«O`zbek adabiyoti tarixi» (XV11-X1X asrning birinchi yarmi ) fanidan ma`ruzalar matni



Download 456,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/22
Sana06.02.2022
Hajmi456,09 Kb.
#434200
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
XVII-XIX аср адабиети

SHERMUHAMMAD MUNIS. 
REJA 
1. Shoirning tarjimai holiga oid ma`lumotlar. 
2. Shoir ijodining o`rgalinishi haqida. 
3. Munis - lirik shoir. 
4. “Munis-ul ushshoq” devonida insoniy - axloqiy mavzularning yoritilishi. 
1.
Shoir she`riyatida mehr-muhabbat, insoniylik, do`stlik tuyg`ularining 
tarannum etilishi. 
O`zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili Shermuhammad Munis shoir, tarixchi, 
tarjimon, hattot, sug`orish mutaxassisi, ma`rifatparvar siymo edi.
Munis 1778 yili Xiva yaqinidagi qiyot qishlog`ida mirob oilasida tug`ildi. 
Uning bolalik va yoshlik yillari dastlab qiyot qishlog`ida, so`ngra Xivada masjid 
yonidagi maktabda, keyincha madrasada o`qish, kitob mutolaa qilish bilan o`tdi. 
Uning o`qishi va tarbiyasiga qo`shnisi Sayideshonxoja kabi olim va shoirlar 
rao`barlik qildilar.
Munisning adabiyotga bo`lgan xavasini oshirishda, uni she`r mashq qilishga 
va klassiklarni puxta o`rganishga rag`batlantirishda o`sha zamonning qiroliy,
Ravnaq, Mavlono Nishotiy kabi peshqadam va tajribali qalamkashlari muo`im rol 
o`ynagan edilar. 
1800 yilda Avazboy vafot etib, xon Avaz inoq uni saroyning farmonnafis 
kotibi qilib tayinlaydi. 1804 yilda Munis o`zining ilk devoni “Devoni Munis”ni 
tuzadi. O`sha yili “Savodi ta`lim” yoki “Risolai savod” asarini she`riy yo`lda 
yozib, talabalarga o`usni xat ta`lim qoidalarini o`rgatadi.
1808 yilda Elto`zarxon Xiva xonligi tarixini yozishni buyuradi va u 
“Firdavsul-iqbol” (“Saodat bog`i”) nomli tarixiy asar ustida ish boshlaydi. 


50 
1812 yilda mirob Erniyozbek vafot etib, xon uning o`rniga Munisni Xorazm 
mirobligiga tayinlaydi. 
1819 yilda xon topshirig`i bilan Mirxondning ko`p jildli “Ravzatus-safo” 
(“Poklik bog`i”) tarixiy asarini fors-tojik tilidan O`zbek tiliga tarjima qila 
boshlaydi. Munis uning birinchi jildini tarjima qilib ulguradi xolos. 
1815-1820 yillarda Munis o`zining mukammal devoni “Munisul ushshoq”ni 
tuzadi. “Oshiqlar do`sti” deb nomlangan bu to`plamga shoirning 16 ming misradan 
ziyod she`rlari jamlangandir. 
Munis badiiy ijodda o`ziga Navoiyni ustoz deb biladi va ko`p jihatda 
Navoiyga ergashadi. 
U 1829 yilda vafot etdi. 
2. Munis o`z davrining etuk shoiri, adibi, tarixchisi, tarjimoni, murabbiysi va 
ma`rifat kuychisi edi. U faqat zamonasidagina emas, balki keyingi davrlarda ham 
xalq o`rtasida madaniyat muo`lislari, shoirlar, olimlar, san`atkorlar va tolibi ilmlar 
o`rtasida xiyla shuxrat qozongan edi. Munisning faoliyatini va adabiy merosini 
o`ganishda ma`lum yutuqlar qo`lga kiritildi. Dastlab sharqshunoslar Munisning 
oxiriga etkazilmagan “Fidasul-iqbol” asarini o`rganib, unga ko`proq murojaat 
qildilar. Munisning tarixiy asarini o`rganishda V. V. Barotold, P. P. Ivanov 
ma`lum xizmat qildilar. Keyingi yillarda esa S. P. Tolstov O`zbek olimlaridan Ya. 
g`ulomov, Munis. Yo`ldoshev, K. Munoirovlar Munis va Ogahiyning “Firdafsul-
iqbol” asarini o`rganishda katta muvaffaqiyatlarga erishdilar.
Adabiyotshunosligimizda Munis hayoti va ijodiga doir ko`plab ishlar qilindi. 
Chunonchi, shoirning ijodiy merosiga aloqador bo`lgan qo`lyozma va litografik 
asarlar Xiva, Urganch, Samarqand, Buxoro va Dushanbe kutubxonalarida, ayniqsa 
Toshkentda ko`proq to`plandi. Munisning adabiy faoliyatiga doir bir necha maqola 
va tadqiqotlar bunyodga keldi. Dissertatsiyalar yozildi. Munis asarlari majmua va 
dasrliklarga antologiya va to`rt tomlik “O`zbek adabiyoti”ga kiritildi. Shoiring o`n 
ming misragacha she`ri aloo`ida “Devon” qilib nashr etildi. 
Bulardan ko`rinadiki, Shermuhammad Munisning ijodi keng o`rganilmoqda. 
Hozirda Munis ijodining namunalaridan keng kitobxonlar ommasiga etkazishda 
katta yutuqlar qo`lga kiritildi.
3. Munis asosan lirik shoirdir. Devonining nomidan ko`rinib turibdiki
she`rlarining asosiy qismi muhabbat taronalaridir. Shoir ijodida ijtimoiy-siyosiy va 
falsafa mavzusidagi asarlar g`oyat siyrakdir.
Munis talqinicha, she`r jahon xalqlari dillarini oson zabt eta oladigan eng 
qudratli quroldir. U bitmas tuganmas buloq, qulash nimaligini bilmaydigan buyuk 
koshona, bag`ishlov she`rlar kishilarni abadiylashtiruvchi mislsiz vositadir. Shoir 
xaqli ravishda she`r va uning manbaini adabiyotga dao`ldor xodisalar sifatida 
belgilaydi. Munis aksariyat g`azallari nio`oyasida she`riyat mulkining sultoni 
Alisher Navoiy ruo`ida ko`mak va tarbiya kutadi.
Munis ijodida ko`plab talmiq sa`atiga murojaat qiladi. U she`larida, 
g`azallarida tarixiy shaxslardan Navoiy, Sulton Xusayn, Mao`mud g`aznaviy, 
Firdavsiylarni keltiradi. 
Munisning ko`p she`rlari musiqaga solinib, xofizlar tomonidan aytilmoqda.


51 
Munis devoni asosan iloo`iy va insoniy muhabbat kechinmalari talqinidan 
iborat bo`lsada, san`at sankor moo`iyati ijtimoiy hayotning dolzarb masalalari aks 
etgan g`azallari ham uchrab turadi. Munis “So`z”, ”Shuaro” she`larida she`r va 
ijodkor qadr qimmati haqida qalam tebratadi. 
She`r ul tig`i dudamdurkim, jahonni fatx etar, 
Chekmayin lashkar gar olsa ilgiga har podshoo`. 
She`r ul nemat erurkim, har necha bazm etsalar,
Lazzati ortar, dog`i qadrig`a topmas nuqs roq. 
Munis qasida janrida ham barakali ijod qiladi. U qasidalarini asosan 
Avazbek inoqqa bag`ishlab unga maqtovlar yog`diradi. Munis 
ijodida 
jamiyat 
o`zgarishlari ham o`z aksini topadi. Muhammad Raximxon vafotidan so`ng 
o`ukmronlik uning katta o`g`li Olloquliga o`tadi. Munis hayotining keyingi to`rt 
yili Olloquli o`ukmronligi davrida o`tadi. Munis o`zining bu davrida yaratgan 
baytlarida Olloqulini mamlakat obodonligi, elementlar osoyishtaligi uchun harakat 
qilishga da`vat etish payida bo`ldi.
4. Muhammad Rao`imxon o`ukmronligining ettinchi yili Munis o`z 
she`larini to`plab devon tartib bera boshladi. Devonga kiritilgan she`r turlari va 
baytlarining soni haqida shoirning o`zi “Munisul ushshoq” ning debochasida 
quyidagilarni yozadi. “...Garro qasidalar, dil gusho g`azallar, fasohatayin 
tarkibbandlar, latofat tazyin qit`alar, sharif musaddas va muxammaslar, latif ruboiy 
va muammolar, shirin masnaviy va g`amgin tuyug`lar va g`ayr ham taxminan olti 
ming baytdir”. 
Mumtoz poeziyaning xilma -xil turlari bo`yicha yaratilgan baytlari o`z 
ichiga olgan ana shu “Munisul ushshoq” devonining bir qo`l yozma, ikki tosh 
bosma varianti bor. 
“Munisul ushshoq” devonining muallifi O`zbek adabiyoti xazinasiga 
qimmatbao`o durdonalar qo`shish yo`lida she`r san`ati ustida qanday ishlaganini 
she`rlarining mavzui doirasi g`oyaviy mazmuni, badiiy saviyasi qanday ekanini 
klassiklardan yoki zamondoshlardan kimlar unga ustozlik va o`omiylik qilganini 
umumiy tarzda devonda o`n sakkizinshi she`rida ko`rish mumkin. 
Ma`lumki, Munisning hayoti Xiva xonligiga saroy doirasi bilan bog`langan 
o`olda o`tdi. Lekin u saroy muo`itida yashagan bo`lsada, o`zining fikr hayoli bilan 
xalq tomoniga intilib, ish olib borgan. Binobarin devondagi she`larning mavzu 
doirasi g`oyaviy mazmunini ko`zdan kechirganda bunga aloo`ida e`tibor berib, 
shoirning davrga, o`ukmdor doiralarga, turli ijtimoiy guruo`larga, ilm o`unarga, 
adabiyot madaniyatga, ishq-muhalbbat 
va do`stlik masalalariga bo`lgan 
qarashlarini kengroq va chuqurroq tekshirish lozim. 
Munis feodal zulm avj olib, xalq og`ir ao`volda yashagan davrdan o`ukmdor 
doiralardan norozi edi. U o`zining anashu noroziligini ifodalovchi she`r va qit`alar 
yaratgan, ba`zan esa ishqiy lirik g`azallari ichiga norizolik ruo`idagi fikrlarini 
qistirib ketgan. 
Munis mamlkat o`okimi va uning xalqqa qanday munosabatda bo`lishi 
kerakligi haqida o`z davri uchun muo`im bo`lgan o`z fikrlarini olg`a surdi. 
qabilachilik, urug`aymoqchilik nizolarini qoraladi.


52 
5. Shermuhammad Munis 18-asr oxiri va 19-asrning birinchi choragida 
Xivadagi adabiy muo`itda yashab ijod etgan etuk shoir va donishmand, tarixchidir. 
U o`z davrida ro`y bergan ko`pgina voqea va xodisalarning guvoo`i bo`lgan 
muo`okama qilgan va o`z qarashlarida xalqning o`ukmdorlar tomonidan 
eo`ilayotganligiga achingan va norizoligini ifodalagan. O`z she`rlarida hamda 
tarixiy asarlarida mumkin qadar xalqning o`imoyasini ko`zda tutgan xalqparvar va 
ma`rifatparvar shoirdir. Munis ijodida turmushning ko`p tomonlari shoirning xon, 
vazir va beklarga, shayx va zoxidlarga, shoir va olimlarga o`unarmandlar va 
boshqa meo`nat axllariga bo`lgan qarashlari aks etgan. 
Munis poeziyasida jao`olat va nodonlikka, ilm-o`unarga e`tiqod, she`r va 
shoirga o`urmat, pok vijdonli va vafodor ishq axllarini o`imoya qilish kabi 
motivlar asosli o`rinlarni egallaydi. 
Shoir hamma masalalar tasvirida dastlab ba`zi kamchiliklar bilan, keyincha 
esa she`r san`atining vakili sifatida ish tutadi va zamondoshlariga hamda o`zidan 
keyingi shoirlarga o`rnak bo`larli darajada badiiy yutuqlarga erishadi. Buni 
shoirning o`zi ham e`tirof etib juda ko`p qiyinchiliklarni boshidan kechirib 
bo`lsada, she`riyatning baland cho`qqisiga ko`tarila olganini qayd etadi: 
To musao`har ayladim so`z birla ma`ni kishvarin, 
Shoo` men, ey Munis, ao`li donishu idrokmen. 
Haqiqatdan ham Munis o`z zamonasining adabiy doirasida axli 
donishlarning shoo`i edi. 
Nazorat savollari 
1. Shermuhammad Munis adabiy merosi haqida nimalarni bilasiz? 
2. Munisning “Savodi ta`lim” asari qanday asar? 
Tayanch atamalar 
“Munisul ushshoq”-“Oshiqlar do`sti”. . Zullisonayinlik - ikki tilda baravar ijod qila 
olish. 
Tayanch tushunchalar 
Ma`rifatparvarlik - shoirning o`z ijodida ilm hamda ta`lim-tarbiya masalalariga 
urg`u berishi. . Satirik xarakterdagi asar - hayotdagi nuqson va illatlarni fosh 
etuvchi kulgiga asoslangan asar. 
Adabiyotlar 
1. Abdullaev V. O`zbek adabiyoti tarixi. T., 1980. 
2. Voo`idov Z. O`zbek adabiyoti tarixidan. T.,1961.
3. Munirov K. Munis, Ogahiy va Bayoniylarning tarixiy asarlari. T., 1960. 
4. O`zbek adabiyoti tarixi. 5 jildlik, 4-jild. T., 1978. 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 
1. Munis Shermuhammad Xorazmiy. Saylanma. T., 1980. 
2. O`zbek adadibyoti. 4 jildlik, 3-jild. T., 1959. 

Download 456,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish