Oltinko’zni yarim avtomatlashtirilgan liniyada
ko’paytirish usuli
Oltinko’z zotlarini ko’plab va arzonlashtirib chiqarish uchun yarim avtomatlashtirilgan usul yaratilgan. Uning uchun quyidagi jihoz va biomaterial
kerak bo’ladi .
Oltinko’z lichinkalarini yakka holda boqish uchun maxsus o’yma inlarga ega yassi podnos (geksel). Buning har biri 1706 ta o’ymaga ega.
Gekselga oltinko’z va sitotroga tuxumlarining aralashmasini birtekis tarqatib beruvchi dozator.
Geksellarni to’plab oltinko’z qurtlarini boqish uchun – stelaj o’rnatma.
Geksellardagi oltinko’z pillasini yig’ib olish uchun kompressorlik maxsus qurilma.
Oltinko’zning hamda sitotroganing (oziqlanish uchun) tuxumlari.
1 2
3
24-rasm. Oltinko’zni yarim avtomatlashtirilgan usulda ko’paytirish uchun ishlatiladigan uskunalar: 1 – geksel, 2 – stelaj, 3 – separator.
Bu usulda Oltinko’zni ko’paytirish uchun ish boshlashdan oldin boshqa liniyada don kuyasining (sitotroganing) tuxumi etarli miqdorda tayyorlab qo’yiladi.
SHuningdek, oltinko’zning ham birlamchi tuxum zahirasi bo’lishi kerak.
Har 1 gekselni jihozlash (zapravka) uchun 25 gr sitotroganing tuxumi va 3500 ta (225 mg) oltinko’zning tuxumi kerak bo’ladi . Bular idishda yaxshilab aralashtirilgach, dozator bunker idishiga solinadi va uning yordamida geksel yacheykalariga taqsimlanadi. Maqsad gekselning har bir o’yma inida 1 dona oltinko’zning tuxumi va undan ochib chiqqan qurt 7-8 kun ichida oziqlanishi uchun etarli sitotroga tuxumi joylanishi kerak. Ammo, amalda biroz farqlanishi mumkin. SHuni nazarda tutib, gekselni to’ldirishda oltinko’z tuxumi 2 barovar ko’proq olinadi.
Geksellar stelajlarda mahsus xonalarda, havo harorati 25-26°S, namligi 5060% sharoitida saqlanadi. Birinchi hafta o’tishi bilan, gekseldagi qurtlar qo’shimcha, yana sitotroga tuxumlari bilan, dozator yordamida oziqlantiriladi.
Keyinchalik, 16-18-nchi kunlarga borib, dozator o’ymalarida pillaga o’ralgan G’umbaklar paydo bo’lgach , ularni mahsus pnevmatik yig’ish uskunasi yordamida yig’ib olinadi. Terib olingan pillalarni Petri likobchasi, yoki kichik bankalarga tarqatib solinadi. Keyinchalik ulardan uchib chiqqan etuk zotlarni ichiga mato bo’laklari solingan shisha bankalarga 80-100 tadan qilib joylashtiriladi. Har bir banka ichiga asal surtilgan mato bo’lagini tushirib qo’yish lozim. Undan tashqari, keyingi 2 narsaning biri bilan ham oziqlantirish zarur: mato bo’lagiga ezilgan 4-5 qurt gemolimfasi, yoki pivo achitqisining 40% lik avtolizatini bankalarning ichki devoriga surtib qo’yiladi.
Uch-to’rt kun o’tgach, oltinko’zning etuk zotlari yoppasiga tuxum qo’yishni boshlaydi. Matodagi tuxumlarni turli maqsadlarda ishlatish mumkin: dalaga tarqatish uchun – matolarni qaychi yordamida bo’lib, himoya qilinadigan o’simlikka qo’yib chiqish va 2 – takroriy liniyada ishlatish uchun, tuxumlarni kichik qaychi, yoki boshqa moslamalar yordamida kesib olib yig’iladi. Eng zaruri: har kungi tuxumni o’sha kuni yig’ib olinishi bir tekis biomaterial bo’lishini ta’minlaydi.
Etuk zot solingan bankalar tez-tez tozalanib ozuqasi yangilanib turiladi. Talablarga qarab, oltinko’z tuxumini vaqtincha uy so’vutkichlarida (5-6°S) saqlab tursa bo’ladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |