X bob. HUQUQ IJODKORLIGI
1-§. Huquq ijodkorligi tushunchasi, turlari va funksiyalari
Huquq davlat bilan jamiyat o’rtasidagi bog’lovchi vositadir. Huquq davlat siyosatini,
maqsadi va intilishlarini jamiyat ijtimoiy ongiga yetkazadi. O’z navbatida, jamiyat huquqda
o’z irodasi hamda manfaatlarining mujassam ifodasini, adolat mezonini ko’radi. Davlat
hokimiyati huquq yordamida jamiyatni boshqaradi, unga siyosiy rahbarlikni amalga
oshiradi, ijtimoiy munosabatlarni tartib-ga soladi, o’z amri-irodasini ro’yobga chiqaradi.
Aynan shu maqsadda huquq yaratishga ijtimoiy zaruriy ehtiyoj kelib chiqadi.
Huquq ijod etish davlatning yuridik normalar yaratishga qaratilgan maxsus
faoliyatidir. Davlat mazkur faoliyat orqali xalqning mushtarak irodasini qonun darajasida
ifoda etadi, ijtimoiy boshqaruv va siyosiy rahbarlikni amalga oshiradi. Bu faoliyat natijasida
jamiyatda harakatlanuvchi bir butun va ichki mutanosiblikka ega bo’lgan, ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan umummajburiy huquqiy normalar tizimi
vujudga keltiriladi. Huquq normalarining yaratilishi, yuridik kuchi, shakli, quyidan yuqoriga
bo’ysunish munosabatlari davlatning huquq ijodkorlik funksiyasi bilan bevosita bog’liqdir.
Huquq ijodkorligi
nisbatan kengroq jarayon bo’lmish
huquq yaratishning
tarkibiy
qismi hisoblanadi.
Huquq yaratish
- yuridik normani shakllantirish va rasmiylashtirishga qaratilgan
jarayon bo’lib, u ancha uzoq vaqt davom etadi. Ushbu jarayon: ijtimoiy vaziyatni tahlil
etish, uni huquqiy tartibga solish zaruriyatini anglab yetish; bo’lajak yuridik qoida haqida
umumiy tasavvur hosil qilish; yuridik normani ishlab chiqish va qabul qilish kabi
harakatlarni qamrab oladi. Huquq yaratishning so’nggi bosqichi huquq ijodkorligini tashkil
etadi.
Huquq ijodkorligi
- vakolatli davlat idoralari va mansabdor shaxslarning
(refyerendum chog’ida - butun xalqning) huquq normalarini o’rnatish, o’zgartirish,
takomillashtirish va bekor qilishga yo’naltirilgan maxsus faoliyatidir.
Huquq ijodkorligi faoliyatiga nafaqat yangi huquqiy normalar o’rnatish, balki ilgari
chiqarilgan normativ huquqiy qoidalarni o’zgartirish va bekor qilish ham kiradi. Huquq ijod
etishning ijtimoiy qadr-qimmati, roli shundaki, u ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish
mexanizmining boshlang’ich bo’g’inidir. Zero, davlat huquqiy normani o’rnatish yoki
sanksiyalash (ma’qullash) orqali huquqni qo’llash va huquqni qo’riqlashdek syerqirra,
murakkab jarayonga turtki beradi. Huquq ijodkorligi tufayli vujudga keltiriladigan huquq
normalari davlat idoralarining turli xil rasmiy hujjatlarida aks yetti riladi. Bunday rasmiy
hujjatlar normativ - huquqiy aktlar deb ataladi. Huquq ijodkorligi davlat haraktyeriga ega
bo’lgan aktiv faoliyatdir. Davlat idoralari jamiyat taraqqiyoti ehtiyojlaridan kelib chiqqan
holda ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish funksiyasini muntazam ravishda
amalga oshirib boradilar. Bu esa huquq ijodkorlik jarayoni beto’xtov davom etib turishini
taqozo qiladi.
Huquq ijodkorlik faoliyati o’z mohiyatiga ko’ra davlat irodasini ifodalash bilan bog’liq.
Dunyo tarixida bu qoida ko’plab marotaba o’z isbotini topgan. Muayyan sharoitda
hukmronlik qiluvchi individlar o’z kuchini davlat tarzida o’rnatishdan tashqari, shu sharoit
ta’sirida qaror topgan o’z irodalariga davlat irodasi ko’rinishida (qonun ko’rinishida)
umumiy tus byerishlari lozim. Davlat tashkiliy kuch bo’lsa, huquq yuridik qoida shaqliga
kirgan irodadir.
Huquq ijodkorligi o’z mazmuniga ikki toifa harakatni qamrab oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |