O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti tarix yo‘nalishi III bosqich talabasi sunnatilla jabborovning jahon tarixi fanidan kurs ishi mavzu


XX asr boshida sanoatning yiriklashuvi va o`sishi



Download 141,93 Kb.
bet8/9
Sana18.06.2021
Hajmi141,93 Kb.
#69873
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
SUNNATILLA KURS ISHI

2.2. XX asr boshida sanoatning yiriklashuvi va o`sishi.
Avstriya imperiyasi siyosiy taraqqiyot sohasida Yevropadagi boshqa davlatlardan juda ham orqaga qolgan edi. Mamlakat ichida ko'pdan-ko'p boj, chegaralari va bojxonalar bo'lishi siyosiy tarqoqlikni kuchaytirib yuborgan edi, bu boj chegaralari va bojxonalar ichki bozorning tashkil topishini juda ham qiyinlashtirib qo'ygan edi. O'rta asr sexchilik tuzumi, ayrim viloyat, shahar va toifalarning imtiyozlari ham davlatning iqtisodiy taraqqiyotiga va birlashuviga to'g’anoq bo'lib kelmoqda edi. Davlatni idora qilish ishining bir qadar bo'sh markazlashtirilishi katta yer magnatlaridan iborat hukmron to'daning manfaatlariga mos tushar edi, bu magnatlar o'rta asrlardagi feodallarning siyosiy traditsiyalarini davom ettirar, davlatni mudofaa qilish manfaatlari yoki dehqonlar qo’zg’alonlarini bostirish zarurati talab qilgan vaqtdan boshqa mahalda qirol hokimiyatining haddan tashqari kuchaytirilishiga qarshi edi.

XIX asr ikkinchi yarmida Gabsburglar bilan boshqa nemis knyazlari o'rtasidagi kurash butunlay to'xtamagan edi. Yana boshlanib ketgan Turkiya agressiyasiga zarba berish va agressiv Fransiyaga qarshi kurashish uchun barcha german hokimlarining manfaatlari yo'lida kuchli Gabsburglar davlati barpo qilish zarur edi. "Imperatorlar" butun Germaniya ishlariga kam aralashib, o'zlarining merosiy o'lkalari ichida o'z hokimiyatlarini mustahkamlash ishi bilan avvalgi vaqtlarda qaraganda ko'proq shug’ullandilar. Chunki sinfiy ziddiyatlarning keskinlashib borayotganligi dehqonlar harakatining avj olib ketayotganligi bunga majbur qildi. Sanoatning rivoji bilan Gabsburglar barcha merosiy o'lkalardagi magnatlarni sekin bo'ysundira bordilar. Lekin Gabsburglarning asosiy siyosiy tayanchi o'rta va mayda dvoryanlar edi. Bu hollarning hammasi va shu bilan birgalikda markaziy byurokratik jamiyat apparatining mustahkamlanishi Gabsburglar davlatining absolyut monarxiyaga aylanayotganligini bildirar edi. Mahalliy "darajalar" yig’ilishlariga seymlar yoki lontaglarga kelganda shuni aytish kerakki ular o'z ahamiyatini, toifalarining vakolatli muassasalari sifatida ish olib borish ahamiyatini asta-sekin yo'qotib, juda tor huquq doirasiga ega bo'lgan zemstvo yig’ilishlariga aylana bordi, Vengriya seymi ham og’ir ahvolga tushib qoldi. Gabsburglar hokimiyatining dehqonlarga qarshi kurashda mustahkam tayanch deb bilib, bu hokimiyatga umuman taslim bo'ldi. Bu qo’zg’alonlar vaqtida pomeshchiklarning qasrlariga o't qo'yilar, pomeshchiklar va ularning yer suvlarini boshqaruvchi ishboshchilar o'ldirilardi. Dehqonlar barshchina o'tashdan, natura majburiyatlarini to'lashdan bosh tortar edilar. Davlat manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan mulohazalar ham dehqonlar reformasini o'tkazishga majbur etgan jiddiy bir sabab bo'ldi. Feodallar tomonidan solinayotgan haddan tashqari ko'p majburiyatlar dehqon xo'jaligini tushkunlikka olib kelgan edi. Dehqonlar davlat soliqlarini to'lay olmas hamda rekrutlarni yaxshi yetkazib bera olmas edilar. Hukumat bir necha bor farmon chiqarib, bu farmonlarga pomeshchiklarning dehqonlarga nisbatan beboshligini cheklashga urindi, biroq farmonlar qog’ozdagina qolib, mutlaqo amalga oshmadi. Mamlakatning yetti yillik og’ir urush natijasida vayron bo'lishi, dehqonlar masalasini juda ham keskinlashtirib yubordi. Avstriyaning bir qancha rayonlarida dehqonlar qo’zg’alonlari ko'tarildi. Hukumat qo’zg’alonlarni bostirish uchun qo'shin yubordi. Dehqonlarning rahbarlarini qatl etdi. Biroq jazo choralar ko'rish yetarli yordam bermadi. Hukumat reforma o'tkazishga majbur bo'ldi.

Pomeshchiklarning vodchina sudi hamda ularning dehqonlarga qarshi yer-suvga egalik qilish huquqlari cheklab qo'yildi, imperatorning yer mulklaridagi krepostnoy ququq bekor qilindi. Mariya Tereziya chiqargan qonunlar qishloq xo'jaligidagi mavjud tartiblar negizini o'zgartirmadi. Yerga egalik formalariga krepostnoylikka, butun agrar munosabatlarga daxl qilmadi, dehqonlar biriktirilganicha qolaverdi, barshchina ham dehqonlar majburiyati bo'lib qolaverdi.

Chexiyada, Moraviyada va Avstriya monarxiyasining boshqa o'lkalarda krepostnoy tutqunlikni yo'qotish to'g’risida yorliq chiqardi. Bu yorliqda dehqonlarning krepostnoy tutqunligi bekor qilinib, bu tutqunlik o'rniga yangi fuqaro munosabatlari o'rnatildi, bunday munosabatlar Avstriyaning bir qismida qadimdan hukm surib kelar edi. Fuqarolar shundan so'ng ham pomeshchiklarga itoat qilish kerak bo'lsa-da, lekin shahsiy erkinlikka chiqdilar. Dehqonlar endi o'z xohishlaricha uylana olar edilar, ular pomeshchiklarning yer suvlarini o'z ixtiyorlari bilan tashlab ketish huquqiga ega bo'lib, o'zlari xohlagan kasb va hunarni o'rganishlari mumkin edi. Fuqarolar ho'jayinning hovli ishini bajarish majburiyatidan ozod qilingan edi. Biroq dehqonlar o'z chek yerlari uchun yer egalari foydasiga barshchina va boshqa xil majburiyatlarni o'tashlari lozim edi, Dehqonlarning yer uchastkalari uchun pomeshchiklar bilan fuqarolarning ixtiyoriy kelishuvi asosida haq to'lanadigan bo'ldi.

Dehqonlarning uchastkalari uchun haq olish keng yoyildi.. Avstriya absolyutizmning hamma o'lka va viloyatlarning nemis dvoryanlari va bryurokratiyasiga batamom bo'ysundirish yo'lidagi urinishlariga monarxiyaning ayrim qismlari qarshilik ko'rsatdi.

Vengriya feodallari, dehqon va kon ishchilari harakatini bostirib, shaharlarni siyosiy jihatdan cheklanishga majbur etdi va o'zaro urushlar olib borish qirolning markaziy kuchlarini zaiflashtirib qo'ydi Sal vaqt o'tmay, Vengriya uch qismga bo'lib tashlandi. Vengryaning markaziy qismini ya'ni aholisi vengrlar, xorvatlar, serblardan iborat bo'lgan katta qismini turklar bosib oldi, aholisi vengrlar va slovaklardan iborat bo'lgan harbiy va shimoliy qismi Gabsburglar asoratiga tushdi, aholisi valaxlardan iborat bo'lgan sharqiy va janubiy sharqiy qismlari Turkiya sultoniga tobe bo'ldi va Transilvaniya knyazligi deb e'lon qilindi.

Vengr feodallari va dvoryanlarning ko'pchilik qismi, ya'ni o'zlari shafqatsizlik bilan ezayotgan krepostnoy dehqonlardan doimiy havfsirab feodal va dvoryanlar murosaga kelish yo'liga kirdi. Katolik ruhoniylaridan tortib olingan yerlarning bir qismi egalariga qaytarib berildi. Reformatsiyaga qarshi olib borilgan kurash vengr dvoryanlarning anchasini krepostnoy dehqonlarni Gabsburglar boshchiligidagi katoliklar cherkoviga qaytardi. XIX asrdayoq vengr feodallarining katta qismi, ezilgan xalq ommasidan qo'rqishi sababli, Venani o'ziga tayanch deb bilib, Avstriyaning itoatgo'y malaylariga aylandilar. Vengr katoliklari Avstriya impyeratori bilan til biriktirish yo'lini tutdilar. Egr katolik Еpiskopi Suhan o'sha zamonda o'tgan kishilardan birining e'tiroficha, soxta hujjatlar yasadi, aldash mumkin bo'lgan kishilarning hammasini aldadi, qurol kuchi bilan g’ayri qonuniy soliqlar yig’di va yolg’iz o'zi shuncha gunoh qildiki, buni so'z bilan ifodalash qiyin. Transilvaniyaning protestant qukmdorlari, Protestantlar Transilvaniyasi katoliklar harbiy Vengriyasidan farq qilsa-da, lekin dehqonlarni ezishda Transilvaniya pomeshchiklaridan aslo qolishmas edi. Vengr pomeshchiklari uchun krepostnoy qaysi millatdan bo'lmasin ruminmi, xorvatmi, slovakmi, ukrainmi va vengrmi mutlaqo baribir edi. Ular bu krepostnoylarni birday ekspluatatsiya qilaverar va "itoatsizlik qilgani" uchun jazolayverar edilar, Gabsburglar o'zlarining Vengriyadagi o'lkalariga yangi soliqlar soldi. Bu soliqlarni yig’ish uchun mas'ul bo'lgan vengr dvoryanlari u soliqlarning butun og’irligini dehqonlar ustiga qo'yishga harakat qildi. Qashshoqlikka solingan krepostnoy dehqonlar qirol soliqlarini to'lash bilan bir vaqtda pomeshchik foydasiga ado etiladigan majburiyatlarni o'tay olmas edilar. Vengr dehqonlari oxirgi chorak g’allalarini berishga majbur bo'lganliklaridan o'zlari och qolar edilar. Gabsburglar soliqlar yiqish uchun Vengriyaga joylashtirilgan Avstriya qo'shinlariga tayanib, dehqonlarning bor-budlarini soliqqa olardi. 19

Ispaniya merosi uchun olib borilgan urush vaqtida, Avstriya armiyasining g’arbdagi janglar bilan band bo'lishi Vengriyada Gabsburglarga qarshi milliy ozodlik urushi boshlanishi uchun zamin tug’dirdi. Dehqonlarning qo’zg’alonlari stixiyali bo'lgan bo'lsa-da, bu urush endi stixiyali emas edi. Bu urushda butun vengr xalqi qo'zg’aldi. Bu qo'zg’olon bayrog’iga "Vatan uchun, ozodlik uchun" degan shior yozilgan edi. qo’zg’alon ko'targan dehqonlar krepostnoy ququqdan qutulish umidida edilar. Dvoryanlarning o't qo'yilgan hovli joylarining yonishi tunlarda qo’zg’alonchilar yo'lini yoritib turardi. Qo’zg’alon Munkach rayonida boshlandi. Avval u faqat dehqonlar qo’zg’aloni bo'lib, pomeshchiklarga, soliq yig’uvchilarga, olib sotarlarga va kannotlarga qarshi qaratilgan edi. Qo’zg’alon ko'targan dehqonlar feodallar foydasiga to'lanadigan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortdilar. Gabsburglarning mahalliy ma'murlari binolarini kunpayakun qildilar, musodara qilingan oziq-ovqat mahsulotlari omborlariga hujumlar qildilar, ayrim hollarda manfur zolimlarni jazoladilar. Bu harakat tusiga kirib, aholining boshqa tabaqalari, ya'ni Gabsburglar zulmidan norozi bo'lgan tabaqalar shahar kambag’allari, oz va o'rtacha miqdorda yer mulki bo'lib, Gabsburglar tomonidan honavayron qilingan dvoryanlar, quyi darajadagi ruhoniylar ham qo'shildi. Krepostnoy dehqonlar qo’zg’aloni o'sib, keng milliy ozodlik harakatiga aylana boshladi.

Dvoryanlarning katta kismi kurashchilarning g’alabalariga erishayotganini amalda ko'rgach, qo’zg’alonni Avstriyaga qarshi kurashga aylantirib yuborishga urinib, bu harakatda rahbarlik mavqeini egalladi. Bu pomeshchiklar qo’zg’alondan o'zlarining Gabsburglar cheklab qo'ygan barcha feodallik huquqlarini tiklash uchun foydalanishga intildi. Dvoryanlarning ikkinchi bir qismi, asosan katta yer-suv magnatlari qo’zg’alonchilarga qarshi kurashib, gabsburglar qo'shinlariga yordam berdi. Masalan, Estergazi Gabsburglar bilan shartnoma tuzdi, bu shartnomaga ko'ra milliy ozodlik harakati mag’lubiyatga uchragandan so'ng musodara qilinadigan hamma yer-suvlarning 25% unga berilishi kerak edi. Harbiy sanoat markazi Debresin shahri edi. Rakosi progressiv tadbirlarni amalga oshirdi, lekin u qo’zg’alonchi dehqonlarning asosiy ommasini qiziqtirgan eng muhim masalani qal qila olmadi. Krepostnoy huquqni bekor qila olmadi. U feodallar foydasiga o'tiladigan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortgan dehqonlarni qattiq jazolay boshladi. Qo’zg’alon rahbarlarining roli yildan-yilga pasayib bordi. Dehqonlar orasidan tayinlangan komandirlar vazifasidan olinib, ularning o'rniga aristokrat-generallar tayinlandi. Bu generallar kurashchilarga dushmanlik nazari bilan qarar edi. Natijada qo’zg’alonning sotsial zamini toraydi va dehqonlar Rakosi armiyasidan sekin-sekin chiqib keta boshladi. Gabsburglar bilan vengr feodallari birlashib Vengriyani Gabsburglar monarxiyasining mustamlakasiga aylantirishga harakat qildilar. Gabsburglar oyog’iga yiqilgan vengr dvoryanlari vengr, xorvat, syerb, slovak, rumin, ukrain dehqonlarini ekspluatatsiya qilishni kuchaytirdilar. Dvoryanlar xalq ommasiga hiyonat qildi. Ammo xalq ommasi kurashni davom ettirdi. Kechagi kurashchilar o'rmonlarga chiqib ketib, batyalarga (qaroqchi) - partizanlarga aylandilar.20

Avstriya saroyi Vengriyada bir-biri bilan raqobat qilayotgan feodallardan iborat yangi aristokratiya barpo qildi. Bu aristokratiya birgina ishora: "Impyerator talayvyersin, biz ham talasak bo'lgani" degani ishoraga amal qildi. Dehqonchilik esa basharti rivojlangan taqdirda ham, faqat ekstentiv suratda rivojlandi. Yerga ishlov berishda qech qanday yangi metodlar qo'llanilmadi. Vengriyadagi krepostnoy dehqonlarning bobokalonlari yerga 500 yil oldin qanday usullar bilan ishlov bergan bo'lsalar, bu dehqonlar ham o'shanday usullar bilan ishlov berardilar. Avstriya hukumati Vengriyani qishloq xo'jalik mahsulotlarini va hom ashyosini faqat Avstriyaga chiqarishga majbur etardi. Avstriya hukumati Vengriya, Slovakiya, Zakarpat Ukrainasi, Transilvaniya va Xorvatiyani Avstriyaning agrar mustamlakasiga aylantirishga intilar edi.



XIX asr oxiridan boshlab vengr maktablarida o'qish- o'qitish ishlarini faqat nemis tilida olib borish ruhsat etildi, gimnaziyalarga ham nemischani biladigan o'g’il bolalargina olinar edi. Ma'muriy til ham nemis tili bo'ldi, davlat hizmatiga nemischani biladigan kishilargina qabul qilinar edi. Mazlum xalqlarga reformalar o'tkazish va nemislashtirish yo'li bilan yaxlit Avstriya davlati barpo qilishga urinishi vengr xalqining milliy adabiy tilini rivojlantirish yo'lidagi intilishini kuchaytirib yubordi.21

Bu yer mulklarda feodal xo'jaliklar tashkil qilinib, bu xo'jaliklarda ko'plab g’alla yetishtirildi, baliqchilik qilish uchun katta hovuzlar qurildi. Qo'y boqish uchun yaylovlar kengaytirilib, ayrim ho'jaliklarda qo'ylar soni mingga etdi. Tabiiy sharoiti imkon bergan ho'jaliklarda yog’och oqizildi. Sotish uchun g’alla, baliq, yung, yog’och-taxta, pivo yetishtiriladigan bo'ldi. Feodal xo'jaliklar dastlabki vaqtlarda ichki bozor ehtiyojlarini ham ta'minlay boshladi. Tovar mahsulot ishlab chiqarishning o'sishi qishloq xo'jaligidagi ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishidan dalolat beradigan ko'rsatgich edi. Katta feodal ho'jaliklarning tashkil topish jarayoni tugallanishi bilan dehqonlarning ikkinchi marta tutqunlikka solinishi kuchaydi. Bu jarayon tugallanishi bilan Chexiya nemislashtirilib va milliy zulm kuchayib bordi. XIX asrning birinchi yarmida Chexiyada manufaktura ishlab chiqarishi rivojlana boshladi. Chexiyaning shimolida, ya'ni unumdor yerlari bo'lmagan, lekin o'rmonlari, suvi ko'p bo'lgan va qadimdan dehqonlar hunarmandchiligi bilan dong qozongan bu o'lkada mato, movut, ip gazlama, oyna ishlab chiqarishi keng yoyildi. Bu tashkilotchilarning ba'zilari Chexiyaning shimolidagi butun rayonlarni o'z nazoratiga olib, tikuvchilarni ip bilan ta'minlab turdi va muayyan turda mato ishlab chiqarishni talab etdi. Tarqoq manufakturalarning dastlabki tashkilotchilari orasida janubiy vositachilari ham bor edi. Zodagonlar zo'r berib sohibkorlik ishi bilan shug’ullandi. Graf I. Kinskiy vositachi, bir qancha manufakturalar tashkilotchisi, savdo jamiyatining a'zosi edi. Frank Lotarinskiy yirik manufakturalar egasi bo'lib, sharq bilan savdo-sotiq ishlari olib borish uchun ikkita savdo jamiyati tashkil etdi. Shaharliklar tashkil qilgan manufakturalar ancha oz bo'lib, ularda ishlovchi ishchilar soni odatda 100 kishidan oshmas edi. Markazlashgan manufakturalarda mehnat taqsimoti izchillik bilan olib borilar edi, masalan: movut manufakturasida sex hunarmandchiligidagi 8 operatsiya o'rniga 45 ta operatsiya olib borildi. Mehnat taqsimoti yangi, takomillashgan uskunalar vujudga kelishiga mehnat unumdorligining oshuviga olib keldi. XIX asrning o'rtalaridan e'tiboran manufakturalar mahsulotining tobora ko'p kismi o'sib borayotgan ichki bozorda sotila boshlandi. Gabsburglar manufakturalar tashkil etish ishini rag’batlantirdi. Manufaktura tashkil etgan kishilarga yordam pul (dotasiya) berilardi, manufaktura tashkil etgan kishilar chet mamlakatlardan olingan xom-ashyo uchun boj to'lashda yengillik olar va mamlakatning o'zida hom-ashyo sotib olishda boshqalardan ko'ra imtiyozliroq huquqga ega edilar. Chet ellarga xom-ashyo chiqarish va mamlakatning o'zida ishlab, chiqariladigan buyumlarni chet ellardan keltirish ta'qiqlangan edi. Manufaktura ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida XIX asrning 30 yillaridan e'tiboran sexlarning faoliyati cheklana boshlandi. Avstriyaning Sileziyadan ajralib qolishi Chexiyada sanoatning yanada tezroq rivojlanishi uchun yordam berdi. Chexiya XIX asr o'rtalaridan boshlab, Avstriya monarxiyasining eng sanoatlashgan viloyatiga aylana bordi. Chit va boshqa gazlama ishlab chiqaruvchi ip gazlama sanoati shu davrda vujudga keldi. Graf Bolzaning Kosmoposhidagi manufakturasida 400 ta ishchi ishlar edi, tevarak atrofidagi qishloqlarda o'z uyida ishlovchi 4 ming ishchi ham shu manufakturaning ishini qilar edi. XIX asr ikkinchi yarmida Chexiyaning Praga, Libyersa va boshqa shaharlarida chitga gul bosish sanoati rivojlana boshladi. XIX asr o'rtalarida Chexiya qog’oz ishlab chiqarishda Avstriya impyeriyasida yetakchi o'ringa chiqdi, Chexiya oynasi Yevropada va boshqa qit'alarda dong chiqardi. 22

Gabsburglar davlat hokimiyatini yanada markazlashtirishga va turli o'lkalardagi davlat muassasalarini umum Avstriya davlat apparati bilan birlashtirishga intildi. XIX asr o'rtalarida doimiy yer soliqi joriy qilindi. XIX asr 2-choragida Chexiya saroyining Venadagi mahkamasi umum Avstriya davlat muassasalari bilan birlashtirib yuborildi, viloyat boshqarmasi esa yo'qotildi. Chexiya ustidan qukmronlik yuritish Venadagi markaziy sud va moliya muassasalariga o'tdi. XVIII-XIX asrlarda xalq ijodi, she'riyat, qo'shiqlar, pesalar, bashoratnomalar yozish katta rivoj topib, bu asrlarda dehqonlarning feodallarga va cherkovga qarshi qaynab toshgan qahr-qazabi ifodalandi. "Panlarga qech qanday shafqat qilmaymiz"! "Ularning gunohlarini kechirmaymiz", degan so'zlar bilan tugaydigan bu ashula kurashga da'vat qiluvchi chaqiriq bo'lib yangradi. Bu davrda tasviriy san'at barokko uslubi hukm surib, bu uslubning atoqli namoyondalari rassomlik sohasida K. Shikreta, haykaltaroshlik sohasida - F. M. Brakov edi. 23

Ko'pdan-ko'p xorlar, bastakorlar, operalar ko'pgina chex muzikachilarning chet ellarga dong’i ketishi chex xalqining tradision san'ati bo'lgan musiqa san'atining yanada rivojlanganidan dalolat berar edi.

Shunday qilib, chexiya tarixida "Jaxolat" deb nom olgan feodal va katolik reaksiya davri, yana shunday davr ham bo'ldiki, unda ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan milliy madaniyat rivojlandi va chex xalqining ravnaq topishiga xalal berayotgan qora kuchlarni yengishiga zamin yaratildi.




Xulosa.

XIX asr oxirgi choragidagi urushlar va inqiloblar, milliy ozodlik harakatiga qaramasdan, ko’plab xalqlarni birlashtirgan Avstriya-Vengriya imperiyasi Yevropa davlatlari tizimida o’z o’rnini saqlab qoladi.

Iqtisodiy islohotlar sanoat to’ntarilishi mamalakatning iqtisodiy qudratini mustahkamlab, urush arafasida ancha kuchli armiyani yaratish imkonini beradi.

Yuqorida ko’rib o’tganimizdek Avstriya Gabsburglari hamon feodal munosabatlar sarqitlari saqlanib qolgan bo’lsa ham ma’lum ma’noda kapitalistik munosabatlar uchun ma’lum bir shart-sharoit yetilardi bu jarayon albatta Angiliya, Fransiya va Gollandiya kabi davlatlarga nisbatan ancha sekin rivojlanardi. Shuningdek, Avstriya imperyasi Yevropa markazida joylashgan shuningdek, imperya hududi va milliy takibi xilma-xil bo’lib bu esa ushbu davlatda turli etnik mojorolar keltirib chiqarardi. Bu albatta bir millatning boshqa millat ustidan zo’rovonlik bilan boshqarishga intilishi sabab bo’ldi bunday qo’zg’olonlar Vengiriya, Sileziya va Chexiyada ancha kuchli tarzda namoyon bo’ldi. Bu jaroyon Chexiyada o’ziga xos ko’rinishda kuzatiladi. Ushbu qo’zg’olon maqsadiga ko’ra milliy ba’lki shu davr feodal krepostnik tizimga qarshi qaratilgan edi. Jumladan, qo’zg’olon harakatlantiruvchi kuchi asosan qishloq aholisi dehqonlar yersiz aholi bo’ldi. Qo’zg’olonchilar keng yaylovlarni tortib olinishi va soliqlar va barshinaning o’g’irligi sabab bo’ldi lekin, qo’zg’olon stixiyali uyushtirilgan bo’lib va qo’zg’olonchilar orasidagi bo’linish ya’ni yirik dehqonlar feodallar tomonga o’tib ketishi va yana bir qancha sabablar qo’zg’olon yengilishiga olib keldi. Lekin, Gabsburglar hukmron doiralari shundan so’ng ma’lum bir yon berishlarga majburyatlarni yengillashtirishga majbur bo’ladi. Xatto XIX asr oxirida Avstriya imperyasida sanoat va savdoning o’sishiga olib keldi bu esa Imperiyaning Shtirniya, Avstriya va Chexiya sanoat markazlarining shakllanishiga imperyada ishlab chiqarishda har xillikni keltirib chiqarardi imperyaning shimoliy hududlari va Vengriyada hamon qishloq xo’jaligi ustunlik qilardi. Vengriyada hamon qishloq xo’jaligi va bu yerda ba’zi bir feodal tartiblar saqlanib qolgan bunga sabab krepostnik tizimga qarshi qonunlarni bu yerda tan olmasdi shuningdek bu yerda sanoat va manfakturalar deyarli judda kam edi. Bu omillar esa bu yerda yuqorida jarayonlar sust va tarqoq tarzda kechishiga olib keldi.



Download 141,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish