Tilning ijtimoiy mohiyati
Reja:
Kirish. Til va tafakkur.
Tilning ijtimoiy ahamiyati.
Til millat ko’zgusidir.
Tayanch tushunchalar.
Til – tafakkurning borliq shakli.
Til – eng muhim aloqa vositasi.
Til – ijtimoiy hodisa.
Tildagi har bir so’z, uning har bir shakli inson tafakkuri va tuyg’usining natijasi.
Tafakkur zohiriy olamning inson miyasida umumlashgan til bilan ifodalanadi, uning in’ikosidir.
Til esa fikrni ifodalash usuli, uni qats etib boshqa kishilarga, avlodlarga yetkazish vositasi. Boshqacha aytganda, til-tafakkurning borliq shakli.
Til milliy madaniyat shakli sifatida tafakkurning mevalari va madaniy boyliklarini zamon va makonda abadiylashtiradi. Ular doimo bir-birini taqozo qiladi, bir-birining yashashi va rivojlanishiga yordam beradi. Tafakkur faqat insonlarga xosdir. U kishining mehnat va nutq faoliyati bilan bog’liq holda mavjud, Inson tafakkuri nutq bilan yuzaga chiqadi va uning natijalari tilde qayd etiladi. Demak, tafakkur jarayonining natijasi hamishabiror-bir fikrdan iborat bo’lib, bu fikr tushuncha, hukm, xulosa tarzida til vositasida namoyon bo’ladi. Til fikrni reallashtiradi, kishilarning fikr almashishlariga imkon tug’diradi.
Inson faoliyatida til borliqni bilish va fikr almashish vositasibilimlar, nainki qayd etiladi va saqlanadi, balki avloddan-avlodga ham yetkaziladi. Til millat ruhining ko’zgusidir. Tilda millatning bor-yog’i, o’y-fikri, dunyoqarashi, orzu-umidlari, Vatani, his-tuyg'ulari aks retadi. Tildagi har bir so’z, uning har bir shakli inson tafakkur va tuyg’usining natijasidir, uning yordamida bu tafakkur va tuyg’ular orqali Vatan va xalq tarixi ifodalanadi.Ona tiliga hurmat va uning bebaho so’z xazinasidan o’rinli foydalanish, til vositasida ravshan va ta’sirchan so’zlab yoza olish, nutqiy savodxonlikka erishish shu til vakili bo’lgan har bir shaxsning burchidir.
Tilning birinchi ma’rifiy ahamiyati shundan iboratki, til tufayli jamiyat a’zolarining har birida hosil bo’lgan bilim ommalashib, uning ko’pchilik tomonidan rivojlantirilishiga imkon tug’iladi. Bundan tashqariri, til tufayli bilim avloddan-avlodga og’zaki va yozma tarzda qoldiriladi, natijada yangi avlod o’tgan avlodning ishini yangidan boshlamasdan, uni davom ettiriladi.
Til ilm olishda zamon va makon g’ovini o’rtadan ko’taradi. Til tufayli eng qadimgi malumotlarga ega bo’lamiz, hattokelgusiga oid ma’lumotlarni ham olamiz. Til tufayli sezgi a’zolari bilan bilib bo’lmaydigan narsalarni ham o’rganamiz. Ko’rinishi, shakli bir xil bo’lgan narsalarning aksi ongimizga o’rnashishi mumkin, lekin shaklsiz narsalarni biz faqat so’z shaklida o’zlashtiramiz.
Xuddi shunindek, mavjudotning ko’rinmas ichki jihatlarini ham so’z shaklida o’zlashtiramiz va til vositasi bilan o’zgalarga tushuntiramiz.
Tilni o’rganish va o’rgatishni osonlashtiradigan yana bir jihati shundaki, u umumlashtirish xususiyatiga ega. So’z yordamida biz mavjudotni o’rganib, umumiy tushunchalar hosil qilamiz va bu tushunchalar mavjudotning umumiy xossalarini o’rganishga, hatto ularning haqiqatini idrok etishga imkoniyat tug’diradi.
Insonning eng asosiy boshqa jonzotdan farqlab turuvchi belgisi – ong va tilga egaligi.Til faqat insonga va jamiyatga xos bo’lgan hodisa. U bir kishi tomonidan emas balki kishilik jamiyati tomonidan uzoq davr mobaynida yaratilgan. Shuningdek,til ayrim shaxsga emas, balki jamiyatga xizmat qiladi. Shuning uchun til ijtimoiy hodisa sanaladi.
Til –yaxlit bir butunlik. Borliqdagi barcha narsa qismdan tashkil topganliga kabi til ham gap, so’z birikmasi hosil qilish va so’z yasash qolipi, so’z, qo’shimcha va tovushdan iborat. Ana shu qismlar bir-biri bilan turli qonun-qoida, tartib asosida birikib butunlikni, ya’ni tilni hosil qiladi.
Badiiy asar tili jamiyat hayotini o’zida aks ettirishda asriy tajribalarga ega bo’lib, u ijtimoiy hayot masalalari bilan uzviy ravishda rivojlanib keldi. Shu sababdan, badiiy asar tili ijtimoiy til bilimlarini o’rganish va tahlil qilish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Muhimi shundaki, badiiy asar tili umumxalq tilida mavjud bo’lgan lug’aviy vositalarni o’zida aks ettirib, til vositalarining ijtimoiy ma‘no ifodalovchi ko’lamini ko’rsatuvchi, uni rivojlantirish yo’llarini ham belgilab beruvchi manbadir.
Darhaqiqat, badiiy asar tili shunday bir tilki, uni o’rganish jarayonida undagi biror vositani nazardan chetda qoldirib bo’lmaydi. Shubhasiz, badiiy asar tili doirasida mavjud bo’lgan tilning soddaligi, oddiy va tushunarliligi badiiy tilning ijtimoiy munosabatlardagi o’rnining muhimligidan dalolat beradi. Badiiy asar tilini tadqiq etishning muhimligi ham shundadir.
Qolaversa, badiiy asar tilini ijtimoiy sotsial ma‘nodagi o’rnini belgilovchi omillar talaygina. Xususan, badiiy asar tili o’tmish tarixi taraqqiyoti bilan bog’liq ravishda rivojlanib keldi. Bunda xalq og’zaki ijodiyoti an‘analariga e‘tibor qaratilib kelindi, shu bilan birga yozma adabiy til namunalari so’z san‘atkorlari tomonidan rivojlantirilib kelinadi. Shu o’rinda badiiy asar tilini so’z san‘atining namunasi sifatida e‘tirof etish lozim. Ayniqsa, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Nodira, Uvaysiy, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O’tar kabi shoirlar ijodining ijtimoiy tabaqalanishi xalq og’zaki tili vositalaridan unumli foydalana olganliklaridadir. Ko’rinadiki, badiiy asar tili umumxalq tilining ifoda vositalariga boy bo’lgan, til vositalarining obrazli qo’llanilishi qonuniyatlarini ochib beruvchi muhim ko’rinishga ega bo’lgan til ekan. Masalan, Faqat timqora ko’zlaridan kuchli bir olovning tafti urib turadi (P. Qodirov, «Avlodlar dovoni») gapida badiiy asar tili uchun xos timqora va umumtil qonuniyatlariga mos keladigan olov so’zlarining qo’llanilishi orqali ijtimoiy ma‘no anglashiladi. Chunki timqora so’zi orqali ifodalangan chiroylilik tushunchasi olov so’zining qo’llanilishi orqali yanada ko’chaytirilganki, bunda fikrning estetik va tarbiyaviy ahamiyati bo’rttirilgan hamda fikrda tilning jamiyat taraqqiyotidagi o’rni ko’rsatilgan.
Binobarin, badiiy asar tili umumxalq tilining shunday bir ko’rinishiki, unda so’z xoh o’z ma‘nosida, xoh ko’chma ma‘noda bo’lmasin, ijtimoiy munosabatlarda o’z ta‘sirchanligini bildirib boradi. Shuning uchun ham badiiy asar tili o’ziga xos ma‘no kasb etadi. Ta‘kidlash joizki, badiiy asar tili tushunchalari barcha xalqlarda bir xil, lekin har bir xalqning urf-odati, yashash tarzi, shu xalqning ijtimoiy xususiyatlari har xil bo’ladi, bu har bir xalq badiiy asar tilining bir-biridan farqlovchi ba‘zi muhim yoki muhim bo’lmagan belgilari mavjud ekanligini ko’rsatadi. Shu ma‘noda o’zbek badiiy asar tili ham xalqning o’tmish tarixi til an‘analariga asoslangan, o’ziga xos til shakllaridan biri ekanligini e‘tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Shu o’rinda badiiy asar tilining muhim belgilari borki, ularni aytib o’tish o’rinlidir.
Badiiy asar tilining muhim byelgilari. Badiiy asar tili birinchi navbatda shu tilning estetik ko’lamdorligini ta‘minlovchi vositalarga boyligi bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari, badiiy til umumxalq tilining tarixiy taraqqiyoti jarayonida rivojlangan, sayqallanib, ma‘lum shaklga kelgan ko’rinishidir. Shu sababdan, badiiy tilda umumxalq tilining boshqa ko’rinishlaridan farqlab turuvchi xususiyatlari ham mavjud bo’lib, xususan, xalq og’zaki tilidan farqlanib, ayni paytda xalq tili bilan uzviy bog’langandir. Har qanday xalq tili va badiiy asar tili shu xalqning dunyoqarashi, psixologiyasi va tarixiy taraqqiyotini o’zida aks ettiradi. Shunday ekan, xalq tili bilan badiiy asar tili o’rtasida muayyan bog’liqlik mavjud. Zero, badiiy asar tili xalq tili asosida vujudga kelib, uning bitmas-tuganmas imkoniyatlarini namoyon qiluvchi vosita ekanligi ham bizga ayondir.
Gap badiiy asar tilining ijtimoiy mazmun ifoda etayotganligi haqida borar ekan, yuqorida aytilgan sifatiy belgilar badiiy asar tilining ijtimoiylik xususiyatini o’rganishga asos bo’lishi mumkin. Chunonchi, badiiy asar tilining estetik ta‘sirchanligi masalasi ijtimoiy tilshunoslikda muhim va asosiy masalalardan bo’lib, o’z navbatida asar tilining so’z estetikasi, til estetikasi, estetik ta‘sir etuvchi ma‘nolarini anglitishga xizmat qiladi. Badiiy asar tilining estetik ta‘sirchanligi tushunchasi keng tushuncha bo’lib, estetik ta‘sirchanlik tilning boshqa shakllarida ham mavjud. Chunonchi, umumxalq tilida ham estetik ta‘sir etuvchi ifodali vositalar ko’plab mavjud bo’lganidek, xalq maqollarida, oddiy so’zlashuvga xos bo’lgan ko’pgina lug’aviy birliklarda ham bu holatni uchratish mumkin. Shu boisdan ham, estetik ta‘sirchan vositalarning ko’plab qo’llanilishi badiiy asar tilining o’ziga xos xususiyatlarini belgilovchi omillardan biridir. Shuning uchun ham badiiy asar tili ma‘lum ma‘noda murakkab til, chunki u dastlab murakkab jarayon hisoblangan ijod natijasida vujudga kelgan. Ma‘lumki, har bir ijodkorning til vositalaridan foydalanishda o’z ijodiy laboratoriyasi bor. Shuningdek, ma‘lum xalqning adabiyoti ham o’ziga xos bir laboratoriyadir. Bu laboratoriyada umumxalq tilidagi vositalar jamlanib, saralanib, unga sayqal berilishi natijasida tom ma‘nodagi badiiy asar tili, ya‘ni, estetik ta‘sir etuvchi, kishini hayajonga soluvchi obrazli til yuzaga keladi. Tilning biror shakli yo’qki, badiiy asar tilidek rang-barang qamrovdor bo’lmasa, shu jihatdan yondoshilsa, keng qamrovlilik badiiy asar tilining muhim vositalaridan biri hisoblanadi. Biroq tilda «erkinlik» tushunchasi badiiy asar tili uchun ham nisbiydir. Chunki badiiy asarda qo’llaniladigan barcha til vositalari badiiy til madaniyati talablariga javob berib, badiiy tilning estetik ko’lamdorligini bildirish sari yo’naltirilsa, ko’zda tutilgan maqsadga erishish mumkin. Shu ma‘noda G.O.Vinokur A.Tolstoyning «Non» romanidagi non so’zini misol keltirib, bu so’z romanda doimo ifodalaydigan ma‘nosida qo’llaniladigan-bu doimiy ma‘no, shuningdek, u bir paytning o’zida romanning mazmuniy ijtimoiyligini hamda tarixiy taraqqiyot jarayonini ham ifodalaydi, deb yozadi. Yoki yomg’irni yomg’ir deb aytish har qanday kishi uchun xos, shu bilan bir qatorda uni «ko’z yoshi» sifatida tasvirlash ham mumkinki, bu badiiy idrok ekanligidan dalolat beradi.
Umuman olganda, badiiy asar tili ijtimoiy til munosabatlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, badiiy til faqat fikr ifodalovchi, obraz yaratuvchi vosita emas, ijtimoiy munosabatlarda bevosita ta‘sir etuvchi vosita hamdir. Binobarin, badiiy til orqali ifodalanayotgan ma‘no turli xil xususiyatlari bilan hayot materiallarini ochishga xizmat qiladi. Bu jarayon badiiy tilning ijtimoiy munosabatlardagi o’rnini ochib beruvchi asosiy manbadir.
Xulosa qilib aytganda, badiiy asar tili yuksak mazmunga ega bo’lgan til hisoblanib, bu mazmun ijtimoiy ma‘no kasb etishda yanada oydinroq namoyon bo’ladi.
Tilshunoslikda tilning ijtimoiy yashashi va ijtimoiy taraqqiyot sharoitini o’rganuvchi soha sifatida yuzaga kelgan sotsiologlar va tilshunoslarning tobora bir-biriga yaqinlashtirayotgan zamonaviy-sotsilolingvistika shu fan sohasidagi o’ta nazariylik, notiqlik va aynan shuning oqibatida yuzaga kelayotgan ayrim nuqsonlarni ko’rsatib bermoqda. Bunga muloqot jarayonining o’ta murakkab va serqirra ekanligini va xuddi shuning uchun ham alohida bir fanning o’zi bu muammoni yaxlit tadqiq etishga ojizlik qilganligini sabab qilib ko’rsatish mumkin.
Natijada, sotsiolingvistika, etnolingvistika, psixolingvistika kabi yangi soha va yo’nalishlar yuzaga keldi, inson nutqini aynan mana shunday tutash nuqtasida tadqiq etish o’ta murakkab jarayon bo’lgan muloqotning asl mohiyatini, uning o’ziga xos qonuniyatlarini atroflicha o’rganish imkonini beradi.
Umuman, bugungi kunga kelib, muloqotlar jarayonini kompleks, ya‘ni ijtimoiy-lisoniy aspektda tadqiq etishga ehtiyoj paydo bo’ldi. Muloqot deganda aloqa, fikr almashinish, so’zlashish jarayonida bevosita va bilvosita qatnashadigan tarkibiy qismlar nazarda tutiladi.
Ma‘lumki, har qanday muloqotda so’zlovchi va tinglovchi komponentlar sifatida, albatta, ishtirok etadi. Bu muammoga bag’ishlangan ko’pgina adabiyotlarda so’zlovchi, ya‘ni xabar beruvchi, gapiruvchi adresant kommunikator deb, adresantning nutqi qaratilgan shaxs tinglovchi, adresat kommunikant deb muloqotda bevosita ishtirok etuvchi omillar esa ta‘sir birliklari deb yuritiladi. Ta‘sir birliklarini shartli ravishda quyidagi ikki guruhga bo’lib tahlil etiladi:
I. Ichki ta‘sir birliklari. Bunga adresant va adresat shaxsi bilan bevosita bog’liq quyidagi belgi-xususiyatlar kiradi,: millati, jinsi, yoshi, ijtimoiy belgilari TB ga yaqinlik darajasi.
II. Tashqi ta‘sir birliklari. Bunga muloqotga ta‘sir etuvchi quyidagi tashqi omillar kiradi:
I. Muloqot vaqti, vaziyat, holat: ijtimoiy muhit. Yevropalik qator tilshunos olimlar, xususan Amsterdam (Gollandiya) universitetining professori, nufuzli lingvist Tayn A van Deyn MX masalasiga doir keng qamrovli tadqiqotlari bilan muhim ishlar qilgan. Uning fikricha, MX zamonaviy lingvistik grammatika, matn tushunchasi va uning paydo bo’lishida, ommaviy axborot tizimida tilning tutgan o’rni kabi masalalarni ijtimoiy-lisoniy nuqtai-nazardan tadqiq etishda katta ahamiyat kasb etadi.
Muloqot xulqi (MX) muammosini milliy xarakter-millat aholisining o’ziga xos urf-odatlari, qadriyat va an‘analari (tashqi TB) ni hisobga olmasdan turib o’rganish mutlaqo mumkin emas. Chunki MX millat xarakterining uzviy bir qismi bo’lib, ular bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir. Milliy xarakter deganda, ma‘lum ijtimoiy guruh o’rtasida asrlar mobaynida avloddan-avlodga o’tib kelgan o’ziga xosliklar majmui tushuniladi. Milliy xarakterga mazkur millat aholisi sig’inadigan din, atrof-muhit va ijtimoiy turmush tarzi jiddiy ta‘sir ko’rsatadi va bu ta‘sir o’z-o’zidan MX da namoyon bo’ladi.
Nolisoniy vositalarni qo’llashda ham milliy o’ziga xosliklar kuzatiladi. Jumladan, shunday imo-ishoralar borki, ular shartli xarakterga ega bo’lib, milliy xususiyatlar kasb etishi mumkin. Chunki u jamoa tomonidan ma‘lum ma‘noni ifodalashdir. Boshqa bir etnik guruhda esa bu ishora yo hech qanday kommunikativ vazifa bajarmaydi yoki boshqa ma‘noni anglatishi mumkin. Masalan, Amerika, Angliya, Avstraliya va Yangi Zellandiyada bosh barmoqni tepaga qilish, asosan, o’tkinchi mashinani to’xtatish, to’sish uchun qo’llanilsa, Gretsiyada bu ishora-ovozingni o’chir, bas qil ma‘nolarini anglatadi.
Dunyo tillarining aksariyatida so’zlovchi suhbatdoshi uchun eng zarur deb bilgan ma‘lumotni, muhim narsa-hodisalarni oldin, uncha zarur bo’lmagan ma‘lumotlarni, qo’shimcha izohlarni, daf‘atan esga kelib qolgan narsa-hodisalarni keyin aytadi.
Masalan, -Mehmonlar kelar emish ertaga-. -Ayam berib yubordi qurut... - kabi.
Muloqot jarayonida so’zga belgi sifatida munosabatda bo’lish faqat salbiy ma‘no anglatadigan so’zlarga nisbatan bo’lmay, balki har qanday til birligiga nisbatan ham bo’lishi mumkin. Masalan, radio va televidenieda militsiya xodimlari ba‘zan o’z nutqlarida ayrim mulohazalarga ko’ra, -Hozircha jinoyatchilarning ismi-sharifini aytmaymiz- degan jumlani qo’llab yuborishadi. Bundan ma‘lum bo’ladiki, ularning ismi sharifi izofali birikmasining ma‘nosini bilmaydilar.
Muloqotda hatto sukut (jim turish, gapirmaslik) ham noverbal informatsiya vositasi, uslubiy figura sifatida ishtirok etadi va situativ, sotsial hamda psixologik
Til- bu ijtimoiy hodisa u kishilik jamiyatining eng muhim aloqa vositasi bo'lib jamiyatga xizmat qiladi. Shunig uchun ham tilninig kishilik jamiyatidagi roli beqiyos Malum davrga kelib yozuv yaratilganidan keyin usha aloqa vositasi bo‘lgan tillar yozuvida aksini topgan.tarixiy taraqqiyot jarayonida vjudgs kelgan yirik davlatlar yemirilishi bilan ularning aloqa vositasi bo‘lgan tillar , chunonchi qadimiy fors tili finiklar tili , lotin tili, va boshqa eski tillar 9-10 asrlargaca istemolda bo‘lib keyin o‘lik tillarga aylangan.
Kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti davomida jamiyatning rng muhim aloq vositasi bo‘lagan til va uning muhim xususiyatlari xaqida turli tushunchalar fikrlar va nazariyalar vjudga keldi. Bazi olimlar tilni hayvon o‘simlik kabi jonli narsalrga o‘xshatib taabiatdagi tirik organizm deb tushungan, va shunday deb davo qilishgan.19-asr o‘rtalarida tbiiy fanlarning rivojlanishi Charliz Darvin talimotining vjudga kelishi bilan bu nazariya tilshunos olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Tilni tirik organizm deb tushunish ancha kuchayadi. Chunonchi nemis tilshunoslari M.Myuller va A.Shleyherlar shu nazariya ‘‘ Naturalizm‘‘tarofdorlari edilar. Ularning yozishicha tilning paydo bo‘lishi rivojlanishi va o‘lishi tabiat qonulariga bo‘ysungan xolda ro‘y beradi. Yani kishi tug‘ilganda til ham tug‘iladi, o‘lganda til ham o‘ladi. Tilshunoslikka bunday oqimning vjudga kelishi hodisa mohiyatining serqirraligiga yetarlicha etibor qaratmaslik oqibati ham sabab bo‘lgan. Tilshunoslikning keyingi taraqqiyoti A.Shleyher nazariyasining noto‘g‘riligini isbotladi.
Til va Tafakkur munosabati.
Kishilar til orqali bir- birlari bilan munosabatda bo‘ladilar bir birlariga fikr istaklarini yetkazadilar. Demak til tafakkur bilan chambarchast bog‘liq bo‘lib tilsiz fikrni ifodalash sira mumkin bo‘lmaganidek tafakkursiz til ifodasini shakllantira olmaydi.
Tafakkur bilan tilning aniqroq qilib aytganda fikr bilan so‘zning o‘zaro jarayoni juda nurakkab jarayondir. Har qanday fikr so‘zlarda o‘z ifodasini topmaguncha yani so‘zlardan tarkib topgan ifoda qolipiga ifoda shakliga tushmaguncha yuzaga chiqmaydi. Fikrning voqeligi uning mavjudligi tilda nomoyon bo‘ladi. Demak fikr tilda voqealanishadi tilda mavjud bo‘ladi. Tilsiz so‘zsiz tarkibiy qismlarga ajralgan aniq va tayyor xoldagi xech qanday fikr bo‘lmaydi. Fikr tilda yani so‘zlarda so‘zlar orqaligina shakllanadi tilda o‘z ifodasini topadi. Shunday qilib so‘z fikrni mujassamlashtiradi moddiy shaklga solib yuzaga chiqaradi. Fikr yanada aniqroq qilib aytganda fikrning mohiyati va mazmuni esa o‘z navbatida so‘zlarda va so‘zlar vositasi bilan tarkibiy qismlarga ajraladi. Ongimizda paydo bo‘ladigan fikrning mohiyatini mazmunini tashkil etadigan xar qanday idrok yoki tasavvur xam faqat so‘zlar vositasi bilangina voqe bo‘ladi.
Til va Xalq tarixi.
Tilning paydo bo‘lishi va tilning shakllanishi tushunchalari bir biridan farq qiladi. Ibtidoiy tilni tarix kitobidan ham esdaliklardan ham grammatika kitoblardan ham topish mukin emas. Hullas tilning paydo bo‘lishini faqat ilmiy faraz qilosh mumkin.
Adabiyotlarda tilning paydo bo‘lishi xaqida ikki xil fikrniuchratishmumkin.
1. Tilni kishilar yaratmagan , til Alloh tomonidan yaratilgan mo‘jiza Allohning insonlarga qilgan marhamatidir.
2. Ikkinchi yo‘nalish tarofdorlari esa tilni kishilar yaratganlar degan fikrni ilgari suradilar. Bu borada tilshunoslik tarixida ko‘plab nazariyalar mavjud.
- Tovushga taelid qilish ( Laybnis , Herder, Humbolt)
- Undovlar nazariyasi.( Shtyntal, Ch.Darvin, A Potebnya, Kudravskiy ,I.Russo).
- Mehnat chaqiriqlari nazariyasi. (L.Nuare. K.Bofer.)
- Ijtimoiy kelishuv nazariyasi.
Kishilik jamiyati rivojida quydagi etnik birliklar vjudga keldi: Urug‘, Qabila, Elat, Xalq, Millat.
Har bir urug‘ uchun o‘z azolariga yordam berish himoya qilish zararni hamjihatlik bilan qoplash umumiy qabriston yerga umumiy egalik qilish umumiy diniy etiqod urug‘ning asosiy belgilari bo‘lgan. Ular uchun til asosiy belgi hisoblangan. Urug‘ azolarining bir biri bilan oila qurishi taqiqlangan . Natijada bir urug‘ bosqa urug‘ bilan oila qurish niyatida qarindoshlik aloqalarini o‘rnatgan. Urug‘larning birlashishi Qabilaning vjudga kelishiga sabab bo‘lgan. Qabilalar aloqa vositasi sifatida foydalanadigan til dialekt sheva bo‘lgan.
Davlatning kelib chiqishi ,jamiyatnin rivojlanishi turli qabila kishilarining bir biriga yaqinlashtirishga olib kelgan. Ular aloqa qilishi mumkin bo‘lagan umumiy til zarurati paydo bo‘lgan. Bunday til bo‘lib sharq mamlakatlarida arab tili, g‘arbda qadimgi yaxudiy va lotin tili xizmat qilgan. Slavyan xalqlari uchun qadimgi slavyan tili umumiy til vazifasini bajargan.
Tilning falsafiy masalalari.
Til - serqirra hodisa. Shunga ko‘ra til tilshunoslik bilan birga qator ijtimoiy fanlar tomonidan ham o‘rganiladi. Tilshunoslik falsafa bilan chambarchars bog‘liq. Falsafa tilshunoslikning metodologiyasini belgilab beradi. Tilshunoslikda tlning nazariy falsafiy masalalari quydagi besh yo‘nalish asosida talqin etiladi:
1. Tilning kelib chiqishi varivojlanishi : til va nutq falsafiy masala sifatida.
2. Til va tafakkur, mantiq va tilshunoslik munosabatlari.
3. Til-ramziy tizim sifatida.
4. Tillarning rivojlanishi va o‘zaro ta‘siri munosabatlari .
5. Grammatik talqinlarning falsafiy masalalari.
Hozirgi zamon tilshunosligi til ( lison) mohiyatini ochishda dialektik falsafa lisoniy birliklar haqida ilmiy nazariy hukm chiqarish jarayoni dialektik gnoseologiya , jumladan dialektik logik kategoriyalardan onglilik va izchillik bilan foydalanishni taqozo etadi. Tilga falsafiy yondoshish deganda dialektikaning umhmiy xususiylik , mohiyat hodisa, imkoniyat voqelik, sabab va oqibat kategoriyalarining til tizimi birliklariga bevosita amaliy tadbiqni tusunish zarur
Adabiyotlar:
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat tili” “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” haqidagi qonunlari. “Xalq ta’limi”.
Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. T. 1993. 23
Hozirgi o’zbek adabiy tili. T. 1996
Azizov O. Tilshunoslikka kirish. T. 1963.
Mirzayev M., UsmonovS., Rasulov R. O’zbek tili. T. 1979. 1-2
Shodmonov E., Nafasov T. Hozirgi o’zbek tili. Laboratoriya mashqlari. T. 1986
www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |