O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti tarix yo‘nalishi III bosqich talabasi sunnatilla jabborovning jahon tarixi fanidan kurs ishi mavzu


XX asr boshida Avstriya – Vengriya iqtisodiyoti



Download 141,93 Kb.
bet7/9
Sana18.06.2021
Hajmi141,93 Kb.
#69873
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
SUNNATILLA KURS ISHI

XX asr boshida Avstriya – Vengriya iqtisodiyoti.
XIX asrning 60-70- yillarida Avstriya -Vengriya Yevropadagi eng qoloq mamlakatlardan biri edi. Feodal ishlab chiqarish munosabatlari hukmronligi sanoat taraqqiyotini sekinlashtirdi. XIX srning 90 -yillarida ham hali agrar davlatligicha qolgan, aholining 2 \ 3 qismi qishloqlarda yashar, dehqonlar ustidan pomeshchiklar hukmronligi saqlanib qolgan edi. Avstriya-Vengriyaning turli hududlarida rivojlanish turlicha bordi. Masalan, Chexiya bilan Quyi Avstriya sanoati ko`proq rivojlangan bo`lsa, Galitsiya , Bukovina va boshqa hududlarda rivojlanish sust kechdi. 70 -90 -yillarda Chexiyada cho`yan eritish yuqori o`rinda turdi. Imperiyada olingan cho`yanning 86% i Chexiyaga to`g`ri kelardi, temir yo’l qurilishi tezlashdi. Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari: lavlagidan , qand ishlash , vino qaynatish , pivo pishirish tarmoqlari mamlakat iqtisodiyotida katta rol o`ynardi. Chexiya imperiya to`qimachilik sanoatining markazi edi. Mamlakatda 134 ta yirik ip gazlama fabrikasining 67 tasi Chexiyada edi. Chexiya Gabsburglar dinastiyasining eng rivojlangan sanoat markaziga aylanib bordi .

XIX asr boshida Avstriya chuqur iqtisodiy inqiroz davri qamrab olgan bo’lsa, 1830-yildan boshlab sekin iqtisodiy ko’tarilish boshlandi. Ammo kapitalistik taraqqiyot yo’lida Yevropa davlatlaridan orqada edi. XIX asrning birinchi yarmida imperiya to’liq agrar davlat bo’lib qolgan edi. Aholi qishloq va o’rmon xo’jaligi bilan band bo’lgan. Manafaktura va savdoning o’sishiga sexlar tizimi va ichki bojlar ham halaqt beradi.15

Frans I ishchilarning birlashishidan qo’rqib poytaxtda yangi manafaktura va fabrikalar ochishni taqiqlaydi. Senzura kuchaytiriladi.

1867-yilda tuzilgan Avstriya - Vengriya bitimi Vengriyaning iqtisodiy rivojlanishi uchun ma`lum darajada turtki bo`ldi. Vengriya ko`miri bazasida sanoatning metalurgiya va metall ishlash tarmoqlari rivojlana boshladi. Lekin , Vengriyaning asosiy sanoat tarmog`i oziq-ovqat sanoati bo`lib qolaverdi . 1898-yilda Vengriyaning un tortish , vino pishirish, qand va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi hissasi 47,3 % edi.16

30-40 yillarda imperiyaning rivojlangan Quyi Avstriya va Chexiyada sanoat to’ntarilishi boshlanadi. Vengriya, Transilvanya, Slovakiyada iqtisodiy o’sish kuzatiladi. 40-yillarda dastlabki banklar va omonat kassalari paydo bo’ladi.

Avstriya -Vengriya iqtisodiy ko`proq chet el kapitaliga ( nemis , ingliz . fransuzlarga ) qaram edi. Fransiya, Belgiya, Germaniya banklari qarz berib, Avstriyani o’z kapitallari bilan to’ldirib tashlaydi. Sanoatning metallurgiya, mashinasozlik, alektrotexnika kabi tarmoqlari Germaniya firmalari tomonidan moliyalashtiriladi. Nemis kapitali qishloq xo’jaligiga ham kirib boradi.

Imperiyaning industrial tumanlari Quyi Avstriyada va Chexiyada ishlab chiqarishning markazlashuvi va monopoliyalarning vujudga kelishi jadallik bilan boradi. Mamalakat hayotida moliya oligarxiyasining ta’siri kuchayadi.

XX asr boshiga kelib ham Avstriya - Vengriyada sanoat rivojlanishi Yevropadagi ilg`or mamlakatlardan orqada edi. 1905 -1907 yillarda aholi jon boshiga AQSHda 4,87 t, Germaniyada 3,36 t, ko`mir qazib chiqarilgan bo`lsa Avstriya Vengriyada 0,8 t. ko`mir qazilgan . Cho`yan AQSH da 350 kg , Germaniyada 168,5 kg , Avstriya -Vengriyada esa 29,6 kg .ni tashkil etgan xolos.

Shunga qaramay , Quyi Avstriya va Chexiyada sanoat yiriklashuvi va monopoliyalar vujudga keldi. 1912-yilga kelib yirik korxonalar soni 0,50 % ga oshdi. Aksionerlik jamiyatlari 1885-yildagi 380 tadan 1910 yilda 587 taga etdi . 1912-yilda 200 ta kartel bor edi Kapital jamg`arishda Vena banklari : Milliy bank ," Kreditansh-talt" va boshqalar sanoat , qishloq xo`jaligi , aloqa va boshqa sohalarni nazorat qilgan.

Ammo mavjud resurslardan foydalanish yomon darajada , aloqa yo`llari yomonligi savdo va yuk tashishda muammo to`g`dirar edi.

Germaniya va Fransiyaning moliya magnatlari hukmron edilar. Masalan , Germaniyaga " Simens " ekektronika , to`qimachilik , oynasozlikda , Fransiyaga temir yol , ko`mir, cho`yan zavodlari , " Shkoda " korxonalari qarashli edi.

Imperiyadagi qadimgi viloyatlar: Vengriya , Galitsiya , Serbiya, Xorvatiya, Slovakiya, Bosna - Gersogavina va boshqalar yarim mustamlaka bo`lib, ularning boyliklari Avstriya - Vengriya banklarini boyitardi.

60 -70- yillarda Avstriyada liberallar partiyasi hukmronlik qilardi. Shu yillarda bir qancha burjua islohatlari o`tkazildi. Auersperg hukumati (1871 -1879) Vatikan bilan tuzilgan konkardatni bekor qildi. 17

Fuqarolar nikohi joriy qilindi, ruhoniylarni muallimlik huquqlaridan mahrum etdi. 1873 -yil saylov reformasi o`tkazildi.18 Deputatlar 203 tadan 353 taga oshdi, Kuriya -kuriya bo`lib saylash joriyetildi: Avstriyaning hamma aholisi to`rtta kuriyaga bo’lingan edi:

1 . Yirik yer egalari, 1\53 2. Savdo palatasi ( yirik sarmoyadorlar), 1\24 , 3. Umumshahar kuriyasi , 1\4000 , 4. Qishloq jamoalari kuriyasi 1M2000 ga bo`lindi .

1912-yildan boshlab og’ir iqtisodiy inqiroz yuz beradi. Natijada yirik sanoat va savdo kompaniyalari sindi. Imperiyaning eksport hajmi kamayadi. Oddiy xalqning turmush darajasi pasayadi. Imperiya hukmron tabaqalarining milliy zulmni kuchaytirishi ozodlik harakatini keltirib chiqaradi.

Aynan shu davrda armiya qaytadan tuziladi. Mamlakatni harbiylashtirishga, milliy zulmga, urushga tayyorgarlik ko’rishga qarshi Vengriya poytaxti Budapeshtda namoyish bo’lib o’tadi. Shu tariqa XIX asr oxiri XX asr boshlarida Avstriya-Vengriyada iqtisodiy inqiroz holati yuz berar edi.



Download 141,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish