2. Unitar davlat (fran. va lot. birlik) – davlat yoki milliy davlat tuzilishining oddiy ko’rinishi bo’lib, u davlat tuzilishi shakllaridan biri hisoblanadi. Bunda davlat huquqi ma’muriy-hududiy birliklarga (viloyat, okrug, tuman, departament va h.k.) bo’linadi. Unitar davlatda, federatsiyadan farqli ravishda, hudud, bitta konstitutsiya, fuqarolik, oliy davlat hokimiyati yagona, oliy vakillik organi, bitta hukumat mavjud bo’ladi. Bu esa mamlakatning butun hududida markaziy hokimiyatning ta’sirini kuchaytirish uchun tashkiliy-hududiy sharoitlar yaratadi. Ayrim hollarda unitar davlatga muxtor davlat tashkiloti maqomiga ega bo’lgan bir yoki bir necha birliklar kirishi mumkin. Masalan, muxtor viloyat, muxtor respublika. O’zbekiston tarkibida davlat tuzilishiga xos belgilari mavjud bo’lgan qoraqalpog’iston Respublikasi mavjud.
Umuman, unitar davlat yagona konstitutsiyaga, yagona oliy qonunchilik va oliy idora organiga ega markazlashgan davlatdir. Unitar davlatlarga O’zbekiston, qozog’iston, Turkmaniston, qirg’iston, Frantsiya, Italiya kabi mamlakatlar kiradi. Unitar davlatda bitta parlament, bitta hukumat, bitta prezident bo’ladi, davlat odatda bir millatli bo’ladi.
3. Konfederativ davlat (lot. ittifoq, birlashma) – davlatlar ittifoqining muayyan murakkab shakli bo’lib, unda ittifoqqa kiruvchi davlatlar o’z suverenitetlarini to’la saqlab qoladilar. Konfederatsiya ham xalqaro huquqiy tashkilot, ham davlat tashkiloti xususiyatlariga ega. Hozirgi kunda dunyoda bittagina konfederatsiya – Yevropa Ittifoqi mavjud. Turli davrlarda quyidagilar konfederatsiya shaklida bo’lgan: Avstriya-Vengriya (1918 yilgacha), SHvetsiya va Norvegiya (1905 yilgacha), AQSH (1781–1787 yy.), SHveytsariya (1815-1989 yy.). Tarixiy tajribaning ko’rsatishicha, konfederatsiya o’tish davrining yoki ittifoqning to’la barbod bo’lishi yoxud federativ (ittifoq) davlatga aylanishining shaklidir. Konfederatsiyada yagona pul tizimi o’rnatilmaydi, ittifoq fuqaroligi bo’lmaydi va h.k.
III. Siyosiy rejim. Davlat hokimiyatini amalga oshirish usuli, tashkil etishning bir shakli va yo’nalishlari majmui bo’lib, mamlakatdagi siyosiy vaziyatni, ya’ni jamiyatdagi siyosiy erkinlik darajasini hamda shaxsning huquqiy holatini bildiradi. Ammo bu haqda umum e’tirof etgan yagona fikr yo’q. Aslida siyosiy rejimni jamiyat siyosiy (davlat hokimiyatini) hokimiyatini amalga oshirish usullari, shakllari, yo’llari tizimini belgilaydi. Bu hokimiyatning funktsional tavsifidir. Siyosiy rejim – davlat shaklining jamiyatda inson mavqeini belgilovchi eng muhim elementidir. Davlatchilik tarixida siyosiy rejim 2 ta katta guruhga bo’linadi: 1) demokratik rejim; 2) antidemokratik rejim.
Do'stlaringiz bilan baham: |