3-§. Davlat organi tushunchasi va belgilari
Davlat mexanizmining dastlabki va eng muhim tarkibiy unsuri davlat organi dir.
Davlat organi - davlat funksiyalarini ijro etishda qatnashuvchi va buning uchun
hokimiyat vakolatiga ega bo’lgan davlat mexanizmining bo’g’ini (unsuri)dir.
Ushbu organ xususiyatlarini o’rganish umuman davlat mexanizmini chuqurroq
tushunish imkonini beradi.
1. Davlat organi muayyan mustaqillikka, avtonomlikka ega bo’lsada, u yaxlit davlat
mexanizmining bir qismidir, davlat tarkibida o’z o’rniga ega bo’lib, uning boshqa qismlari
bilan mustahkam aloqada bo’ladi.
2. Davlat organi o’zaro va organ bilan alohida huquqiy munosabatlarda bo’lgan
davlat xizmatchilaridan iborat. Ular rasmiy xodimlar bo’lib, o’zaro oilaviy, fuqaroviy va
boshqa munosabatlarga kirishmaydi.
Davlat xizmatchilarining mavqei, huquqi va burchlari qonunchilik tomonidan
belgilanib, ularning huquqiy ma-qomini ta’minlaydi. Ular tomonidan hokimiyat vakolatla-
ridan foydalanish hajmi va tartibi qonunchilik tomonidan belgilanib, lavozim yo’riqnomalari,
shtat jadvallari va shu kabilarda izohlanadi.
Hokimiyat vakolatiga ega bo’lgan, huquqiy hujjatlar chiqarib, ularni mustaqil
ravishda hayotga joriy etuvchi mansabdor shaxslar davlat xizmatchilari qatoriga kiradi.
Davlat xizmatchilari bevosita moddiy boyliklar yaratmaydi, shu sababdan ularni
jamiyat boqadi. Ular egallab turgan lavozimiga hamda bajargan ishiga muvofiq tarzda
davlat organi dan ish haqi oladi.
3. Davlat organlari ichki tuzilishga (tarkibga) ega. Ular yagona maqsad atrofida
uyushgan bo’linmalardan iborat bo’lib, hamma uchun bir xil bo’lgan tartib-intizomga rioya
etadi.
4. Davlat organi ning eng muhim belgilaridan biri muayyan mohiyatga va hajmga
ega bo’lgan hokimiyat vakolatlari (huquq va majburiyatlar yaxlitligi)ning mavjudligidir.
Uning vakolati davlat organi tomonidan ular bo’yicha qaror qabul qiladigan va bajaradigan
aniq masalalar va vazifalar bilan belgilanadi. Vakolat odatda yuridik jihatdan
(konstitutsiyada yoki joriy qonunchilikda) belgilab qo’yilgan bo’ladi. Davlat organi
tomonidan o’z vakoltgini amalga oshirish nafaqat uning huquqi, balki burchi hamdir.
5. O’z vakolatiga muvofiq ravishda davlat organi quyidagi hokimiyat vakolatlariga
ega:
a) ijro etilishi majburiy bo’lgan huquqiy hujjatlar. Bu hujjatlar me’yoriy yoki
individual (huquq me’yorlarini qo’llashga doir hujjat) bo’lishi mumkin;
b) davlat organlari huquqiy hujjatlarining ijrosi turli usullar, shu jumladan
majburlash va ishontirish tarzida ijro etilishini ta’minlash.
6. O’z vakolatini amalga oshirish uchun davlat organi zarur moddiy baza bilan
ta’minlanadi, moliyaviy mablag’lar, bankdagi hisob raqami, moliyalash manbaiga (byudjet
hisobidan) ega bo’ladi.
7. Davlat organi davlat vazifalarini bajarishda faol qatnashadi, buning uchun
tegishli shakl va usullardan foydalanadi.
107
Do'stlaringiz bilan baham: |