O’zbek tilidan ma’ruzalar to’plami 1- qism


Demak, eski o‘zbek tili XII—XIII asrdan to XX asrning bosh­larigacha bo‘lgan o‘zbek tili tarixini o‘z ichiga oladi va juda katta yozma manbalarni o‘zida mujassam etadi



Download 340,5 Kb.
bet7/61
Sana23.05.2022
Hajmi340,5 Kb.
#607395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61
Bog'liq
1 Qism (fonetika -leksik)

Demak, eski o‘zbek tili XII—XIII asrdan to XX asrning bosh­larigacha bo‘lgan o‘zbek tili tarixini o‘z ichiga oladi va juda katta yozma manbalarni o‘zida mujassam etadi.

Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Turdi Farog‘iy, Boborahim Mashrab, Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat, Muhammad Aminxo‘ja Muqimiylarning eski o‘zbek tilini yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqishda xizmatlari katta. Ayniqsa, bu borada Alisher Navoiy ulkan ishlar qildi. U o‘zbek tilini xazina deb bildi. Bu xazinani ilonlar va tikanlar o‘rab turganligini ta’kidladi. Navoiy eski o‘zbek adabiy tilini ana shu «ilon»lardan va «tikan»lardan tozalab berdi.


Eski o‘zbek adabiy tili hozirgi o‘zbek adabiy tilining vujudga kelishida muhim bosqich sanaladi.
ASARLAR:
1. Qul Alining «Qissayi Yusuf» dostoni (1239-yil) 2. Rabg‘uziyning «Qissasi Rabg‘uziy» (1309—1310)
3. «O‘g‘uznoma» 4. «Tafsir» (Qur’onning so‘zma-so‘z tarjimasi, izohlar, sharhlar, tushuntirishlar
5. Qutbning «Xusrav va Shirin» 6. Sayfi Saroyining «Guliston» 7. Xorazmiyning «Muhabbatnoma»
8. “Me’rojmoma” 9. “Yusuf va Zulaho”
Izoh: Kollej darsligida (2,3,7,8,9 raqamda berilgan asarlar asososan XIII-XIV asrda yaratilgan)
So’zlar:
cherik — askar, qo‘shin huvaydo — ayon, ravshan ev — uy kilkqamish qalam
qopungda — eshigingda pesha — kasb, hunar ulus — el, xalq bilmon — bilmayman
butraditarqaldi, ketdi behbud — sog‘lomlik

Hozirgi adabiy tili
(X X asrning 20-30 yillardan to hozirgach)

Avvalo, bu atama tarkibidagi hozirgi so‘ziga izoh beraylik. Atrofingizni qurshab turgan narsa va hodisalarga bir e’tibor bering. Ularning hammasi o‘sishda, rivojlanishda, harakatda ekanligini ko‘rasiz. Masalan, erta bahorda yerga urug‘ qadadingiz. U o‘sib chiqadi va kech kuzga qadar turli o‘zga­rishlarga uchraydi, lekin unda bo‘layotgan ichki o‘zgarishlarni bir marta qaraganda ko‘z bilan payqay olmaysiz. Agar bahordagi holati bilan yozdagi yoki kuzdagi holatini qiyoslasangiz, unda qanday o‘zgarishlar ro‘y berganini darrov anglaysiz.


Til ham xuddi ana shunday — doimo harakatda, rivojlanishda. Undagi rivojlanishni ham ikki davr holatiga qarab bilishimiz mumkin bo‘ladi. Masalan, Alisher Navoiy davridagi o‘zbek tili bilan hozirgi davrda siz va biz foydalanayotgan o‘zbek tili o‘rtasida anchagina o‘zgarishlar ro‘y berganini payqashimiz qiyin emas. Shuning uchun ham o‘zbek tilining ilk shakllanish davridan to XX asrning 20—30-yillariga qadar bo‘lgan o‘zbek tili eski o‘zbek adabiy tili, 20—30-yillardan, ya’ni Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriylar davridan to hozirgi davrgacha bo‘lgan davr esa hozirgi o‘zbek adabiy tili deb yuritiladi.
Endi yuqoridagi atama tarkibidagi adabiy so‘ziga e’tibor beraylik. O‘zbek adabiy tili bor va hozirgi o‘zbek tili bor. Hozirgi o‘zbek tili tushunchasi hozirgi o‘zbek adabiy tili tushunchasiga nisbatan keng. U turli-tuman o‘zbek shevalarini ham o‘z ichiga oladi. Adabiy til deganda me’yorlarga solingan, muayyan qonunlarga bo‘ysunuvchi, o‘zbek xalqining barchasi uchun tushunarli va bir xil xizmat qiluvchi tilni tushunamiz.
Ko‘chada yursangiz, xilma-xil kishilarning o‘zaro suhbatlashayot­gani­ning guvohi bo‘lasiz. Agar bu kishilarning suhbatini radio-televideniyedagi kishilar suhbatiga solishtirsangiz, ular o‘rtasida ma’lum farqli jihatlar borligiga amin bo‘lasiz. Ko‘cha-ko‘yda qulog‘ingizga chalinayotgan til ham aslida bir tilning o‘zi, lekin u xilma-xil qo‘llanilishga ega. Avvalo, og‘zaki so‘zlashuv tili bilan adabiy til bir-biridan farqlanadi. Og‘zaki so‘zlashuv tili erkinligi, ma’lum me’yorlarga amal qilishi shart emasligi, oddiyligi bilan ajralib turadi. Adabiy til esa shu til egasi bo‘lgan millat vakillarining barchasi uchun umumiy bo‘lgan, qat’iy me’yorlarga bo‘ysungan, kodlashtirilgan til sanaladi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilini o‘rganadigan fan ham «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» deb yuritiladi. Ko‘rinadiki, bu atama ikki ma’noda qo‘llaniladi: 1. Amalda ishlatiladigan til. 2. Shu tilni o‘rganayotgan fan.


Download 340,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish