O‘n to‘rt nuqtali ekzoxomus – Exochomus quadripustulatus (Coleoptera turkumi, Coccinellidae oilasi), keng tarqalgan yirtqich xonqizi qo’ng’izi. Uning yillik rivojlanish sikli xilokoruslarga o’xshasada , oziqlanish ixtisosligi kengroqdir. Yirtqich qalqondorlar, soxta qalqondorlar, unsimon qurtlar va boshqalar bilan oziqlanishi mumkin.
Qisqa hoshiyali afitis – Aphitis praclia (Hymenoptera turkumi, Aphelinidae oilasi) – qalqondorlarning tashqi paraziti. Parazit lichinkalari o’lgan qalqondorlar qalqoni ostida qishlaydi. Voyaga etgan parazitlar may oyida – kaliforniya qalqondori paydo bo’lgan davrda – uchib chiqadi. Urg’ochi parazit tuxumini qalqondor tanasiga botirib qo’yadi. Lichinka Xo’jayin tanasini shikastlangan eridan kemirib teshik ochib, so’rib oziqlanadi. Bir avlod rivojlanishi uchun 30-40 kun kerak bo’ladi .
Foydali prospaltella – Prospaltella perniciosi (Hymenoptera turkumi, Aphelinidae oilasi) – kaliforniya qalqondorining ichki paraziti3. 1947 yili AQSH dan va 1957 yili Koreya yarim oroli va Xitoydan olib kelinib, Qora dengiz sohillarida, Krasnodar o„lkasida iqlimlashtirilgan. Uzoq SHarqda uning mahalliy populyasiyasi uchraydi. Prospaltellaning tuxumlari kaliforniya qalqondori lichinkalarida qishlaydi. Bahorda tuxumlardan chiqqan Tuxumxo’r lichinkalari qalqondorning yog„ tanachalari va ichki organlari bilan oziqlanib, g’umbakka aylanadi. Ichida parazit bo’lgan qalqondorning tanasi shishadi, pushti-qo’ng’ir rangga kiradi va qotadi. Voyaga etgan parazit zararkunanda po’sti va qalqonini kemirib, ovalsimon darcha ochib, tashqariga uchib chiqadi. Urg’ochi qalqondorning «daydi» lichinkalaridan boshqa barcha rivojlanish stadiyalari tanasiga parazit 30-50 donaga qadar partenogenetik tuxum qo’yadi. Parazit bir avlodining to’liq rivojlanishi uchun optimal sharoitda 36-40 kun kerak bo’ladi . Parazitning qishlovchi populyasiyalari 220S sovuqqa ham chidaydi. Issiq va quruq harorat uning samaradorligini keskin pasaytiradi. Prospaltellani ko’paytirish usuli ishlab chiqilgan (Belyavskaya 1967), bunda dastlab kaliforniya qalqondori ko’paytiriladi. Qalqondor ayniqsa qovoqning stolovaya, zimnyaya A-5 navlarida yaxshi ko’payadi. Qalqondorni ko’paytirish uchun bir varaq qog’ozga 200 ming dona, bir qovoq mevasi hisobidan, «daydi» lichinkalari yig’iladi va mevalari yaxshi pishgan qovoqqa qo’yib yuboriladi. Keyin qovoq ikki–uch kunga qorong’i sadokka joylashtiriladi va «daydi» lichinkalar qovoq mevasiga o’rnashib olishi va oq qalqon bilan qoplanishi bilan ularni 20-250S harorat va 60-70% havo nisbiy namligi bo’lgan yorug„ sadoklarga ko’chiriladi. 28-30 kundan so’ng yangi avloddan «daydi» lichinkalar tug„ilishi boshlanadi. Mabodo oshqovoqqa zararkunanda yaxshi tarqalgan bo’lsa, unda “daydi”chalar ikkinchi yoshga o’tishi bilan qovoq mevalari 3-5 donadan yirik sadoklarga joylanadi va har bir mevaga 50-100 dona prospaltella chiqariladi. 18-20 kun o’tgach parazit tarqatilgan qovoqlar yana qorong’i sadoklarga ko’chiriladi va tezda sadok devorlariga o’rnatilgan probirkalarda to’plangan yirik prospaltella yig’ib olinadi. Prospaltellani laboratoriyada ko’paytirish jarayoni qalqondorni yangidan ko’paytirishdan boshlanadi yoki olingan biologik mahsulot biotsenozni boyitish uchun tarqatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |