O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi



Download 330,09 Kb.
bet79/163
Sana02.01.2022
Hajmi330,09 Kb.
#310300
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   163
Bog'liq
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish

Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta shaxsiy sug‘urta turlaridan biridir. Sug‘urtaning bu turi fuqarolarga majburiy sug‘urta tizimiga kirmaydigan davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy yordam olish imkoniyatini yaratadi.

Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta shaxsiy (muayyan shaxsning aniq bir betobligi murakkabligini hisobga oladigan) hamda jamoaviy (shaxslarning muayyan guruhlarida ma’lum bir kasalliklar paydo bo‘lish xavfini hisobga oladigan) bo‘ladi. Bunda sug‘urtachilar jismoniy shaxslar (odatda, shaxsiy dasturlar asosida, masalan, homiladorlikni sug‘urtalash) va ish beruvchilar (odatda, jamoaviy dasturlar - ambulatoriya va poliklinikalarda tibbiy yordam ko‘rsatish, statsionarlarda davolash, stomatologiya va hokazolar) bo‘ladi.

Ish beruvchi uchun o‘z xodimlarining shaxsiy tibbiy sug‘urta badallarini qoplash iqtisodiy manfaat keltiradi. Eng avvalo, ish beruvchi bu bilan xodimlarning vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotishlari bilan xarajatlarni qisqartirishga erishadi. Sug‘urta kompaniyalari ekspertlarining tahlillariga ko‘ra, ixtiyoriy tibbiy sug‘urta dasturlari bo‘yicha sug‘urta qilingan xodimlar davolash muassasalari mutaxassislaridan o‘z vaqtida tegishli malakali tibbiy yordam va maslahatlar olib turishlari tufayli ularda kasallanish darajasi mehnat jamoasining boshqa a’zolariga nisbatan 40,0 foiz kam bo‘lishidan dalolat beradi. Bundan tashqari ish beruvchi shaxsiy tibbiy sug‘urtadan xodimlarni rag‘batlantirishning samarali usullaridan biri sifatida foydalanishlari mumkin.

Tibbiy xizmatlarni sug‘urtalashning rivojlanishi tibbiy xizmatlar bozorining mukammal emasligiga o‘ziga xos javob bo‘ldi. Tibbiy sug‘urtalash faqat tibbiy yordamga talab paydo bo‘lishi mavhumligi muammosini hal etibgina qolmasdan, balki tibbiy xizmatlar taqdim etuvchilarga bu xizmatlar iste’molchilarning talabini shakllantirish imkoniyatini ham beradi. Chunki bu holda sug‘urtachi sug‘urtalovchi timsolida tibbiy xizmatni taqdim etuvchi bilan o‘zaro munosabatlarida tibbiy xizmatlar bozoridagi vaziyatdan yaxshi xabardor bo‘lgan vositachiga ega bo‘ladi. Sug‘urtalovchi to‘plangan sug‘urta badallarining oqilona sarf qilinishidan iqtisodiy jihatdan manfaatdor, chunki bu unga o‘z foydasini ko‘paytirish imkoniyatini beradi. Shu sababli u tibbiyot xodimlarining o‘z sug‘urtachilariga belgilangan muolajalari va berayotgan dori-darmonlarini nazorat qilishga intiladi.

Tibbiy sug‘urta asosida tibbiy xizmatdan foydalanishda ayrim sug‘urtachilarda ehtiyoj bo‘lmasa ham, shifokorlarga murojaat qilish, kasalxonada davolanish yoki qimmatbaho dori-darmon olishga xohish tug‘iladi. Ayni paytda tibbiyot xodimi bemor ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat uchun o‘zi haq to‘lamasligini bilganligi sababli unga qimmatli muolajalar va dori-darmonlarni taqdim etishga harakat qiladi.

Tibbiy sug‘urtalashda sug‘urtachining bunday tibbiy xizmatga ortiqcha talabini cheklash maqsadida quyidagi choralar taklif etiladi:


Download 330,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish