O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/61
Sana31.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#623145
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61
Bog'liq
2012-sud-psix-yallayev-lot unlocked

Ta’qib etish vasvasasi 
– bemorning unga jismoniy yoki ma’naviy 
zarar yetkazishni yoki oddiygina uning o‘limiga erishishni 
istayotganliklariga qat’iy ishonchi. 
Ta’sir ko‘rsatish vasvasasi 
– shaxsning o‘z fikri, his-tuyg‘ulari va 
xatti-harakatlariga tashqi kuch ta’sir ko‘rsatayotganiga qat’iy 
ishonchi. Bu holat bir qator hollarda odamlar, gipnoz, elektr toki, 
atom energiyasi, ultratovush kabilarning ta’siri deya aniq ta’riflanadi 
(shuningdek qarang Kandinskiy Klerambo sindromi). 
Zaharlash vasvasasi 
– bemorni yo‘q qilish maqsadida uning 
jismoniy holatiga zarar yetkazish uchun yashirincha uning ovqatiga 
qo‘shiladigan, u bo‘lib turgan xonalarga va u foydalanadigan mebel 


60
buyumlari yoki kiyimlarga sepiladigan yohud purkaladigan har xil 
zaharli moddalar qo‘llanilayotganiga qattiq ishonish.
Zarar yetkazish vasvasasi 
– bemorga, ko‘pincha shaxsiy 
buyumlari, mebeli yoki oziq ovqatini buzish, almashtirib qo‘yish yoki 
o‘g‘irlash orqali, atayin moddiy zarar yetkazilayotganiga qat’iy 
ishonch. Bunday vasvasa ko‘pincha yaqin atrofidagi shaxslarga 
qaratiladi, shu munosabat bilan u ko‘p hollarda kichik o‘lchamdagi 
vasvasa deb ataladi. 
Ixtirochilik vasvasasi 
– bemorning insoniyatga yaxshilik 
keltiradigan noyob, universal ahamiyatga ega katta nazariy yoki 
amaliy kashfiyot qilganligiga qat’iy ishonchi. Vasvasaning bu turi 
doimo o‘jarlik bilan sudlashish orqali kechadi. 
Ulug‘vorlik vasvasasi 
– bemorning o‘z ma’naviy va jismoniy 
kuchlari, sog‘lig‘i, ijtimoiy mavqei va u bilan bog‘liq imkoniyatlariga 
aqlga sig‘mas darajada katta baho berishi. 
Muhabbat vasvasasi 
– muayyan shaxs uni yaxshi ko‘rishi va har 
qanday, hatto bemorga zarar yetkazadigan usullar bilan unga 
erishishga intilayotganiga qattiq ishonishi. 
Sudlashuv vasvasasi 
– go‘yo buzilgan adolatni tiklash uchun 
kurashish, jumladan bemorning buzilgan huquqlarini himoya qilishga 
bo‘lgan og‘ishmas g‘oya. 
Obrazli vasvasada 
– hissiy bilishning buzilishi ustunlik qiladi. 
Vasvasa g‘oyalari hech bir tizimsiz, ko‘pincha betartib yuzaga keladi. 
Ular isbotlanmaydi, balki bor narsadek qabul qilinadi: «Meni 
o‘ldirishni istashlarini bilaman». Ko‘rgazmaliligi va izchil emasligiga 
ko‘ra vasvasa va tush manzaralarini eslatuvchi obrazli tasavvur 
hukmronlik qiladi. Ong ularga to‘lgan bo‘ladi. Atrofdagi narsalar 
illuziyalarda bo‘ladigandek qabul qilinadi. Obrazli vasvasa doimo 
boshqa buzilishlar bilan birga keladi. Xatti-harakat keskin buziladi. 
Bemorning harakatlari noizchil va ko‘pincha impulsiv xususiyatga 
ega bo‘ladi (yonidan o‘tib ketayotgan transport vositasiga sakrab 
chiqmoqchi bo‘ladi, tez ketayotgan transport vositasidan to‘satdan 
sakraydi, yo‘l tanlamay yuguradi, nogohon hujum qiladi). Gallyut-
sinatsiyalar yuzaga kelishi, Kandinskiy Klerambo sindromining 
elementlari, ora-sira buzilgan ong epizodlari ko‘rinishi mumkin. 
Obrazli vasvasa doimo affektning yaqqol o‘zgarishlari, ko‘pincha 
zo‘riqqan xavotir shaklidagi o‘zgarishlar bilan kechadi. 


61
Obrazli vasvasaning turlaridan biri 
inssenirovka vasvasasidir
.
Bunda bemorlar atrofdagi hamma narsa atayin uyushtirilgan, ularni 
kalaka qilishayotganligini, kinosyomka qilinayotganligini; atrofdagi 
odamlar o‘zlarini butunlay boshqacha ko‘rsatayotganliklarini, 
ularning barcha harakatlari bevosita bemorga aloqadorligini; uni 
tekshirishayotgan, unga o‘rgatishayotgan, uni tarbiyalashayotgan-
ligini aytadilar. 
Ma’no vasvasasida
atrofdagi hamma narsa simvol ahamiyatiga 
ega bo‘ladi: qora rang – bemorning tez orada o‘lishini; yosh juvon – 
qutulishini bildiradi va hokazo. Atrofdagi narsalarning ma’nosi 
o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim hollarda barcha xotiralar va atrofdagi 
narsalarning (predmetlar, odamlar) va hodisalarning idrok etilishi 
fantastik mazmun va ma’noga ega bo‘ladi. Obrazli 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish