Birinchi model. Sug‘urta ibtidolari rivojlanmagan, to‘lanadigan ijtimoiy nafaqalar va pensiyalar miqdori bir qator ikkinchi darajali omillarga bog‘liq: u yoki bu sohada bandlik, xizmat mavqeyi (shaxsiy pensiyalar) va h.k. Pul mablag‘larining yetishmasligi muassasalar tomonidan qoplanadi, moliyaviy layoqatsizlik muassasalar o‘z zimmasiga olgan majburiyatlardan kechmagunga qadar tahdid solmaydi. Mustaqil alohida ajratilgan ijtimoiy sug‘urta turlari mavjud emas. Tashkiliy shakllar xilma-xilligi yetishmaydi. Markazlashtirishga intilish kuchli. Mamlakatimizdagi ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot tizimi ham yaqin paytlargacha (1991-y.) xuddi shunday edi.
Bunday tizim rivojlanish istiqbollariga ega emas, ular himoyaning past darajasini ta’minlashga qodir va faqat davlat budjeti taqchilligisiz mavjud bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |