O’simliklarni himoya qilish kafedrasi o’simliklarni biologik himoya qilish



Download 9,16 Mb.
bet64/73
Sana26.03.2022
Hajmi9,16 Mb.
#511220
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   73
Bog'liq
Biologik Darslik UMK

Levkopis pashshalari (Diptera turkumi, Chamaemyiidae oilasi) kumushsimon yaltiroq hasharotlar. Voyaga etgan hasharotning gavdasi 2-3 mm, mart oxiri - aprel boshlarida qishlovdan chiqadi.
Lichinkalari oq rangli, qornining oxirgi qismida 2 ta shoxchasi bor. Tanasining usti sarg’ish-qoramtir tukchalar bilan qoplangan. Bu lichinkalarning har biri bir sutkada 30 ta, hayoti davomida esa 100-400 ta o’simlik bitlarini yo’q qiladi.
Voyaga etgan levkopis pashshalari gul nektariga nihoyatda o„ch bo’lib, gullayotgan o’simliklar ustida uchib yuradi va guldan-gulga qo’nib, nektar bilan oziqlanadi. Bir yilda 4-5 avlod beradi. Levkopis pashshalaridan Leucopis ninae, Leucopis glyphinivora va Leucopis pallidolineata larni keng tarqalgan turlar sifatida qayd qilish mumkin.

Leucopis ninae


Yirtqich gallitsa chivinlari (Cecidomyiidae oilasi). Ahamiyat berilgan bo’lsa, iyun-iyul oylarida kimyoviy prepatarlar sepilmagan poliz va sabzovot ekinlarida, ayniqsa g’o’za moydonlarida bit tushgan o’simlik barglarinig orqa tomonida zangori, och sariq, limon rangli oyoqsiz gallitsa lichnkalarining foydali faoliyatini ko’rish mumkin (34-rasm).

34-rasm. Aphidoletes aphidimyza pashshachasining етук зоти ва lichinkalari
Bu yirtqich gallitsa afidimiza (Aphidoletes aphidimyza) pashshachasining lichinkalari hisoblanadi.
Gallitsa pashshalari ikkiqanotlilar turkumi (Diptera), gallitsalar (Cecidomiidae) oilasining vakili bo’lib, ular juda mayda – 1,8-2,2 mm – bo’lgan kulrang-qo’ng’ir tusli hasharotlardir. Mo’ylovlari 12 bo’g’imchali, yoysimon egilgan, erkak zotlarida tana uzunligi bilan barobar, urg’ochilarida esa ikki marta qisqa. Oyoqlari uzun, panjalari 5 bo’g’imchali .
Afidimiza lichinkalari ko’rinishidan chuvalchangsimon, tusi zangoridan ochqo’ng’irgacha o’zgarib turadi. Birinchi yoshdagi lichinkalarning o’lchami 0,3-0,35 mm, eni 0,1 mm, uchinchi yoshdagilari 2,0-2,5 mm, eni 0,8 mm atrofida bo’ladi .
Tuxumi oval-uzunchoq, 0,3 mm kattalikda, yaltiroq, tusi zangoridan ochko’ng’irgacha. Lichinkalar tuxumdan chiqish davrida tuxum 0,4 mm gacha yiriklashadi. G’umbagi erkin tipda, o’lchami 1,8-1,9 mm. Afidimizaning katta yoshdagi lichinkalari diapauza holida, soxta pallacha ichida, o’simlik qoldiqlarida, ko’pincha 8-10 tadan guruhlarda qishlaydi. Bahorda lichinkalar g’umbakka aylanib, ulardan aprel oxiri-may boshlarida etuk pashshachalar uchib chiqa boshlaydi. Urg’ochi pashshachalarning uchishi, juftlashib, tuxum qo’yishi asosan soat 21 dan ertalab 8-9 largacha davom etadi. Umuman bu hasharot namozshomdatunda faol hayot kechirib, kunduzi o’simliklar orasidagi qorong’iroq va sernam joylarda to’planadi . Yirtqich gallitsa gigrofil, ya’ni namlikni yoqtiruvchi hasharot hisoblanib, nisbiy namlik 70-80% bo’lganda yaxshi rivojlanadi. Havo harorati o’rtacha 250S bo’lganda bir avlod rivojlanishi uchun 17-20 kun kerak bo’ladi . Urg’ochi zotlarning jinsiy mahsuldorligi odatda 25-30 ta, maksimum 90 ta tuxumga to’g’ri kelib, tuxumlar asosan dastlabki 2-3 kun ichida qo’yiladi.Yirtqich gallitsa pashshachasining lichinkalari oligofaglar (chegaralangan hammaxo’r) hisoblanib, 61 turdagi o’simlik bitlarini eb bitiradi. Bularga zararkunandaligi yuqori bo’lgan g’o’za (poliz) biti, olma biti, karam biti, dukkaklilar biti va boshqa turlar kiradi. Lichinkaning oziqlanishidagi o’ziga xos xususiyati – o’ljasini eyishdan oldin falaj qilishidir. Bunda oziqlanishdan oldin bitning tanasiga yuborilgan so’lak tarkibidagi zaharli moda o’ljani falaj holatiga tushiradi. Shuni qayd etish lozimki, gallitsa lichinkalari oziqlanish uchun zarur bo’lgan idan bir qancha ortiq o’ljani falajlashi tufayli bitlarga ko’plab qiron keltiradi. Bitta lichinka hayoti davomida o’rtacha 20-60 ta bitni eydi. Yirtqich gallitsa afidimiza O’zbekiston sharoitida 6-7 bo’g’imda rivojlanib, asosan sabzavot-poliz ekinlari, mevali Bog’lardagi bit to’dalarining sonini bir qadar kamaytirib turadi.

Download 9,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish