O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti


III bob. Mikroorganizmlar ahamiyati



Download 3,31 Mb.
bet36/39
Sana01.01.2022
Hajmi3,31 Mb.
#297924
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Mirkoorganizmlarning oziga xos xususiyatlari va uni organish uslublari

III bob. Mikroorganizmlar ahamiyati

Odam hayotida va tabiatda mikroorganizmlarning ahamiyati

Mikroorganizmlarning yerdagi vazifalari orasida asosiy vazifa. ularning tabiatda moddalarni ayniqsa uglerodning aylanishidagi ishtirokidir. Yashil o’simliklar organik birikmalarga o’tkazgan uglerodni mikroorganizmlar minerallashtirib, karbonad angidridning (CO2) fotosintez jarayonida to’planishi va organik moddalarning minerallashishi muvozanatini saqlaydi.

Yashil o’simliklarning fotosintez faoliyati shu qadar kattaki, atmosferada CO2 40 yil mobaynida tugab qolishi mumkin. Ammo uni mikroorganizmlar va hayvonlar to’ldirib turadi hayot uchun kerakli azot, fosfor, oltingugurt va boshqa elementlarning ham tabiatdagi aylanishida mikroorganizmlar qatnashadi.

Mikroblar yerda 3 mlrd yildan avval paydo bo’lgan. Ular eng qadimiy tirik organizmlardir. Ko’zga ko’rinmas mehnatkashlar mikroorganizmlar yerdagi organik qoldiqlarni parchalab tuproqning unumdorligini oshirgan. Toshko’mir, sanropel jinslar, asfaltlar, neft, tabiiy gazlar, tog’ mo’mlari, yonuvchi slaneslar, torf hosil bo’lishida ishtirok etganlar.Mikroorganizmlar rudalarning hosnl bo’lishida hamda ularni qazib olishda, topishda ishtirok etadilar.

Misollar: indikator mikroorganizmlar yordamida foydali qazilmalarni topish, oltin va boshqa qimmatli metallarni birikmalardan ajratib olish.

Ba’zi mikroblar odamlarga ko’pgina zarar keltiradi: odamlarda, hayvonlarda va o’simliklarda kasalliklarni vujudga keltiradi, oziq-ovqat mahsulotlarini buzadi, aynitib yuboradi. Binokorlik materiallarini parchalaydi, metallarda korroziya hosil qiladi va xokazo. Shunday hodisalar ham bo’lganki samolyotlarning po’lat va alyuminiy qismlarida mog’orlar organik kislotalar chiqarib, mayda chuqurchalar

hosil qilgan. Ba’zan vodoprovod trubalarida temir bakteriyalari ko’payib, trubalarni to’sib qo’yadi. Tosh, granit, bazalt ham mikroorganizmlar ta’sirida parchalanadi. Mikroorganizmlar yog’och, gazlama va oziq-ovqatlarni buzadi.

Mikroorganizmlar fermentlar ishlab chiqaruvchi manba sifatida alohida qiziqish uyg’оtadi, chunki ular arzon muhitda tez o’sadilar. Ishlatiladigan ozuqa tarkibiga qarab, kerakli fermentni, xoxlagancha tayyorlash imkoniyatini beradilar. Buning ustiga ko’pgina mikroorganizmlar fermentlarni o’z hujayra qobiqlaridan tashqariga chiqaradilar, bu esa mikroorganizmlardan yanada faolroq foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Mikroorganizmlar fermentlaridan xalq xo’jaligining turli xil sohalarida foydalanish juda ham istiqbollidir. Hozirgi vaqtda mikroorganizmlardan olingan ferment preparatlari sanoatning ko’p sohalarida qishloq xo’jaligida va tibbiyotda qo’llanib kelinmoqda.

Pivo va vino tayyorlashda solod o’rniga zamburug’ning amilaza ferment preparatidan foydalaniladi. Bu ishlab chiqarishni arzonlashtiradi va qalla harajatini kamaytiradi. Shunga o’xshash amilaza eriydigan kraxmal, dekstrin olish uchun ham ishlatiladi. Amilaza fermenti bilan berilgan, sabzavot va mevalardan olingan mahsulotlar o’zining tarkibida ko’p miqdorda qand moddalari saqlaydi va yaxshi hazm bo’ladi, ayniqsa, bu bolalarga foydalidir.

Non va non mahsulotlari tayyorlashda amilaza xamirni achishini tezlashtiradi va nonning sifatini yxshilaydi. Konditer sanoatida uchun zamburug’ining invertazasidan (saxarоzasi) foydalaniladi, saxarozani glyukoza va fruktozaga aylantirib beradi, u saxarozani yuqori miqdоrida kristallanishining oldini oladi. Zamburug’larning pektinazasi meva va uzum sharbatini tindirish uchun ishlatiladi. Vino ishlab shiqarishda uzum sharbati chiqish miqdorini ko’paytirish uchun va kofe ishlab shiqarishda qo’llaniladi. Glyukoamilazadan pivo tayyorlash sanoatida pivodan dekstrin qoldig’ini tozalash uchun ishlatiladi. Glyukoizomeraza saxarozani o’rniga glyukoza-fruktozali sharbat olishda foydalaniladi.

Medisinada - antibiotiklar ko’plab yuqumli kasalliklarni davolashda keng qo’llanilib kelmoqda, bu kasalliklarning ayrimlarini ilgari davolab bo’lmaydi deb hisoblanar yoki o’lim bilan tamom bo’lar edi. Bu kasalliklar qatoriga sil kasalligining (tuberkulyoz) ayrim shakllari, ayniqsa miningit sili antibiotik qo’llanilmasdan oldin 100% o’limga olib kelardi. Vabo kasalligi (shuma), Osiyo xalerasi, qorin tifi, buresellyoz, pnevmoniy va boshqa kasalliklarni keltirish mumkin. Ba’zi bir antibiotiklar xavfli o’smalar rivojlanishni chegaralash va qator viruslar faolligini to’xtatadi.

Antibiotik modda xalq xo’jaligining turli xil sohalarida hamda ilmiy tadqiqot laboratoriyalarida ishlatiladi. Ular tibbiyotda, qishloq xo’jaligida, oziq-ovqat va konserva sanoatida ishlatiladi, biologik tadqiqotlarda esa maxsus ingibitor sifatida qo’llaniladi. Antibiotik moddalarni barcha fitopatogen mikroorganizmlar, o’simlik kassalliklarini qo’zg’atuvchilariga qarshi qo’llanilishi kengayib bormoqda. Hozirgi vaqtda 100 ga yaqin antibiotiklar tibbiyot amaliyotida qo’llanilib kelinmoqda. 1-jadvalda ba’zi bir mikroorganizmlardan ajratib olinadigan antibiotik keltirilgan. Bizning yurtimizda ham medisina sohasida antibiotiklarni qo’llash kengaytiriladi.

Meditsinada keng qo’llaniladigan ba’zi bir antibiotiklar



1-jadval


Download 3,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish