Iroda buzilishlari
Iroda buzilishlariga impulsiv harakatlar va impulsiv mayllarni o‘z
ichiga oladigan
impulsiv holatlar
kiradi.
Impulsiv harakatlar
istaklar kurashisiz bajariladi va psixik fao-
liyatning aniq ifodalangan buzilishlari mavjud bo‘lganida yuzaga ke-
ladi. To‘satdan va sabab (motiv)siz paydo bo‘lishi bilan ajralib turadi,
o‘z-o‘zidan bajariladi. Bemor notanish odamlarga zarbalar beradi,
bolani suvga uloqtiradi, jonsiz narsalarga nisbatan agressiv harakatlar
sodir etadi: uy devorlarini chopadi, yostiqni bo‘g‘adi va h.k.
Impulsiv mayllar
ko‘pincha pasaygan yoki g‘azabli (disforik)
kayfiyat fonida yuzaga keladi. Dastlab u yoki bu harakatni sodir etish
64
istagiga qarshi kurash yuz berishi mumkin, tez orada mayil bartaraf
etib bo‘lmas tus oladi va barcha fikr va istaklarni o‘ziga bo‘ysundirib,
amalga oshadi. Ko‘pincha bu davrda sodir etiladigan harakatlar
haqidagi xotiralar noaniq yoki uzuq-yuluq bo‘ladi. Kamroq hollarda
impulsiv mayl sodir etib bo‘linganidan so‘ng g‘ayritabiiy holat
sifatida anglanadi va hatto tanqidiy baholanadi. Impulsiv mayllarning
eng ko‘p uchraydigan shakllariga tinimsiz mayxo‘rlik qilish
(dipsomaniya), daydilik (dromomaniya), o‘t qo‘yishga (piromaniya),
o‘g‘rilikka (kleptomaniya) ishqibozlik, odam o‘ldirishga, o‘zini
o‘ldirishga (gomitsidomaniya, suitsidomaniya) yoki o‘ziga jismoniy
shikast yetkazishga intilishlar kiradi.
Depersonalizatsiya, derealizatsiya, sarosimalik
O‘z «Men»i, atrofdagi narsa va voqealarni yoki har ikkisini
birdaniga idrok etishning o‘zgarishi bilan birlashadi.
Depersonalizatsiya
– o‘zini anglash, o‘z «Men»ini idrok
etishning buzilishi. His-tuyg‘ular, fikrlar, tasavvurlar, istaklar,
xotiralar, nutq, harakatlar, fiziologik jarayonlar o‘zgargandek yoki
begonalashgandek, ya’ni ushbu shaxsga tegishli emasdek tuyuladi.
Derealizatsiya –
voqelikni va atrofdagi narsalarning haqiqiyligini
idrok etishning buzilishi. Bunda atrofdagi narsalar uzoqda turgandek,
jonsiz, harakatsiz, qotib qolgan, noaniq va rangsiz tuyuladi. Jonli
yoki jonsiz narsalar va hatto, butun dunyoning haqiqatan
mavjudligiga shubhalanish bilan kechishi mumkin. Dearealizatsion
buzilishlarga birinchi marta yuz berayotgan va notanish hodisa ilgari
bo‘lgandek tuyuladigan «eshitilgan, boshdan kechirilgan, ko‘rilgan»
narsalar fenomeni xosdir. «Hech qachon eshitilmagan, boshdan
kechirilmagan, ko‘rilmagan» fenomenida, aksincha, yaxshi tanish
narsalar birinchi marta paydo bo‘lgandek bo‘ladi.
Sarosimalik (hayrat affekti) –
o‘zi yoki atrofdagilar bilan yuz
berayotgan o‘zgarishlarni azobli tarzda tushunmaslik holati.
G‘ayrioddiy va tushuntirib bo‘lmaslik hissi bilan kechadi. Hayrat
so‘zlashish va o‘zini boshqacha tutish tarzida namoyon bo‘ladi.
Bemorning nutqida so‘z boyligi kam, u darhol javob bermaydi,
ko‘pincha savoldagi so‘zlarni takrorlaydi. Javoblar tasdiq shaklida
emas, savol shaklida beriladi. Doimo «men hech narsani tushun-
65
mayapman», «bir nima sodir bo‘lyapti», «bu nimaga», «aftidan
aqldan ozayapman», «atrofimda qandaydir g‘alati narsalar yuz
berayapti» kabi gaplar uchraydi. Bunday bemorlarga e’tiborning
haddan tashqari ko‘p chalg‘ishi xos. Kichkina tashqi ta’sirlar
(taqillash, soatning chiqillashi, yo‘tal kabilar)da ham bemorlar ko‘p
hollarda «taqillatishyapti», «ana soat», «yo‘talyaptilar» kabi so‘zlarni
takrorlab, tovush kelgan tomonga qaraydilar. Sarosima kuchli
rivojlanuvchi ruhiy buzilishlarda yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |