16-Variant Imоm аt-Tеrmiziyning hаdis ilmini rivоjlаntirishdаgi xizmаtlаri



Download 43,71 Kb.
bet1/12
Sana24.01.2021
Hajmi43,71 Kb.
#56591
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

16-Variant

1. Imоm аt-Tеrmiziyning hаdis ilmini rivоjlаntirishdаgi xizmаtlаri.

2. M. Koshgariyning “Devonu lug‘atit turk” asarining mazmuni, tuzilishi va unda ilgari surilgan g‘oyalar.

3. Kоmеnskiy bоlа yoshini dаvrlаshtirish, mаktаb tа’limi tizimi, o’qitish mаzmuni hаqidа.

Javoblar

1.Imоm аt-Tеrmiziy to‘liq ismi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn az-Zahhoq Abu Iso as-Sullamiy az-Zariyr al-Bug‘iy at-Termiziy bo‘lib, hijriy 209 (melodiy 824) yili Termiz yaqinidagi Bug‘ (hozirgi Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani hududida joylashgan) qishlog‘ida o‘rta hol bir oilada tavallud topgan. Markaziy Osiyolik mashhur tarixchi Abu Saad Abdulkarim as-Sam'oniy (1113-1167) at-Termiziy Bug‘ qishlog‘ida vafot etganligi uchun al-Bug‘iy taxallusi bilan ham atalganini, olimning ko‘p yig‘laganidan umrining oxirlarida ko‘zi ojiz bo‘lib qolganligidan az-Zariyr (ko‘zi ojiz) taxallusini olganligini ham qayd qiladi.

 Lekin el orasida at-Termiziy nomi bilan mashhur bo‘lishiga sabab uning butun hayoti va faoliyati (yoshligidan boshlab) Termiz shahri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lganligidan, shuningdek, olim tug‘ilgan Bug‘ qishlog‘i Termiz shahriga yaqin bo‘lib, ma'muriy-idoraviy jihatdan unga mansub qishloqlardan ekanligidan deb izohlash mumkin.

At-Termiziyning oilasi va ota-onasi haqida manbalarda aniq ma'lumotlar keltirilmagan. Tarixchilar uning «Bobom asli marvlik edi, u kishi Lays ibn Sayyor zamonida yashagan, so‘ng u yerdan Termizga ko‘chib kelgan», - degan fikrini keltirish bilan chegaralanadilar. Shuningdek, at-Termiziyning ko‘zi ojizligi xususida ham yozma manbalarda turli-tuman ma'lumotlar keltirilgan. Ba'zi mualliflar uni tug‘ma ko‘zi ojiz bo‘lgan desa, ko‘pchilik mualliflar olimning keyinchalik, umrining oxirlarida ko‘zi ojiz bo‘lib qolganligini yozadilar.

At-Termiziy yoshligidan o‘ta tirishqoq, idrokli va zakovatli bo‘lganligi bois o‘z tengdoshlari ichida ajralib turgan. Ilmga o‘ta qiziqishi tufayli o‘sha davrning ko‘pgina ilmlarini, ayniqsa, hadis ilmini chuqur egallagan. Termiz, Samarqand, Marv va Markaziy Osiyoning boshqa yirik shaharlarida istiqomat qilgan mashhur ulamo va muhaddislar asarlarini qunt bilan o‘rgangan, qo‘shni Balx va Hayraton shaharlaridagi ilm ahllari bilan ilmiy aloqalar o‘rnatilishiga munosib hissa qo‘shgan olimlardan biridir. Yoshligidan ilm-fanga tashna at-Termiziy 850 yildan, ya'ni yigirma olti yoshidan boshlab uzoq yurtlarga, qator xorijiy mamlakatlar va shaharlarga safar qiladi. Jumladan, u Hijozda - Makka va Madina, Iroq, Xurosonning qator shaharlarida ko‘plab muhaddis, ulamolar bilan muloqotda bo‘lib, ulardan ta'lim oladi, qizg‘in ilmiy munozara va bahslarda ishtirok etadi. Tarixchi Shamsuddin az-Zahabiyning ta'kidlashicha, at-Termiziy Misr va Shomni shaxsan ziyorat qilmagan, shu boisdan ham bu mamlakatlar ulamolaridan bilvosita hadislar rivoyat qilgan. Uzoq yillar davom etgan safarlari chog‘ida at-Termiziy nafaqat hadis ilmidan, balki ilm al-qiroat, al-bayon, fiqh, tarix kabi fanning boshqa sohalari hamda ko‘plab ustozlardan saboq oladi.

Shu bilan bir qatorda at-Termiziy payg‘ambar alayhissalom hadislarini to‘plashga alohida e'tibor bilan qaraydi. Bu borada u har qanday qiyinchiliklarga bardosh beradi. U o‘zi o‘qigan yoki biror roviydan eshitgan hadisini alohida qog‘ozlarga qayd etib borar, ularning asli va isnodini izchillik bilan aniqlab to‘g‘riligiga to‘liq ishonch hosil qilsagina maxsus qog‘ozlarga qayd etardi. Hadislarning to‘g‘riligiga shubha bo‘lganda ularni alohida ajratib yozardi. Shu tariqa hadislar sahiyh (to‘g‘ri, ishonchli), hasan (yaxshi, ma'qul), zaiyf (bo‘sh, ishonchsiz), g‘ariyb (g‘alati) kabi xillarga ajratilgan.

Hadis ilmini egallashda va takomillashtirishda imom at-Termiziy o‘z davrining mashhur muhaddislaridan tahsil oldi. Uning ustozlaridan Imom al-Buxoriy, Imom Muslim ibn al-Hajjoj, Abu Dovud, Qutayba ibn Sa'id,  Ishoq ibn Muso, Mahmud ibn G'iylon, Said ibn Abdurrahmon, Muhammad ibn Bashshor, Ali ibn Hajar al-Marvaziy, Ahmad ibn Muniy', Muhammad ibn al-Musanno, Sufyon ibn Vaqiy' va qator taniqli muhaddislarni ko‘rsatish mumkin.

Imom at-Termiziy o‘z davrining yetuk muhaddisi sifatida ko‘pgina shogirdlarga ustozlik ham qilgan. Uning shogirdlaridan Maqhul ibn al-Fazl, Muhammad ibn Mahmud Anbar, Abu ibn Muhammad an-Nasafyun, Hammod ibn Shokir, Xaysam ibn Kulayb ash-Shoshiy, Ahmad ibn Yusuf an-Nasafiy, Abul-Abbos Muhammad ibn Mahbub al-Mahbubiy kabi yetuk olimlarni ko‘rsatish mumkin. Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, at-Termiziyning ustoz va shogirdlari orasida turli mamlakat va elat vakillari borligi sezilib turibdi. Shu nuqtai-nazardan qaralganda, uzoq o‘tmishda ham ilm-fanning taraqqiyoti va ma'rifat urug‘larini tarqatish borasida turli o‘lkalarning vakillari yakdil bo‘lib faoliyat ko‘rsatib samarali hamkorlik qilganliklari, umumbashariy qadriyatlar ravnaqi yo‘lida haqiqiy baynalmilallik ruhi mavjud bo‘lganligi hozirgi davrimiz uchun ham ibratli bir holdir.

At-Termiziy zehnining o‘tkirligi hamda quvvai-hofizasi kuchliligi xususida tarixiy manbalarda ko‘plab misollar, rivoyatlar keltiriladi. Jumladan, arab tarixchisi Shamsuddin az-Zahabiyning (1274-1347) «Tazkirat ul-huffoz» («Hofizlar haqida tazkira») nomli asarida quyidagi hikoya keltiriladi: Abu Iso Muhammad at-Termiziy Makkaga hajga borayotganida yo‘lda mashhur muhaddislar bilan muloqotda bo‘ladi va ularning biridan hadislardan saboq berishini iltimos qiladi. U olim: «Bo‘lmasa qog‘oz-qalam ol», degan. Aksiga olib shu payt at-Termiziy qalam topa olmagan va olim ro‘parasida o‘tirib eshitgan hadislarini yozib olayotgandek qog‘oz ustida qo‘lini harakat qildiravergan. Olim esa turli-tuman hadislardan yetmishga yaqinini hikoya qilgan. Shu orada olim qog‘ozga qarab unda hech qanday yozuv yo‘qligini ko‘rgan va at-Termiziyning bu ishidan jahli chiqqan. At-Termiziy shunda bamaylixotir «Siz aytgan hadislaringizni yoddan aytib beraymi?», - deganu hozirgina olimdan eshitgan hadislarning hammasini birin-ketin takror aytib bergan. At-Termiziyning xotirasi kuchliligidan o‘sha olim hayratga tushib qoyil qolganligini bildirgan.

Bu xususda yana bir hikoya at-Termiziyning so‘ziga asoslanib keltiriladi: Makkaga ketayotganimda bir shayx to‘plagan hadislardan ikki qismini yozib olgan edim. Tasodifan o‘sha shayx bilan uchrashib qoldim. Yozib olingan hadislar mazmunan ularga o‘xshash-u, biroq boshqa hadislar ekan. Salom-alikdan so‘ng hadislarni aynan uning o‘z og‘zidan eshitishni iltimos qildim. U rozi bo‘lib, hadislarni hikoya qila boshladi. Keyin menga qarab qo‘limdagi oq qog‘ozni toza, ya'ni hech narsa yozilmagan holda ko‘rgach: «Bu qilig‘ing uchun mendan uyalmaysanmi?», - dedi. Men ma'zurona holda bor haqiqatni aytib: «Siz hikoyat qilgan hadislarning hammasini yoddan bilaman», dedim va uni birin-ketin so‘zma-so‘z aytib berdim. Shayx esa so‘zlarimga ishonqiramasdan «Nima, mening huzurimga kelishdan oldin ularni maxsus yodlagan edingmi?», - dedi. «Yo‘q», deb javob qilib: «Agar so‘zlarimga ishonmasangiz, boshqa hadislardan ayting», dedim. Shunda u o‘zining g‘aroyib hadislaridan qirqtasini hikoya qildi. Men unga ularni ham boshdan oxir birma-bir aytib berdim. Shunda u: «Senga o‘xshaganini hech qachon ko‘rmagan edim», - dedi.

At-Termiziy ko‘plab xorijiy mamlakatlarga qilgan safar chog‘ida hadislarni to‘plab, kitoblar ta'lif qilishga ham kirishgan. Safardan qaytgach, olimu fuzalolar bilan ilmiy munozaralarda qatnashadi, ko‘plab shogirdlarga ustozlik qiladi. Ayniqsa, mashhur muhaddis alloma al-Buxoriy bilan ko‘plab ilmiy bahslar yuritib undan istifoda qiladiki, bu haqda at-Termiziy o‘zining «Al-Ilal» kitobida ham yozadi. At-Termiziyning ko‘pchilik tasniflari, jumladan, uning mashhur asari «Al-Jomi'» ham o‘z vataniga qaytganidan keyin yaratilgan. Imom at-Termiziy 892 yilda Termiz yaqinidagi Bug‘ qishlog‘ida vafot etgan va shu joyda dafn qilingan.



2. Hozirgi o’zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo’lib, ular yuksak va o’ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo’lni bosib o’tgan. Dastlabki tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydalanishda ancha takomillashgan mehnat qurollari yasashgacha, undan urug’chilik, qabilachilik davrlariga kelib, xo’jalik va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlargacha bo’lgan tariximiz ota-bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo’lganligidan dalolat beradi. Ma’lumki, kishilar va kishilik jamiyati vrkudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham inson sifatida takomillashib borgan. Dastlabki diniy e’tiqodlar, oddiy ixtirolarning takomillashib borishi, inson ongining shakllanib borishiga turtki bo’ldi. Bu jarayon ming-ming yillar davom etib, ulardan inson ongi shakllanishining asosi bo’lgan xulq-odob qoidalari tarkib topadi. Eng qadimgi kishilarning dastlabki oddiy istaklari, orzu-umidlari, xislatlari qadimgi eposlarda, ulardagi afsonaviy obrazlar qiyofasida o’z ifodasini topgan. Ruhga sig’inish - onimizm, ajdodlar ruhiga sig’inish - totemizm, sehrgarlik kabi diniy e’tiqodlar va marosimlar aks ettan afsonalar, rivoyatlarda eng qadimgi avlodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan. Ammo bu rivoyatlar, afsonalar massagetlar, saklar, xorazmiylar, so’g’dlar, parfiyaliklar yashagan davrlarga borib taqaladi. Shuni ta’kidlash lozimki, eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning «hayot kechirish san’ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo’lish namunasi» ifodalangan ma’naviy madaniyat yodgorliklari: Markaziy Osiyo PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 12 xalqlarining eng qadimgi marosimlari, urf-odatlari, ijtimoiy-falsafiy, madaniy, adabiy-tarixiy voqyealarini ifoda etuvchi qomusiy yodgorlik namunasi bo’lmish «Avesto»; afsonaviy qaxramonlar tasvirlangan dostonlar ya’ni, «Alpomish», «Manas», «Shiroq», «To’maris», «Go’ro’g’li», «Murodxon», «Ravshan», shuningdek qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning «Tarix», Strabonning «Geografiya» asarlari, Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit turk», UrxunYenisey bitiklari va boshqa shu kabi adabiy-tarixiy manbalarda saklangan va shular orqali bizgacha yetib kelgan. Bu yodgorliklar insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada katta rol o’ynaganligidan dalolat beradi. Xususan, tarbiya insonning aqliy va axloqiy jihatdan tarkib topa borishiga ta’sir etgan bo’lsa, insonning shakllana borishi ham, o’z navbatida, insoniyat jamiyatining tarkib topa borishiga yordam bergan. Xullas, insonning o’z-o’zini anglashi va jamiyat taraqqiyoti bir-biri bilan uzviy aloqada bo’lgan. Bu tarixiy jarayonni bilish, inson tafakkurining qadimgi davrlardan boshlab bosqichmabosqich rivojlanishi va shu bilan birga insonning ham tobora shakllana borganligi haqida to’la tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Biz yuqorida keltirgan tarixiy, falsafiy, pedagogik adabiyotlarda tadqiqotchilar, umuman, eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o’rganishda uch asosiy manbaga tayanganligini ko’ramiz: 1. Xalq og’zaki ijodi materiallari. 2. Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi. 3. Arxelogik qazilmalar natijasida topilgan ashyolar. Ma’lumki, o’tmishda kishilar mehnat faoliyati jarayonida o’z ehtiyojlarini qondirgan va bu jarayon yosh avlodga mehnat ko’nikma va malakalarini hosil qilishga yordam bergan. Tarixchilar va tarixchi-pedagoglarning ko’rsatishicha, kishilarning mehnat faoliyati yosh jihatidan uch guruhga bo’lingan: 1) bolalar va o’smirlar; 2) hayot va mehnatda to’la ishtirok etuvchilar; 3) keksalar. Ibtidoiy jamiyat davrida bola o’zi uddalay oladigan faoliyatga bevosita qo’shilib, u hayot kechirish va mehnat qilishga o’rgangan. O’g’il bolalar erkaklar bilan bajariladigan ov qilish, qurol yasash kabi ishlarni bajarsa, qizlar ayollar mehnati bilan tanishar edi. Bola ma’lum tayyorgarlikdan so’ng sinovlardan o’tib, keyin amaliy faoliyatda ishtirok eta boshlaydi. Urug’chilik jamoasi bosqichida bolalar mehnati, kasb-hunarga intilish faollashib bordi. Tajribali kishilar bolalarni tarbiyalash bilan birga ularni yozishga ham o’rgata boshlaydilar. Asta-sekin tarbiya tizimiga harbiy vatanparvarlik tarbiyasining boshlang’ich turlari kirib kela boshlaydi. Jamiyat taraqqiyoti bilan birga bolalarga dalalarni o’lchash, suv toshqinlarining oldini olish, odamlarni davolash usullariga oid bilimlar berish ishlari avj oldi. Natijada maktablarga va yozuvga ehtiyoj sezila boshlaydi. Dastlab suratkashlik rivojlanib, piktografik xat paydo bo’lgan bo’lsa, keyinchalik qo’shni mamlakatlardan kirib kelgan harf bilan yozish usuli paydo bo’ladi va tez tarqala boshlaydi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 13 Tadqiqotchilar eramizdan oldingi birinchi ming yillik o’rtalarida oromiy yozuvi, Aleksandr Makedonskiy istilosidan so’ng esa yunon yozuvi va shu bilan birga forsiy mixxat ham ma’lum vaqtlarda qo’llanilib kelinganini ta’kidlaydilar. Demak, o’sha davrdayok Xorazm, So’g’d, Kushan, Run(Urxun-Yenisey), uyg’ur va boshqa yozuvlar paydo bo’lgan va bu yuksalish ta’lim-tarbiyaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Chunki inson ibtidoiy jamoa bo’lib yashash tarzini asta-sekin rivojlantirib borib, jahon madaniyatida katta kashfiyotlar yaratdi. Chunonchi, Xitoyda kog’ozning ixtiro etilishi, Hindistonda hisoblash o’nlik sistemasining paydo bo’lishi, Mesopotamiyada Yer kurrasini graduslarga, sutkani soat, daqiqa va soniyalarga bo’lishning joriy etilishi, Markaziy Osiyoda O’rta dengiz bilan Hindistonni bog’lovchi arxeologik topilmalari, tarixchilar, adabiyot va san’at namoyoyandalarining ijodiy merosi, san’at va adabiyot namunalari buning dalilidir. Ma’lumki, o’tmishda kishilar mehnat faoliyati jarayonida o’z ehtiyojlarini qondirgan va bu jarayon yosh avlodga mehnat ko’nikma va malakalarini hosil qilishga yordam bergan. Eng qadimgi davrlarda ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlarni biz xalq og’zaki ijodi namunalari afsonalar, qaxramonlik eposlari, qo’shiqlar, maqol va iboralarda ham ko’ramiz. Chunki xalq donishmandligining ko’zgusi bo’lgan xalq og’zaki ijodida xalq pedagogikasiga xos bo’lgan tarbiya tajribalari umumlashgandir. Ayniqsa, Polienning «Harbiy hiylalar» asarida keltirilgan Shiroq afsonasi, Gerodotning «Tarix» kitobidagi jasur To’maris haqidagi afsonalar shular jumlasidandir. M.Qoshg’ariyning «Devonu lug’otit-turk» asarida esa ilm olishning qadri, bilimli, donishmand kishilarni hurmat qilish, mexmondo’stlik xushxulklik mardlik va jasurlikni targ’ib etuvchi, o’z manfaatini ko’zlagan molparast, baxil, ochko’z, do’stiga va xalqiga xiyonat kabi salbiy tomonlarni qoralaydigan she’rlar ko’p uchraydi. Bunday she’rlar turkiy xalqlar qadim-qadimlardan boshlab, inson shaxsini shakllantirishda ta’lim-tarbiyaga katta e’tibor berganligini ko’rsatadi. Ayniqsa, pand-nasihatlarda asosiy o’rinni ilm olishga undash, uning foydalari, ilm ahlini hurmat etish to’g’risidagi fikrlar egallaydi. Yoshlarga ilmli kishilarga yaqinlashish, ulardan o’gitlar olish maslahat beriladi: o’g’lim, senga qoldirdim o’git, Unga amal qil. Olimlarga yaqinlash, bahra olgil, tutib dil. Ma’lumki, bilim-ma’rifatli kishi kibr-havodan uzoqroq turishini ta’minlaydi, bunga insonning o’zi ham sababchi deb uqtiradi, o’gitlarda. Ilm sari intilishni kutlug’ ish sanaydi. Demak, har bir kishi ilm sari intilishi, unga bo’ysunishi, moyil bo’lishi, kibrni esa o’zidan nari surishi kerak bo’ladi. O’rgan uning bilimin, borgin uning sari. Qutlug’ ishga bo’ysungin, kibrni quv nari. ( IIt. 161-162) Aqlli odamning zehni o’tkir bo’ladi, u har qanday o’git-nasihatni xuddi yuqorida parvoz etayotgan qushning pastda ovni ko’rgandagi tezlik bilan sho’ng’ishiga o’xshatadi. Oqil odam zehnining tezligi kush parvoziga qiyoslanadi: Qush ov ko’rsa, yuksaklardan pastga cho’kar, Olim kishi o’git bersa, darhol uqar. (III t.53) Bu misolda aklli, bilimli odamning tabiati, o’ziga xos xislati ifodalangan. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 14 «Devonu lug’atit turk» asarida insoniy fazilatlarning ajralmas qismi xushxulklik alohida ajratib ko’rsatiladi. Har bir inson egallashi lozim bo’lgan ezgulik-yaxshilik, umum manfaati uchun mehnat qilish hushxulq insonga xos fazilat ekanligi o’qtiriladi: Ulug’liging oshsa agar. Xushxulk bo’lg’il. Bek yonida xalq uchun xo’b ish qilg’il. Kishilar o’rtasidagi totuvlik, ahillikning muhimligini ham quyidagicha ifodalaydi: Qo’ni-qo’shni, qarindosh Ko’rsin sendan yaxshilik. Ne-ne sovg’a qilishsa Yaxshirog’in qil tortiq. Yana bir she’riy parchada shoir inson faqat o’zini o’ylamasligi, o’zgalar manfaati uchun ham harakat qilishi lozimligini aytadi: Ko’rklik to’ning o’zingga, Totlig’ oshing o’zgaga, Qo’noqqa ko’rgiz izzat, Yozsin sha’ning uzoqqa. Shoir mol-mulkka hirs qo’ymaslik, insonning mol-mulki ko’payganda ham mag’rurlanib ketmaslikni, bu borada keksa avlod o’gitlariga rioya etishni ta’kidlaydi. Ta’lim-tarbiyaga oid pand-nasihatlarga boy she’rlar inson turmushining turli tomonlariga oiddir. Inson hayotining abadiy emasligi, shuning uchun ham kishilarga yaxshilik qilish lozimligi, yoshlik husniga ishonish suvga suyanish bilan barobar, deydi. Shu bilan birga she’r parchalarida: Kimning ko’ngli bo’lsa Qashshoq, kambag’al. To’q o’lmaydi, Boy bo’lmaydi, deyilgan misralar ham uchraydi. Bu pandlar hozirgi davrda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Chunki ma’naviy boy bo’lmagan mamlakat hyech qachon moddiy tomondan mustahkamlana olmaydi. «Devonu lug’atit turk» asarida xalqning ta’lim-tarbiyaga oid tajribalari ifodalangan maqollar ham mavjud. Maqollarda ham qo’shiqlardagi kabi do’stlik va hamkorlik mehnatga muhabbat, ilm olishga va kasb-hunar egallashga undash, vatanparvarlik va qon-qardoshlik tuyg’usi, tejamkorlikning ahamiyati va isrofgarchilikning oldini olish, adolat va adolatsizliq yaxshilik va yomonlikning natijalari, axloq-odob qoidalari, sihat-salomatlikni saqlashga oid o’gitlar talqin etiladi. Tarbiya - ijtimoiy hodisa. U kishilik jamiyati paydo bo’lgan davrdan beri mavjud. Inson yer yuzidagi eng mukammal zot bo’lishi uchun avvalo tarbiyalanishi zarur. Abu Lays Samarqandiy «Bo’stonul-orifin» asarida tarbiya va tarbiyalashning ma’nosini ta’riflab: «Ey o’g’il, farzandlaringni tarbiyalashdan oldin o’zingni tarbiyala, tarbiya ko’rgan oilada baodob, yaxshi fazilatli, bilimli odam voyaga yetadi», - degan edi. Ibn Sino ijodiyotida ham bu g’oya alohida o’rin tutadi. «Kimga qanday pandu nasihat qilsang, unga avvalo o’zing amal qil», - deydi alloma. Sharq mutafakkirlari, pedagog olimlari barkamol insonni yetishtirish uchun tarbiya naqadar zarurligini, uning mohiyati va mazmunini asoslab berganlar. Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’otit turk», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul-xaqoyiq», Abu Rayhon Beruniyning hikmatlari, Ibn Sinoning «Tadbir-al-manozil», Alisher Navoiyning «Mahbubulqulub», Husayn Voiz Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy» va boshqa asarlarida PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 15 farzand ota-onaning baxti, uning to’g’ri tarbiyalanishi esa hammaning baxti, degan umumiy xulosa chiqariladi. O’tmishdagi mutafakkirlar tarbiya atamasining ma’nosini, tarbiyalashning mazmunini alohida bayon qilmagan bo’lsalar ham o’z asarlarida tarbiyaning qirralarini ifodalaganlar.

3. Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida



NIZOM


Download 43,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish