Guliston davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Tarix yo’nalishi 58-18 guruh talabasi Abdumalikov Abduazizning Italiya tarixi bo’yicha



Download 1,3 Mb.
Sana16.06.2021
Hajmi1,3 Mb.
#66784
Bog'liq
Italiya

Guliston davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Tarix yo’nalishi 58-18 guruh talabasi Abdumalikov Abduazizning Italiya tarixi bo’yicha


TAQDIMOT ISHI

XIII—XV asrlarda Italiyaning iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti.

Keyingi o’rta asr davridagi Italiya g’oyat notekis rivoj-langan bir mamlakat edi. Uning eng rivojlangan qismi shimoliy rayonlar, ya’ni L o m b a r d i ya q,6 lasti va Toskaniya shaharlari edi. Bu erda eng yirik savdo shahar-respublikalari — Genuya va Venetsiya bor edi. Eng yuksak sanoat taraqqiyoti darajasiga erishgan shaharlar orasida Milan va Flo­rentsiya ajralib turardi. Italiya markazi — Papa oblast yoki Papa davlati deb atalgan er — qoloq bir rayon edi. Bu erda rivojlangan hunarmandchilik ham, savdo-sotiq ham yo’q edi. Mahalliy aholining bir qismi dehqonchilik bilan kun ko’rardi, bir qismi ziyoratchilarga va Rim cherkovining ko’p sonli ruhoniylariga xizmat qilardi. Italiyaning janubi — Ikkala Sitsiliya korolligi — Shtaufenlar halokatidan ke­yin frantsuz feodallari hukmronligi ostiga o’tgan edi. Ularga frantsuz Qapetinglaridan biri bo’lgan Karl Anjuyskiy (1268 yildan) boshchilik qilardi. Mahalliy aholi uchun bu hol shu aholini ekspluatatsiya qilishni yanada kuchaytirib yuborgan yangi ajnabiy feodallarning ko’plab oqib kelishini bildirar-di.

Ochko’z «frantsuz kelgindilari» er mulklarni bosib olar va turli yo’llar__bilan feodal rentasini oshirardilar. Fran­tsuz feodallari Sharq mamlakatlariga nisbatan tutgan o’z siyo-satlari natijasida Janubiy Italiyaning arab mamlakatlari bilan olib borgan savdosiga katta putur etkazdilar, holbuki ilgari Shtaufenlar bu mamlakatlarni qo’llab-quvvatlagan edilar. Bosqinchi-frantsuz feodallariga nafrat ko’zi bilan qaragan sitsiliyaliklar 1282 yilda qo’zg’olon ko’tarib, oroldagi frantsuz harbiy kuchlarini qirib tashladilar. Qo’zg’olon 1282 yil 31 mart kupi kechqurun Palermoda boshlandi. Bu qo’zg’olon «Sitsiliya oqshomi» nomi bilan tarixga kirgan, chunki oqshomda chalingan qo’ng’iroq qo’zg’olonni boshlash uchun signal bo’lib xizmat qilgan edi.

XIII—XV asrlarda Italiyaning shimoliy shaharlari eng ko’p ravnaqqa erishdilar. Bu shimoliy shaharlar ijtimoiy va siyo­siy tuzumining o’ziga xos xususiyatlari to’g’risiya quyidagi ikkita shahar: shahar-respublika doirasidan aycha tashqariga chiqqan yirik savdogarlar dengiz davlati namunasini ko’rsatgan.

Venetsiya va eng rivojlangan sanoat markazi, eng keskin sinfiy kurash maydoni bo’lgan va ayni zamonda yangi italyan Re­nessans (Uyg’onish) madaniyatining asosiy markazi hisoblangan Florentsiya ayniqsa ravshan tushuncha beradi. Venetsiya respublikasi. «Adriatika malikasi» bo’lgan Vene­tsiya XIII asrdayoq ulkan dengiz davlati bo’lib olgan zdi. XIV— XV asrlarda uning erlari yanada kengaydi. Italiyadagi Adria­tika dengizi sohillardan tashqari, u Moreyaning (qadimgi Pe-loponnesning o’rta asr zamonidagi iomi) janubiy qismini, Egey dengizidagi Evbeya orolini, Kiklad orollarining bir qis­mini, shuningdek, Krit orolini va XV asr oxiridan boshlab Kipr orolini egallagan edi. Venetsiyaning juda katta savdo floti bor edi. Uning Urta dengizning sharqiy yarmidagi savdosi XV asrga kelib deyarli monopol xarakterga ega bo’ldi. Vizan­tiya, Misr, Suriya, Egey dengizi orollari savdo-sotiq masala-sida tamomila Venetsiyaga qaram edilar. Ammo Venetsiya kema-lari G’arbiy Evropa—Ispaniya, Portugaliya, Janubiy Frantsiya, Angliya va Niderlandiya gavanlariga ham muntazam qatnab tu-rardi.

Butun o’rta asr davomida Venetsiya savdo-oligarxiya respublikasi bo’lib qola-verdi. Qudratli shahar patritsiati (unda savdogarlar, bankir va dvoryanlarning oilalari o’z manfaatlari jihatidan bir-birovlari bilan chirmashib ketishgan edi) o’z hokimiyatini qiz-g’anchiqlik bilan qo’riqlab, bu hokimiyatda hatto aholi o’rta tabaqalarining qatnashishiga ham yo’l qo’ymas edilar. Venetsiya boshqarmasining g’oyat murakkab sistemasi ana shu maqsadga xizmat qilishi lozim edi. Venetsiya respublikasining tepasida doj (latincha aynan «gertsog» demakdir) turgan bo’lib, u Ve­netsiyaning eng zodagon patritsiat xonadonlariga mansub odam-lar orasidan umrbod saylab qo’yilar edi.



Venetsiya respublikasi aktiv agressiv tashqi siyosat yurgizardi. Dastlab Vizantiya, keyin esa Genuya bilan, nihoyat, Tur-kiya bilan olib borilgan kurash Venetsiya hukumatidan juda katta moliyaviy mablag’ni harbiy va diplomatik vositalarni talab qildi. XVI asrda va undan keyingi asrlarda Urta den-giz savdosida hukmronlik vaziyatni saqlab qolish, Venetsiya res-publikasiga yanada qiyinroq bo’ldi. Chunki XVI asrda va undan keyingi asrlarda G’arbiy Evropada yirik markazlashgan dav-latlar tarkib topib, bu davlatlarning bir qismi endi ulkan mustamlakalarni qo’lga kiritgan va jahon bozoridagi savdoga qatnasha boshlagan edi. Bunday sharoitlar diplomatik Venetsiya respublikasi uchu'n katta ahamiyatga ega bo’ldi. Venetsiyalik-lar Evropada birinchi u yoki boshqa saroyga tayinlangan doimiy elchilar (rezidentlar) yubora boshladilar. Elchilar o’zlari yashab turgan mamlakatda nimalar bo’layotganligini Venetsiyaga bataf-sil xabar qilib turishlari lozim edi. Venetsiya elchilarining bizning zamonamizgacha etib kelgan arxivlari- faqat Venetsiya-ning o’zining tarixi (uning savdosi va tashqi siyosati tarixi) uchun qimmatli material beribgina qolmaydi, balki u Vene-tsiyaning diplomatik yozishmalarida aks etgan Evropadagi boshqa mamlakatlarning tashqi va ichki siyosatini o’rganish uchun ham keng ma’lumotlar beradi.

Florentsiyaning siyosiy tuzumi.

XII—XIII asrlardayoq Floren-tsiyani keskin siyosiy kurash ich-ichidan kemira boshladi. Gibel-linlar dvoryanlar to’dasini tashkil qilardilar. Gvelflar yirik burjua to’dasiga kirardilar. 1250 yilda gvelflar gi-bellinlar ustidan tamomila g’alaba qozondilar. Shuning 'nati-jasida dvoryanlarningbir qismi Florentsiyadan haydab yuboril-di, boshqa qismi siyosiy jihatdan ancha cheklab qo’yildi. «Adolat o’rnatish» degan dabdabali nom ostidagi 1293 yilgi konsti­tutsiya Florentsiyada yirik burjuaziya hukmronligini uzil-kesil rasmiylashtirdi.
Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish