O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 3,31 Mb.
bet37/39
Sana01.01.2022
Hajmi3,31 Mb.
#297924
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Mirkoorganizmlarning oziga xos xususiyatlari va uni organish uslublari

Antibiotik

Produsent

Ta’sir etuvchi

ob’yekt

Ta’sir mexanizmi


Penisillin

Penisillium sp.

Grammanfiy bakteriyalar

Hujayra devori hosil bo’lishini to’xtatadi

Sefalosporin


Sephalosporium sp.

Grammanfiy va grammusbat bakteriyalar

Hujayra devori hosil bo’lishini to’xtatadi

Eritromisin

Streptomyses erythreus

Grammmanfiy bakteriyalar

ribosomal 50°C sube-dinisa faoliyatini susay-tiradi

Streptomisin S.


S. griseus

Grammanfiy va grammusbat bakteriyalar

ribosomal 50°C subedi-nisa faoliyatini susayti-radi

Tetrasiklin


S. aureofasiens

Grammanfiy va grammusbat bakteriyalar

ribosoma bilan aminoasil tRNK bog’liqligini to’xta-tadi

Polimiksin

Basillus polymyxa

Grammusbat bakteriyalar

sitoplazmatik membra-nani buzadi

Basitrasin

B. subtilis

Grammanfiy bakteriyalar

Hujayra devorining pepti-doglikin komponenti sin-tezini to’xtatadi

Amfoterisin V

Streptomyses nodesus

Mikroskopik zamburug’lar

Membrana component-lariga ta’sir qiladi

Xlor amfenikol



S. venezuelae

Grammanfiy va musbat bakteriyalar, rikketsiyalar

Ribosomadagi translatsiya jarayonini to’xtatadi

Mikroorganizmlarning xalq xo’jaligidagi ahamiyati

Tabiatning mantiqan zid qoidasi bor: organizmlar qanchalik kichik bo’lsa, ular shu qadar unumli ishlaydi. Tirik mavjudodlarning o’sish va ko’payish energiyasi va ular hosil qiladigan massasi ana shu organizmlarning hajmlariga teskari proporsionaldir. Tabiat qonuni ana shunday.

Organizm naqadar kichik bo’lsa, u shu qadar tez rivojlanadi va ko’payadi, u vaqt birligi ichida nihoyatda ko’p jonli moddalarni hosil qiladi. Aksincha, organizm hajm jihatidan naqadar katta bo’lsa, u shu qadar sekin o’sadi va ko’payadi.

Bu qonunni uy hayvonlari, ular tanasining tirik massasini umumiy oshib borishi misolida ko’rib chiqaylik. Bunday qaraganda buqa, qo’y yoki echki, aytaylik jo’jaga nisbatan avzallikka ega. Lekin jo’ja eng yuqori ish unumiga ega. Broyler sanoatida tirik vazndagi bir tonna go’shtni chorvachilikdagiga nisbatan sakkiz barobar tez yetishtiriladi.

Hajmi yanada kichikroq organizmni ko’rib chiqadigan bo’lsak, bu tafovut yana ham katta bo’ladi. O’simliklar shirasi bilan oziqlanadigan kichik tekinxo’r hashorot bo’lgan giyoh biti yoz davomida 18 martta avlod beradi. Bir giyoh bitining 5-chi bo’g’inidagi avlodi deyarli 10 mlrd ga borib qoladi.

Giyoh bitini bakteriya bilan taqqoslaydigan bo’lsak, u vaqtda giyoh biti bakteriyaga nisbatan bahaybat ko’rinadi. Buqaga bakteriyani solishtirib ko’rish esa birinchi qarashdayoq, xatto g’alati va ba’mani bo’lib tuyuladi: buqaning vazni 450 kg, mikrob hujayrasi ko’zga chalinmaydi va vaznsizdir.

Basharti biosintezni, masalan, oqsil singari g’oyat qimmatli mahsulotni taqqoslab ko’radigan bo’lsak, u vaqtda mikroorganizmlar shubxasiz juda katta afzallikka, buqaga nisbatan ustunlikka ega bo’ladi. Tirik vazni 300 kg keladigan buqa 1 sutkada zo’r berib boqilganida ham etiga 1,2-1,3 kg et yoki 120 gr oqsil qo’shadi. Achitqilarning 300 kg hajmidagi hujayralari 1 sutkada 25-300 ming kg biomassani yoki 11-13 ming kg oqsil beradi. Bunda mikroorganizmlar hosil qiladigan oqsil aminokislotalargagina emas, shu bilan birga zarur vitaminlarga ham boydir. Achitqilar oqsilni buqa organizmiga nisbatan 100 ming barobar tez to’playdi. Bakteriyalar biomassa va oqsilni achitqilardan ham tezroq to’playdi.

Hayvonlar oqsilni o’simlik xom ashyosi hisobiga sintez qiladigan bo’lsa, mikroorganizmlar uchun arzon sanoat chiqindilari kifoyadir. Shunday qilib, mikrobiologik sintezning potensial energiyasi juda ham kattadir.

Qishloq xo’jalik sohasida mikroorganizmlarning roli muhimdir. Ya’ni tuproqning unumdorligini , o’simliklarning hosildorligini oshirishda , chorvachi-likda , qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashda , silos tayyorlashda go’ngni qayta ishlashda va boshqa sohalarda katta ahamiyatga ega. Tuproq unumdorligini oshirishda mikroorganizmlarning asosiy roli , tuproqqa tushgan barcha organik birikmalar mikroorganizmlar yordamida parchalanib , ulardan mineral moddalar karbonat angidrid gazi va suv hosil bo’ladi. Tuproqdagi organik moddalarning parchalanishi natijasida ( chirituvchi bakteriyalar yordamida) gumus ( chirindi ) hosil bo’ladi . Gumusning hosil bo’lishi va uning sifati mikroorganizmlarning rivojlanishiga va ularning turlariga bog’liq . Gumus (chirindi ) qanchalik sifatli bo’lsa o’simlikning hosildorligi shunchalik yaxshi bo’ladi. O’simliklarda metabolitik jarayonlar natijasida ildiz orqali ajralib chiqadigan moddalarning parchalovchi mikroorganizmlar , ildizga yopishib ko’payadi va organik moddalarni parchalab mineral moddalarga aylantiradi . Bu jarayon- rizosfera deyiladi.

Hayvonlar tomonidan iste’mol qilinadigan ozuqalarning barchasi , ularning oshqozonida mikroorganizmlar yordamida parchalanib , keraklilari qonga so’riladi, qolganlari chiqarilib tashlanadi.

Qishloq xo’jaligi mahsulotlari qayta ishlashda ( pomidor , bodiring va karam tuzlashda va boshqa hil konservalar tayyorlashda), silos tayyorlashda mikroorganizmlarning roli muhimdir. Ularning asosiy vazifasi mahsulot tarkibidagi chirituvchi bakteriyalarni yo’q qilish uchun sut kislota ishlab chiqaradi ( mahsus bakteriyalar ) va mahsulotning saqlanishini ta’minlaydi.

Akademik Mishustinning ma’lumotlariga ko’ra 1 ga tuproqning mikroflorasi 500 gektarga teng keladigan yuzaga ega bo’ladi. Mikroorganizmlar o’z tanalarining juda katta sirtidan tuproqqa biologik katalizator hisoblangan fermentlar ajratadi. Bu fermentlar organik va mineral birikmalarga aylanishi bilan bog’liq kimyoviy reaksiyalarni keskin ravishda jadallashtiradi. Mikroorganizmlar shu tariqa tuproq unumdorligini oshiradi.

Mikroorganizmlarning asosiy guruhlari-bakteriyalar va unga yaqin shakllar, mog’or va zamburag’lar (achitqi drojjalar), suv o’tlari, protistlar (oddiy-sodda hayvonlar), viruslar. Oziq-ovqat mikrobiologiyasida bakteriya, mog’or va zamburug’lar katta ahamiyatga ega. Hоzirgi vaqtda o’simlik zararkunanda hasharоtlariga qarshi ko’plab mikrооrganizmlar majmuasi ajratib o’rganilgan va bular asоsida mikrоb biоpreparatlari tayyorlashning ilmiy asоsi yaratilgan. Sanоat asоsida ko’plab preparatlar ishlab chiqarilmоqda va amaliyotda keng qo’llanilmоqda. Shunday preparatlarni tayyorlash uchun bakteriyalar, zamburug’lar va viruslardan fоydalaniladi. Preparatlarni ishlab chiqarish texnоlоgiyasi ham xilma-xildir. Ularni ishlab chiqarishda mikrооrganizmlarning fiziоlоgiyasi va biоkimyoviy xususiyatlari hamda preparat nima maqsadda qo’llanilishi e’tibоrga оlinadi.

Dunyoda 50 ga yaqin o’simliklarni zarakunanda hashоratlardan himоya qilish uchun mikrоbiоlоgik preparatlar yaratilgan. Shulardan ko’pchilik preparatlar spоrali entоmоpatоgen Basillus thuringiensis bakteriyasi asоsida ishlab chiqariladi. Unga qiziqish yildan yilga оrtmоqda, chunki bakteriya juda ko’p muhim xususiyatlarga ega: tez ko’paydi; juda ko’plab оziqa muhitlarida spоra hоsil qiladi; vegetativ o’sishi tugagandan so’ng, faqat spоra hоsil qilibgina qоlmasdan, zararkunanda hashоratlarni nоbud qiladigan asоsiy qurоl−kristall hоldagi endоtоksin ham sintez qiladi. Bu bakteriyaning ayrim shtammlari kristall hоldagi endоtоksindan tashqari o’zining o’sadigan muhitiga yuqоri harоratga chidamli β−ekzоtоksin va fermentlar chiqaradi. Bular hashоratlar uchun o’ta zararlidir.

Zamburug’li preparatning hashоratga ta’siri spоralarning tana bo’shlig’iga teri оrqali kirishidan bоshlanadi. Hasharоt tanasiga tushgan zamburug’ spоrasi o’sib gifaga aylanadi, keyin miseliyga, qaysiki ulardan gifali tanachalar entоmоpatоgen zamburug’larning infeksiyali birligini tashkil qiluvchi kоnidiylar ajralib chiqadi. Kоnidiylar o’sib chiqqandan keyin tо hasharоtlar nоbud bo’lishigacha bo’ladigan оraliq vaqti hasharоtlar katta-kichikligiga qarab 2−8 sutkagacha davоm etishi mumkin.


Download 3,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish