O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 3,31 Mb.
bet38/39
Sana01.01.2022
Hajmi3,31 Mb.
#297924
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Mirkoorganizmlarning oziga xos xususiyatlari va uni organish uslublari

Beauveria avlоdiga mansub zamburug’lardan preparatlar оlish ularning B.bassiana vuill (60 dan оrtiq turdagi xasharоtlarni nоbud qiladi) va B.tenella Del. (10 dan оrtiq turdagi hasharоtlarni nоbud qiladi) turlari asоsida sanоat miqyosida preparatlarni ishlab chiqarishga asоslangan.

Hamma entоmоpatоgen preparatlar ichida virusli preparatlar xo’jayin hasharоtga nisbatan o’zining o’ta spesifikligi bilan xarakterlanadi. Ular оdatda bir turdagi hasharоtlargagina ta’sir ko’rsatadi. Ularning bu yaqqоl tоr dоiradagi ta’sirining o’zi bu preparatlarning insоn, flоra va fauna uchun bezararligini ko’rsatadi. Viruslar o’zlarining nоqulay tashqi ta’sirlariga (harоrat, namlik) o’ta chidamli bo’lib, ular hasharоtlardan tashqi hоlatda ham 10−15 yilgacha o’z ta’sir kuchini yo’qоtmaydi. Hasharоtning viruslar bilan kasallanishi ularning оvqatlanishi оrqali yuz beradi. Hasharоt ishaklariga tushgan virusli tanacha ishqоrli pH da parchalanishni bоshlaydi. Erkinlikka chiqqan viriоnlar ichak devоrlari оrqali hujayralarga o’tib, yadrоlarda viruslar replikatsiyasi ro’y beradi. Bo’sh viruslar bоshqa hujayralarni ham zararlay bоshlaydi va оqibatda hasharоtlar lichinkalarining nоbud bo’lishiga оlib keladi.

Sanoatda qo’llaniladigan bakteriyalarni mahsuldorligini genetika va seleksiya usullari bilan oshirishda bakteriofaglardan keng foydalaniladi. Bakteriofag DNK si yoki uni bo’laklari (fragmentlari) bakteriya foydali genlarini klonlashda vektor vazifasini bajarishi mumkin.

Xulosa

Mikroorganizmlarni ko’payishini sinchiklab o’rganish asosida, sanoatda keng qo’llanilishi mumkin bo’lgan mikroorganizmlardan foydalanishning arzon texnologiyalarini tuzish mumkin. Qo’shjinsiy sikl, gaploidizatsiya va diploidizatsiya mexanizmlarini o’rgangan holda, mikroorganizmlarning kerakli genga ega shtammlarini yaratish imkoniyatiga ega bo’lamiz.

Mikroorganizmlarning oziqlanish turlarini o’rganib, fotosintez, xemosintez va bijg’ish jarayonlari bilan tanishib, ularni hozirgi hoyotimizga tadbiq qilishimiz kerak. Bu organizmlarning biogen elementlarning tabiatda aylanishidagi roli bilan tanishib, ulardan keng miqyosda foydalanish mumkin. Masalan: N2 ni tabiatda ammonifikatsiya, nitrifikatsiya va denitrefikatsiya jarayonlari orqali aylanishi ta’minlanadi. Bu jarayonlardan esa tuproq unumdorligini oshirishda, tuli xil oqsil moddalarni parchalashidan foydalangan holda kerakli mahsulotlar olish mumkin.

Bakteriyalar, zamburug’lar va shu kabi mikroorganizmlarning nafas olishining o’ziga xos xususiyatlari bilan tanishib, ulardan foydalanish uchun zarur bo’ladigan ozuqa muhiti yaratishda foydalanish mumkin. Chunki ularni kerakli muhitda ko’paytirilsa, ularning o’sishi va mikroorganizmlar hosil qiladigan mahsulot unumdorligi oshadi.

Mikroorganizmlarni qanday sharoitlarda mavjud bo’la olishini yaxshilab o’rgangan holda ular uchun turli xil ozuqa muhitlari tayyorlash mumkin. Har bir tur uchun o’ziga xos ozuqa muhitlaridan foydalaniladi. Bunday muhitlarga quyidagilarni misol qilish mumkin: Gissning uglеvodli muhiti, Andrеdе rеaktivi, Yig`ma muhit (Pseudomonas. Sp. Staphylococcus sp. uchun), Mannit qo`shilgan tuzli agar, Pseudomonas aeriginosa pigmеntini aniqlashda qo`llaniladigan muhit, Saburo muhiti (achitqilar va mitsеliyali zamburug`larni ko`paytirish va o`stirish uchun), Qonli agar (gеmoliz kasalligini kеltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarni aniqlash uchun), Lеvin muhiti (ichak baktеriyalari uchun diffеrеnsial-diagnostik muhiti), Boyitilgan muhit (Enterobacteraceae oilasiga kiruvchi baktеriyalar uchun). Yuqorida keltirilgan ozuqa muhitlaridan sanoat miqyosida mikroorganizmlarni ko’paytirishda keng foydalaniladi.

Mikroorganizmlarning rivojlanishiga temperaturaning ta’sirini o’rgandik. Sanoatda termofil mikroorganizmlardan foydalanishning bir qancha ijobiy tomonlari bor. Chunki ularni yuqori haroratda o’stirilganda jarayonning sterilligiga bo’lgan talabni o’z-o’zidan kamaytiradi. Bundan tashqari termofil mikroorganizmlar yuqori haroratga bardoshli bo’lgan fermentlarni hosil qiladi. Bundan tashqari mikroorganizmlarning temperaturaga ko’ra turlaridan foydalanish usullari ishlab chiqilgan. Masalan: muzlatish.

Ozuqa muhitlarining muhit reaksiyasi o’stirilayotgan mikroorganizmlarga ta’sir ko’rsatadi. Chunki muhit reaksiyasi ya’ni pH ferment hosil bo’ish jarayoniga ta’sir qiladi. Shularni hisobga olgan holda o’rganayotgan obyektlarimizni pHga ko’ra turlarini aniqlab, ulardan to’g’ri foydalanish mumkin.

Mikroorganizmlardan vino va pivo sanoatida, nonvoychilikda, antibiotiklar ishlab chiqarishda, fermentlar, garmonlar, oqsillar, aminokislotalar va vitaminlar olishda , yengil va og’ir sanoatda qayta ishlash jarayonlarida, suv tozalash tizimida, biotexnologiya hamda genetik injeneriya uslublariga asosan o’simliklarning yangi transgen navlari, hayvonlarning yangi transgen zotlari va mikroorganizmlarning yangi shtammlarini yaratishda foydalanadi.


Download 3,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish