O’zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vaziligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti


II. bob. O’zbek adabiyotida tasavvur masalalari



Download 82,58 Kb.
bet6/8
Sana05.06.2022
Hajmi82,58 Kb.
#637945
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
301. J.Hudoyqulov

II. bob. O’zbek adabiyotida tasavvur masalalari
2.1.Muhammad Alixon adabiy merosida diniy-tasavvufiy yo’nalish
Muhammad Alixon g’azallar yozgan, uning buyrug’iga binoan, xattotlar Alisher Navoiy asarlarini miniatyuralar bilan bezatib ko’chirishgan, ko’plab tarixiy asarlar fors va arab tillaridan o’zbek tiliga atrjima qilingan.Muhammad Alixon davrida maktab va madrasalar qurilgan (masalan, Madalixon madrasasi), Qo’qonning eski o’rdasi ta’mirlangan.
Muhammad Aliхоn badiiy ijod bilan ham shug`ullanadi. U o`z she`rlarida Xon taxallusini qo`llaydi. Muhammad Aliхоn ijоdida Navоiy va Fuzuliy an’analari yaqqol seziladi. Xon Navoiy va Fuzuliyga tatabbu`lar yozadi. Fuzuliy g`azallariga tazmin va taхmislar bitadi. Хоn shе’riyatining tasavvufiy asоslari naqshbandiylik tariqatiga borib taqaladi. U o`z ijodida turli tasavvufiy timsollarni qo`llab, badiiyati pishiq g`azallar yaratadi.
Vadud Mahmud Fuzuliyda tasavvuf darajasini belgilashda quyidagi xulosaga keladi:
– tasavvuf ilmida qatʼiy ekanligi;
– tasavvufiy maʼlumotini tafsir va hadis ilmini chuqur oʻzlashtirish orqali orttirgani;
– butun vujudi va ruhi bilan oshiqlik martabasiga erishgan Shaxs boʻlgani;
– maqsadi “rizoyi Xudo” uchun “sharʼiy yoʻl”dan axloqiy poklik va halollik bilan borish va bu yoʻlda sobit qolganini eʼtirof etadi.
Vadud Mahmud ushbu tahliliy maqolada adabiy taʼsir masalasiga alohida eʼtibor qaratadi. Maqolaning “Fuzuliyning Turkistonga taʼsiri” boʻlimida aynan shu haqda maʼlumot berilgan. Fuzuliyning turkistonlik shoirlar ijodiga kuchli taʼsiri, uning asarlari eng “maʼruf kitoblardan biri” sifatida keng tarqalganligi, Fuzuliyning taʼsirida ikki tillilik paydo boʻlgani haqida alohida qayd etadi.
Bu shoir Fuzuliyga ergashib yozmishdur. Bu tubandagi g’azal va muxammaslar Xonning nashidan tab’iadandur:11
Muxammaslardan: (Mavlono Fuzuliy Bag’odiyga ergashib)
Inju dishi jon qulzumi ichra guharimdur
Ikki labi dil mahzanida la’llarimdur
Bu juzvaya mahrum alardin nazarimdur
Namlu edajak domanimni chashmi tarimdur
Pur la’l edan chashmimi xuni jigarimdur.


2.2. Madalixon she’rlarinining tarbiyaviy ahamiyati
Shoir ushbu misralarda yorning tishlari inju ekanligi, shoirning joni ichidagi guhari ekanligini, yori ikki labi oshiq yorning dil mahzanida xuddi la’ldek, men yorning bunday go’zalligini ko’rib, ayniqsa, ikki labining la’l ekanligidan jigarimda qon misoli chashm singari oqajak. Shoir bu misralarida shevadagi so’zlaradan foydalanganining ifodasini ko’rishimiz mumkin:tishi o’rniga dishi buning isboti.
Manzilgoh o’lub zor tanim kulbasi jona
Ko’z yoshi ko’ngil qoni ravon o’ldi jahona
Gar vajhin ani so’rsangiz, ey ahli zamona
Xuni dilimni seli sirishk ila ravona
Har lahza edan yod ruhi siymbarimdur.
Mening tanim senga shunchalik zor bo’ldiki, jonim tanim kulbasi bo’ldi. Ko’zlarimning yoshi xuddi ko’ngil qonimdek, jahonga ravon bo’ldi. Agar mendan mendan so’rasangiz ey ahli zamona deb, shoir zamon ahliga murojaat qiladi. Men yorimni har lahza yod etamanki ruhim ila, qon dilim xuddi sel kabi ravona bo’lib oqadi.
To oinayi ishqi aro jilva namoyam
Yo hajr biyobonida majnunu gardoyam
To yor talab aylaayli be saru poyam
G’am gulshani ichra dikilan nahli baloyam
Kim dog’i banim bargimu ashkim samarimdur.
Ishqim oynada xuddi jilvalanadi, namoyon bo’ladi yoki men hajr biyobonida bamisoli majnunu gadoman, Yor mening g’am gulshanim ichida xuddi nahli balo kabi, shunday bo’lsa ham Yor mening ko’z yoshim hamda samarimdur, deydi shoir.
Uns aylamayub bir nafas vatanimla
Sahro gezaram har nafas uryon badanimla
Devonalig’im yetdi kamola bu fanimla
Har yon yana Majnun agar o’lsaydi banimla
Dermmishdi junun dashtida bu rahbarimdur.
Shoir ushbu misralarida yorning ishqidan hattoki vatanimga ham borolmayman, har yon badanimla faqat sahro kezarman, devonalig’im shu darajaga yetdiki, Majnun men bilan o’ladi va men o’sha junun dashtidagi rahbarman, deydi.
Ul mahliqo tark etib alqati mehri
Yoshurdi solib zulfi parishon ila chehri
Ohim o’ti tutdi necha ruxsorini mehri
Ul o’t boroqub tutti tamomila spehri
Mahri ruhidan shul’ai ohir samarimdur.
Ul mahqilo,- deb ataydi shoir go’zal yorini. Mehrini mendan tark etdi. Ma’shuqam mendan zulfini yuziga-oydey chehrasiga soldida, yashirdi. Mening ohim o’ti necha ruxsorining mehrini tutdi, mahri shunday bo’lsa ham, yor mening shul’ai samarim,- deydi oshiq.
Ishq ichra buyuk rutba emish hol tabahliq
Osori ulug’ himmat emish baxti siyahliq
Bas ayla banga ogahi ishq ichra siyahliq
Bor ishq diyorida musallam senga shahliq
Xon shul’ai ohim boshima toji saramdur.
Oshiq oxirgi misralarida menga bunchalik ishqingni menga bas aylagin, bu ishqim diyorida seni shoh qilib qo’yaman, men Xonman, shu shula’ai ohimni boshimga toj qilib qo’yaman,deb o’z she’rini yakunlaydi shoir.
Shoir g’azallarida uning yori, ma’shuqasini go’zal ifodalar bilan maqtaydi. Masalan, uning quyidagi g’azali bunga misol bo’la oladi:
Yuz-u qadingga ermas bu chamanning sarv ra’nosi
Suv havon chashmasiga bo’lsa bil Isoning anfosi.
Shoir matla’dayoq ma’shuqasining go’zal o’xshatish keltirib, bu chamanning sarv-u ra’nosi ham sening qading kabi emas, sening qading chamandagi gullardan ham go’zal deydi.Ikkinchi misrasida esa, talmeh san’atidan foydalanib, Iso alayhissalomning nomini zikr etadi. Mavjud adabiyotlarda Iso alayhissalom tiriklik ramzi hisoblanadi.
Jununim har dam afsun o’lsa ey, xush ahli ayb etmang,
Ajab muhlik emasmu Olloh-olloh ishq sahrosi.
Yorimning go’zalligidan mening jununim,vujudim efsun bo’sa, ayb qilmang,deydi shoir. Olloh bu ishq sahrosi shunday ajab muhlik emasmu?
Qoraysa ro’zg’orim hajr shomidek tong ermaskim,
Qiyo boqmas menga ul surma tortgan chashm shahlosi.
Mening ro’zg’orim qoraysa, xuddi hajrning shomidek qora rangga kirib oladi va mening tonggim ham o’sha hajrning shomiga o’xshab qoladi. Uning ko’zlari ham ya’ni surma tortgan chashm shahlosi qiyo boqmaganligi sababli ham mening tonglarim shunday shom kabi qorayadi, deb ajoyib o’xshatish keltiradi shoir.
Muzayyan aylagan aflok taxti sori boqsam kim,
Mukallal obi qasri zangoridur ul mahvashni ma’vosi.
Mening taxtim xuddi aflok holga qolib ketganday, ul mahvashning ma’vosi esa, obi qasri zangoridir.
Manga kim har zamona yuz qatla javringni ravo ko’rma,
Surayyodan oshar Xoningni ohi charx paymosi.
Shoir maqta’da yoriga iltimos qiladi, menga bunchalar, yuz marta javr-u jafolaringni menga ravo ko’rma, deydi,o’zini yorining mulkiga aylanib bo’ganligini aytib, Xoning deydi va mening paymoyim hattoki, Surayyodan ham oshadi, deb ta’kidlaydi.
Vatan va vatanparvarlik tarbiyasi haqida tushuncha Vatan insonning ruhiyati, turmush tarzi, ongi va tafakkuri, o'tmishi, buguni va kelajagi mujassam bo'lgan tushunchadir.
Vatan ostonadan, o'zi tug'ilib o'sgan go'shadan boshlanadi. Shuning uchun bola o'zi yashab, nafas olib turgan xonadonida ulg'ayib voyaga yetishishida muhtasham va qudratli makon bo'lgan ona zaminiga mehr-muhabbat va sadoqati abadiy bo'lmog'i zarur.
Har bir insonning vataniga bo'lgan muhabbati ona suti, ona allasi va ota-ona mehri bilan uning vujudiga singib boradi, ota-onasini avlod-ajdodlari, ularning an’analari, urf-odatlari, kasb-korlarini sevuvchi farzand o'zgalarni ham sevadi. Millati, xalqi, adabiyoti, san’ati, dini va madaniyatidan g'ururlanib, o'zi o'sgan yurt tabiatidan ilhomlanib, uning muqaddas tuprog'i qadrini anglaydi.
Zero, hech bir inson Vatandan tashqarida baxt-saodat topa olmaydi. O'z yurtida obru- e’tibori bo'lmagan inson o'zga yurtda ham qadrlanmaydi.
Shuning uchun ham xalqimizda «O'zga yurtda sulton bo'lguncha, o'z yurtingda cho'pon bo'l», «o'zga yurtda shoh bo'lgandan, o'z yurtingda gado bo'lgan afzal», «O'lsang o'l, vataningda bo'l!» kabi naqllar bejiz aytilmagan.
Har kimning o'z xonadoni, uy-joyi, o'z ona yurti naqadar qadr-qimmatli ekanligini o'zga yurtga safarga, yashashga borgan inson biladi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy, Bobur Mirzo, Furqat va boshqa bobokalonlarimizning o'zlari tug'ilib o'sgan vatanlaridan uzoqda kuchli Vatan sog'inchi-bilan yashaganlari, ona yurt tuprog'ini, unda o'sgan mevalarni ko'zlariga to'tiyo qilganlari, yurt ishqida iztirob chekkanlari barchaga ayon. Ularning ruhiy kechinmalari haqiqiy vatanparvar kishining holatidir. Haqiqiy vatanparvar u qaerda yashamasin, Vatanning yaxshi kunida ham, yomon kunida ham uni tark etmaydi, u bilan
birga bo'ladi .
Insondagi eng oliy tuyg'u — Vatan tuyg'usidir. O'zi tugilib-o'sgan ona yurtini jon qadar sevadigan, o'zga yurt tabiatidan o'z yurti tabiatichalik zavq olaolmaydigan, diyoridagi katta-kichik yutuqlardan faxrlanadigan, hatto mitti chumoli harakatidan zavqlanadigan butun aql-zakovati, qalb qo'ri, kuch va imkoniyatini shu jamiyat va tabiat go'zalligi, rivojiga bahshida eta olgan insondagina bu tuyg'u namoyon bo'ladi.
Vatan ham, vatanga muhabbat to'yg'usi ham ilohiy ne’mat bo'lib, butun qon tomirlarida shu tuyg'u jo'sh urgan insonda vatanfurushlik, vatanga hiyonatdek jirkanch vahshiylikka moyillik hech qachon bo'lmaydi. Xalqimizda “O'zga yurtning bag'lariyu-bog'chasi, o'z yurtingning yontog' icha ko'rinmas»_ deb bejiz aytilmagan. Vatan tuyg'usi — bu Vatanni himoya qilib, Vatan deya fido bo'lgan Tumaris, Shiroq, Spitamen, Najmiddin Kubro, Solihbek dodhoh, mulla Aliqul dodxoh singari yo’zlab sher yuraklarni eslashdir. Tomirida ohirgi tomchi qoni qolguncha dushmanga qarshi kurashgan Jaloliddin Manguberdi, Temir Malik, Abdumalik To'ra, Qurbonjon dodxoh, Madaminbek, Namozbotir singari buysunmas bahodirlarning, og'ir kunlarda qardoshlarga yelkadosh bo'lay deb, harbiy vazirlik lavozimidan iste’foga chiqib, ota yurti Turkistonga kelib, ayovsiz janglarda halok bo'lgan Anvar poshshoning, qullikdan o'limni afzal bilgan Oqmasjid, Chimkent, Avliyoota, Toshkent, Jizzax, Samarqand, Zirabuloq himoyachilarining nomini yodga olishdir.
Vatan tuyg'usi — bu mustamlaka to’zumiga qarshi bosh ko'targan Toshkent, Jizzax, Andijon qo'zg'olonchilari, Dukchi Eshon xotirasini unutmaslikdir.
Vatan tuyg'usi — bu zulm-istibdoddan qutulish uchun xalqni ma’rifatli bo'lishga chorlash, milliy uyg'onishga da’vat etgan, najot ilmda, birlikda va harakatda deb bilgan fidoyi ziyolilarni, ularning rahnamolari bo'lmish Munavvar Qori, Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdullaxo'ja, Avloniy, Fitratlarning nomlarini doimo yodda saqlashdir.
Vatan tuyg'usi — bu yigirmanchi, o'ttizinchi, qirqinchi, elliginchi va nihoyat saksoninchi yillarda xalqimizga qarshi uyushtirgan qatli ommaviy qatag'onlarda qamoq va surgun azoblarini boshidan kechirgan va halok bo'lgan Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat, Usmon Nosir singari minglab millat gullarini unutmaslikdir.
Vatan tuyg'usi — bu Ikkinchi Jahon urushida fashizmga qarshi mardona jang qilgan vatandoshlarimiz yodini ehtirom bilan eslashdir».

Vatan himoyasi yo'lidagi qahramonlar insoniyat tarixidan hech qachon o'chmaydi. Vatanni asrash, har bir qarich yerini qo'riqlash, bu muqaddas burch bo'lib, ozod va
mustaqil Vatanga ega bo'lish hech qachon osonlikcha qo'lga kiritilmagan. Vatan erki, mustaqilligi va ozodligi yo'lida qurbon bo'lganlarni abadiy eslash, hotirlash har bir kishining xalq, millat, Vatan oldidagi imoni va vijdonidir12.
Vatan muqaddasdir. Undan qimmat, undan aziz, undan shirin, undan ulug' ne’mat, boylik yo'qdir. Shu boylikni qadrlagan, undan cheksiz faxrlangan insongina oilasi, xalqi, atrof muhiti, jamiyatiga mehr-muhabbatli bo'ladi.
Insonni dunyoga keltirishdek mo'jiza yaratgan ona bilan Vatan hamohangdir. Vatan ona kabi inson taqdirida mo'jizalar makonidir. Shuning uchun ikki mo'jizakor yonma-yon Ona-Vatan deb yuritiladi.
Inson ona uchun qanchalik jonfidolik qilsa, Vatan uchun ham shunchalik qayg'uradi, uni ardoqlaydi, sevadi, avaylab-asraydi, turli ofatlardan, dushmanlardan qo'riqlaydi. Kerak bo'lsa, Ona-Vatan uchun jonini qurbon kiladi. Munis va mo'tabar Ona insonni shu yorug' dunyoga keltirsa, Vatan uni hayot belonchagida o'stiradi, ulg'aytiradi, shaxsni shaxs sifatida namoyon etadi. Shu boisdan inson uchun Ona - Vatandan ulug'roq, mo'tabarroq, qimmatliroq makon yo'q. Xalq ichida Ona degonda - Vatan, Vatan deganda esa Ona tasavvur etilishida ham majoziy mano bor. Ba’zi bir sabablarga ko'ra, o'zga yurtlarda yashayotgan vatandoshlarimiz ham «Ona-yurtim», «Ota-yurtim», «Kindik qonim to'kilgan yurt» deb faxrlanadilar13.
Yurtboshimizning vatanparvarligi, millatparvarligi evaziga 1991 yilning 31 avgustida O'zbekistonning davlat mustaqilligi e’lon qilingach, o'zbek millatining qaddi tiklandi, Vatan qadri ortdi, zo’rovonlik yo'li bilan yo'q qilingan milliy qadriyatlarimiz, dinimiz («Navro'z» bayrami, Ramozon va Qurbon hayitlari va hokozo) xalqqa yana qaytarildi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, O'zbekiston Respublikasining yangi davlat ramzlari qabul qilindi, ya’ni davlat bayrog'i, gerbi, milliy valyutasi, madhiyasi — davlat ramzlaridir. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’rifiga ko'ra; Davlatimiz ramzlari — bayroq, tamg'a, madhiya O'zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g'ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o'zida mujassamlashtiradi. Mana shu ramzlarni e’zozlash, o'zining q adr- qimmatini, o'z mamlakatiga va shaxsan o'ziga bo'lgan ishonchini mustahkamlash demakdir.
Mazmun va mohiyatan tamomila yangi davlatimizning asosiy Qomusi — O'zbekistan Davlatining Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Darhaqiqat, davlatimiz ramzlarida o'zbek xalqi mentaliteti, g'ururi, hissiyoti, tarixiy xotirasi, porloq turmushga intilishi mujassam bo'lgan.
Ushbu ramzlar - o'zbek xalqining g'ururlaridir. Ularni qadrlash, ko'z qorachig'idek asrash, umuminsoniy qadr-qimmatini oshirish har bir fuqaroning Vatan oldidagi burchidir. Vatanimiz ozodligi tufayli Vatan, xalq, millat, milliy qadriyatlar din, tarix, bugun va kelajak hayot haqida erkin fikr bildirish imkoniyati vujudga keldi.
Vatanimiz o'z istiqlol yo'lini tanlab oldi. Dunyo maydonida o'z o'rni, o'z ovoziga ega bo'ldi.
Vatanimiz osmonida erk quyoshi porlagach, o'zbek xalqi o'z tilida baralla e’zozlash, asrlar davomida shakllanib kelgan an’analari, qadriyatlarini qaytadan bilish, erkin fikrlash, o'z taqdirini o'zi hal qilish, o'zga yurtlarda Vatan sog'inchida bo'zlab yurgan vatandoshlarimiz ota yurtlariga qo'rqmasdan qaytish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
Vatan, xalq bor joyda vatanparvarlik tuyg'usi paydo bo'ladi. Bu tuyg'u insonni jasoratga, ezgulikka halol mehnatga da’vat etadi. Millatni millat bo'lib shakllanishida turli hayot to'fonlaridan omon saqlab qoladigan ham vatanparvarlik tuyg'usidir.
Vatanparvarlik - kishining o'zi tug'ilib o'sgan, kamol topgan joy, zamin, o'lkaga bo'lgan mehr-muhabbatini, munosabatlarini ifoda etadigan ijtimoiy va ma’naviy ahloqiy xislatlari, fazilatlaridir14.

Download 82,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish