Oltinko’zni don kuyasida ko’paytirish
Oddiy Oltinko’zni bu usulda ko’paytirishda oltinko’z lichinkalari uchun ozuqa sifatida don kuyasining tuxumlaridan foydalaniladi. Buning uchun 3 litrli shisha balonlarga 100 grammdan olma qoqi va uning ustiga yangi qo’yilgan don kuyasi tuxumidan 1-2 gramm solinadi. So’ngra har bir shisha balonga oltinko’zning 3-4 kunlik tuxumlaridan 120 ta solinadi. Tuxumdan chiqqan oltinko’z lichinkalari don kuyasi tuxumlari bilan oziqlanadi. 3-4 kundan so’ng shisha balonlarga qo’shimcha 100 gramm olma qoqi va 1-2 gramm don kuyasi tuxumi solinadi. Oltinko’z lichinkalari shisha balon ichida g’umbakka aylanib, sharoitga qarab 16-20 kundan keyin etuk zotlari uchib chiqadi. Ulardan tuxum olish uchun 100 tadan alohida balonlarga solinib, oziqlantirib turiladi.
Oltinko’zni biolaboratoriyada ko’paytirishning yana bir samarali usuli Toshkent davlat agrar universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, bu texnologiya bugungi kunda ko’pgina biolaboratoriyalarda qo’llanilmoqda.
5-jadval
Sitotrogada ko’paytirilgan oltinko’zning biologik ko’rsatkichlari (M.I.Rashidov (2011) dalillari)
-
Tartib
№
|
Ko'rsatkichlarning nomlanishi
|
Biologik ko'rsatkichlar
|
1.
|
Uringan zotlar salmog„i, %
|
5
|
2.
|
G’umbak og’irligining
|
5
|
3.
|
Jinslar nisbati (erkak:urg’ochi)
|
1:1
|
4.
|
26°S harorat 75% namlikda etuk zotning hayotchanligi, kun
|
20
|
5.
|
Urg’ochilarni tuxum qo’yishi, dona
|
500
|
6.
|
Tuxum va g’umbaklarning yashovchanligi, %
|
94
|
7.
|
Oltinko’z (etuk zotlarining) o’lchamlari, mm
|
10
8
|
Bu texnologik jarayon quyidagilardan iboratdir: dastlab arpa qaynoq suvda (9095°S) 1-2 daqiqa zararsizlantirilib, bir sutka davomida dimlanadi, keyin uni maxsus patnis (kyuvet) larga 2-3 sm qalinlikda yoyib, namligi 16% ga tushguncha shamollatiladi. So’ngra uning ustiga termostatda (24°S harorat, 80% namlik) 3-4 kun saqlangan sitotroga tuxu-midan, 1 kg arpaga 1 g hisobida qog'ozchalarga (10 kg arpa sig'adigan patnisning 5 ta joyiga 2 grammdan) ko'yiladi. Qurtlar donga to’liq kirib ketguniga qadar arpaga tegilmaydi. Undan keyin, kapalaklar uchib chiqa boshlaguncha (taxminan 20-25 kun) arpa har kuni namlab turiladi. Arpaning namligi 16% dan oshib ketmasligi lozim. Xona harorati 24-25°S, namlik 75-80% bo’lishi kerak. Kapalaklar ucha boshlagach, 3 litrli bankaga 300 gramm arpadan solinadi, bankalardan 50-60% kapalaklar uchib chiqqunicha kutiladi, so’ngra ularning ustiga 300 donadan yangi qo’yilgan oltinko’z tuxumlari solinadi. Tuxumlardan chiqqan kushanda lichinkalari don kuyasining tuxumi, lichinkasi, hatto kapalaklari bilan ham oziqlanadi. 15-18 kun o’tgach lichinkalar oziqlanishdan to’xtab pilla o’raydi va g’umbakka o„ta boshlaydi. YAna 6-8 kun o’tgach, bankada oltinko’z etuk zotlari paydo bo’ladi . Ular darxol uchirib olinib, ichida tasma matolari bo’lgan , toza 3 litrli bankalarga 70-80 tadan solinadi.
Oltinko’z solingan bankalarga asal surtilgan mato osiladi va banka ichiga har biri 4-5 ta qurt ezilgan silliq qog„ozchalar tushiriladi. SHuningdek ozuqa sifatida pivo achitqisining 40% li avtolizati bankaning ichki devoriga surtiladi.
Oltinko’zning etuk zotlari oziqlangach, 3-4 kundan keyin yoppasiga tuxum qo’yishga kirishadi. Tuxum qo’yilgan matolar har kuni olinib, oltinko’zlar mato tasmalar solingan toza bankalarga ko’chirilib yuqorida aytilgan usulda oziqlantiriladi. Oltinko’z har kuni yangi bankalarga ko’chirib turilmasa kasallanadi. Oltinko’z tuxum qo’yishi bir oygacha davom etadi. Etuk zotlar to’liq uchib bo’lgach, arpalar yana yangilanadi. Agar kapalaklar ko’p bo’lsa, arpadan ikkinchi marta foydalansa ham bo’ladi . Olingan tuxumlardan dalaga chiqarish, yoki yana oltinko’z ko’paytirish uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |