O’zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vaziligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 82,58 Kb.
bet7/8
Sana05.06.2022
Hajmi82,58 Kb.
#637945
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
301. J.Hudoyqulov

Vatanparvarlik — inson ma’naviy yetukligining yuksak mezonlaridan istiqlol mafkurasining negizini tashkil etuvchi qadriyatli va his-tuyg'ularidan biridir. Vatanparvarlik hissini o'z farzandi qalbiga singdira olgan ota-onaning, shunday ruh, bilan yashaydigan xalqning kelajagi porloqdir.
Vatanparvarlik — Vatan osoyishtaligi, ota-ona, El- yurt, jigargo'shalar tinchligini saqlash, himoya qilish uchun jismoniy va ma’naviy tayyor bo'lish, harbiy vatanparvarlik sir-asrori bilan puxta qo'rollanish, bilim, malaka va ko'nikmaga ega bo'lishdir.
Vatanparvarlik — halol mehnat qilish zamirida mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga munosib ulush qo'shish, el-yurt manfaatlarini o'z manfaatlaridan yuqori qo'yish demakdir.
Vatanparvarlik — mamlakatimizda yashayotgan xalqlar, elatlar va millatlarniig tili, dini, madaniyati, urf-odatlari aa an’analariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo'lish va ularni o'rganish, millatlararo do'stlik, hamkorlik o'rnatish yo'lida fidoyilik ko'rsatishdan iboratdir.
Vatanparvarlik — Vatanni har qanday dushmanlardan (ichki va tashqi) himoya etish, millat, xalq, Vatan ozodligi, erkinligi yo'lida kerak bo'lsa jonini ham fido qilish demakdir. Vatanparvarlik — jamiyat ravnaqi yo'lida jasorat va qahramonlik ko'rsatish hissining mujassamligidir.
Vatanparvarlik — har ishda tashabbuskorlik, ijodkorlik, tadbirkorlik ko'rsatish demakdir. Vatanparvarlik — insondagi mustahkam imon va e’tiqod, sog'lom tafakkur va sog'lom fikr birligidir,
Vatanparvar inson g'iybat, loqaydlik, xiyonat, sotqinlik, illatchilik, mahalliychilik kabi illatlaridan yiroqdadir .
Vatanparvarlik jahondagi barcha xalqlarning donishmand va solih farzandlariga xs tuyg'u.
Ularning bu haqda qator fikrlari bor .
Sitseron (Italiya faylosufi). Bizga ota-onalar, bolalar, yaqin xsh-aqrobalar qiymatlidir, lekin muhabbat bobidagi barcha tasavvurlarimiz birgina «Vatan» degan so'zda mujassamlangan. Vatanga nafi tekkudek bo'lsa, qaysi vijdonli odam uchun jon bermoqqa ikkilanar ekan.
G.Gegel (nemis faylosufi), Ma’rifatli xalqlarning haqiqy jasorati vatan yo'lida qubon bo'lishiga hozir ekanlirida aks etadi.
J.Delil (franso’z shoiri). Eng maqbul fazilat - Vatanga va odomzodga ko'rsatilgan xizmatdir.
J.Bayron (ingliz shoiri). Kimki o'z yurtini sevmasa, u hech nimani sevmaydi.
J.Russo (franso’z mutaffakiri). Saxvatning eng buyuk jasurliklari Vatanga bo'lgan muhabbat tufayli vujudga keladi.
V. Belinskiy (rus munaqqidi). Kimki o'z vataniga daxdor bo'lmasa, u insonyatga ham daxdor emas.
P. Kornell (franso’z drammaturgi). Kimki Vatanni xor qilsa, u oilasidan ham, bor-budidan ham ayriladi.
V. Gyugo, (franso’z adibi). O'z Vataniga dog' tushurish - uni sotish degan so'z.
Ya. Gallon (ukrain adibi). O'z yurtidan yo’z o'gurganlar, o'z vijdonlaridan ham yo’z o'giradi.
M.Salmon Savajiy (fors shoiri). Vatanga nafi yo'q yashalgan har kun, inson hayotini qilar bemazmun.
Haq gap! Har kunimiz Vatanga naf yetkazsin, umrimiz sermazmun bo'lsin.
O'zbek xalqi azaldan o'z Vataniga - O'zbekistonga, Turkistoniga, Turoniga ega bo'lgan, hech qachon bevatan bo'lmagan.
Bolalarimiz qalbida vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirishni bolaning maktabgacha yosh davridan boshlash ota-onaning, tarbiyachi-murabbiylarning, jamoatchilikning Vatan oldidagi burchlaridir.
Shunday qilib, Vatan muqaddasligini saqlash, vatanparvarlik tuyg'usi bilan xalq, davlat, mamlakat rivojiga ulkan ulush qo'shish har bir fuqaroning jamiyat, kelajak avlod oldidagi burchidir. Bu burchni halol, pok, fidoyilik va jasorat bilan bajargan insongina haqiqiy vatanparvar bo'la oladi.
Buning uchun O'zbekiston hukumati tomonidan, shaxsan prezidentimiz Islom Karimov tashabbuslari va rahbarliklarida, inson shaxsi va manfaatlari, bolalar tarbiyasi, oila, sog'lom avlod va hokazo kabi bolalarimiz va xalqimizning manfaatlarini ko'zlovchi qator hujjat va qarorlar qabul qilindi.
Endilikda hayotimizning barcha sohalarida respublikaning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, avlod ajdodlarimizning azaliy turmush tarzi, an’analari, urf odatlari va ko'nikmalarini hisobga olib, bolalarimizda xalqimizga, o'z vataniga mehr, samimiylik, his- tuyg'ularini shakllantirish, ularni rivojlanitirish, tarbiya nazariyasi va amaliyotiga tadbiq etish muhim dolzarb muammoga aylanmoqda.
Vatanparvarlik, insonparvarlik va mehr-muruvvatlilikni shakllantirish tarbiyaning eng muhim qismlaridan biridir.
Shuning uchun ham maktabgacha yoshdaga bolalar tarbiyasida eng avvalo ularning ruhiy jarayonlarini o'stirish, rivojlantirish va takomillashtirib borishga yordam beruvchi omillarni hisobga olish katta ahamiyatga ega.
Vatan, Vatan tuyg'usi, vatanga sadoqatli bo'lish, vatanparvarlik, insonparvarlik va mehr- muruvvat his-tuyg'ularining naqadar yuksakligi, inson qalbiga yaqinligi, har bir insonni iymoni haqida islom dinimizning yuragi bo'lmish Qur’oni Karim, hadislarimiz va buyuk mutaffakir, hadisshunos va zamonasining huquqshunos olimlari hisoblanmish Imom al- Buxoriy, Az-Zamahshariy, al-Termiziy va boshqa ajdodlarimiz qarashlari va asarlarida Vatan, xalq, millat ozodligi, erkinligi haqidagi fikrlar o'z ifodasini topgan.
Vatan, vatanparvarlik, insonparvarlik va insonda mehr tuyg'ularining naqadar yuqori tuyg'u ekanligi va unga sodiq bo'lib qolish, islom diniga e’tiqod qiluvchi har bir mo'min

  • musulmon hayotining mazmuni ekanligining alomalarimiz asarlarida qayd etilgan. Jumladan, U. Kaykovusning «Qobusnoma», Nosir Xisrovning «Saodatnoma», Nizomul mulkning «Siyosatnoma», Yusuf Xos Hojibning «Qutatg'u bilig», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq», «Kalila va Dimna», A.Navoiyning «Mahbub ul Qulub», A.Temurning «Amur Temur o'gitlari» va h.k. asarlarida ko'rsatilgan.9

Shunday ekan, o'smirlar tarbiyasida oliy his-tuyg'ularini shakllantirib, o'stirib borish- ularni ijtimoiy turmushning murakkab vaziyatlariga moslashtirib boruvchi kelajakdagi barkamol shaxs tarbiyasi uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarni yaratish imkoniyatini beradi.
Insonparvar, vataniga sodiq, mehr-muruvvatli insonga qator ijobiy his-tuyg'ular xos bo'ladi, ya’ni bunday inson mardlik, sahiylik, va’dasiga vafodor, pok bag'ri keng, birovlarga beminnat yordam beruvchi, adolat me’zonini bo’zmaslik, tilini yomon so'zdan, qo'lini yomon ishlardan saqlash his-tuyg'ulariga ega bo'lib, bunday kishilar uchun sadoqat, e’tiqod, mehrlilik, rahmdillik hayotiy ehtiyojga aylanib qoladi.
Prezidentimiz Islom Karimov o'z asarlarida vatanga va insonga sadoqat, vatanparvarlik, insonparvarlik, mehr his tuyg'ularini bolalar tarbiyasiga singdirib borish kerakligini doimo uqtiradilar.

Prezidentimiz o'gitlariga amal qilmoq, kelajak avlodimiz burchi hisoblanadi.
O'zbeklarning urf-odatlari bo'yicha, o'zi yashab turgan joy muqaddas hisoblanadi. Bu muqaddas tuproqqa nisbatan yovo’z niyat, yomon so'z aytilmaydi.
Vatan, yurt, millat tushunchalari ulug'vor tushunchalar bo'lib, hamisha mehr-muhabbatdan quvvat oladi. Shu jihatdan qaraganda bu tuyg'ular egizak - qondoshu jondoshdurlar.
Bu his-tuyg'ularni yosh murg'ak yuragida uyg'otish, uni rivojlantirish va takomillashtirib borish barcha ta’lim muassasalari xodimlari faoliyatlarida, ota-ona, mahalla fuqarolari va hokazolarning muqaddas burchlari hisoblanadi.
Shunday ekan, ilk mehr saboqlari bolalar qalbiga eng avvalo oila, so'ngra maktabgacha ta’lim maskanlarida singdiriladi. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi ham har jihatdan ana shunday shaxsni shakllantirishdan iborat.
Muhammad Alixon xon bo’lishdan tashqari ajoyib shoir bo’lganligini yuqoridagi misralar orqali bilib olishimiz mumkin. Uning g’azallarida she’riy san’atalar: o’xshatish, talmeh, husni ta’lil va bir qancha she’riy san’atlarni ko’ramiz. Bularning barchasi Xonning ajoyib, ma’shuqasining ishqiga oshno, tashna bo’lgan shoirni ko’ramiz.

XULOSA
Mumtoz adabiyot tarixini o’rganish, uning durdona merosidan xalqimiz ma’naviyati rivoji yo’lida foydalanish adabiyotshunoslikdagi zarur nazariy va amaliy masalalardan bo’lib kelgan. Zamonaviy ilm-fan bu borada ham ko’plab ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Adabiyotimiz tarixidagi muhim davr hisoblangan Qo’qon adabiy muhiti va uning vakillari ham olimlar tarafidan olib o’rganilmoqda, tadqiq etilmoqda.
Mazkur kurs ishi ham XIX asr adabiyotining namoyandalaridan biri Muhammad Alining hayoti va ijodi, adabiy merosini o’rganishga qaratildi.
Avvalo shuni aytish kerakki, shoirning iste’dodi namoyon bo’lishi va rivojlanishida Qo’qon xonligining XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarim yilligidagi madaniy taraqqiyoti ulkan zamin yaratdi. O’sha davrdagi Qo’qon xoni Umarxon va uning rafiqasi Mohlaroyim tomonidan qilingan sa’y-harakatlar tufayli butun bir ijodiy maktab, muhit ravnaq topdi. Ayniqsa, xonning o’zi Amiriy taxallusi bilan, malika Mohlaroyim esa Nodira, Maknuna, Komila taxalluslari bilan ijod qildilar. Bu muhitni moddiy va ma’naviy jihatdan qo’llab-quvvatlab, ta’bir joiz bo’lsa, unga yetakchilik qildilar. Madaniyat va ma’rifatning – adabiyotning homiysi sifatida bu ikki davlat arbobi, shoir-u shoira ijod bo’stoni yashnatishdi. eng yetakchi shuarosini to’pladilar, ularning ijod qilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berdilar. Bu buyuk shijoat va mehnat natijasida bugun adabiyot tarixida asosiy davrlardan biri bo’lgan Qo’qon adabiy muhiti o’chmas nom bo’lib qoldi. Muhtining yuzlab ijodkorlari tomonidan yaratilgan ulkan ma’naviy meros xalqimiz uchun hozirgacha xizmat qilib kelmoqda. Fazliy, Ado, Mushrif, G’oziy, Afsus, Sodiq, Hijolat, Hoziq, Xotif, Maxmur, Gulxaniy, Uvaysiy, Mahzuna, Mushtariy kabi qalam sohiblari adabiy muhitning yetakchi ijodkorlari sifatida muhitning ravnaq topishi uchun ulkan hissalari qo’shishdi. Mazkur davr adabiyotining mumtoz an’analarni davom ettirgani ham, o’ziga xos uslub va yo’nalishlarga ega bo’lgani ham maqtanishga arzigulikdir.
Jumladan, Fazliy tomonidan o’zbek adabiyotshunosligi tarixida ilk marta she’riy yo’l bilan yaratilgan “Majmuayi shoiron” tazkirasida 19-asr boshlari Qo’qon adabiy muhitining 100 dan ortiq vakillari haqidagi qimmatli ma’lumotlar va asarlaridan namunalar mavjud. Shoirlar bilan bir qatorda shoiralarning ham mana shu davrda faollashgani diqqatga sazovor. Nodira, Uvaysiy, Anbar Otin, Mahzuna va boshqa ayol ijodkorlar so’z olamida shoiralarning ham iqtidori, iste’dodi, salohiyati, o’rni va mavqeyi baland ekanligini isbotladilar. Muhit vakillari ijodida g’azal janrida asarlar bitish keng ommalashgan edi. Badiiyatdagi an’anaviylik va novatorlik, zullisonaylik va boshqa jihatlar alohida e’tiborga molikdir. Ya’ni Qo’qon adabiy muhitining taraqqiyoti davrlarida an’ana va mavzu ko’lami miqyosi bo’yicha barcha davr, aniqrog’i an’anaviylik ustunlik qilgan davr xarakteri, anglatish usullarini qo’llaganining guvohi bo’lamiz. Sharq uyg’onish davri va tasavvuf adabiyoti an’alarini davom ettirish va davr ruhiyati insonlar o’y-fikrlarini ochishda, ruhiy sezimlarga ta’sir etishda shakl muhim sanalgan. Va adabiy muhit ijodkorlari g’azal shaklidan foydalanib, badiiy-estetik qarashlarini ifoda etishgan. Shuningdek, g’azallarga nazira va muxammaslar yozilgani, mushoaraning rivojlanganini ham ta’kidlab o’tmoq joiz. Janrlarda barakali ijod qilish va yangiliklar yaratish bu davr adabiy muhitining muhim jihatlaridan edi, desak, yanglishmagan bo’lamiz. Shu ma’noda Muhammad Alixon ham Qo’qon adabiy muhitning yirik vakillaridan biri edi.
2.2. Fuzuliy va Qo’qon adabiy muhiti SHarq she’riyati, shu jumladan, O’rga Osiyo xalqlari poeziyasi o’tmish klassik adabiyotning barakali ta’siri ostida takomil topgandir. Xoh O’rta Osiyoda, xoh Eronda, xoh Hindistonda bo’lsin biror shoir ulug’ sharq klassiklari Firdavsiy, Sa’diy, Hofiz, Navoiy, Bedil, Fuzuliy va boshqa mashhur so’z ustalariping maktabini o’tmay turib she’riyat maydoniga chiqmagan. Har bir ko’zga ko’ringan shoir ijodining kamolga etishuvida bu ustozlar ijodinipg samarali taьsiri ma’lum ahamiyagga ega bo’lgan. SHuning bilan birga har bir shoir u ustozlardan she’riyat ta’limini olar ekan, o’z ijodiy intilishlariga ko’ra yana ularning har biriga alohida ixlos qo’ydi. SHu sababli ayrim shoirlar ijodida sharq klassik shoirlaridan birortasining ta’siri boshqalardan ko’ra to’laroq va aniqroq sezilib turadi. Bu hol XVSH-XIX asrlarda yashagan va ijod etgan 18 Qo’qonlik shoirlar ijodida ham ko’zga tashlanadi. ―XIX asrning birinchi yarmida tatabbu’navislik eng rivojlangan adabiy muhit Qo’qonda edi‖ 5 . Fuzuliy g’azallariga deyarli barcha shoirlar tatabbu’ yozganlar. Lekin tatabbu’navislik she’riyatni mavzu jihatidan bir qadar cheklab qo’ysa-da, o’z mahoratlarini namoyish etish uchun shoirlarga muayyan imkoniyat ham yaratdi. Sadriddin Ayniyning yozishicha, aslida muayyan g’azalga uning radifini saqlagan holda tatabbu’ yozish oson emas. CHunki bu borada ilk g’azalni yozgan shoirga birmuncha oson: u o’zi topgan ma’noni ifodalash uchun xohlagan radifga murojaat qilishi mumkin.15Tatabbu’navis shoirlar esa ayni radifda yangi ma’nolarni ifodalashlari, tatabbu’ bog’lanayotgan g’azal mazmunini kengaytirishlari va rivojlantirishlari taqozo qilinadiki, bu har qanday ijodkordan alohida iste’dod talab etadi6 . ―CHunki tatabbu’ ijodiy bellashuvdir. Zero, tatabbu’navislik an’ana, yangilik va mahorat uchligi bilan bog’liq faoliyatdir‖ 7 . Qo’qonlik shoirlar Fuzuliyning ―kerakmazmu sango‖, ―cho’x‖, ―tut‖, «o’ldi o’xshaydur‖, ―do’ndurmish‖, ―do’ndurdi‖, ―bengzatdim‖ radifli g’azallariga badiiy yuksak tatabbu’lar yozgan. Jumladan, Qo’qon adabiy muhitining tashkilotchisi va homiysi shoh va shoir Umarxon Amiriy ijodi mashhur Ozarbayjon shoiri Fuzuliy she’rlarining qattiq ta’siri ostida rivoj topganini ko’rsatish mumkin. U Fuzuliy g’azallariga bir necha tatabbu’ yozadi, taxmislar bog’laydi. ―bengzatdim‖, ―ayduqcha‖, ―cho’x‖,‖topan‖, ―bo’lan‖, ―chekan‖, ―o’lan‖, ―qilan‖, ―vor‖, ―ko’ran‖, ―kezdigidur‖, ―sinduran‖, ―sonur‖, ―yo’x‖, ―do’ndirmish‖, ―verub‖, ―edan‖, ―vermish‖, ―verdi‖, ―o’sonmaydur‖, ―verancha‖, ―dun‖, ―dushdi‖, ―o’sondim‖, ―sonuram‖, ―o’kush‖ kabi fuzuliyona so’zlarni g’azallari matniga olib kiradi. Xususan, ―cho’x‖, ―do’ndurmish‖ radifli g’azallar bitadi.
G’am ilojin may etar – aydi Fuzuliy ham Amir,

Ey asiri domi g’am, bir go’shai mayxona tut8 ,


- kabi baytlarida salafi fikrini tasdiqlaydi va rivojlantiradi. Aslida shoirning mazkur g’azali ham buyuk salafining:
Ey asiri domi g’am, bir go’shai mayxona tut,
Tutma zuhhoding muxolif pandini, paymona tut9 ,

matla’i bilan boshlanadigan g’azali ta’sirida yozilgan. Lekin Amiriy qofiya va radifda Fuzuliyga ergashsa-da, g’azalda bevosita uning fikrlarini davom ettirmagan. Balki ishq mavzuida alohida, o’ziga xos g’azal yaratgan. CHunki baytma-bayt solishtirilganda ular orasida yaqinlik, umumiylik yo’qligini ko’ramiz. Xatto g’azalning matla’ida ham muayyan tafovutlar ko’zga tashlanadi:


Ey xarobi chashmi maxmuring ko’ngul, paymona tut,
Bir qadah la’ling zakotidin berib, mastona tut

G’azalning quyidagi bayti esa Fuzuliydan ko’ra, Navoiyni yodga soladi:


Ortturur har lahza nosih pand ila g’aflat menga,
El aro andog’ki, uyqu boisin afsona tut
CHunki ―G’aroyib us-sig’ar‖da shunga o’xshash baytga duch kelamiz:
Ko’zima ul vajhdin dermen yuzung afsonasin –
Kim, sevarlar uyqusizlar doimo afsonani
Navoiy g’azallariga bog’lagan muxammaslaridan birida ham Amiriy Fuzuliyni tilga olib o’tadi
Fuzuliy birla Lutfiy ofarindin aylamas tamkin...
Fuzuliyning:
G’amzasin sevding, go’ngil, joning gerakmazmu sango?
Tig’a urding, jismi uryoning gerakmazmu sango?
matla’li g’azali Amiriyda:
Xat chiqarding, la’li xandoning kerakmazmu sango?16
Xizra verding, obi hayvoning kerakmazmu sango?)
tarzida munosib shakl va mazmunda ifoda etilgan. G’azalda Amiriy Fuzuliy yo’lidan borib, lirik qahramonning ichki kechinmalari, uning ruhiy holatini atroflicha badiiy bayon etganligi ko’rinib turadi. ―Etma cho’x‖ radifli g’azali mazmun va shaklda Fuzuliy g’azaliga juda yaqin. Amiriyning g’azallaridagi kabi tab’i muxammas va musaddaslarida ham fuzuliyona ohanglarni sezish mumkin. Fuzuliyning:
SHifoyi vasl qadrin hajr ila bemor o’landin so’r,
Zuloli zavq-shavqin tashnai diydor o’landin so’r
matla’si bilan boshlanuvchi mashhur g’azaliga ko’plab shoirlarning taxmis bog’laganliklari ma’lum. Amiriy ham katta jur’at bilan unga nihoyatda teran, g’azalning g’oya va mazmunini to’ldiruvchi va kuchaytiruvchi taxmis bog’lagan. Amiriy Fuzuliyning ilk baytidagi tasvirni kengaytiradi, ya’ni visol shifosini (yoki visol shukuhini) hajr orqasidan bemor bo’lishgacha etgan kishidan, sog’inchni esa, diydorga tashna bo’lgan kishidan so’ramoq vojibligi kayfiyatini to’laroq va kengroq ochadi:
Balo dashtida g’am tog’in meningdek zor o’landin so’r,
Muhabbat ramzini Majnun kibi afgor o’landin so’r,
Mazoqi la’li nobin ishq aro xummor o’landin so’r,
SHifoyi vasl qadrin hajr ila bemor o’landin so’r,
Zuloli zavq-shavqin tashnayi diydor o’landin so’r.
Fuzuliy g’azalida ilgari surilgan fikrlar Amiriy muxammasining uchinchi misrasida yanada kengaytirilgan, natijada muxammasdagi har besh misra mazmun jihatidan bir-biriga uzviy bog’langan, go’yo bu muxammasdan biron-bir misra olib tashlansa, to’liq bo’lmay qolayotganday taassurot paydo bo’ladi. Zero, yor vasliga intizorlik, Layli ishqida Majnunday devonavor bo’lish, ma’shuqaning labi lazzatiga xumorlik istagi visol umidida hijrondan bezor, mahbub ilinjida

Download 82,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish