6.
KERAKLI O‘QUV-JIHOZ, ASBOB-USKUNA VA
ASHYOLAR:
TICO avtomobili;
Plakat, albom va o‘quv qo‘llanma;
Chilangarlik ish o‘rni;
Kerakli asbob-uskunalar;
Avtomobilni ko‘targich yoki domkrat;
Dinamometrik dastak;
Artish va tozalash uchun ashyolar;
124
3.2. ORQA OSMANING O‘NG TOMONINI QISMLARGA
AJRATISH, O‘RNIGA QO‘YIB MAHKAMLASH
TEXNOLOGIK JARAYONNING KETMA-KETLIGI
(TICO avtomobili misolida).
Faoliyat turlari
Asbob
uskuna,
mosla-
ma va
ashyo
Rasm (ko‘rinish)
Ish bajarishda
qo‘yiladigan tal-
ablar
I-ish o‘rni: Ajratish ishlari
1. Orqa
g‘ildiraklarni
yechib olishga
tayyorlash.
G‘ildirak
kaliti,
domkrat.
1-domkrat.
Gaykalar qo‘lda bu-
rash holatigacha
bo‘shatilib, avtomo-
bil erkin harakatlan-
masligi
ta’minlangach, orqa
tomoni ko‘tarilsin.
2. Orqa g‘ildirak
va tormoz bara-
bannini yechib
olish.
Qo‘lda,
tirgak,
mosla-
ma, sir-
panuvchi
bolg‘a.
1-sirpanuvchi bolg‘a
dastagi;
2-moslama.
G‘ildirak olingach,
maxsus asbob 2
ko‘rsatilganday
o‘rnatilib, sir-
panuvchi bolg‘a 1
bilan orqaga urib
tormoz barabani 3
chiqarilsin.
3. To‘xtatib tu-
rish tormozi
mexanizmining
yuritmasi trosini
chiqarib olish.
Kalitlar
to‘plarni,
qo‘lda.
1-richag; 2-tros.
Tormoz kolodkasini
keruvchi plankadan
tros uchi ajratilib,
tormoz shchitidan
tros bo‘shatib
olinsin.
1
1
2
125
4. Tormoz
shlangini ajratib
olish.
Kalitlar
to‘plarni.
1-tormoz naychasi; 2-
shlang.
Tormoz naychasi 1
dan shlang 2
ajratilib, teshiklar
berkitilsin.
Ifloslanishga yo‘l
qo‘yilmasin.
5. Osmadan
ko‘ndalang
shtangani
yechib olish
(o‘ng tomoni).
Kalitlar
to‘plarni.
1-bolt; 2-shtanga.
Boltlar 1 bo‘shatilib,
shtanga 2 olinsin.
6. Amortizatorn-
ing pastki qis-
mini bo‘shatib
chiqarish.
Kalitlar
to‘plarni.
1-bolt.
Gayka 1 bo‘shatilib
bolt chiqarilsin.
7. Bo‘ylama
richagni yechib
olish (o‘ng
tomoni).
Kalitlar
to‘plarni.
1-gayka; 2-bolt; 3-richag.
Boltlar 2 bo‘shatilib,
bo‘ylama richag 3
olinsin.
8. Amortizatorn-
ing yuqori qis-
mini yechib
olish (o‘ng
tomoni).
Kalitlar
to‘plarni.
1-gayka.
Gayka 1 bo‘shatilib,
bolt chiqarilsin va
amortizator olinsin.
1
2
1
2
1
1
3
2
1
126
II-ish o‘rni: Yig‘ish ishlari
9. Amortizatorn-
ing yuqori qis-
mini kuzovga
mahkamlash
(o‘ng tomoni).
Qo‘lda.
1-kuzov kronshteyni;
2-amortizator; 3-bolt.
Amortizator 2
o‘rniga qo‘yilib,
bolt 3 kiritilgach
gayka burab
qo‘yilsin.
10. Ko‘ndalang
richagga bo‘y-
lama richaglarni
o‘rnatish (o‘ng
tomoni).
Kalitlar
to‘plarni,
dinamo-
metrik
dastak.
1-richag; 2-boltlar;3-
gaykalar.
Bo‘ylama richag 1
o‘rnatilib, boltlar 2
kiritilgach, gaykalar
3 7,0
9,0 kg.m
momentda mahkam-
lansin.
11. Osmaga
ko‘ndalang
shtangani
o‘rnatish.
Kalitlar
to‘plarni,
dinamo-
metrik
dastak.
1-bolt; 2-shtanga.
Shtanga 2 qo‘yilib
gayka 1 3,5
4,5
kg.m momentda
mahkamlansin.
12. Bo‘ylama
richagni kuzov
kronshteyniga
mahkamlash
(o‘ng tomoni).
Kalitlar
to‘plarni,
dinamo-
metrik
dastak.
Kronshteyn 1 ga
richag 2 o‘rnatilib
bolt 3 kiritilgach
gayka 7,0
9,0 kg.m
momentda mahkam-
lansin.
1
2
3
1
3
2
1
2
3
127
13.Ustun kosa-
chasiga prujina
va uning detal-
larini o‘rnatish.
Qo‘lda.
1-ustun kosachasi;
2-prujina; 3-rezina bufer; 4-
bufer g‘ilofi; 5-prujina egari.
Ustun kosachasi 1
ga prujina 2, zarba
so‘ndirguvchi
bufekr 3, buferning
g‘ilofi 4 va prujina
egari 5 o‘rnatilsin.
14. Amortiza-
torning pastki
qismini
o‘rnatish (o‘ng
tomoni).
Qo‘lda.
1-bolt; 2-gayka.
Orqa osmani
ko‘tarib, amortizator
kronshteynga
o‘rnatilib bolt 1
teshikka kiritilsin va
gayka 2 burab
qo‘yilsin.
15. Amortiza-
torning ustki va
pastki gaykala-
rini mahkamlash
(o‘ng tomoni).
Kalitlar
to‘plarni,
dinamo-
metrik
dastak.
Gaykalar 1 va 2
4,5
7,0 kg.m mo-
menda mahkamlan-
sin.
16.Tormoz
shlangini ulash.
(o‘ng tomoni)
Kalitlar
to‘plarni.
1-tormoz naychasi; 2-
shlang.
Teshiklar ochilib,
tormoz naychasi 1
ga shlang 2
o‘rnatilsin. Iflos
kirishga yo‘l
qo‘yilmasin.
1
2
3
5
4
1
2
1
2
1
2
128
17. To‘xtatib
turish tormozi
mexanizmining
yuritmasini
o‘rnatib
mahkamlash
(o‘ng tomoni).
Qo‘lda,
kalitlar
to‘plarni.
1-richag; 2-tros.
Tormoz kolodkasini
keruvchi planka 1
ga tros 2 uchi
mahkamlanib,
tormoz shchitiga
tros qobig‘i
mahkamlansin.
18. Tormoz bar-
abani va
g‘ildiraklarni
o‘rnatish (o‘ng
tomoni).
Qo‘lda.
Tormoz barabanlari
o‘rnatilgan g‘ildirak
o‘rniga o‘rnatilib,
gaykalar burab
qo‘yilsin.
19. Avtomobilni
g‘ildiraklarini
mahkamlash
(o‘ng tomoni).
G‘ildirak
kaliti.
Tirgaklar olingach,
avtomobilni orqa
tomoni yerga tu-
shirilib, gaykalar
8,0
12,0 kg.m mo-
mentda mahkamlan-
sin.
3.3. O‘QUV AMALIYOTINI O‘TKAZISH BO‘YICHA
USLUBIY KO‘RSATMALAR
O‘quv amaliyotining asosiy maqsadi, o‘quvchilarni mustaqil
ravishda orqa osmani ko‘rsatilgan ketma-ketlik asosida yechib
olish va konstruksiyasini o‘rganib yana o‘z o‘rniga mahkamlash.
1
2
129
Ish jarayonida asbob-uskunalarni to‘g‘ri tanlab, xavfsiz ish-
lash usulidan foydalanib, mehnat va sanitariya-gigiyena qoidala-
rini shakllantirishdan iborat.
Dars bosqichlari
Ta’lim beruvchi (o‘qituvchi)
Ta’lim oluvchi
(o‘quvchi)
I-bosqich:
Tashkiliy qism.
(20 daqiqa).
Mavzu, amaliyot maqsadi,
baholash mezonlari tushuntiri-
ladi.
Tinglab,
o‘zlashtiradi.
II-bosqich:
Kirish
yo‘riqnomasi.
(20 daqiqa).
Mehnat xavfsizligi, sanitariya
qoidalari va ishni bajarish
ketma-ketligi tushuntiriladi.
Tinglab,
o‘zlashtiradi.
III-bosqich:
Nazariy bilimlarni
tekshirish. (test).
(20 daqiqa).
Test savollarini tarqatib nazo-
rat qiladi.
Testga yozma
usulda javob be-
radi.
IV-bosqich:
Bo‘shatib olish
ishlari
(80 daqiqa).
To‘g‘ri bajarilishi kuzatilib,
ko‘rsatmalar beradi.
8 ta bo‘shatib
yechish ishlari
ko‘rsatilgan
ketma-ketlikda ba-
jaradi.
V-bosqich:
Yig‘ish ishlari:
(80 daqiqa)
To‘g‘ri bajarilishi kuzatilib,
ko‘rsatmalar beradi.
11 ta o‘rnatib
mahkamlash ish-
lari ko‘rsatilgan
ketma-ketlikda ba-
jaradi.
VI-bosqich:
Yakuniy qism.
(20 daqiqa).
Yo‘l qo‘yilgan xato-
kamchiliklar aytiladi. Mezonga
asosanlangan holda baholab,
ish o‘rnini qabul qilib oladi.
Uyga topshiriq ol-
ishib, ish o‘rnini
tartibga keltirib,
topshiradi.
130
O‘QUVCHILARNING BILIMLARINI TEKSHIRISH
UCHUN NAMUNAVIY TEST SAVOLLARI
1.
Qaysi javobda yuk avtomobilining osmasini asosiy qismla-
ri to‘g‘ri berilgan?
A) Ressor va o‘qlar;
B) O‘q va amortizator;
С) Ressor va amortizator;
D) Barachasi to‘g‘ri.
2. TICO avtomobilida qanday turdagi orqa osma
qo‘llanilgan?
A) ikki vertikal silindrik prujinali, teleskopik gidravklik yuritma-
li nomustaqil osma.
B) ikki vertikal silindrik prujinali, teleskopik gidravlik yuritmali
mustaqil osma;
С) ko‘ndalang tebranuvchi richagli-silindrik prujinali;
D) Teleskopli gidravlik amortizatorli nomustaqil osma.
3. Qaysi javobda prujinali osmani turi to‘g‘ri tariflangan?
A) tarelkasimon konusli prujina;
B) vintsimon eguluvchi prujina;
С) vintsimon cho‘ziluvchi prujina;
D) vintsimon siqiluvchi prujina.
4. TICO avtomobilidagi ko‘ndalang shtangani vazifasi ni-
madan iborat?
A) osmani ushlab turadi;
B) surilishni cheklaydi;
С) osmani ko‘ndalang turg‘unligini ta’minlaydi;
131
D) barcha javoblar to‘g‘ri.
5. Osmani yuqoriga harakatlanishini nima cheklaydi?
A) rezinali bufer;
B) prujina;
С) amortizator;
D) barchasi.
6. Stabilizatorning vazifasi nimadan iborat?
A) kuzovni yonga og‘ishini kamaytirish;
B) ko‘ndalang tebranishni kamaytiradi;
С) kuzovni yoniga og‘ishi va ko‘ndalang tebranishni kamaytiradi;
D) ko‘prikni ushlab turadi.
7. Yengil avtomobillarda qaysi osmalar qo‘llaniladi?
A) nomustaqil osma;
B) mustaqil osma;
С) mustaqil va nomustaqil osma;
D) prujinali osma.
8. Ko‘rsatilgan ketma-ketlik asosida ish bajarmaslik nimaga
olib keladi?
A) noqulaylikka;
B) detallarni sinishi yoki ishdan chiqishiga
С) ajratib yoki yig‘ib bo‘lmaydi;
D) barcha javoblar to‘g‘ri.
132
9. Asbob-uskunadan to‘g‘ri foydlanmaslik nimaga olib ke-
ladi?
A) asbobni sinishiga;
B) ish unumini pasayishiga
С) shikastlanishiga;
D) barcha javoblar to‘g‘ri
10. Qaysi turdagi osmada g‘ildiraklarning turtki va siltanish-
lari bir-biriga ta’sir etadi?
A) mustaqil osmada;
B) nomustaqil osmada;
С) prujinali osmada
D) barcha javoblar to‘g‘ri
TEST JAVOBLARI (kalit)
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
C
D
D
D
D
C
C
C
D
B
133
4-ILOVA
4.1
-MAVZU: “OLDINGI BOSHQARILUVCHI VA
YETAKLOVCHI G‘ILDIRAKLAR YURITMASINI
TEXNIK HOLATINI BAHOLASH, TXK VA
NOSOZLIKNI BARTARAF ETISH”
1-MAQSAD:
O‘quvchilar nazariy bilimlarini mustahkam-
lash, chuqurlashtirish, yuritmaga tashhis qo‘yish, TXK nosozli-
klarini aniqlash va bartaraf etish ko‘nikmalarini shakllantirish.
2.O‘QUV SOATLARI:
6 soat (240 daqiqa).
3.MODULNI O‘RGANISH JARAYONIDA EGALLA-
NADIGAN AMALIY KO‘NIKMALAR:
−
mehnat muhofazasi va sanitariya qoidalariga rioya qilish;
−
detallarni tozalash va yuvish;
−
nuqsonlarni aniqlash va bartaraf etish;
−
asbob-uskunalardan to‘g‘ri foydalanish.
−
nuqsonli sharnir va himoyalovchi g‘ilofni almashtirish;
−
yuritmaga tashhis qo‘yish, TXK ishlari va asbob uskunalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |