O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus



Download 6,9 Mb.
bet22/168
Sana16.06.2022
Hajmi6,9 Mb.
#676543
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   168
Bog'liq
portal.guldu.uz-Zoologiya fanidan ma`jmua

Tayanch so’zlar: pelagik, abissal, litoral, migratsiya, passiv, aktiv, nerest, anadrom, katadrom, delta, xramulya.
Mavzu bayoni:
Baliqlar barcha tuban xordalilar singari butun umri suvda o’tadigan hayvonlardir. Baliq suvdan chiqib qolsa, u ojizlanib, tezda halok bo’ladi. Demak, suv – baliqlar yashaydigan yagona muhit hisoblanadi va uning o’ziga xos bir qancha xossalari bor.
Avvalo, suv atmosfera havosini erita oladi. Shu sababli baliqlar erigan kislorod bilan nafas oladi. Suv kuchli erituvchidir, shunga ko’ra suvdagi moddalar organizmlar (baliqlar)ning iste’moli uchun yaroqli holga keladi. Suvda yashaydigan baliqlarning hayotida suvning harorati, suvdagi kislorod va tuzlar katta ahamiyatga ega.
Suv muhitida yashash sharoitlari har xil bo’lishiga qarab, baliqlarni 3ta ekologik guruhlarga bo’lish mumkin: pelagik, abissal va litoral.
1. Pelagik baliqlar suvning bag’rida yashaydi. Bularning ba’zilari suvda osilgan mayda hayvon va o’simliklar, boshqalari esa hasharotlar bilan ovqatlanadi. Bu zonada yashovchi baliqlarning ustki tomoni odatda qoramtir rangda bo’lsa, pastki tomoni yorug’, kumushsimon rangda bo’ladi. Pelagik baliqlarning gavdasi uzunchoq duksimon bo’lib, juda yaxshi suzadi. Ko’pchilik akulalar, losos, seldlar, treskalar shu zonada yashaydi.
2. Litoral baliqlar asosan suv qirg’oqlari va tubi bilan bog’langan. Bu baliqlar unchalik tez harakat qilmaydi. Guruhga skatlar, kambalalar, ikki xil nafas oluvchi baliqlar, buqa baliqlar va boshqalar kiradi.
3. Abissal baliqlar suv tubida, katta chuqurlikda yashaydi. Katta chuqurliklarning asosiy xossalari – bosimning g’oyat zo’r bo’lishi, yorug’-likning mutlaqo yo’qligi, suvning oqmasligi, haroratning bir xil va past bo’lishi hisoblanadi.
Bu aytilganlardan tashqari, baliqlar suvdagi tuzlarga bo’lgan munosabatiga qarab 3 ta guruhga bo’linadi: 1. Butun umrini sho’r suvlarda o’tkazuvchi dengiz baliqlari (kambala, seld, treska); 2. Butun umri daryo, ko’l va hovuzlarda o’tadigan chuchuk suv baliqlari (laqqa baliq, gulmoy yoki forel, marinka); 3. O’tkinchi baliqlar, ya’ni bu baliqlar dengizda yashasa – ko’payish uchun daryoga chiqadi (losos), daryolarda yashasa – ko’payish uchun dengizlarga chiqadi (ilon baliq).
Ekologik guruhlari va sistematik holatidan qat’iy nazar, baliqlarning hayoti bir-biri bilan almashinib turadigan biologik sharoitning yil fasllariga qarab o’zgarib turishiga bog’liq. Biologik yoki hayot sikli semirish, qishlash va ko’payish davrlarga bo’linadi.
Ko’pchilik baliqlarning yillik hayot siklini eng muhimi «migratsiya (yashash joylardan ko’chish)» hisoblanadi. Migratsiya passiv va aktiv bo’ladi. Passiv migratsiyada baliqlar suvning oqimidan foydalanadi. Bu usul bilan kam harakatchan pelagik baliqlar, ko’pchilik baliqlarning lichinkalari (seld, ilon baliq, losos) migratsiya qiladi. Aktiv migratsiyada baliqlar tanlab olgan yo’nalishiga qarab harakat qiladi, ba’zan kuchli oqim va hatto sharsharalarga qarshi yuradi (losos).
Aktiv migratsiya urchish, ovqatlanish va qishlash migratsiyalariga bo’linadi.

Download 6,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish