5. Ashiran - o‘ntalik, ya’ni o‘n pog‘onali tovushqator.
Zaynulobidin Husayniyning Ashiran tovushqatori Husayniy maqomining bir qismi (III – IV – V – VI – VII – VIII - pog‘onalari) ga mos keladi.
6. Navro‘zi Arab. (Arablarning Navro‘z bayramiga nisbat beriladi). Bu sho‘ba XV asr risolalarida olti pog‘onali qilib ko‘rsatilgan.
XIV asrning mashhur olimi Xo‘ja Abdulqodir Marog‘iy o‘zining “Jami’ - ul alxon” (“Kuylar to‘plami”) asarida Navro‘zi Arab sho‘basini to‘rt pog‘onali tovushqator, - deb ko‘rsatadi.
7. Mohur (tushkin, g‘amgin). Bu sho‘baning asl mohiyati noma’lum. Mohur sakkiz pog‘onali tovushqatordir. Mohurning oxirgi ikki pog‘onasidan tashkari bo‘lgan tovushqatori Ushshoq maqomiga mos keladi.
Zaynulobidin Husayniy besh pog‘onali Mohurni ham misol keltiradi: Bu tovushqator Mohurning o‘zidan, uning yuqori qismidan olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |