O’zbek tili ta’lim yo’nalishi 2-kurs 201-guruh talabasi sheraliyeva irodaning hozirgi o’zbek adabiy tili fanidan tayyorlagan



Download 297,82 Kb.
bet4/10
Sana20.06.2021
Hajmi297,82 Kb.
#72005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sheraliyeva Iroda kurs ishi

2. Boshga tushgan ( frazeologizm tarkibida.). Hayotda uchragan, duch kelgan; peshonasiga yozilgan. Boshga tushganni ko’z ko’rar. Maqol. O’zbek oyim ham boshiga tushgan bu kulfatni ko’rishga majbur edi. A.Qodiriy. “O’tkan kunlar”.

3.Boshliq, rahbar. (hosila ma’no) Yaxshi yigit davraning boshi. (Maqol).

4.sft lavozim, mansab jihatdan katta, yuqori turuvchi. Bosh vrach, Bosh agronom – Rustam Surxandaryo viloyatidagi kolxozda bosh agronom bo’lib ishlayotibdi. (“Mushtum”.)

5. Ulkan, katta, asosiy.(Hosila ma’no) Ozgina yurgach, “Bog’izog’on”ning bosh arki oldidan chiqdilar. (Oybek.“ Navoiy”).4

Tildagi har bir so’z, har bir ibora tabiatan tasviriylik, obrazlilik xususiyatiga, narsa va hodisalarni ifodalash, ularga baho berish kuchiga ega. So’zning barcha imkoniyatlari esa nutqda asar matni tuzilishida aniqlashadi, xarakterga ega bo’lgan belgi sifatida talqin qilina boshlaydi.

V.Gumboldt. Shleyxer, Shteyntal, L.Breal, A.Meye. F.Fortunatov, I.A.Boduen de Kurtene asarlarida so’zga belgi nuqtai nazaridan yondashiladi. F.de Sossyur tilning belgili tabiatini aniq-ravshan yoritib berdi.37 F. de Sossyurning so’z haqidagi hamma tilshunoslar tomonidan e’tirof etiladigan ta’rificha, “so’z ushbu tushunchani ta’riflash bilan bog’liq bo’lgan barcha qiyinchiliklarga qaramasdan, bizning ongimizda doimo til mexanizmidagi markaziy birlik sifatida aks topadi” (Sossyur 1977: 143). So’zning tildagi markaziy o’rni, bir tomondan, so’z borliqdagi faktlarning, bu faktlar tufayli hosil bo’lgan tasavvurlar, fikrlar, insoniy hissiyotlarni nomlovchi asosiy birlik vazifasini bajaradi, ya’ni so’z orqali insonning voqelik bilan aloqasi amalga oshirilsa, ikkinchi tomondan, so’z til orqali ifodalangan fikrning asosiy qurilish materialidir (L.V.Sherba iborasi bilan aytganda, «g’ishtlari») va ular orqali odamlar o’zaro munosabatga kirishadilar. Shunday qilib, insonning atrof-muhit bilan, boshqa odamlar bilan aloqasi so’z vositasida amalga oshiriladi.

T i l-nutq dixotomiyasida so’z tilga xosmi, nutqqa xosmi, so’zning mohiyati nima, so’z va morfema, so’z va leksema singari tushunchalar o’rtasida qanday umumiylik va o’ziga xoslik mavjud singari savollarning paydo bo’lishi bilan, so’zning mohiyatini belgilash qiyin kechganidan tilshunoslarning bir guruhi o’rtasida so’zdan voz kechish harakati boshlandi. Xususan, Amerika deskriptivistlari so’zni til birliklari qatoridan chiqardi.38 Sh. Balli esa shunday deb yozadi: “Birinchi qarashda so’z tushunchasi aniqqa o’xshab ko’rinadi. Aslida bu tushuncha tilshunoslikdagi eng noaniq tushunchalardan biridir. So’z tushunchasi noaniq ekan, undan voz kechmoq kerak” .

Ana shunday sharoitda A.I.Smirnitskiy so’z haqida ketma-ket uchta maqola e’lon qildi. Uning fikricha, inson tilining so’z tili deyilishi bejiz emas. Faqat so’zgina ma’lum bir tilning lug’at sostavini tashkil etib, asosiy qurilish materiali sanaladi va uningsiz hech bir til haqida fikr yuritish mumkin emas. Faqat so’zgina o’zgarish xususiyatiga ega va u muayyan tilning grammatik qonun-qoidalari asosida o’zaro bog’lanadi. Shuning uchun so’zni tilning asosiy birligi sifatida e’tirof etish, boshqa til birliklarini so’z asosida izohlash lozim.

So’z orqali inson katta yutuqni qo’lga kiritdi, bu vosita natijasida uning olami ikkilandi. So’zga ega bo’lgunga qadar faqat bevosita ko’rib turgan narsa bilan ish ko’rgan mavjudot tilga ega bo’lishi bilan faqat borliq elementlari bilangina emas, balki bevosita kuzatmagan narsa va hodisalar bilan ham ish ko’ra oladigan bo’ldi. So’z insonga bevosita kuzatishda berilmagan narsa va hodisalar haqida ham axborot bera oladi. Shuning uchun ham hayvonot faqat bir olamga - sezgi orqali his qilish mumkin bo’lgan predmetlar olamiga ega bo’lsa, inson ikki olamga - sezgi orqali his qiladigan olam bilan birga, so’z orqali ifodalanadigan obrazlar, munosabat, sifatlar dunyosiga ega bo’ldi.

So’z tushunchasi tilshunoslik tarixida markaziy o’rinni egallaydi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, so’zning maqomi masalasida shu kunga qadar ham bir xil fikr mavjud emas.

Dunyo tilshunoslik ilmida so’z tushunchasiga uch yuzdan ortiq ta’rif berilgan, ammo mutaxassislarning fikricha, ularning birortasi ham bu mutloqo o’ziga xos lisoniy birlikning mohiyatini to’liq ta’riflay olgan deb bo’lmaydi.

So’z boyligi tildagi hamma so’zlarning oddiy yig’indisidangina iborat emas. Tilning so’z boyligi ma’lum qonun-qoidalarga bo’ysunadigan izchil va murakkab sistemadir.39 Tilning muhim leksik birligi sifatida har bir so’z o’zining mustaqil ma’nosiga egadir. Fikrning ro’yobga chiqishi, tafakkurning ommalashuvi esa gap vositasida yuz beradi. Lekin so’z bo’lmasa, gap ham tuzilmaydi, fikr ham reallashmaydi. Shuning uchun ham har bir so’zning tub mohiyatini, uning ma’nosini va boshqa tip so’zlardan ajratiladigan o’ziga xos xususiyatlarini belgilash muhim ahamiyatga egadir.2 Chunki tildagi xususiyat va hodisalarni o’rganish so’zni ilmiy tadqiq etish bilan boshlanadi. So’z ma’nosi nutq jarayonida konkretlashadi va aniq tasavvur qilinadi, nutq bir so’z bilan ikkinchi so’z chegarasini belgilashga, so’zlarni bir-biriga ajratib ko’rsatishga yordam beradi. So’z tilning asosiy va real leksik birligi, nutq tovushlari yig’indisi zaminida mustaqil ma’no anglatuvchi birlik sifatida leksikologiyaning muhim obyektlaridan biridir. So’zning tovush tomoni bilan uning real mazmuni o’zaro mustahkam, uzviy bog’liq. Bevosita sezgi organlarimizga ta’sir qiladigan, muayyan shaklga ega bo’lgan real hodisalar nutqiy birliklar sanaladi. Nutqiy birliklar muayyan fizik xossaga ega bo’lib, muayyan makon va zamonda, muayyan nutqiy vaziyatda talaffuz qilinuvchi va qulog’imiz bilan eshituvchi birliklardir. Bevosita kuzatishda berilgan ana shunday nutqiy birliklarning aqliy bilish darajasida, umumiy til beligilarini xarakterlash uchun imkoniyat yaratadi.

So’zlarning erkin bog’lanmasi nutq birligidir. Bunday bog’lanma muayyan fikr yoki tushunchani anglatish talabiga ko’ra nutq jarayonining o’zida tuziladi. Fikr yoki tushuncha anglatilgach, nutq birligi o’z-o’zidan ayrim-ayrim so’zlarga ajralib ketadi, yana yangi talab bu so’zlarning qaytadan bog’lanishiga olib kelaveradi. Bunda har safar tayyor(tuzilgan) holdagi til hodisasi bilan ish ko’rilmaydi, balki tilning grammatik qurilishiga xos konstruktsiya (qolip) asosida bu so’zlar har gal yangidan bog’lanadi. Masalan, Mehmonlarning o’lchovini so’rab olingda, bittadan kastyum-shim olib qo’yaqoling. (O’.Hoshimov.) gapi ma’lum fikrni anglatish maqsadida nutq jarayonining o’zida tuzilgan. Fikr anglatilgach, bu nutq birligining bir butun holda saqlanishiga hojat qolmaydi. Bu gap uchun qurilish materiali bo’lib xizmat qilgan har bir so’z o’z ma’no mustaqilligini saqlaydi. Shu sababli, ehtiyoj qolmagach, uning tarkibidagi so’zlar lug’aviy birliklar sifatida o’z alohidaligiga qaytadi. Yuqoridagi xususiyati asosida bunday nutq birliklari so’zlarning erkin bog’lanmasi deb yuritiladi. Lisoniy birliklarni kontekst, nutq vaziyati bilan bog’lab o’rganishgina ularning ma’nosini to’g’ri tushunishga katta imkoniyat tug’diradi.40 So’zda o’zaro bog’langan fonetika, leksiksemantik va grammatik hodisalarning borligi uning fonetika bilan ham, leksikologiya bilan ham aloqadorligini ko’rsatadi. So’zning tovush tomoni: qandaydir fonemalardan tashkil topishi, urg’u va boshqa vositalar orqali bir butun fonetik yaxlitlikka ega bo’lishi, bo’g’in xususiyatlari; so’zning leksik tomoni: ma’nosi, bu ma’noning turlari, so’zning semantik turlari, kelib chiqishi qo’llanish xususiyatlari, emotsional-stilistik bo’yog’i; so’zning grammatik tomoni: morfemalari, grammatik formasi va grammatik ma’nosi, qaysi leksik -grammatik kategoriyaga kirishi, gapdagi roli.

Yuqoridagilardan so’zning shunday xarakteristikasi kelib chiqadi: so’z tilning mustaqillikka ega bo’lgan, ayrim ma’no, emotsialarni bildiradigan, fonetik va grammatik jihatdan shakllangan, tugallikka ega bo’lgan birligidir.41



Download 297,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish