O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi



Download 330,09 Kb.
bet77/163
Sana02.01.2022
Hajmi330,09 Kb.
#310300
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   163
Bog'liq
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish

Uchinichi model. U ijtimoiy xatarlarni sug‘urta qilishga asoslangan. Har bir muayyan davrda to‘plangan mablag‘ hajmi sug‘urtalovchilar olgan majburiyatlarga mos keladi. To‘lovlar beriladigan nafaqa bilan tushumlar nisbatidan oshib ketishi mumkin emas. Ijtimoiy xatarlarni sug‘urtalash nazariyasi va uning asosida o‘rnatiladigan qonun-qoidalar yetarli darajada aniqlik bilan qanday bir martalik to‘lovlar yoki davriy to‘lovlar amalga oshirilishi mumkinligini aniqlash imkonini beradi.

Ijtimoiy sug‘urtaning ushbu modeli taqchillikning ehtiyot fondlarini

shakllantirish orqali qoplash, xatarlarni qayta sug‘urtalashlarni ko‘zda tutadi. Ijtimoiy sug‘urtaning ushbu shakli yetarli darajada moslashuvchan: sug‘urtalarning bir necha turini birlashtirishda ham, ajratishda ham, sug‘urtalash fondidan ishtirokchilar guruhi chiqib ketishi yoki yangilarni jalb etishda ham texnik qiyinchiliklar tug‘ilmaydi.

Shu bilan birga, sug‘urta tamoyilining izchillik bilan qo‘llanilishi sug‘urtalanganlarni davlat tomonidan turli ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish borasidagi cheksiz imkoniyatlari haqidagi tasavvurlaridan xalos etadi. Jamiyat shuni anglashi kerakki, “bepul” ijtimoy yordam va ijtimoy xizmatlar mavjud emas, ularni bajarish uchun moliyaviy mablag‘lar oldindan jamlab borilishi kerak. Afsuski, “mablag‘ ishlab topish” tamoyilidan og‘ish shunga olib keladiki, moliyaviy hisob-kitoblar bilan mustahkamlanmagan ijtimoy dasturlar qabul qilinadi.

Ijtimoiy sug‘urtaning mavjud tizimi haddan ziyod markazlashtirilishi, sug‘urtaning alohida turlarini ajratishni istisno qiluvchi fondlarni

shakllantirishning umumiy xarakteri va avtonom tizimlarga ajratilishi taqsimlash munosabatlarining markazdan qochishiga olib keladi. Sug‘urtaning alohida turlari maqsad va vazifalarini belgilashda noaniqlik, ijtimoiy himoyaning asosiy institutlari vazifalarining o‘zgarishi shunga olib keladiki, ijtimoiy sug‘urtaga boshidan boshlab (30-yillardayoq) unga xos bo‘lmagan, boshqa ijtimoiy-huquqiy institutlarga taalluqli bo‘lgan vazifalar yuklatildi.

90-yillarning boshida boshlangan islohotlar to‘rtta budjetdan tashqari jamg‘armalarning yaratilishiga olib keldi: pensiya, tibbiy sug‘urta va bandlikka ko‘maklashuvchi jamg‘arma. Bunda bir qator salbiy xususiyatlar ko‘zga tashlana boshlandi: tegishli moliyaviy manbalarni shakllantirishda nomutanosiblik va sug‘urta to‘lovlari umumiy hajmining muvozanatlanmaganligi, bu esa oqibat natijada xodimlarning sezilarli darajada ijtimoiy himoyalanishini ta’minlamaydi, ularning himoyalashga doir minimal ehtiyojlarini qondirmaydi, bundan tashqari mehnat jamoalari zimmasiga sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar og‘irligini yuklaydi.

Buning sababi birinchi galda shunga bog‘liqki, hozirgi islohotlar aholini ijtimoiy himoya qilishning muhim jihatlariga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa-da, ularni amalga oshirish mexanizmi avvalgidek eskirgan taqsimlash munosabatlari va ijtimoiy adolat borasidagi tenglashtirish tasavvuriga asoslanadi. Bozor

iqtisodiyotiga ega mamlakatlardan farqli ravishda, mamlakatimizda amal qiluvchi ijtimoiy sug‘urtalash mexanizmida to‘lovchilar zimmasidagi ijtimoiy yuklama baholanmaydi, sug‘urtalovchilar fondlarni boshqarishda ishtirok etishdan chetlashtirilgan, sug‘urta to‘lovlari hajmi kasbiy va ijtimoiy xatar darajasi, shuningdek, sug‘urtalovchilar va sug‘urtalanuvchilar huquq va kafolatlari hajmi bilan bog‘lanmagan.

Ijtimoy sug‘urta tizimi doirasida ijtimoiy himoyaning turli standartlari amal qilmoqda, bu esa xodimlarning ayrim qatlamlari kamsitilishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari ijtimoiy himoyaning ayrim me’yorlari tegishli fondlarga to‘lovlar bilan bog‘lanmagan. Bu kasbiy (imtiyozli) pensiyalar, sanatoriy-kurort xizmatlarga vaqtinchalik ishga layoqatsizlik to‘lovlariga ham taalluqlidir. Natijada ijtimoiy sug‘urtalashga to‘lanadigan badallar miqdori teng bo‘lgani holda xodimlar ayrim toifasining ijtimoiy himoyalanish darajasi nihoyatda ajralib turadi.

Bundan tashqari korxonalar tomonidan barcha xarajatlardan sug‘urta badallarini to‘lash bo‘yicha amal qiladigan tartibga nisbatan ish haqi yuqori bo‘lgan korxonalar tomonidan jiddiy e’tirozlar bildirilmoqda. Ularning rahbarlari va xodimlari, adolatli ravishda o‘zlari ijtimoiy sug‘urta tizimiga to‘laydigan badallarni yuqori deb hisoblar ekan, umumiy tizimdan chiqish va mustaqil ijtimoiy himoyalash tizimini tuzishni yoqlab chiqmoqda. Bu tibbiy xizmat ko‘rsatish, ishsizlarga yordam ko‘rsatish xizmatlari va ishlab chiqarishda jabrlanganlarni ijtimoiy himoyalashga nisbatan qo‘llaniladi.

Ijtimoiy sug‘urtaning boshqaruv-tashkiliy jihatlariga doir muammolar ham yo‘q emas. Ayni paytda shunisi ham ma’lumki, agar ijtimoiy sug‘urta davlat tuzilmalari tomonidan tashkil etilsa, u davlatning ko‘p sonli boshqa vazifalar va maqsadlari bilan raqobatga kirishadi. Bundan rejalashtirilayotgan choralarning mo‘ljallangan maqsadga emas, bir lahzalik siyosiy maqsadga muvofiqlikka yo‘naltirilishiga sabab bo‘ladi. Amalda davlatning yetakchilik roliga qaytish kuzatilmoqda, bu esa davlat budjeti taqchilligi va aksariyat fuqarolarning ijtimoiy ahvoli yomonlashayotgan bir sharoitda ijtimoiy kutishlarning davlatga yo‘naltirilishiga sabab bo‘ladi. Asosiy sabab shundaki, ijtimoiy sug‘urtani boshqarishning mavjud tizimi mulkchilikning xilma-xil shakli mavjud bo‘lgan hozirgi sharoitga moslanmagan, unga vakolatlarni boshqaruvning quyi darajalariga o‘tkazish imkonini beruvchi moslashuvchanlik yetishmaydi, ish beruvchilar va sug‘urtalanuvchilar sug‘urta tashkilotini boshqarish uchun ma’lum javobgarlikni o‘zi zimmasiga olish imkonini beradigan o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmlari rivojlanmagan. Ayni paytda rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy sug‘urtaning o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmini yaratish borasidagi amaliyoti ko‘pchilikka ma’lum. Bunda sug‘urtalanuvchilar, birinchi navbatda, yollanma ishchilar va pensionerlar, shu bilan birga, ish beruvchilar sug‘urta tashkilotlarini boshqarishga jalb qilinadi, bu esa mazkur murakkab va nozik sohada ijtimoiy to‘qnashuvlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari hozirgi paytgacha ijtimoiy sug‘urta sohasida markaz va hududlar o‘rtasidagi vakolatlarni taqsimlash mafkurasi ishlab chiqilmagan va qonunchilik yo‘li bilan rasmiylashtirilmagan. Ayrim hududlar tegishli tajriba va ijtimoiy infratuzilmaga (tibbiy, reabiltatsiya, ilmiy markazlar) ega emas, holbuki bularsiz fuqarolarning yuqori darajada ijtimoiy himoyalanishini ta’minlab bo‘lmaydi. Vaqtinchalik shartnomalar asosida ishlovchi xodimlar ko‘pincha kasb kasalliklarining yashirin shakllari, ishga layoqatning yo‘qolishiga duchor bo‘ladi. Mahalliy hokimiyatlar esa buning uchun moliyaviy javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

Ijtimoiy himoya masalalarini tartibga soluvchi qonunchilikda ko‘plab jiddiy muammolar, ya’ni eskirgan, ba’zan bir-biriga zid bo‘lgan huquqiy-me’yoriy hujjatlar mavjud. Masalan, mehnatga layoqatlilik yo‘qotilgani uchun kompensatsiya miqdorini belgilashda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisadan jabrlanganning aybini aniqlash yoki ishga layoqatlik doimiy yo‘qotilganda, individual tarzda zararni qoplash kabi amaliyotlar ma’naviy jihatdan eskirgan.

Mamlakatda bozor munosabatlarining qaror topishi ko‘pchilik xodimlar tomonidan ijtimoiy sug‘urtaning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishini hamda ayrim toifalarga u yoki bu turdagi imtiyozlarning berilishi boshqalarning ijtimoiy himoyalanishi darajasini kamaytirishga olib kelishini tushunishga olib keladi. Bu esa muqarrar ravishda nafaqat ijtimoiy sug‘urtalash, balki umuman uni tashkillashtirish muammosini keskinlashtiradi. Ushbu tizimni tubdan o‘zgartirish, uni yangi iqtisodiy munosabatlarga moslashtirish talab etiladi. Ayni paytda mamlakat ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar aholi uchun mutlaqo o‘zgacha vaziyatni keltirib chiqardi, unga ijtimoiy xatarlarning yuqori darajasi xos (kasallik, keksalik, ishsizlik holatlarida moddiy ta’minlanmaganlik).

    1. Tibbiy sug‘urta va uning xususiyatlari

Tibbiy sug‘urta deyilganda, sug‘urta holati yuz berganda, jamg‘arilgan sug‘urta badallari evaziga tibbiy yordam va tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun haq to‘lanishi kafolatlanadigan aholi manfaatlarini muhofaza qilish shakli tushuniladi.

Tibbiy sug‘urtalashning ikki shakli farqlanadi:


  1. Download 330,09 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish