O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

Iqtisodiy soha xususi
da
 
gapiradigan bo’lsak, Prezidentimizning fikricha, bu 
quyidagilarni anglatadi: qudratli va barqaror rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo yetish; 
mulk egalari huquqlarining davlat yo’li bilan himoya qilinishini va mulkchilik shakllarining 
huquqiy tengligini ta’minlash; iqtisodiyotni o’ta markazlashtirmaslik hamda yakka 
hokimlikka barham berish; mehnat qilish, dam olish va har yilgi haqi to’lanadigan ta’tilga 
chiqish bo’yicha konstitutsiyaviy huquqni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni 
yaratish; ishsiz bo’lib qolgan taqdirda muhofaza qilish; tabiatga vahshiyona munosabatda 
bo’lish, ekologiyaga zarar yetkazilishiga yo’l qo’ymaslik. 
Ijtimoiy va ma’naviy soha
da
 
bu - insonparvarlik g’oyalariga sodiqlik; ma’naviyat 
va axloqiylikni qayta tiklash. qadimgi va zamonaviy madaniy boyliklarni bilish va 
kupaytirish; vijdon va din erkinligi qoidalarini qaror toptirish; ijtimoiy adolat qoidalarini 
ro’yobga chiqarish; malakali tibbiy xizmatni ta’minlash; umumiy ta’lim olish, kasbni va 
tegishli maxsus tayyorgarlikni o’tishni erkin tanlashda barchaga baravar huquq berish; 
ijodning barcha turlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat. 
Islom Karimov oilani davlat va jamiyatning asosi, deb hisoblaydi. Shu munosabat 
bilan u quyidagilarni yozadi: 
«Oila - jamiyatning negizi.
Bizning davlatimizni ham katta 
bir oila deb tushunishimiz mumkin va lozim. Bunda o’zaro hurmat va qattiq tartib bo’lmasa, 
oilaning barcha a’zolari o’z burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mehr-
oqibat ko’rsatmasa yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas. Oila turmush va 
vijdon qonunlari asosiga quriladi, o’zining ko’p asrlik mustahkam va ma’naviy tayanchlariga 
ega bo’ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab-ehtiyojlari va 
qadriyatlari shakllanadi. O’zbeklarning aksariyati o’zining ijtimoiy-siyosiy hayotida tub 
o’zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab chiqishi va izchil ro’yobga chiqarishi 
kerak»
16
. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat to’g’risidagi eng asosiy 
xulosalaridan biri shudir. 
Shu munosabat bilan bozor munosabatlarini rivojlantirishning davlat tomonidan 
muvofiqlashtirib borilishi tizimida qonun hujjatlarining qabul qilinishi ulkan ahamiyatga ega 
13
Каримов И.А. «O’zbekiston”: миллий истиқол, иқтисод, сиѐсий, мафкура. 1-tom,Т.,««O’zbekiston”», 1996, 44-bet. 
14
O’sha yerda. 
15
O’sha yerda. 
16
Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. 3-tom. Т., ««O’zbekiston”», 1996, 178-bet. 


58 
bo’ldi. Bular iqtisodiy erkin korxonalar va fuqarolarning o’zaro munosabatlari mexanizmini 
soliqlar tizimi, monopolistik faoliyatni cheklash, garov huquqini joriy yetish va korxonalar 
bankrotligini qonuniy yo’l bilan tan olish orqali belgilab berildi. 
Islohotchi-davlat mamlakat siyosiy hayotining rang-barang bo’lishiga ko’maklashadi. 
Respublikada ko’ppartiyaviylik joriy etilmoqda. Bu qoida respublika Asosiy Qonunida 
mustahkamlangan bo’lib, uning asosida mamlakatimizda ilk bor hokimiyatning oliy organi
- Oliy Majlisga saylovlar bo’lib o’tdi. 
Prezidentimiz aytginidek, o’z islohotchi-davlatiga ishonch-hurmat O’zbekiston aholisi 
mentalitetidan mustahkam o’rin egallagan. Islohotlarning har bir odimi, yangi qonun va 
hukumat qarorlarining har bir loyihasi bizda insoniylik nuqtai, odamlarga naf keltirishi 
nuqtai nazaridan idrok etiladi. Bizning xalqimiz g’ayriodatiy, ammo taraqqiyot uchun zarur 
narsalarga ishonch bilan qaraydi. 
Respublikamizning besh yilligi arafasida bo’lib o’tgan Oliy Majlis sessiyasida so’zga 
chiqar ekan, Prezident Islom Karimov qoniqish bilan quyidagilarni qayd etdi: «Ana shu 
yillar mobaynida davlatning o’zi ham anchagina o’zgardi - davlat hokimiyati va boshqaruv 
organlarining tizimi va tuzilmasi butunlay yangilandi, ularning ish uslubi va shakli o’zgarib 
bormoqda, totalitar tizimning qoldiqlari jadal bartaraf etilmoqda. Davlatning o’tish 
bosqichidagi, milliy davlatchilikni qaror toptirish davridagi bunday roli, bugun ko’rinib 
turginidek, o’zini to’la oqladi»
17

Davlat masalasi bo’yicha Prezident Islom Karimov asarlarida ilmiy asoslab berilgan 
nazariy qoida va xulosalar qayd etib o’tilganlardangina iborat emas. Ular mazmun-
mohiyatan nihoyatda chuqur, qamrovi jihatidan esa g’oyat darajada keng va xilma-xildir. 
Yurtboshimiz asarlarida, nutqlari va ma’ruzalarida, savollarga bergan javoblarida 
davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, davlatning asosiy organlari saylanishi va 
ularning saylovchilar oldida hisob berishi, tayinlanadigan davlat organlarining tashkilotlar 
oldidagi javobgarligi kabi o’ta murakkab, juda katta amaliy, siyosiy va ulkan tarbiyaviy 
ahamiyatga ega bo’lgan nazariy masalalar ham o’z ifodasini topgan. 
Islom Karimov asarlarida nazariy jihatdan asoslab berilginidek, O’zbekiston mustaqil 
bo’lginidan keyin davlat tushunchasi, uning mazmun-mohiyati tubdan o’zgardi. Bizda barpo 
etilayotgan mustaqil, demokratik, huquqiy davlat o’zining shakl-shamoyili, sifat-mazmuni, 
insonparvarlik qoidalariga asoslanganligi, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni 
o’zi uchun bosh maqsad qilib olganligi va boshqa xislat-fazilatlari bilan sobiq sovet 
davlatidan yer bilan osmonchalik farq qiladi. 
Islom Karimov birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi 
majlisidagi ma’ruzasida dunyoda bir-biriga aynan o’xshagan ikkita inson bo’lmaginidek, bir-
biriga aynan o’xshaydigan davlat ham yo’qligini, bunday bo’lishi mumkin ham emasligini 
uqtirib shunday deydi: «Har bir davlat - byetakror ijtimoiy hodisadir. U har qaysi xalq 
tarixiy va ma’naviy taraqqiyotining hosilidir, uning o’ziga xos, o’ziga mos madaniyati rivoji-
ning natijasidir»
18

Mamlakatimiz Oliy rahbari o’sha ma’ruzasida sobiq sovet davlatining zo’ravonlikka, 
totalitarizmga, diktaturaga asoslanganligini, oddiy insonlar manfaatlariga zid bo’lganligini 
o’zining quyidagi chuqur ma’noli so’zlari bilan bayon etadi: «Biz hozir o’zgartirayotgan 
sovet sotsialistik davlati xalqimiz hayotiga chetdan zo’ravonlik bilan joriy etilgan edi. Bu 
davlatning shakli va mohiyati xalqimizning axloqiy, ma’naviy va ruhiy qadriyatlariga to’g’ri 
kelmaydigan, mos kelmaydigan tizimga asoslangan edi. 
Xo’sh, bunday tuzum avvalambor kimga suYanar edi? Bu tuzum o’z xalqining 
tarixini, uning ruhi va urf-odatlarini, o’z avlod-ajdodlarini bilmaydigan manqurtlarga 
17
Каримов И.А. Янгича фикрлаш ва ишлаш - давр талаби. 5-tom. Т., ««O’zbekiston”», 1997, 129-bet. 
18
Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир, 3-tom, Т., ««O’zbekiston”», 1996, 6-bet. 


59 
taYanar edi. Shuning uchun ham eski sovet tuzumining bayroqlarida va shiorlarida bayon 
qilingan g’oyalar amaldagi ishlaridan nihoyatda uzoq edi. Xuddi shu bois bu davlatning 
ijtimoiy tizimi bilan xalq ehtiyojlari o’rtasida jarlik paydo bo’ldi. Ya’ni inson, uning moddiy, 
ma’naviy, shu jumladan, milliy qadriyatlari bu tizimda orqa o’rinda turar edi. Binobarin, 
bunday davlatning avvalboshdanoq istiqboli yo’q edi. Sobiq Ittifoq hududining goh u, goh 
bu yerida ro’y berayotgan bugungi keskin ijtimoiy etnik mojarolar buning yaqqol 
misolidir»
19

Yurtboshimiz asarlarida mustaqillikka erishginimizdan keyin biz qanday davlat 
quryapmiz, uning siyosiy-huquqiy va ijtimoiy negizi, qiyofasi qanday bo’lishi kerak, yangi 
demokratik jamiyat shakllanishidagi ta’siri qanday bo’ladi, degan o’ta murakkab nazariy 
masalalarga atroflicha javob berilgan. 
Islom Karimov asarlarini sinchiklab o’qish va ulardagi nazariy qoida va xulosalarni 
chuqur mulohaza qilish, qalbdan, yurakdan o’tkazish jarayonida bozor iqtisodiyoti 
tamoyillariga asoslangan, erkin, ochiq, demokratik davlat qurayotganligimizni, qurayotgan 
davlatimizning shaklini, qiyofasini, insonparvarlik mohiyatini yaqqol tasavvur qilamiz. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda Prezident asarlarida belgilab 
qo’yilginidek, bizning davlatimiz o’zining quyidagi xususiyatlariga ega: 
* Bizning davlatimiz xalq irodasini ifoda etadi, uning manfaatlari uchun xizmat 
qiladi. 
* Davlat organlari va jamiki mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida 
mas’uldirlar. «Sobiq totalitar tuzum sharoitida, - deydi Prezident, - bunday fikrni hech kim 
xayoliga ham keltira olmas edi. Bugun esa inson, uning hayoti, erki, sha’ni, qadr-qimmati 
va boshqa huquq hamda erkinliklari muqaddas bo’lib, davlat himoyasidadir»
20

* Asosiy Qonunimizning 7-moddasida belgilab qo’yilishicha, «O’zbekiston 
Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko’zlab va O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar 
tomonidangina amalga oshiriladi». 
Bizning davlatimiz eng avvalo, umumjahon tsivilizatsiyasiga, davlat qurilishi 
sohasida boshqa xalqlar erishgan tajribalarga, ijtimoiy qadriyatlarga asoslanadi. «Vatanimiz 
azaldan bashariyat tafakkuri xazinasiga unutilmas hissa qo’shib kelgan. Asrlar mobaynida 
xalqimizning yuksak ma’naviyat, adolatparvarlik, ma’rifatsevarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq 
falsafasi va islom dini ta’limoti bilan uzviy ravishda rivojlandi. Va o’z navbatida bu falsafiy-
axloqiy ta’limotlar ham xalqimiz dahosidan bahra olib boyib bordi. 
Bizning kelajagi buyuk davlatimiz ana shu falsafaga uyg’un holda, Xo’ja Ahmad 
YAssaviy, Xoja Bahovuddin Naqshband, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Amir Temur, Mirzo 
Ulug’bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo singari mutafakkir ajdodlarimizning dono fikrlariga 
uyg’un holda shakllanishi lozim»
21

Prezident asarlarida ilmiy asoslab berilginidek, yangilangan jamiyat davlatining 
rivojlanish yo’liga asos qilib olingan yetakchi tamoyillardan biri: «Ijtimoiy adolat qoidalarini 
ro’yobga chiqarish, aholining eng nochor qatlamlari - keksalar, nogironlar, etim-esirlar, 
ko’p bolali oilalar, o’quvchi-yoshlarning davlat tomonidan ijtimoiy muhofazaga bo’lgan 
kafolatli huquqlarini ta’minlash. Eng taraqqiy etgan mamlakatlarda insonni ijtimoiy 
muhofaza qilish tizimi keng qo’llaniladi, bunga nihoyatda ko’p ahamiyat beriladi, bizning 
sharoitimizda esa bu - fuqarolar totuvligini saqlab qolish kafolatidir»
22

Islom Karimov ijtimoiy himoyalashning jamiyat taraqqiyoti uchun nechog’li katta 
19
Ўша асар, 7-bet. 
20
Каримов И.А. Биздан озод ва обод Ватан қолсин. 2-tom. ««O’zbekiston”», 1996, 94-95-betлар. 
21
Ўша асар, 7-8-betлар. 
22
Каримов И.А. «O’zbekiston”: миллий истиқлол, иқтисод, сиѐсат, мафкура. 1-tom. Т., ««O’zbekiston”», 1996, 48-
bet. 


60 
ahamiyatga ega ekanligini, u fuqarolar tinchligi - osoyishtaligi va millatlararo totuvlikni 
ta’minlash, qonuniylik va huquqiy tartibotni qaror toptirish, siyosiy, davlat va 
konstitutsiyaviy tuzumni mustahkamlash kaliti ekanini o’z asarlarida qayta-qayta uqtirib 
kelmoqda. Bu haqda u shunday deydi: «Bozor munosabatlariga o’tishning ilk davrida biz 
oldindan butun aholini ijtimoiy himoyalash yo’lidan bordik. Bu chora-tadbirlar odamlarning 
turmush darajasi keskin pasayib kyetishining oldini olishda muhim rol o’ynaydi. 
Respublikada osoyishtalik va barqarorlikni saqlab qolish omili bo’ldi»
23

Qudratli, erkin, demokratik davlat qurish va mustahkamlashning, davlatchilik 
negizlarini belgilashning eng muhim omillaridan biri - ijtimoiy hayotning barcha sohalarida 
adolat va haqiqatni qaror toptirishdir. Ana shu nazariy masalalar ham Islom Karimov 
asarlarida o’zining chuqur ilmiy ifodasini topgan. 
Prezidentning «O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy 
tamoyillari» asarida nazariy asoslab berilginidek, «bugun jamiyatda ijtimoiy mulkiy 
jarayonlarning ob’yektiv o’zgarishi yuz berayotgan bir paytda adolat g’oyasini ixcham bir 
xulosa bilan ifodalash mumkin. YA’ni 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish