlari yurak va miyaning normal hayot faoliyati uchun zarurdir;
Natriy va kaliy xloridlar oshqozon suyuqligi tarkibiga kiruvchi xlorid kislota uchun asosiy manba hisoblanadi;
Natriy va kaliy ionlari fermentlar aktivligini stabillashda qatnashadi;
Natriy va kaliy ionlari hujayra membranalari orqali ionlarni tashishda qatnashadi;
Inson qonida oʻrtacha 0,32 % natriy va 0,20 % kaliy boʻladi. Natriy va kaliy bir-biriga antagonist hisoblanadi. Organizmda natriyning ortib ketishi, kaliyning kamayishiga olib keladi.
Natriyga 1 sutkadagi talab 4-7 g , kaliyga esa 1,5-2 g.
Natriy va kaliy barcha osimlik va hayvon mahsulotlarida boʻladi. Oʻsimlik mahsulotlarida kaliy koʻp boʻlsa, hayvon mahsulotlarida natriy koʻp boʻladi.
Natriy tanqisligi organizmda uglevodlar oʻzlashtirilishining buzilishiga olib keladi, nevralgiyaga olib kelishi mumkin.
Kaliy tanqisligi oqibatida organizm oʻsishining sekinlashishi va jinsiy funksiyalarning buzilishi, yurak faoliyati ritmining buzilishi kelib chiqishi mumkin.
Mg va Ca ning tirik organizmda tutgan oʻrni.
Mg2+ ionlari hujayraning tashqi sferasidan koʻra hujayra ichida koʻp boʻladi, Ca2+ ioni esa, aksincha, hujayraning ichki kationi hisoblanadi (2-rasm). Mg2+ ioni Ca2+ ioniga nisbatan kuchli kompleks hosil qiluvchi hisoblanadi. U ba’zi metallofermentlarning markazi boʻlib xizmat qiladi (2-jadval), masalan, ATF gidrolizi kabi muhim jarayonning katalizatori hisoblanadi. Magniyning ATF bilan kompleksi kinaza fermentining sibstrati tarkibiga kiradi. Kinazalar kalmodulin va boshqa oqsillar tomonidan boshqariladi va yuqori organizmlarning asosiy sistemasi hisoblanadi.
Oʻsimliklar dunyosida Mg2+ muhim fermentlarning koordinastion sistemasi tarkibiga kirib, fotosintezdek global jarayonning boshqaruvida ishtirok etadi. Qorongʻida boradigan fotosintez bosqichida magniy ribuloza-1,5-difosfatkarboksilat (“rubisko”) fermentining markazi hisoblanadi. Bu ferment atmosferadagi CO2 ni bogʻlash (~1011 tonna/yil) qobiliyatiga ega boʻlib, biomassani yaratadi. Fermentning dastlabki shaklida koordinatsion soni 6 ga teng boʻlgan Mg2+ ioni glutamin va aspargin kislotalarning karboksilat guruhlari, 3 molekula suv va lizin qoldigʻining karbamat guruhini oktaedrik bogʻlaydi.
Katalitik siklda (“Kalvin sikli”) rubiloza-1,5-difosfatkarboksilat magniy oktaedrida 2 molekula suv bilan almashinib, protonlar ishtirokida CO2 ni biriktirib oladi va yangi C – C bogʻlarni hosil qiladi. Bunday oksidlanish-qaytarilish reaksiyasida CO2 oxirida glyukozagacha qaytariladi. Yorugʻlikda boradigan fotosintez bosqichida Mg2+ ionini saqlagan boshqa ferment – xlorofill (2-rasm) yorugʻlik ta’sirida qoʻzgʻaladi va temir-oltingugurtli oqsillar ishtirokida CO2 ni qaytaradi. Fotosintezning keyingi bosqichlari ADF, ATF molekulalari, xinon hosilalari, Mn2+ va Mn4+ komplekslari ishtirokida bir qator oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini oʻz ichiga oladi, buning natijasida magniyning koordinatsion sferasidagi H2O molekulalari O2 gacha oksidlanadi.

3-rasm. Xlorofillning tuzilishi.
Organizmdagi Ca2+ ning miqdori ~1%, kalsiy tirik organizmda keng tarqalgan elementlar orasida C, H, O, N dan keyin 5-oʻrinni egallaydi. Sut emizuvchi organizmlarda kalsiyning 95% miqdori qattiq toʻqimalar: suyak va tishlarda toʻp-lanib, ftorapatit Ca5(PO4)3F va gidroksiapatit Ca5(PO4)3OH koʻrinishida boʻladi; qushlar va mollyuskalar organizmida asosan CaCO3 koʻp boʻladi. Kalsiy tomir va arteriyalarning devorlarida CaCO3 yoki xolestirin bilan kompleks koʻrinishida, buyraklarda oksalatlar va uratlar (siydik kislota tuzlari) koʻrinishida uchraydi. Ca2+ ionlari mustahkam koordinatsion birikmalar hosil qilmaydi, hosil boʻlish konstan-talarining qiymatlari yuqori emas, oʻzgaruvchan koordinatsion songa (6 va 8) ega, harakatchan koordinatsion sferani hosil qiladi hamda ligandlar almashinuvining tezligi yuqori boʻladi.
Shu sababli kalsiy komplekslari muskul tolalarining qisqarishini boshqaruvchi sistemalar uchun yaroqli boʻladi, ular koʻpgina fermentlarni faollashtiradi (2-jadval), qonning quyilish jarayonida ishtirok etadi. Organizmdagi Ca2+ konsentratsiyasi qalqonsimon bez gormoni kalsitonin bilan boshqariladi, uning oʻzlashtirilishi esa organizmdagi D vitaminining miqdori bilan belgilanadi. Bu vitaminning tanqisligi Ca miqdorining kamayishiga olib keladi va raxit kasalligiga sabab boʻladi. Ca – hujayra tashqarisidagi element hisoblanadi; uning hujayra ichidagi konsentratsiyasi juda kichik: ~10–7 mol/l, hujayra tashqarisida esa ~10–3 mol/l. Ca miqdorining kamayishi allergik kasalliklarga ham olib keladi.
Kalsiy saqlovchi fermentlar orasida kalmodulin koʻp oʻrganilgan ferment hisoblanadi. U proteinkinazani faollashtiradi, oqsillarning fosforilanishida kataliza-torlik vazifasini bajaradi, Fe saqlovchi NO-sintetaza fermentini faollashtiradi. Kalmodulinda Ca2+ ionining koordinastion soni 6 ga teng boʻlib, atrofini asparagin kislotaning 3 ta monodentat karboksil guruhlari, glutamin kislotaning bidentat molekulasi va suv molekulasi qurshab oladi. Koordinastion sonini oshirish imkoniyatiga ega boʻlgan kalmodulindagi Ca2+ ioni qoʻshimcha ravishda qandaydir oqsilning C=O guruhini ham biriktirib, uning strukturasini, va binobarin, uning funksiyasini oʻzgartirishi mumkin.
Magniy muskul toʻqimasida 0,09 %, ilikda 0,07–0,18 %,qonda 37,8 mg/l miqdorda boʻladi. Har kuni ovqat bilan 250–380 mg iste’mol qilinishi kerak. Inson organizmida (70 kg) oʻrtacha 42 gramm miqdorda boʻladi. Kalsiy muskul toʻqimasida 0,14–0,7 %, ilikda 17 %, qonda 60,5 mg/l miqdorda boʻladi. Har kuni ovqat bilan 0,6–1,4 g iste’mol qilinishi kerak. Inson organizmida (70 kg) oʻrtacha 1,7 kg miqdorda boʻladi. Odam organizmidagi barcha kalsiyning taxminan 99 % suyakda, 1 % esa qon va limfada boʻladi. Professor I.R.Asqarov tomonidan ishlab chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ruxsati bilan amaliyotga joriy etilgan “Askalsiy” birikmasi tarkibiga, asosan, kalsiy va magniy hamda 20 dan ortiq mikroelementlar kiradi. “Askalsiy” birikmasi organizmning himoya vositasini kuchaytirish evazigasuyak, qon, xavfli oʻsma, polimiyelit kabi kasalliklarni davolashda qoʻllaniladi. Oʻsimliklarda fotosintez jarayonini amalga oshiruvchi pigment–xlorofill tarkibida 3% magniy boʻladi. Magniy tuzlari yetishmasligi oʻsimliklar barglarining yashilligini yoʻqotadi, fotosintez jarayoni buziladi, hosildorlikning keskin kamayishiga olib keladi.



Download 3,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish