5. Tovush nutqning bo‘g`in (yoki so‘z) tarkibidagi eng kichik, fonetik jihatdan bo‘linmaydigan birligidir.
II semestr
1 - ma’ruza: Urg‘uning xususiyatlari, so‘z urg‘usi va gap urg‘usi( 2 soat)
Reja:
1. So‘z urg‘usi
2. Gap urg‘usi
3. So‘z ursi va gap urg‘usining farqli tomonlari
Foydalangan va mustaqil o‘qishga tavsiya etilayotgan adabiyotlar: 1,2,3,4,5,6 va boshqalar.
So‘z bo‘g`inlaridan birining (yoki gap tarkibidagi so‘zlardan birining) boshqalariga nisbatan kuchliroq (yoki cho‘ziqroq) talaffuz qilinishi urg`u deb ataladi. Urg`u, odatda, bo‘g`indagi unli tovushga tushadi. So‘z nechta bo‘g`indan tuzilganligidan qat’i nazar, unda bitta urg`u bo‘ladi (gap bo‘laklaridan birini ajratib ko‘rsatish ham xuddi shunday xususiyatga ega). So‘z tarkibidagi urg`u olgan bo‘g`in urg`uli bo‘g`in, urg`u olmagan bo‘g`inlar esa urg`usiz bo‘g`in deyiladi. Masalan: Sizlarning matonatli mehnatlaringiz Ulug` Vatan urushi yillaridagi muqaddas g`alabamizni yaqinlashtirdi (S. Karomatov). Bu gapdagi har bir so‘z o‘z urg`usiga ega (chunonchi, «sizlarning» so‘zida uchta bo‘g`in bo‘lib, oxirgi bo‘g`in (-ning) urg`u olgan; «matonatli» so‘zida to‘rtta bo‘g`in bo‘lib, oxirgi bo‘g`in (-li) urg`u olgan va hokazo). Bundan tashqari, shu gap tarkibidagi sizlarning so‘zi boshqa so‘zlarga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinadi. Demak, har xil obyektga – so‘z tarkibidagi biror bo‘g`inga ham, gap tarkibidagi ayrim so‘zga ham urg`u tushishi mumkin. Shunga ko‘ra, urg`u ikki turga ajratiladi:
1) so‘z urg`usi (yoki leksik urg`u) so‘z bo‘g`inlaridan biriga tushadigan urg`udir. Yozuvda urg`u bo‘g`indagi unli ustiga qo‘yiladigan maxsus belgi ( o‘ ) orqali ko‘rsatiladi. Masalan: А́́slida insо́n tabiatnи́ng oltindа́n hа́m bebahо́ mo‘jizasи́ -ku! Dunyodа́ insondа́n azи́z, insondа́n qimmatlи́ narsа́ bо́rmi o‘zи́? (O.Husanov). Leksik urg`u so‘zning qaysi bo‘g`iniga tushishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: a) bog`liq urg`u; b) erkin urg`u.
O‘zbek tilida so‘z urg`usi asosan so‘zning oxirgi bo‘g`iniga (masalan, o‘qi’, yozi’sh, sari’q, sakki’z, serharaka’t, ishchi’, ilmli’ kabi) tushadi. Shuning uchun so‘zlarga qo‘shimchalar qo‘shila borishi bilan urg`u ham so‘z oxiridagi bo‘g`inga ko‘cha boradi. Masalan, imzo‘-imzola’- imzolamo‘q, paxta’-paxtako‘r- paxtakorli’k. So‘zning biror bo‘g`ini (masalan, oxirgi) bilan bog`liq bo‘lgan urg`u bog`liq urg`u deyiladi.
O‘zbek tilining so‘z urg`usi, asosan, bog`liq urg`u hisoblanadi. So‘zning turli bo‘g`inlariga tushishi mumkin bo‘lgan urg`u esa erkin urg`u deyiladi. Bu asosan ruscha-internatsional so‘zlarga xos. Masalan, vitami’n, abza’ts, avanga’rd, bato‘n, operati’v, bufe’t, giga’nt (oxirgi bo‘g`inida), avantyu’ra, avia’tsiya, profe’ssor, akroba’tika, geo‘log (o‘rtadagi bo‘g`inda), a’riya, va’nna, no‘ta, ma’ksimum, va’xta, si’ntaksis, a’ksiya (birinchi bo‘g`inda). Bundan tashqari, o‘zbek tilida urg`usi birinchi bo‘g`inga (ba’rcha, ha’mma, do‘im, a’slo, lekin kabi) o‘rtadagi bo‘g`inga (masalan, hami’sha, afsu’ski, alba’tta kabi) tushadigan so‘zlar ham bor. Demak, o‘zbek tilida bog`liq urg`u bilan bir qatorda, qisman erkin urg`u ham mavjud.
Shuni ham aytish kerakki, o‘zbek tilida urg`u olmaydigan elementlar ham bor. Masalan, -ku, -u, -yu, -da, -mi, -chi yuklamalari; o‘xshatish ma’nosini ifodalaydigan –day (-dek); -cha shakl hosil qiluvchi qo‘shimcha; -dir, -man, -san, -miz, -siz kabi kesimlik qo‘shimchalari; bo‘lishsizlik ma’nosini ifodalovchi –ma qo‘shimchasi shular jumlasiga kiradi. Urg`u tushadigan ob’ektiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi. Leksik urg`u muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Chunki u, birinchidan, so‘zlarni to‘g`ri talaffuz qilish normalarini belgilaydi; ikkinchidan, so‘z ma’nolarini farqlash uchun xizmat qiladi: o‘rgan - organizmning bir qismi, orga’n–cholg`u asbobi; uchinchidan, so‘z shakllarini ajratishga yordam beradi: qushcha’–kichraytish oti, qu’shcha - qushdek ma’nosini ifodalovchi ravish; tarbiyachimi’z (bizning tarbiyachi) – tarbiyachi’miz (biz – tarbiyachi).
Demak, leksik urg`u adabiy talaffuz (orfoepiya) bilan bog`liq. Chunki so‘zning urg`uli bo‘g`ini buzilsa, so‘zni tushunish qiyinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |