O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy )markazi



Download 1,78 Mb.
bet6/18
Sana04.10.2022
Hajmi1,78 Mb.
#851268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Karimova RozaBMI 2022

Biogeotsenoz bu biosferaning elementar tuzilish birligi, biosferaning o‘zi esa global ekologik tizim - ekosferadir.

Tabiat insonlarning moddiy va ma’naviy talablarini qondiruvchi manbadir. Tabiat – bu butun moddiy borliqdir. Tabiat va jamiyat bir-biri bilan chambarchas bog‘langan yaxlit borliqning ikki bo‘lagini tashkil etadi.Inson va atrof-muhitning umumiy belgilari bilan bir qatorda o‘ziga xos tomonlari ham bor. Inson yashashi uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar – ozuqa, kiyim, qurilish materiallari va boshqalar tabiatdan olinadi. Bunga erishish uchun tabiiy boyliklardan foydalaniladi, albatta bu xomashyolarni qayta ishlash lozim. Buning uchun ulkan sanoat infratuzilmasi yaratilgan. YUqorida fikr yurtganimizdek sanoat karxonalari nafaqat mahsulotlar ishlab chiqaradi balki atrof-muhitga chiqindilar ham tashlaydi, bu esa tabiatga o‘zini salbiy ta’sirini ko‘rsatadi.Hozirgi kunga kelib dunyo aholisi soni 7 mlrdga etib bormoqda, albatta bu tabiy resurslardan ko‘proq foydalanishga olib kelmoqda. Natijada atrof-muhitga tashlanadigan chiqindilar yildan yilga oshib ketmoqda. SHuning uchun Ona tabiatimizga o‘z ta’sirini ko‘rsatadigan sanoat chiqindilaridan himoyalash davr talabi bo‘lib qolmoqda, chunki ifloslangan tabiiy muhit nafaqat insonlarga balki tabiatimizga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu borada nafaqat davlatimiz balki dunyo davlatlari tomonidan bir qancha chora tadbirlar ishlab chiqilgan. Xalqaro miqyosda juda ko‘p konvensiyalar BMT tomonidan ishlab chiqilgan va hozirgi kunda amal qilmoqda. Ma’lumki, kimyo sanoati korxonalarida turli kimyoviy moddalar ya’ni, kislotalar, ishqorlar, tuzlar, mineral o‘g‘itlar, polimerlar, sintetik tolalar va boshqa mahsulot turlari ishlab chiqariladi. Kimyo sanoati ishlab chiqaradigan mahsulotiga, foydalanadigan xom ashyosiga, shuningdek, texnologik jarayonlariga qarab bir necha tarmoqqa bo‘linadi. Kimyo sanoatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, shu sohaga ta’alluqli korxonalar bir-birlariga uzviy bog‘liq holda faoliyat yuritadilar. Ularning ishlatadigan xom ashyolari ham ko‘pincha mazkur korxonalar tomonidan ishlatiladi. Bunda xom ashyodan kompleks foydalanish, yani bir korxona faoliyati natijasida hosil bo‘lgan oraliq mahsulotdan boshqa korxona foydalanishi mumkin bo‘ladi. Kimyo sanoatining rivojlanishi bilan xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish ham sezilarli o‘sdi. Bu o‘z-o‘zidan aholi turmush farovonligining yuksalishiga olib keldi, ammo masalaning boshqa bir jihati ham borki bu hammani tashvishga solmoqda. Kimyo sanoatining rivojlanishi, kimyoviy moddalardan keng foydalanish, sanoat chiqindilari, kimyoviy ishlab chiqarish chiqitlarining ko‘payib ketishi tabiiy muhitning zaharlanish darajasining yuqori bo‘lishiga olib keldi. Biroq, jamiyat taraqqiyotini, inson ehtiyojlari muammosini hal etishni kimyo fanisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, shuningdek, xo‘jalik faoliyatida kimyoviy birikmalardan foydalanishdan voz kechib bo‘lmaydi. Demak, barcha diqqat e’tiborni ularni ishlab chiqarish me’yoriga, tartib qoidalariga va ulardan ekologik hamda ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda oqilona foydalanishimizga qaratishimiz zarur bo‘ladi.SHuning uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan zaharli kimyoviy moddalarning ruxsat etilgan me’yoriy miqdorlari ishlab chiqilgan. Zaharli kimyoviy moddalarni keng ko‘lamda qo‘llash, gigiena fani zimmasiga ko‘p muammolarni echish masalasini qo‘yadi. Zaharli kimyoviy moddalar o‘z nomi bilan zahardir. Mazkur moddalarning ta’siri faqatgini hayvonlar, hasharotlar yoki o‘simliklar uchun xavfli bo‘lmay, balki inson uchun ham zararlidir. Zaharli kimyoviy moddalar bilan tashqi muhitning ifloslanishi, o‘z navbatida aholi sog‘lig‘iga va barcha jonivorlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun ham zaharli kimyoviy moddalarni xalq xo‘jaligida ko‘plab ishlatishning zararli oqibatlarini oldini olish kerak, shuningdek, atmosfera havosini, suv va tuproqni korxonalarning chiqindilari, hamda oqava suvlaridan asrash yo‘llarini o‘ylab topish dolzarb muammolardan hisoblanadi. Zaharli kimyoviy moddalarga sanitariya-gigiena jihatidan baho berishga aloqador masalalar Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan boshqarib turiladi. Sog‘liqni saqlash vazirligining talabiga ko‘ra, kimyoviy zaharli moddalarning toksikologik ta’siri o‘rganilmasdan, xorijdan olib kelinadigan kimyoviy moddalar har taraflama mukammal tekshirilmasdan ishlatishga ruxsat etilmaydi. Hayotga, qishloq xo‘jaligiga tadbiq etiladigan har bir kimyoviy modda uchun maxsus hujjat, uslubiy ko‘rsatmalar, ulardan foydalanish yo‘riqnomalari, me’yori, favqulodda zaharlanganda qo‘llaniladigan birinchi tibbiy yordam haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi talab qilinadi. Zaharli kimyoviy moddalarni qishloq xo‘jaligida qo‘llash jarayonida aholi salomatligini o‘ylab va muhofaza etishni nazarda tutib mazkur moddalarga nisbatan qo‘yiladigan gigienik talablar asosida ishlab chiqiladi. Zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llash jarayonida ularning tashqi muhit ob’eklaridagi qoldiq miqdorlarining inson organizmiga boladigan ta’sirining oldini olish dolzarb muammo hisoblanadi. Bu borada sanitariya muassasalari olib boradigan sanitariya nazorat ishlari odamlarni zaharli kimyoviy moddalarning qoldiqlari ta’siridan muhofaza qilishga qaratilgan. Zaharli kimyoviy moddalar qo‘llanilganda, ularning qoldiqlari atrof-muhit ob’ektlari bo‘lmish mehnat qilish zonasidagi havoda, turar joylarning atmosfera havosida, suv va suv havzalarida, tuproqdagi miqdorini aniqlash, shu miqdorning ko‘p yoki kamligini gigienik asosdan ishlab chiqilgan normalari bilan taqqoslash maqsadida gigiena ilmi hayotda qo‘llaniladigan barcha zaharli kimyoviy moddalar uchun ruxsat etiladigan miqdorini belgilaydi. Zaharli kimyoviy moddalarning inson nasl-nasabiga salbiy ta’sir qilishi mumkinligi, genetik jihatdan olganda eng murakkab muammolardan hisoblanadi. Irsiy kasalliklarning keyingi vaqtda ko‘payib borayotganligi kishini tashvishlantirmay qo‘ymaydi. Ishlatilayotgan kimyoviy moddalarning allergen tariqasida organizmga ta’sir qilishi borasidagi muammo ham hozirda echilishi qiyin muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Kimyoviy moddalar organizmga juda oz miqdorda tushganda ham embrion hujayralariga salbiy ta’sir qiladi. Shularni e’tiborga olgan gigiena xodimlari zararli moddalarning ruxsat etilgan me’yoriy miqdorini ishlab chiqdilar. Gigiena fanidagi murakkab masalalardan biri, ishlab chiqilgan ruxsat etilgan me’yoriy miqdorlarni hayotga tadbiq etishdir, zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llashni davlat tomonidan qat’iy nazoratini tashkil etish va amalga oshirishdan iborat.
Texnikaviy taraqqiyot davrida atmosfera havosining ifloslanishi Respublikamizning Olmaliq, Chirchiq, Farg‘ona va Navoiy viloyatlarida, ayniqsa sezilarli darajada ortganligi hech kimga sir emas. Birgina Navoiy viloyati misolida oladigan bo‘lsak, atmosfera havosining yuqori darajada ifloslanganligini kuzatish mumkin.Ikki yuz mingga yaqin aholisi bo‘lgan Navoiy shahrida havoni ifloslantiruvchi ko‘plab sanoat korxonalari mavjud. Viloyatda ekologik muvozanatni birlashtirish maqsadida “Navoiy viloyatining 2006-2010 yillarga mo‘ljallangan atrof- muhitni muhofaza qilish” dasturi ishlab chiqilgan. Sanoat korxonalari bilan birga shaharda avtotransport vositalarining ko‘payishi ham shahar havosiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 2006-yil 21-martda Davlat avtomobil nazorati (DAN) xodimlari tomonidan berilgan ma’lumotga asosan, shaharda 3000 ta taksi ro‘yxatdan o‘tgan, mingdan ortiq davlat tashkilotlari mashinalari va xususiy mashinalar mavjud. Hisoblashlarga qaraganda, bitta mashinadan chiqadigan zaharli moddalar miqdori bir yilda 537 kg ni tashkil qilar ekan. Agar har to‘rt shahar aholisiga bitta (50000 ta) mashina to‘g‘ri kelsa, bu miqdor 26850000 kg.ni tashkil qiladi. Bu esa, insonlar sog‘lig‘i uchun juda ham xavfli hisoblanadi va buni oldini olish zarur. Shuning uchun atmosferaga chiqadigan zararli moddalarni tozalash haqida o‘ylashimiz zarur bo‘ladi. Butun tirik organizmlarni o‘z bag‘riga olgan tabiatda turli zararli moddalar haddan tashqari ko‘payib ketmasa, tabiiy jarayonlar ta’sirida zaharli omllar o‘z-o‘zidan zararsizlanishi mumkin.

Atmosfera havosiga chiqarib tashlangan gazsimon, bug‘simon moddalar yoki changlar oz miqdorda bo‘lsa, ular vaqr o‘tishi bilan o‘z-o‘zidan havo muhitida kuyib, zararsiz holatga o‘tib qoladi. Atmosfera havosining o‘z holicha tozalanish xususiyati juda sekinlik bilan boradi. Atmosfera havosining tozalanishida yog‘ingarchilik asosiy o‘rin tutadi. Havo tarkibida mavjud bo‘lgan zararli omillarni qor va yomg‘ir suvlari yuvadi. Yog‘ingarchilik qanchalik ko‘p bo‘lsa, havo tarkibi shunchalik tozalanadi. Atmosfera havosini tozalashda daraxtlar, qolaversa, o‘simliklar olamining ahamiyati katta. Jumladan, daraxt barglari chang zarralarini, zararli gazlarni o‘ziga singdirib oladi.
Sanoat korxonalari chiqindilarini kamaytirish uchun avvalam bor hozirgi zamon talabiga mos keladigan ilg‘or texnologiyalardan foydalanilgan holda chiqitsiz jarayonlardan foydalanishimiz lozim. Bunda eng asosiy maqsad bu tabiiy resurslarga tejamkorona munosabat va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish, qolaversa inson salomatligini tiklash. Repulikamizda hozirgi kunda barpo etiladigan barcha sanoat korxonalari zamon talablariga mos keladigan texnologiyalari bilan jihozlanib o‘rnatilmoqda. Buning natijasida respublikamiz ekologik holati yaxshilanishiga olib kelmoqda. Paxtani dastlabki qayta ishlash, tashish, quritish, tozalash, junlash, lentalash, ishlab chiqarishning tolali chiqindilarini qayta ishlashda ishlab chiqarish binolari havosiga va atmosferasiga ko‘p miqdorda chang ajralib chiqadi. Chang asosan 3 ta fraksiyadan iborat: iflos zarrachalar – g‘o‘zaning maydalangan bo‘laklar; tolali va mineral zarrachalar (mineral zarrachalar paxtaga tuproq orqali o‘tadi); paxtani qayta ishlash vaqtida undan ajralib chiqadigan changning iflos va tolali zarrachalaridir.Atmosferaga chiqariladigan barcha ishlangan havo texnologik va aspirasion turga bo‘linadi: birinchisi – texnologik mashina-uskunalardan, ikkinchisi – changlantirish sistemalaridan chiqadi.Paxta, tola, lint va ishlab chiqarish chiqindilari havo transporti – paxta tozalash zavodidagi ishlangan havoni chiqarish bo‘yicha asosiy uchastka hisoblanadi.Quritish-tozalash, jinlash, linterlash va tolali chiqindilarni qayta ishlash sexida anchagina miqdorda chang bo‘ladi. Paxta tozalash korxonasida texnologik davomida ajralib chiqadigan chang tarkibi o‘zgarib boradi. Paxtani dastlabki qayta ishlash jarayonining boshlanishida havo tarkibida ko‘p miqdorda mineral fraksiyalar bo‘lgan chang ajralib chiqadi. Paxtani keyingi ishlov berishlarda – tola va lint olishda ajralib chiqadigan changda organik moddalar ko‘proq bo‘ladi: bular chigit qobig‘i, barg bo‘laklari va g‘o‘zaning boshqa qismlari. Biosfera ochiq tizim, uning mavjudligi uchun energiya manbai quyosh nuri.V.I.Vernadskiy tirik materiyaning rolini ta’kidlab shunday deb yozgan edi: "Hayot yer yuzidagi moddalarni tashkil etuvchi atomlarning muhim qismini egallaydi. Uning ta’siri ostida bu atomlar doimiy intensiv harakatda bo‘ladi. Natijada millionlab turli xil birikmalar hosil bo‘ladi. Bu jarayon o‘n millionlab yillik tanaffuslarsiz davom etadi. Yer yuzasida doimiy ta’sir ko‘rsatadigan va shu sababli yakuniy oqibatlarida umuman olganda olingan tirik organizmlarga qaraganda kuchliroq kimyoviy kuch yo‘q".

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish