1. Shashmaqomning nomlari: Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq.
Shashmaqom fors va arabcha so‘zlarning birikmasi bo‘lib, “Olti maqom” demakdir. Shashmaqom tarkibidagi Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlarining har biri yirik shakldagi turkumli asarlar bo‘lib, 20 tadan 45 tagacha katta va kichik hajmdagi maqom yo‘llarini o‘z ichiga oladi.
Maqomlar ham jamiyatning boshqa hodisalari kabi davrning ijtimoiy, badiiy-estetik talablariga va ehtiyojlariga bog‘liq bo‘lgani holda yashab keldi va o‘z taraqqiyoti jarayonida katta o‘zgarishlarga uchradi. O‘n ikki maqom Shashmaqom shakllanguniga qadar yashab keldi, deb aytishga ba’zi faktik materiallar imkon bsradi. Uning musiqa materiali - kuy va ashula yo‘llari Shashmaqom turkumlarining asosini tashkil etgan, deb o‘ylash mum- kin.
Do'stlaringiz bilan baham: |