17
foiz oqsil mavjuddir.
Bakteriya hujayrasining qarishi jarayonida vakuolalar hosil bo‘ladi. Ularning ichida
hujayraning sharbati, mineral tuzlar va qandlar to‘planadi.
Zahira ozuqa moddalardan
hujayrada yog‘, glikogen (hayvon kraxmali), valyutin (azotli va polifosfatli
modda)yig‘iladi.
Pigmentli bakteriyalarning hujayrasida har xil rangdagi bo‘yoq moddalar ham
joylashadi.
Yadro apparati
juda muhim tashkiliy element bo‘lib, u naslning saqlanishida va
hayot jarayonlarini boshqarishda katta ahamiyatga ega. Ko‘pchilik bakteriyalarni
yadrosining qobig‘i yo‘qligi sababli, u doimiy bir shaklda bo‘lmaydi. Shuning uchun oddiy
mikroskopda bakteriyaning yadrosini topish qiyin.
Hozirgacha bakteriya hujayrasidagi xromosomalarning soni aniq ma‘lum bo‘lgani
yo‘q. Balki u 2-3 yoki bitta qalqasimon deb taxmin qilinadi. Qobiq 3
qatlamdan iborat
bo‘lib, har bir qatlami o‘z vazifasini bajaradi, hammasi birgalikda esa hujayraning shaklini
saqlab, sitoplazma va yadroni tashqi muhitning ta‘sirlaridan saqlaydi (nurlar, zaharli
moddalar va hokazo). Hujayra qobig‘i bir qator ajoyib xususiyatlarga ega. U elastik,
mahkam va yarim o‘tkazgich
xususiyatiga ega, bu demak, qobiq ba‘zi moddalarni
hujayraga o‘tkazib, boshda moddalarni o‘tkazmaydi.
Bu xususiyat mikroblarning
ozuqalanishi va chiqindi chiqarish jarayonlarida katta ahamiyatga ega. Shunisi qiziqarliki,
u hujayradagi tuzlar va organik kislotalarning yuqori konsentratsiyasidagi eritmalari hosil
qilgan 15-20 atm ichki osmotik bosimga chiday oladi.
Yarim o‘tkazgich qobiliyatida sitoplazmatik membrananing ham ahamiyati katta.
Sitoplazmatik membrana sitoplazmani hujayra qobigidan ajratib turadi.
Bakteriya qobigining tashki qatlami juda yupqa bo‘lib, tiniq, shilliq modda bilan
o‘ralgan. Ba‘zi bakteriyalarning tashqi qismi o‘ziga suvni tortib, shilliqlanib, qalinlashib,
kapsula hosil qilib, bakteriyani zaharli moddalardan saqlaydi.
Kapsulali
bakteriyalarning
biri
Leuconostoc
mesenteroides
qand
ishlab
chiqaruvchilarni ko‘p tashvishga soladi. Bu mikroblar tozalanmagan lavlagi sharbatiga
tushib, ko‘payib, uni bemaza shilliq massaga aylantiradi.
Ular bir kechada yuzlab
kilogramm sharbatni aynitishi mumkin. Atsidosil qatidda esa kapsulali, foydali
bakteriyalar Lastobastegium acidorhilus rivojlanadi. Uning kapsulasi hujayrasiga nisbatan
20 marta kattaroqdir.
Ba‘zi ipsimon bakteriyalar tanasi atrofida qattiq g‘ilof hosil bo‘ladi. Usha g‘iloflar
qobiqning qotib qolgan qatlamlaridan hosil bo‘lgan.
Bakteriyalar qobigi o‘simliklar qobigiga yaqin bo‘lsada, ularda kletchatka bo‘lmaydi.
Bakteriyalar qobigi oqsil, mumga o‘xshash modda, lipid va xitindan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: