1. Pilla o’rash, dasta tayyorlash va pillalarni terish. Pillalarni qabul qilish va ularga dastlabki ishlov berish



Download 44 Kb.
bet1/2
Sana01.04.2022
Hajmi44 Kb.
#523481
  1   2
Bog'liq
Havo quruqligidagi pillalarni saqlash


Havo quruqligidagi pillalarni saqlash
Reja:


1.Pilla o’rash, dasta tayyorlash va pillalarni terish.
2.Pillalarni qabul qilish va ularga dastlabki ishlov berish.
1. Pilla o’rash, dasta tayyorlash va pillalarni terish. Bargga to’ygan ipak qurtlar beshinchi yoshining 8-9 kunlariga kelib oziqlanishdan to’xtaydi va organizmlarini chiqindilardan tozalab, pilla o’rash uchun qulay joy izlay boshlaydi. Ipak qurtlari pilla o’raydigan joy «dasta» deb ataladi.
Pilla xosilining sifati to’g’ridan-to’g’ri ishlatiladigan das-taning xili, sifati va miqdoriga bog’liq. Dastalar serob va sifatli bo’lsa, etishtirilayotgai pillaning navi shuncha yuqori bo’ladi.
Ikki xil: tabiiy va sun’iy dasta bo’ladi. Mingbosh, chitir, oqbosh, sariq gulli o’t va boshqa o’tlardan eng yaxshi tabiiy dastalar tayyorlanadi. O’tlardan yasalgan dastalar sershox.mayda bargli bo’lishi kerak.
Ipak qurtlari to’rtinchi yoshga o’tishi bilan dastavval o’tlar o’rib keltirilib quritiladi va supurgi shaklida boglanadi. Dastalarni boylashda oralarining govak bo’lishiga e’tibor berish kerak. Shunday dastalardan bir quti qurtga 250-300 bog’ qo’yiladi.
Sun’iy dastalar har xil; donli ekinlar-sholi poyasidan, qog’oz, karton va sintetik materiallardan tayyorlanadi. Sun’iy dastalar ichida eng qulayi poxoldan tayoyrlangan dastalardir.
Dasta sifatida go’zapoya, terak, tollardan foydalanish mumkin emas. Dastlabki etilgan qurtlar paydo bo’lishi bilan (qurtlar g’anada bir necha pilla o’ray boshlaganda) sukchak yoki so’rining uch tomoniga dastalar bir qatordan qo’yilib, to’rtinchi tomoni etilmagan qurtlarga barg solish uchun ochiq qoldiriladi.
Etilgan qurtlar soni ko’paya boshlagach, sukchakning kundalangiga qo’shimcha dastalar qo’yiladi va dasta qatorlari orasi 80-100 sm dan bo’ladi. O’tlardan tayyorlangan dastalarning keng tomoni yuqoriga qaratib tik o’rnatiladi, bandi g’anaga biriktiriladi.
Dastalar qurtlar bilan to’lgandan keyin ilgari qo’yilgan dastalar qatori orasiga qo’shimcha dastalar qatori joylashtiriladi. Bunda sukchakdagi dasta qatorlari orasi 40-50 sm, qatordagi dastalar orasi 25-35sm ni tashkil etadi.
Qurt boqiladigan xonaning ozoda tutilishi - sog’lom qurt va pilla olish uchun eng -zarur va muhim shartdir. Gana almashtirilib dastalar qo’yilgandan keyin pol darxol supurilib olinadi.Gana almashtirmasdan ham pol sutkasiga 2-3 marta supurilishi, polda yoki so’rida o’lib yotgan qurtlar terib olinishi va kuydirilishi kerak.
Pilla o’rayotgan qurtlarni parvarish qilish va pilla terish. Qurtlarning hammasi bir vaqtda pilla o’rashga kirishmaydi.Beshinchi yoshining sakkizinchi kuni qurtlarning 30-35%, to’qqizinchi kuni 50-60%, o’ninchi kuni 15-10% pilla o’raydi. Qurtlar etilishiga qarab 1-2 kun mobaynida ba’zan 3-4 kunda pilla o’rashga kirishi ham mumkin.
Pilla o’rash vaqtida talab kilinadigan asosiy shartlar yuqorida aytib o’tganimizdek xonadagi xavoning haroratini 24 -25° C, namlikni 60 - 70% atrofida saqlash; xonani muntazam ravishda shamollatish, tarqoq, lekin xiraroq yorug’lik tushib turishini ta’minlash; xali pilla o’rashga kirishmagan qurtlar dastalarga chiqib olguncha ularni oziqlantirishni davom ettirishdan iborat.
Etilmagan qurtlari oziqlantirishda ularga serbarg to’g’ri novdalar kichik bo’lakchalar ko’rinishda kesib beriladi. Novdalar nuqsonli pilla o’rashga sababchi bo’lmasligi uchun bir-biriga nisbatan parallel joylanadi.
Har kuni o’ralgan pillalar dastasi bilan olib alohida xona yoki bo’sh so’rilarda saqlashga fraksion o’rash deb ataladi. Buning uchun qurt dastaga chiqqandan keyin ikkinchi kuni ertalab bu dastalar olinib, belgilangan joyga qo’yiladi. Qolgan qurtlar boqilib, yangi dasta qo’yiladi. Ertasiga bu dastalarni ham shunday olib alohida belgilangan joyga qo’yiladi. Shunday qilib, har kuni o’ralgan pillalar alohida-alohida ajratib qo’yiladi. Bunday pillalarning sifati yuqori, pilla ichidagi qurti g’umbakka tekis aylanadi. Yalpi pilla o’rash boshlangandan keyin etti kun o’tgach pillalar ichidagi qurtlarni g’umbakka aylanganligini tekshirish maqsadida sukchakning turli joylaridan 10-12 tadan pillani olib, kesib ko’riladi. Tekshirilgan pillalar ichidagi qurtlar g’umbakka aylangan bo’lsa pilla terishga kirishiladi.
Pilla terish vaqtida avvalo dastadagi nobud bo’lgan qurtlar va po’stidagi qora dog’lari ko’rilib turgan pillalar - qora pachoq pillalar olib tashlanadi. Dastavval sukchakning pastki qavatlaridagi, keyin o’rta va yuqori qavatlaridagi pillalar teriladi. Ular yopishgan xas-cho’pdan tozalab. Uch guruxga bulinadi: navdor, ya’ni benuqson pillalar, brak pillalar va qora pachoq pillalar.
2. Pillalarni qabul qilish va ularga dastlabki ishlov berish. Tirik pillalarni pillachilar, xo’jaliklardan tuman va tumanlararo pilla qabul qilish punktlariga yoki to’g’ridan-to’g’ri pillalarga dastlabki ishlov berish bazalariga topshiriladi.
Pilla .qabul qilish bazalarida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
1.Qurt boquvchilardan pillalarni qabul qilish.
2.Pillalarning vazni va sifatini aniqlash.
3.Pilla topshiruvchilar bilan topshirgan pillalari uchun haq to’lash xaqidagi xujjatlarini rasmiylashtirish.
4. Topshirilgan pillarning g’umbaklarni o’ldirish va quritish.
5. Sanoat korxonalariga topshirilgunga kadar -pillalarni saqlash.
6. Quruq pillalarni fabrika vakillariga topshirish.
Pilla tayyorlov punktlari va pillani dastlabki ishlash bazalarining atrofi o’ralgan bo’lishi, u erda zarur xonalar, asbob-uskunalar, shuningdek, yong’inni o’chirish asboblari, o’rindiklar bilan ta’minlangan bo’lishi, pillalar tashib keltiriladigan avtoulovlar turadigan maxsus maydonchalar bo’lishi zarur.
Qabul qilinayotgan pillaning navi laboratoriyada aniqlanadi.
Pillaga dastlabki ishlov berish bazalarida yoki ularni qabul qilish punktlarida tayyorlanadigan tut ipak qurtining oq pillali zot va duragaylardan iborat tirik pillalariga quyidagi standart joriy etilgan («O’zbekiston Respublikasi standarti. O’z RST 631 - 95»).
Ushbu standartga muvofiq tut ipak qurtining tirik pillalari qobigining sifatiga qarab 1, 2 navga, nostandart, navsiz va qora pachoq pillalarga ajratiladi.
Navli pilla aralashmasi qurtning zoti yoki duragaylari bo’yicha alohida-alohida saqlanishi kerak.
Tirik pillani saqlash muddati xo’jalikdan yoki pilla topshiruvchilar qabul qilingan vaqtdan boshlab to gumbagi o’ldirilgungacha ikki sutkadan oshmasligi kerak.
Qurtlar pilla o’rab bo’lgandan keyin 2 - 3 kunda g’umbakka, g’umbaklar esa 12 - 14 kundan keyin kapalakka aylanib, pillani teshib chiqadi.
Pilla yigirish fabrikalarini yil davomida xom-ashyo bilan ta’minlash maqsadida pillalarning ichidagi g’umbagi o’ldiriladi, keyin quritiladi.
Pilla ichidagi tirik g’umbakni turli yo’llar bilan o’ldirish mumkin. Jumladan, to’g’ridan-to’g’ri tushayotgan quyosh nuri, issiq xavo (kamida 60° C) issiq suv bug’ bilan, turli zaharlovchi moddalarning bug’lari bilan, radioaktiv nurlar, har xil kuchlanishdagi va har xil ko’rinishdagi elektr toki ta’sirida va boshqa kimyoviy hamda fizik ta’sir ko’rsatish yo’llari bilan amalga oshirish mumkin.
Ishlab chiqarishda pillalarning g’umbagi dastlabki ishlov berish punklarida faqat ikki usulda: pillasi issiq bug’da bug’lab, keyin xavoda quritish va pillaga issiiq xavo ta’sir ettirish yo’li bilan o’ldiriladi.
Pillalarning g’umbagi o’lgach, ular kameradan vagonetkasi bilan tashqariga chiqariladi. 10 - 15 minutdan keyin yashiklar vagonetkadan olinadi va 20 minut davomida sovutiladi. Кeyin quritish uchun usti yopiq, so’rilarga olib borib yoyiladi. U erda pillalar bir - ikki oy davomida ochiq xavoda quritiladi.

Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish