O’zbek tili ta’lim yo’nalishi 2-kurs 201-guruh talabasi sheraliyeva irodaning hozirgi o’zbek adabiy tili fanidan tayyorlagan


-bob. Lug’aviy birliklari va ularning vazifalari



Download 297,82 Kb.
bet2/10
Sana20.06.2021
Hajmi297,82 Kb.
#72005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sheraliyeva Iroda kurs ishi

1-bob. Lug’aviy birliklari va ularning vazifalari

1.1.Lugaviy birliklar haqida umumiy malumot

Insonning kamolot darajasi uning so’zi orqali, millatning madaniyat darajasi tili bilan belgilanadi. Shuning uchun til millatning qalbi hisoblanadi. Millat qalbi uning tili orqali namoyon bo’ladi.4

Til – kishilar o’rtasida, jamiyatda aloqa va o’zaro fikr almashishning muhim vositasi; tilshunoslikning asosiy o’rganish obyekti; borliqdagi narsa-hodisalarga va ularni ongda aks ettirishga xizmat qiladigan, nutq a’zolari tomonidan aslidagiday tiklanadigan va muayyan jamiyat doirasida hammaga ma’lum va maqbul bo’lgan tovush belgilari majmui, shuningdek, ushbu belgilarning fikr ifodalash jarayonida birga qo’shilishi, birikishi haqidagi qoidalar to’plami5 dir.

Til paydo bo’libdiki, necha ming yillardan beri uning mohiyatini aniqlashning ming bitta yo’lini sinab ko’rilgan bo’lsa-da, bu mohiyatga yetib borishning to’la uddasidan chiqa olinganicha yo’q. Chunki inson tili benihoya o’ziga xos muhtasham va murakkab. U shunday xilqatki, tilshunos olimlarimiz uni ta’riflashdan charchamaydilar. Tilshunos olim E.Begmatov “Til bu insonning butun borlig’i – moddiy turmushi, madaniy - ma’naviy hayoti, etnik va ruhiy holati, aqlu tafakkuri, estetik olami, o’tmishi, buguni va istiqbolini gavdalantiradigan musaffo oynadir”6 deya ta’riflasa, professor N.Mahmudov “Inson tili benihoya murakkab, benihoya ko’p tomonlama, benihoya o’ziga xos muhtasham va muntazam hodisadirki, uning barcha jihatlarini yaxlitligicha va birdaniga tasavvur qilishga ko’pda inson aqli ojizlik qiladi”7 deb tilning faqat aloqa-aralashuv vositasi bo’lmasdan, xalq va millat ma’naviy mulkining xazinasi ham ekanligi, uning naqadar ko’p qirrali, mo’jizakor, nodir ne’mat ekanligini e’tirof etadi. Tildagi har bir vosita, ifoda yillar davomida sayqallanadi, ma’no va shakl jihatdan kamol topib, milliy o’tmish va qadriyatlar tizimi bilan uyg’unlashib boradi. Milliy qadriyat deganda esa, eng avvalo, til va milliy madaniy, ma’naviy meros nazarda tutiladi.

Har qanday milliy til kabi o’zbek tili ham o’zbek xalqini birlashtiruvchi, uning milliy ruhini ifodalovchi vositadir. O’zbek tilining rivojlanishida Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Koshg’ariy, Zamaxshariy, Navoiy, Bobur kabi ajdodlarimizning xizmatlari beqiyos. Ayniqsa, Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asari tilshunoslik tarixida muhim ahamiyatga ega. Bu asar faqat o’sha davr uchungina katta voqea bo’lib qolmay, bugungi turkologiya uchun ham o’z qimmatini saqlab kelmoqda. U haqli ravishda turkologiya fanining asoschisi hisoblanadi.8

Shuningdek, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning “Muhokamatul ul-lug’otayn” asarining maydonga kelishi bilan dunyo sahifasida yangi sahifa ochildi. Tilshunoslikning hozirgi kunda chog’ishtirma(kontrastiv) lingvistika deb yuritiluvchi yangi yo’nalishiga asos soldi. Navoiy tufayli o’zbek tiliga bo’lgan qiziqish kuchaydi, ko’plab ikki tilli lug’atlarning tuzilishiga olib keldi.2 Zahiriddin Muhammad Bobur tilshunoslikka oid alohida asar yozmagan bo’lsa-da, o’zining lirik asarlarida va “Boburnoma”da o’zbek tilining barcha imkoniyatlarini ishga solgan. O’zbek tilining sayqal topishida badiiy, publitsistik, rasmiy va ilmiy uslubning shakllanishida katta iz qoldirgan.

XX asr boshlariga kelib, Mahmudxo’ja Behbudiy(1815-1919), Abdulla Avloniy(1878-1934), Abdurauf Fitrat (1886-1938) kabi bir qator ma’rifat darg’alari ona tilimiz muhofazasi va rivoji, sofligi va nafosati, nafis nutq sezgisi haqida jiddiy qarashlarni ilgari surganlar. Bu esa o’z navbatida ular bilan faxrlanish tuyg’usini shakllantiribgina qolmasdan, barcha sohalarda bo’lgani kabi tilshunoslikda ham ajdodlarimiz katta yutuqlarga erishganliklarining guvohi bo’lamiz.

Tilshunoslikda til va nutq o’zaro farqlangandan buyon ularning birliklari ham biri-biri bilan o’zaro doimo aloqada bo’lgan alohida-alohida birliklar sifatida ajratiladigan bo’ldi.9 Til va nutq hodisalarini farqlash, tilga tizim sifatida yondashish, tilni tizim sifatida o’rganish tilshunoslikda katta burilish yasadi va tilshunoslik fanining rivojiga jiddiy turtki bo’ldi. 10

Tilshunos olim N.Mahmudov til va nutq bir-biri bilan chambarchas bog’liq, ammo ayni paytda bir-biridan farqlanishi kerak bo’lgan hodisalar ekanligini aytib, tilsiz nutqning, nutqsiz tilning mavjud bo’lishi mumkin emasligini ta’kidlaydi va ushbu o’rinda o’zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiyning “Mahbub ulqulub” asarida so’zning sharafli sifatlari haqida so’zlash asnosida til va nutq munosabati xususida quyidagi nazariy fikrni bayon qilganini ko’rsatib o’tadi. “Til muncha sharaf bila nutqning olati(quroli) dur ham nutqdurki, agar nopisand zohir bo’lsa, tilning ofatidur”. Ya’ni, til nutq uchun qurol, bu quroldan foydalanib nutq tuziladi, nopisandlik, e’tiborsizlik qilinsa, nutq maqbul bo’lmaydi va bu tilning ofati bo’ladi. H. Ne’matov til va nutq farqlanishidagi birinchi, bosh mezon deb “bevosita kuzatishda berilmaganlik (umumiylik, imkoniyat, mohiyat)” va “bevosita kuzatishda berilganlik (xususiylik, voqelik, hodisa)”dan iboratdir deydi.11

Yevropa tilshunosligida til va nutqni farqlash zaruriyatini asoslash, til va nutq tushunchalarinining mohiyatini belgilash, bu ikki hodisaga xos xususiyatlarni ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish, avvalo, mashhur shveytsar tilshunosi Ferdinand de Sossyur nomi bilan bog’liqdir. 4 Yirik tilshunos olim F.de Sossyurning lingvistik qarashlari tilshunoslik fani va uning predmetini aniqlashda muhim qadam bo’ldi. Ayniqsa, uning til va nutq hodisalari, ichki va tashqi lingvistika, diaxron va sinxron lingvistika, til va nutq dixototomiyasiga doir qarashlari keyingi lingvistik tadqiqotlar uchun asos bo’lib xizmat qildi. Uningcha, “til tushunchasi nutqiy faoliyat tushunchasi bilan teng emas; til – nutqiy faoliyatning muayyan bir, albatta, eng muhim qismi”, til so’zlovchining faoliyati emas, u tayyor mahsulot, ijtimoiy hodisa, nutq esa individual faoliyat, so’zlovchining o’z fikrini ifodalash maqsadida til belgilaridan foydalangan holda reallashtirilgan kombinatsiyasi mahsulidir. Til shu qadar mutlaqo o’ziga xos narsaki, so’zlash qobiliyatini yo’qotgan odam ham tilni saqlaydi, ya’ni u eshitadigan til belgilarini bemalol tushunaveradi.12 “F. de Sossyur til – nutq dixotomiyasini shaxmat o’yini qoidalari misolida tushuntirib berishga harakat qilgan edi. Haqiqatan ham shaxmat taxtasidagi 64 katak teng holatda ikki xil rangda ikki guruhga o’ttiz ikkitadan ajratilib, qarama-qarshi qo’yiladi, har ikki guruhdagi donalar vazifa va qiymat jihatdan bir-biriga teng, donalarning o’ziga xos joylashish tartibi va yurish qoidalari bir xil. Shaxmat o’yini qoidalari o’yinchilar uchun majburiy, avvaldan ma’lum bo’lib, ular doimo o’yinchilar xotirasida saqlanadi. Har ikki o’yinchi bir xil imkoniyatga ega bo’lib, shaxmat o’yini qoidalariga bir xil bo’ysunsa ham o’yinchilarning o’zlari imkoniyatlaridan foydalanish mahoratiga ko’ra biri kuchli, biri kuchsiz mavq’eda bo’ladi. Qaysi shaxmatchi imkoniyatlarni o’z maqsadi yo’liga izchillik bilan bo’ysundira olsa, u shu imkoniyatlardan foydalana olmagan raqibni yengadi.13 Sossyur “Til” nima? Degan savolga javob berar ekan, u “til” tushunchasiga “nutqiy faoliyat” tushunchasi teng kelmasligi, “til” “nutqiy faoliyat”ning bir qismi, lekin eng muhim qismi ekanligini, u sotsial mahsulot ekanligi, u yoki bu til egalarining har biri xotirasida mavjud bo’lgan nutqiy faoliyatga kirishish imkoniyati ekanligini ta’kidlaydi.14 F.de Sossyur substantsiya va shakl atamalari ostida sezgi a’zolarimizga ta’sir qiluvchi moddiy vositalar va bu moddiy vositalar zamirida yotgan munosabatlarni tushunadi, til shakldir deganda tilning munosabatlar sistemasi ekanligiga urg’u beradi. Tilning moddiy tomoni, ya’ni tovush tomoni substansiya sifatida ikkinchi planga suriladi. Ana shuning natijasida u til va nutqni ajratdi.

F.de Sossyur til va nutq birliklarini farqlagani holda, har bir til birligi bir qancha nutqiy birliklar orqali namoyon bo’lishini e’tirof etadi va birinchilar qatorida tilning murakkab hodisa ekanligini anglagan holda mukammal va aniq shakllangan umumiy tilshunoslik nazariyasini yaratib berdi. Garchi til-nutq dixotomiyasi F.de Sossyurgacha V.Gumboldt, yosh grammatikachilar maktabi va Boduen tomonidan bayon qilingan bo’lsa ham, lekin F.de Sossyur uni lingvistik sistemasining markaziga aylantirdi.15

A.Gardiner F.de Sossyurning bu dixotomiyasidan ta’sirlanib, tilshunoslikning bundan keyingi barcha yutuqlari ana shu izlanishga asoslanadi, deb bashorat qilgan edi.2

Bugungi kunda bunday farqlanish, darhaqiqat, har qanday lingvistik tadqiqot uchun tayanch nuqtaga aylanib qoldi. Hozirgi davrda bu farqlanishni e’tirof etmagan biror-bir tilshunos topilmasa kerak. Shunday bo’lishiga qaramasdan, tilnutq dixotomiyasi olg’a surilgandan buyon bu farqlanishga yondashuv, uning talqini tilshunoslar o’rtasida bir xil bo’lgan emas.

O.Yespersenning fikricha, til va nutq o’rtasidagi farqlanish individ va jamiyat o’rtasidagi lingvistik odat farqlanishning gavdalanishidir. Xususan, u nashr etilgan ma’ruza matnining 16-sahifasida “til” va “nutq” o’rtasidagi farqlanishida men individual “ong”ga qarama-qarshi qo’yilgan “xalq ongi” “jamoa ongi” yoki “to’da ongi” nazariyasining variantidan boshqa hech narsani ko’rmayman, deb yozadi. Shu fikrlar asosida muallif shunday xulosa qiladi: har bir individ o’zining nutqi uchun tashqaridan beriladigan me’yorga ega bo’ladi. Amalda u boshqalarning individual nutqlarini kuzatish yo’li bilan qo’lga kiritiladi. Til (la langue) go’yo nutqning (la parale) ko’pligidir.

Shu asosda O.Yespersen Sossyurning til va nutq farqlanishi haqidagi nazariyasini o’zicha izohlaydi. Uning ta’kidlashicha, individning oniy lingvistik funksiya bajarishi nutqdir. Yoki nutq individning lingvistik odatlari yig’indisidir.16

Ko’pchilik an’anaviy tilshunoslik tarafdorlari o’rtasida til va nutqni farqlashning lingvistika uchun nima ahamiyati bor? Degan savoliga Alan Gardiner birinchi darajali ahamiyatga ega deb javob beradi. Uning fikricha, har qanday real gapda ikki qatordagi hodisa mavjud bo’ladi. Ulardan birinchi qatordagisi so’zlovchi shaxsga qadar uning til xotirasida mavjud bo’lgan leksik birliklar va grammatik sxemalardir. Bular “til” fakti hisoblanadi. Ayni paytda har bir real gap ma’lum so’zlovchi sub’ektning ijod mahsuli va u ma’lum maqsadda muayyan bir makonda va zamonda bayon qilinadi. Gapda o’z ifodasini topgan shu belgilar “nutq” fakti sanaladi.

Alan Gardiner “til” va “nutq” o’zaro farqlanishi bilan birga, ularning birbirisiz mavjud bo’lmasligini, ular o’zaro uzviy bog’liq ekanligini ham alohida ta’kidlaydi. Nutq tilsiz yuzaga chiqmasligi, til nutq orqali funksiyalashuvi, tilning shu maqsadni amalga oshirish uchungina mavjud bo’lishi bayon qilinadi. “Agar men muayyan matndagi ma’lum hodisani tilga emas, nutqqa xos, desam, u holda matndan til elementi deb hisoblangan barcha an’anaviy elementlar chiqarib tashlangandan so’ng, so’zlovchining o’zi bilan bog’liq bo’lgan qoldiq nutq elementi sanaladi”.17

L.Yelmslev ham F.de Sossyurning til va nutq dixotomiyasiga yuqori baho beradi. Uning fikricha, Sossyur ta’limotining mohiyati til va nutqni farqlashdir. Boshqa barcha nazariyalar mantiqan shu asosiy tezisdan keltirib chiqariladi. ”.18

L.V.Sherba xuddi F.de Sossyur singari nutq faoliyatini alohida hodisa sifatida ajratib, uni “gapirish va tushunish jarayoni” deb tushunadi. Olimning fikricha, tajribadan biz faqat nutq faoliyatini kuzatamiz va keyinchalik undan “til materiali” ajratib olinadi. Til materialiga esa “gapiriladigan va tushunadiganlarning barchasi”, shuningdek, “matnlar”, ya’ni adabiyot, qo’lyozmalar, kitoblar ham kiradi.

Bu o’rinda L.V.Sherbaning til materiali haqidagi tushunchalari Sossyur “nutq” deb ta’riflagan tushunchaga yaqin ekanligini payqash qiyin emas. Sossyurdan farqli o’laroq, Sherba tilni yoki til sistemasini konkret emas, balki mavhum hodisalar qatoriga kiritadi, biroq har ikkala tilshunos til ijtimoiy hodisa ekanligini qayd etishadi.19

A.I.Smirnitskiy til va nutq munosabatlarini tahlil qilar ekan, nutqiy faoliyat tushunchasini chetlab o’tadi, ammo u Sossyur va Sherbaga qaraganda umumiy insoniyat nutqi tushunchasiga ko’proq mazmun bag’ishlashga harakat qiladi.

Jumladan, olim nutq quyidagi shakllarda mavjudligini alohida ta’kidlaydi:


  1. tashqi tovushli belgili og’zaki nutq;

  2. tashqi grafik belgili yozma nutq;

  3. hech qanday real belgilarga ega bo’lmagan botiniy nutq (Smirnitskiy 1957: 10).

A.I.Smirnitskiyning fikricha, nutqning og’zaki va yozma shakllarda mavjud bo’lishi uning obyektiv tomonini tashkil etadi va ular tashqi nutqqa tegishli bo’ladi, ichki nutq esa faqat sub’ektiv shaklda mavjud bo’ladi va tafakkurdagi fikrni ifodalaydi. Shuningdek, “inson nutqi son-sanoqsiz va cheklanmagan miqdordagi turli-tuman nutqiy harakatlar natijasidir” va uning turlicha ko’rinishida aynan bir xil komponentlar va bu komponentlarning qo’llanishidagi qonuniyatlar aniqlanadi. Turlicha nutq bo’laklarining majmuasi va bu komponentlarning ishlatilishi to’g’risidagi qonuniyatlar va qoidalar umumiylikda muayyan bir sistemani tashkil qiladi, ya’ni o’zaro bir-birlariga bog’langan birliklar majmuasini va ular orasidagi munosabatlarni hosil qiladi. Birliklarning bunday tizimi tildir (Smirnitskiy 1957: 11-12). Olimning fikricha, nutq umuman olganda “tadqiqot uchun xom materialdir”, til esa bu “materialga asoslangan tadqiqot predmetidir”.

F. de Sossyur, L.V.Sherba va A.I.Smirnitskiylar faqat bir masalada hamfikrdirlar, ya’ni til nutqdan hosil bo’ladigan mahsulotdir va u tilshunoslar uchun ilmiy tadqiq predmetidir.

Ayrim tadqiqotchilar til va nutq munosabatiga boshqacha yondashadilar. Ularning fikricha, nutq tildan hosil bo’ladi, ya’ni til mutaxassislarning lingvistik faoliyatining natijasi emas, balki nutqda o’z ifodasini topadigan mavjud obyektiv.

T.P.Lomtevning fikricha, “Til shunday ma’no-mazmunni anglatadiki, uning mavjud bo’lishi va ifodalanishi nutq orqali amalga oshadi” .20

V.Ya.Zveginsev F.de Sossyurning til-nutq qarama-qarshiligi asosida mazkur hodisalarning quyidagi farqli belgilarini ko’rsatdi:


  1. Nutq individual, til umumiy hodisadir. Umumxalq tili doimo va albatta alohida nutqiy ko’nikmalarida til sistemasi chegarasida ma’lum o’zgarishga uchraydi.

  2. Nutq psixik hodisa, til sotsialdir.

  3. Nutq harakatchan, dinamik, til esa stabillikka, statiklikka intiladi.

  4. Nutq tarixiy, til axronik xususiyatga ega.

  5. Nutqiy elementlar o’rtasida sababiy tobelilik, til elementlari o’rtasida funksional tobelilik mavjud.

  6. Til lingvistik qonuniyatlarga bo’ysunadi. U lingvistik “regulyar”, nutq esa lingvistik noregulyar, sporodnik xarakterga ega.

  7. Nutq doimo moddiylikka xos. U o’zining funksiyasini real moddiy sifatga ega birliklar sifatida bajara oladi. Til abstrakt sistema sifatida mavjud. Bunday farqlanish substantsiya va forma o’rtasidagi farqlanish kabidir.21

A.A. Reformatskiy til tuzilishining elementlari sifatida to’rtta birlikni e’tirof etadi:1) nutq tovushi (fonema); 2) so’z o’zagi (morfema); 3) so’z; 4) gap. Uning fikricha, fonema tilning moddiy belgisi sanaladi. Tilning tovush belgisi (shuningdek, grafik belgi)ning ikki vazifasi mavjudligi ta’kidlanadi:

      1. pertseptiv, ya’ni anglash obyekti bo’lish vazifasi;

      2. signifikativ, ya’ni ma’noli birliklarni (morfema, so’z, gap) farqlash vazifasi.

A.I.Smirnitskiy til birligi deganda tovush va ma’no tomoniga ega bo’lgan hamda ular o’rtasidagi munosabat til xotirasida saqlanuvchi, nutqqa tayyor holda olib kiriluvchi birliklarni tushunadi. Bunday birliklar sifatida “tilning leksik birliklari” nomi bilan so’zni va bunday so’z tarkibiga kiruvchi morfemalarni belgilaydi.22

O’zbek tilshunosligida ham til va nutq hodisasiga turlicha ta’rif beriladi. Keng ma’noda til deganda xotirada mavjud ijtimoiy boylik ham, bu boylikdan foydalanish jarayoni ham, shu jarayon natijasida yuzaga keladigan matn(nutq) ham tushuniladi. Til deganda asli xotirada saqlanuvchi ijtimoiy boylikni, nutq hosil etish uchun xizmat qiladigan hodisalarni, shulardan foydalanish qoidalarini tushunish to’g’ri bo’lib, bunda til bilan nutq o’zaro chegaralanadi, tilga mansub birliklar til birligi deb, nutqning o’zida tuziladigan birliklarni nutq birligi deb farqlash mumkin.23

A.Nurmonov ayrim mualliflar til birliklarini fuksional nuqtai nazardan uch turga – nominativ, kommunikativ va qurilish birliklariga ajratayotganliklari, tilshunoslikning mazkur dolzarb muammosi yuzasidan o’zbek tilshunosligida ham bahs-munozaraning qizib borayotgani e’tiborga molikligini aytib o’tadi va til birliklari tasnifiga bag’ishlangan ishlar Sh.Rahmatullaevning asarida batafsil tahlil etilganini, ayniqsa, akademik A.Hojievning “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali orqali e’lon qilingan o’n ikkita maqolasi ilmiy jamoatchilik diqatini bu muammoga jalb etgani katta voqea bo’lganini e’tirof etadi.2

Tilning lug’at boyligini yetarli darajada bilmay turib madaniy nutq tuzish mumkin emas. Kishilarning ijtimoiy faoliyatini nutqsiz mutlaqo tasavvur etib bo’lmaydi. Bu faoliyatning turli sohalarda, turli sharoitlarda, turli maqsadlar bilan nutq o’ziga xos tarzda ishtirok etadi. Nutq to’g’ri bo’lish bilan birgalikda aniqlik sifatiga ham ega bo’lishi shart. Bunda nutqdagi asosiy birlik sanalmish so’zning to’g’ri qo’llanishi nazarda tutiladi. Nutqning aniqligi so’zning tildagi ma’nosiga tamomila muvofiq tarzda qo’llanishi, so’zning voqelikdagi o’zi ifodalayotgan narsahodisa bilan qat’iy mosligi asosida yuzaga keladigan kommunikativ sifatdir. Tilshunos olim Abduzuhur Abduazizov “Talabalarga ma’ruza jarayonida nutq odobi va til madaniyati, adabiy talaffuz mezoniga alohida e’tibor berish lozim. Til ma’naviyatimizning eng zarur murvati ekanligini doim yodda tutish kerak” 24 deydi. Til birliklarining nutqiy jarayondagi real ko’rinishlari nutq birliklari sanaladi. Inson nutqi nihoyatda murakkab, ko’p qirrali hodisa hisoblanadi.

Til va nutq haqida bildirilgan bunday fikrlarga asoslanib xulosa qilish mumkinki, ular o’zaro bog’liq, bir-birini taqozo etuvchi hodisalardir va ayni paytda, ular o’rtasida muayyan farqlar ham mavjudki, bularni alohida eslatish lozim bo’ladi.

Til potentsial hodisa bo’lib, kishilar ongida bolalikdan o’zlashtirilgan gapirish qobiliyati va nutq orqali ifodalangan fikrni tushunish vositasi sifatida mavjud bo’ladi.

Nutq esa mavjud imkoniyatni voqelantirish va so’zlashuv qobiliyatini aniq muhitda amalga oshirish jarayonidir.Nutq har bir alohida kishini individ va shaxs sifatida xarakterlovchi eng samarador vositalardan biridir. Insonlar muloqoti nutq orqali amalga oshiriladi. Uning yordamida odam o’z fikrini, hissiyotlarini, kayfiyatini, istaklarini ifodalaydi. Nutq individual hodisa bo’lsa-da, aksariyat hollarda biz bir-birimizni tushunamiz. Tushunish so’zlashish faoliyatida ayrim o’ziga xos va umumiy xususiyatlarning mavjudligi tufayli yuz beradi. Bunday xususiyatlar muayyan til jamoasi ishlatadigan birliklar (fonemalar, morfemalar, so’zlar, gaplar) va ulardan foydalanish qoidalarining umumiyligidadir. Umumiy birliklar va qoidalar til tizimiga mansub bo’lib, ularning individual nutqda ishlatilishi nutqning strukturaviy asosini tashkil qiladi. Aynan shu asosda nutqning muloqot jarayonidagi vazifasi amalga oshiriladi. Gapirish va tushunish jarayoni odamlar orasida fikr almashinuv, hissiyotlarini bildirish, axborot uzatish ehtiyoji tufayli ro’y beradi va bularning hammasi ijtimoiy munosabatlarga asoslanadi. Nutqning aynan mana shu ijtimoiy asosini til tizimi tashkil qiladi. Demak, nutq umumiy va ijtimoiy xususiyatga ega bo’lgan tilga nisbatan individual munosabatdagi hodisadir.

Til so’zlashishi vositasi, ya’ni nutq sifatida namoyon bo’lgandagina ma’lum vazifani bajaradi. Til bilan nutqni qiyoslash orqali ularning quyidagi o’ziga xos xususiyatlarini ajratish mumkin:

1.Til aloqa materiali bo’lsa, nutq aloqa shaklidir.

2. Tilni xalq, millat yaratadi, nutqni esa har bir shaxs yaratadi.

3.Tilning hayoti xalq, millatning hayotiga bog’liq bo’ladi, nutqning hayoti esa qisqa. Xususan, og’zaki nutq so’zlangan paytdagina mavjuddir. Ammo yozma nutq nisbatan uzoq davr saqlanishi mumkin.

4.Til nisbatan turg’un, barqaror bo’lsa, nutq doim harakatda bo’lib, o’zgaruvchan hodisa sanaladi.

5. Tilning hajmi noaniq. Nutqning hajmi esa aniq, U dialog, monolog, matn shaklida bo’lishi mumkin.25

Yuqorida bildirilgan turli-tuman nuqtai nazarlarni umumlashtirib, shuni aytish mumkinki, til nutqiy faoliyatning hosilasidir, biroq turli tushunchalarni ifodalovchi bu atamalar turli ma’nolarda ishlatilib kelinmoqda. Til bir tomondan nutq hosil qilinadigan va tushuniladigan qurilma sifatida talqin qilinsa, ikkinchi tomondan nutq faktlaridan xulosa qiladigan qoidalar tizimi, birliklar majmuasidir. Bu tushunchalarning har ikkalasi ham o’zaro bir-birlariga bog’liqdir, chunki til qurilma sifatida mohiyatni anglatadi, bu mohiyatni unda mavjud bo’lgan qoida va birliklar orqali bilish mumkin.




Download 297,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish