O’simliklarni himoya qilish kafedrasi o’simliklarni biologik himoya qilish



Download 9,16 Mb.
bet4/73
Sana26.03.2022
Hajmi9,16 Mb.
#511220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
Biologik Darslik UMK

Masalaning qo’yilishi: Mikrobiopreparatlarni, tinglovchilar amaliyotda ularni turlarini, xossalarini o’rganishadi va boshqa vositalar bilan solishtirishadi.
Ishni bajarish uchun namuna: Tinglovchilar kichik guruhlarga bo„linishadi va mavjud mikroorganizmlar kolleksiyasi, rasmli jadvallar, binokulyar, lupa va entomologik ignadan foydalangan holda o’qituvchi yordamida binokulyarda mikroorganizmlarni morfologik belgilarini aniqlashadi va o’zaro savol javob qilishadi.

1.1.Bakteriyali mikrobiopreparatlar


Hozirgi vaqtda sanoat asosida 30 ga yaqin bakterial preparatlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan, bunda batsillyus tyuringienzis guruhiga mansub kristall hosil qiluvchi, sporali bakteriyalarning turli xil variatsiyalari asos qilib olingan. Ularning boshlang’ich sof qismi mazkur bakteriyalarning spora-kristall kompleksidan, ba’zi hollarda esa issiqlikka chidamli, suvda eruvchan ekzotoksin (masalan bitoksibatsillin) dan iboratdir.
Zararli hasharotlar, begona o’tlar va kasalliklarni sonini biologik boshqarib turishda parazitlar, yirtqichlar va mikroorganizmlar katta ahamiyat kasb etadi1
Sporali va entomopatogen bakteriyalarning ekzo- va endotoksinlardan iborat kristalli qo’shilmalari bakterial preparatlarning asosiy ta’sir etuvchi moddasi hisoblanadi. Tarkibida sporalar va bakteriya kristallaridan tashqari toksin ham bo’ladi gan preparatlar tangachaqanotlilarning qurtlarigagina emas, balki ba’zi turlardagi qo’ng’iz lichinkalari, o’simlik bitlari va o’rgimchakkanalarga ham ta’sir qiladi.
Preparatlar quruq yoki ho’llanadigan kukun holida chiqariladi. Ular 1 g preparatdagi miqdori (har 1 grammda milliard spora bilan ifodalanadigan titr) jihatidan hamda biologik insektitsid aktivligi (har 1 grammda aktiv birlik - EA g bilan ifodalanishi) bilan ham farqlanadi.
Preparat ta’siri u bilan ishlangan ozuqani hasharot egandan keyin kuzatiladi, bunda barg shapalog’ining har ikki yuzasiga preparat suspenziyasi yaxshilab purkalishi kerak. Preparatlar asosan zararkunandaning kichik yoshdagi qurtlariga qarshi kurashda tavsiya etiladi. Hasharotlar o’la boshlashi uchinchibeshinchi sutkada kuzatilsa, sakkizinchi-o’ninchi sutkada eng yuqori samaraga erishish mumkin. Biopreparatlar zararkunandaning keyingi avlodiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi – hasharotlarning pushtdorligi pasayadi. Preparat bilan zararlanib, o’lmay qolgan zotlar morfologik jihatdan nuqsonli bo’ladi yoki qo’yilgan tuxumlardan qurtlar chiqmaydi.
YUqoridagilarga asoslanib, batsillyus tyuringienzis (Bt) asosida tayyorlanadigan preparatlar tarkibiga qarab uch guruhga ajratiladi. Birinchi guruhga eng ko’p bakterial preparatlar kiritilib, ularning dastlabki ta’sir qiluvchi moddalari spora va endotoksin kristalllaridan iborat; ikkinchi guruh preparatlarining spora va kristallardan tashqari termostabil β-ekzotoksini bor; uchinchi guruh preparatlar tarkibiga Bt bakteriyalari ishlab chiqaradigan va tozalangan toksinlar kiritiladi.
Entobakterin quruq kukun bo’lib, 1 g da 30 mlrd. hayotchan batsillyus tyuringienzis, V serotipining sporalari bo’ladi . Bu bakteriya – Bacillus thuringiensis subsp. galleriae – XX asrning 50-yillarida katta asalari parvonasi epizootiyasi davrida kasallangan hasharotdan ajratilgan va sobiq SSSRda shu bakteriya asosida ilk bor bakterial preparat yaratilgan. Barg kemiruvchi zararkunandalardan karam oq kapalagi, karam kuyasi va parvonalar qurtlariga qarshi, butguldosh sabzavot ekinlarida; o’tloq kapalagi qurtlariga qarshi lavlagi va bedada; mevali daraxtlarda barg kemiruvchi qurtlarga; uzum bargo„rovchisi qurtlariga va boshqa kapalaklar qurtlariga qarshi gektariga 1-7 kg gacha qo’llash tavsiya etilgan. Hozirgi davrda entobekterin suyuq va pastasimon shakllarda ishlab chiqariladi.

Download 9,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish