O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/61
Sana31.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#623145
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61
Bog'liq
2012-sud-psix-yallayev-lot unlocked

retrospektiv 
vasvasalashuv evaziga kengayadi. Batafsil ishlab chiqilgan xayoliy 
konsepsiya (tushuncha) yaratiladi. Vasvasa kristallashgan davrda va 
uzoq davom etuvchi davrlarda bemorlarning xatti-harakati o‘zgaradi, 
u vasvasaning xususiyatlariga butunlay bog‘liq bo‘lishi mumkin. 
Agar ilgari bemor xayoliy badxoh yoki oddiy dushmanlar bilan 
to‘qnashishdan qochib yurgan bo‘lsa, endi u ularga qarshi ochiq 
harakat qilishga o‘tadi («faol ta’qib etiluvchi – ta’qib etuvchi» 
simptomi). Ayrim hollarda bemorlar ko‘plab shikoyatlar yozish bilan 
cheklanadilar va sudbozlik xatti-harakatlarini namoyon etadilar, 
boshqa hollarda o‘z raqiblarini jismonan yo‘q qilishga urinadilar. 
Birlamchi vasvasa mavjud bo‘lgan bemorning xatti-harakatini 
fransuz psixiatrlari qisqacha «u qochadi» , «u himoyalanadi», «u 
hujum qiladi» iboralari bilan ifodalaydilar. 
Vasvasa stereotiplashuv davrida go‘yoki bir shaklga kiradi, 
mazmuni endi murakkablashmaydi, affektiv to‘liqlik ancha 
kamayadi. Vaqti-vaqti bilan ruhiy holatning buzilishi kuchayadi. Shu 
davrda g‘ayriqonuniy harakatlar sodir etilishi mumkin.
Kasallik boshlanganidan keyin ko‘p yillar va hatto bir necha o‘n 
yillar o‘tgach boshlanadigan terminal davrida vasvasa asta-sekin 
kamayib, yo‘qola boradi. 
Birlamchi vasvasa turli-tuman mazmunlarga ega bo‘lishi 
mumkin. Uning rivojlanishi jarayonida odatda dastlabki mazmun 
murakkablashadi va vasvasa bir mavzuli shakldan ko‘p mavzuli 
shaklga o‘tadi. Odatda bunday murakkablashuv ta’qib etish 
g‘oyalarining kuchayishi yo‘nalishida boradi. 
Sud-psixiatriya amaliyoti ko‘pincha quyidagi mazmunga ega 
bo‘lgan vasvasa g‘oyalari bo‘ladigan vasvasa holatlariga duch keladi: 
rashk, ipoxondriya, ta’qib etish, ta’sir ko‘rsatish, zaharlash, zarar 
yetkazish, ixtiro qilish, ulug‘vorlik, sudbozlik singari aldamchi 
g‘oyalar. 
Rashk vasvasasi 
(er-xotinning xiyonati) – er yoki xotinni boshqa 
bir yoki bir necha shaxslar bilan unga xiyonat qilayotganiga bo‘lgan 
aniq ishonch. U o‘ziga yaqin inson unga nisbatan e’tiborsiz, sovuq 


59
munosabatda bo‘layotganligini «sezadi». Ayni vaqtda unga eri 
(xotini) o‘zining tashqi ko‘rinishiga e’tiborliroq bo‘layotgandek, 
uyga odatdagidan kechroq kelayotgandek, odatdan tashqari kayfi 
chog‘ va xijil ko‘rina boshlaydi. Vaqt o‘tib bemor uchrashuvlar 
uyidan tashqarida ham, uyda ham yuz berayotganini «aniqlaydi». U 
yaqin kishisining harakatlarini kuzata boshlaydi, to‘satdan ishga 
qo‘ng‘iroq qiladi, odatdagidan boshqa vaqtda uyga keladi, ich 
kiyimlarini tekshiradi va hokazo. Bemor unga xiyonat qilinganligini 
tan olishni doimo qattiq talab qiladi. Rashk vasvasasi ba’zan yaqin 
kishisiga nisbatan shafqatsiz zuravonlik harakatlariga aylanadi. 
Ipoxondrik vasvasa 
(kasallik vasvasasi) – og‘ir, bedavo kasalga 
yo‘liqqaniga qattiq ishonish. Bemorlarning xatti-harakatlari har xil 
bo‘ladi. Ayrimlar o‘zini davolash usullarini qat’iyat bilan ishlab 
chiqadilar, boshqalar chuqur tekshirish va davolashni talab qilib, turli 
kasblardagi shifokorlarga doimiy ravishda murojaat etadilar. Bunday 
bemorlar shifokorlarni o‘zlariga nisbatan yomon munosabatda 
bo‘lishda, hatto ularning azoblanishlarida aybdor deb gumon qila 
boshlaydilar. Bunday hollarda tibbiyot xodimlariga qarshi 
zo‘ravonlik harakatlari ham tez-tez uchrab turadi. 
Ipoxondrik vasvasasining yana bir turi – jismoniy nuqson yoki 
majruhlik vasvasasi – 
dismorfofobiya
. Odatda bu tananing ko‘rinarli 
qismlari – yuz, qo‘l, oyoq, qaddi qomatga taalluqlidir. Xayoliy 
jismoniy nuqsonni tuzatish uchun bemorlar o‘zini davolashning 
xavfli usullarini qo‘llaydilar yoki operatsiyalar, jumladan takroriy 
operatsiyalar o‘tkazishni qat’iy talab qiladilar. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish