20. Isfahonak va Ro‘yi Iroq. Isfahonak - Eronning mashhur Isfahon shahriga nisbat berilgan sho‘ba nomidir, “ak” qo‘shimchasi esa kichrayti- rish uchun ishlatiladi. Ro‘yi Iroqda: ro‘yi - ko‘rinishi, Iroq maqom nomi bo‘lib, Iroq maqomining ko‘rinishi demakdir.
Bular asosan ikki turli tovushqatorga ega bo‘lgan bitta sho‘badir hamda Iroq maqomi tovushqatorining bir qismidir.
a) Isfahonak:
b) Ro‘yi Iroq:
Ro‘yi Iroq - Isfahonakning bir qismi bo‘lib, Zaynulobidin Husayniyning aytishicha, bular Hijoz maqomiga o‘xshaydi. Bu fikr faktlarda tasdiqlanmaydi, chunki Hijozning tovushqatori boshqachadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |