O’zbek tili ta’lim yo’nalishi 2-kurs 201-guruh talabasi sheraliyeva irodaning hozirgi o’zbek adabiy tili fanidan tayyorlagan


-bob. Nutqda so’zga xos vazifalarning ifodalanishi



Download 297,82 Kb.
bet6/10
Sana20.06.2021
Hajmi297,82 Kb.
#72005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sheraliyeva Iroda kurs ishi

2-bob. Nutqda so’zga xos vazifalarning ifodalanishi

2.1. Jins-tur munosabati

Nominatsiya masalasi juda keng bo`lib, bir necha planda o`rganiladi. “Nominatsiya” tushunchasi va terimini tildagi ma'nodor birliklarning (so`z, so`z formalari, gaplar) hosil bo`lishi va qanday atama haqidagi tilshunoslik nazariyasi va metodlari bilan bog`liq. Nominatsiya oddiygina biror narsani ko`rsatish yoki atash prosessi emas, balki bir yo`la bilish va kommunikatsiya prosessi hamdir43.

Nominatsiyada ob'yektiv borliqdagi predmetlarni hodisa va narsalarni atash, so`zning denotati yoki referenti bo`lib xizmat qiladi. So`z morfema va boshqa til birliklari ma'lum predmetni atash bilan birga ular o`rtasidagi munosabatlarni ham aks ettiradi. Denotatlarning til birliklari orqali atalishi va birinchi bor, qo`llanishi birlamchi nominatsiya deyiladi44. Biroq til birliklari o`z referentlariga munosabatini doim saqlab turmaydi. Shu tufayli tilda semantik assimetriya mavjud bo`lib, bu tildagi semantik o`zgarishlarni keltirib chiqarishda muhim rol o`ynaydi.

Nominatsiyani tipologik klassifikasiya qilish natijasida uning quyidagi aspektlari aniqlangan:


  1. Nominatsiyalar ierarxiyasi.

  2. Nominatsiyalarning funksiyalari.

  3. Ataluvchi ob'yekt.

  4. Nom qo`yishning strukturasi (tashqi formasi).

  5. Nom qo`yish vositalari (shu jamladan, ichki formasi).

  6. Nutq sub'yekti va adresati (shu jumladan, sosial va informativ aspektlar hamda sub'yektning ob'yektga bo`lgan sub'yektiv munosabati).

  7. Nominatsiyalarning naradigmatik aspektdagi munosabatlari.

  8. Nominatsiyalarning sintagmatik aspektdagi munosabatlari.

Nominativ ma’no bo’lsa, to’g’ridan-to’g’ri referentga, ya’ni narsa, voqelik, harakat, holat yoki belgiga qaratilgan leksik ma’nodir. Bunday leksik ma’noda insonning ichki hayoti, undagi ijtimoiy tushuncha ham o’z aksini topadi. Masalan, oila, xotin, do’st, mehnat so’zlarining genetik bo’lgan nominativ ma’nosi bundan bir necha yil ilgarigi kishi bilan hozirgi davr ziyolisi ongida bir xil tushuncha bilan aks etmaydi. Mazkur nominativ ma’no ifodasining referenti o’z qimmatini saqlagan holda, tushuncha doirasida ayrim farqlar yuzaga kelishi mumkin. Ya’ni, xotin so’zining genetik ma’nosi bir tushuncha ifoda etgani bilan feodal ongida shaxsiy mulk qatoriga qo’yilgan holda, hozirgi davr ziyolisi ongida hayot yo’ldoshi deb tasavvur etiladi.45

M.Mirtojiev tilshunoslarning nominativ ma’no haqidagi tushunchasi tub mohiyati bir xilligini, lekin uning so’zdagi o’rni, miqdori va hosil bo’lishi masalasida farqli tomonlarni uchratish mumkinligini aytib, tilshunoslarning bu haqidagi fikrlarini keltirib o’tadi. Ya’ni, V.V. Vinogradov polisemantik so’zlarning tarkibida nominativ so’zlarning tutgan o’rni haqida to’xtalib “...erkin nominativ ma’no bir so’zda bir, agar ulardan bir yoki ikkitasi asosiy ma’nodan kelib chiqqan bo’lsa, undan ortiq bo’lishi ham mumkin” – degan gapini qayd etadi. Biroq hamma tilshunoslar shu nuqtai nazarda qolmaydi. K.A.Levkovskaya nominativ ma’nolarga hosila ma’nolarni qarama-qarshi qo’yib, nominativ ma’noni bir polisemantik so’zda faqat bitta bo’ladi deb chegaralab qo’yadi. Biroq yana yuqorida qayd etilgan ko’chma ma’nolar o’z obrazliligini yo’qotib asosiy ma’noga aylanadi, degan. A.A. Reformatkiy nominativ ma’noni genetik ma’no sifatida tahlil etgan. Shuning uchun ham, bir so’zda bir nominativ ma’no ko’rsatib tahlili etishdan nariga o’tmagan. Faktlar V.V.Vinogradovning fikrini quvvatlaydi. O’zbek tili faktlari asosidagi tahlillar ham uning qarashlarini asoslashishini aytib o’tadi va misol qilib etak so’zini tahlilini keltiradi:

1.Aylana joy. Stadion etagi.

2.Tugash quyi joy. Bog’ etagi. Daryo etagi.

3. Pastki qism, yonbag’ir. Tog’ etagi.

4.Kiyimning paski qismi. Ko’ylak etagi.

5. Fartug. Etak taqmoq.

M.Mirtojiev bu so’zning birinchi leksik ma’nosi genetik ma’no bo’lib, qolganlari hosila ma’nodir. Biroq bu besh ma’noning hammasi ham o’z referentini to’g’ridan-to’g’ri ifoda etadi, birortasida ham obrazli ifodalash xussusiyati yo’q. Shulardan, aytish mumkinki, bir polisemantik so’zning genetik ma’nosi va ba’zan hosila ma’nolarning hammasi nominativ ma’no bo’ladi46 deydi.

Tilshunos olim M.Mirtojiev nominativ, ya’ni atovchi ma’no o’z nomi bilan faqat ot turkumiga oid so’zlarda bo’ladi, degan fikrga kelmaslik lozimligi, u sifat, son, olmosh, fe’l, ravish turkumiga oid so’zlarda ham o’z aksini topishini aytib o’tadi.47

Nom qo`yish inson tomonidan bajariladi. Insonning o`z tilidagi nomlarni qo`yishi ma'lum tajriba yordamida amalga oshiriladi. Odam ma'lum predmet yoki hodisaga nom qo`yishda uning belgilarini his etadi, ular haqida tushunchaga ega bo`ladi va o`zining prosessida, odamning fikrlash qobilyati yordamida nom tanlash amalga oshiriladi.

Odamning fikri material jihatdan tovush formasida ifoda etilib, bu tovushlar birikmasi ma'lum urg`u va ohang yordamida biror predmet yoki predmetlar guruhining bir aniq vakiliga tegishli ma'noni namoyon etadi. Shu jihatdan ma'no odam ongining eng zarur hosil qiluvchi elementi hisoblanadi.48 Tildagi ma'nolar zaminida jamiyatda ijtimoiy odatiy tus olgan vositalar yotadi. Bu prosesslar borasida odamlar ob'yektiv borliqni biladi va o`zgartiradi.

Til orqali kommunikatsiya prosessida biror predmetning nomini atash bilan eshituvchida shu predmetning shakli, xususiyati va belgilari haqida taassurot hosil bo`ladi. Eshituvchi va predmetni boshqa predmetga va uning belgilariga qiyoslaydi. Biroq qiyoslash uchun mantiqiy (logik) asos bo`lishi zarur. Biror abstrakt tushuncha predmet bilan qiyoslanmaydi. Balki bir predmetning boshqa predmet bilan qiyoslash natijasida ular ongli ravishda his etiladi. Boshqacha aytganda, shu narsalarning odam miyyasida shakli chiziladi va nom beriladi.

Qiyoslash orqali nom berish ham baho hisoblanadi. Sub'yekt ob'yektning xuchusiyatlarini o`rganib, his qilgandan so`ng, unga o`z munosabatini bildirgan holda baho beradi.

So`zlarning etimologik jihatdan kelib chiqishi ob'yektiv bo`lib, u so`zning ob'yektiv tabiati bilan bog`liq emas. Chunki so`z konkret va abstrak tushunchaning biriligidir. Shu sababli nominatsiyada ham faqat so`zning etimologiyasiga e'tibor berilmay, ma'no doirasini kengayishini ham hisobga olish zarur bo`ladi. Shu sababli so`zlarning kelib chiqishini tasnif qilishda ularning etimologiyasidagi o`xshashlik va farqli alomatlar orqali bir predmetning nomi ikkinchi predmetga ko`chirilgani ma'lum bo`ladi.

Olimlar, insoniyatning ilk so’zlari tovushga taqliddan paydo bo’lgan, deydilar. Darhaqiqat, qadimgi ajdodlarimiz tog’dan shovillab tushgan suvni shovva, shar-shar to’kilganini sharshara degan. Qushlarning church-churq qilgani chumchuq, lak-lak qilgani laylak(aslida laklak), qag’illagani qarg’a bo’lgan.

Inson bora-bora o’zi yasagan buyumlarga ham shu tarzda nom bergan. To’qillab urilgani to’qmoq, tuyoq ostida taqillagani taqa, zangillagan qo’ng’iroq zang atalgan.49

Nominatsiyalar faqat leksik vositalar bilan amalga oshirilmay, balki grammatik va stilistik vositalar yordamida ham yuzaga keladi. Leksik vositalar orqali nom qo`yish mustaqil nominativ funksiyaga ega bo`lsa, grammatik va stilistik vositalar yordamida tuzilgan nomlar mustaqil nominativ funksiyaga ega emas. Masalan, (eshak) hayvon va eshak (odam) kabi.

Keyingi nom belgi orqali ko`chirilgan stilistik nominatsiya hisoblanadi. Bunda ifodalanovchi va ifodalanishi o`rtasidagi munosabat mavjud bo`lib, ob'yekt nom olyapti va baholanyapti. Nominatsiyaning turli aspektlari, turlari, ularning til va nutqdagi xususiyatlari va hokazolar hali yetarli ravishda o`rganilgan emas.

Nominatsiya murakkab masala bo`lib, har tomonlama tekshirishni talab qiladi.


Download 297,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish