2.Soxta qalqondorlarning entomofaglari.
Ko’pchilik soxta qalqondorlar hammaxo’r bo’lib, olma va boshqa mevali daraxtlarda keng tarqalgan. Bunday turlardan akatsiya, turon yoki sharsimon, shaftoli, Osiyo, olxo’ri , burushgan soxta qalqondorlarni ko’rsatish kifoya. Soxta qalqondorlarda tabiiy kushandalik qiladigan 30 turdan ortiq yirtqich va parazitlar mavjud. Eslatib o’tganimizdek, muhim, samarali, yirtqich xonqizi qo’ng’izlaridan xilokoruslar (ikkinuqtali, buyraksimon) va to’rtdog’li ekzoxomusni ko’rsatish mumkin.
X.X.Xolmurodov (1998) ma‟lumotiga ko’ra, soxta qalqondorlarda parazitlik qiluvchi entomofaglardan Scutellista cyanea, Encarsia lutia, Metaficus sp., Anisis sp., Microterus sylvius, Cheiloneurus cloviger, Coccophagus lycimnia, Pachineuron salitorum larni ko’rsatish mumkin. Xurmo va olxo’ri Bog’larida ustama parazitlardan Chleiloneurus cloviger ko’p miqdorda qayd qilingan bo’lsa, birlamchi parazitlardan xurmo Bog’ida Microterus sylvius, olxo’ri Bog’ida esa Coccophagus lycimnia larning populyasiyalari qalinligi juda yuqori bo’lgan .
Chleiloneurus cloviger akatsiya soxta qalqondorining miqdorini kamaytirib turishda muhim ahamiyat kasb etadi. Respublika janubiy mintaqasida bu parazit zararkunanda miqdorini 18,9-31,1% ga kamaytirishi aniqlangan.
Oddiy kokkofagus – Coccophagus lycimnia (Hymenoptera turkumi,
Aphelinidae oilasi) – keng tarqalgan parazit. Urg’ochisi akatsiya, Osiyo, olxo’ri va boshqa soxta qalqondorlarning birlamchi paraziti, erkaklari esa ikkilamchi parazit sifatida o’z turi lichinka va g’umbaklarida ham rivojlanadi. Parazitning ikkinchi yoshdagi lichinkalari soxta qalqondorlarning ikkinchi yoshdagi lichinkalari ichida qishlab chiqadi. Aprel o’rtalarida parazit g’umbakka aylanadi va Xo’jayin tanasi mumiyolanadi. Mumiyoning rangi qora, yaltiroq, oqish aylanmali.
Kokkofagus arrenotokiya tipida ko’payadi. Urg’ochi urug’langan tuxumlarini Xo’jayinning tana bo’shlig’iga qo’yib, undan chiqqan lichinkalar Xo’jayin tanasi ichida birlamchi parazit sifatida rivojlanib, terisi orqali nafas oladi.
Parazitning urug’lanmagan tuxumlaridan erkak hasharotlar rivojlanadi. Urg’ochilar tuxumlarini soxta qalqondorlar tanasidagi birlamchi parazitning katta yoshdagi lichinkalari yoki G’umbaklari ustiga, jumladan, o’z turiga ham qo’yadi. Ochib chiqqan lichinkalar tashqi parazit sifatida rivojlanib, birlamchi parazit hisobiga oziqlanadi va uning ochiq nafas olish sistemasi bo’ladi .
Urg’ochilari kunduzi faol bo’ladi . Ular uchun eng qulay harorat 23-270S, bu sharoitda 30-35 kun yashab, 50-60 donaga qadar tuxum qo’yadi.
MDHning Evropa qismida pardasimonqanotlilar turkumi (Hymenoptera), ensirtidlar (Encyrtidae) oilasining bir qancha turlari, jumladan ixtisoslashgan parazit vengr blastotriksi – Blastotrix hungarica, erdesh blastotriksi – Blastotrix confusa, olxo’ri soxta qalqondorining ixtisoslashgan paraziti bronza tusli dickodes – Discodes coccophagus va boshqalar qayd qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |