Oshirish instituti



Download 0,76 Mb.
bet3/8
Sana07.10.2019
Hajmi0,76 Mb.
#23148
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Oshirish instituti


«Chillak» o’yini.

Maqsad: Bolalarni jismonan chiniqtirish, cho’plarni uzoqroq otishga o’rgatish, ularni ko’z qiri bilan qancha chamalashga (masofa necha qadam chiqishini) va ularni ravon sanashga o’rgatish hamda nafas rostlab yugurishni rivojlantirish.

Kerakli jihozlar: Bolalarga bu o’yinni o’ynash uchun 2 dona g’isht va tol daraxtidan qilingan 2 dona cho’p kerak bo’ladi.

O’yinning borishi: Birinchi bolalar qura tashlab, kim birinchi boshlashini kelishib oladilar. Keyin 2 dona g’ishtning orasini 20 santimetr uzoqlikda qo’yib o’yin boshlanadi. Birinchi bola 1 ta cho’pni g’isht ustiga qo’yib, ikkinchi cho’p bilan pastdagi cho’pni ozgina yuqori ko’tarib uzoqqa otadi. Cho’p tushgan joy chizib belgilanadi. O’yin boshlagan bola g’ishtdan cho’p tushgan joygacha necha tayyoq chiqishini chamalab aytishi lozim. Agar cho’p tushgan joy bola aytganidek 20 yoki 30 ta tayok chiqsa, bola shuncha ochko to’plagan bo’ladi. Agar tayoq tushgan joy 20 yoki 30 ta chiqmasa, bola yutqazadi va o’yinni keyingi bolaga beradi. Bu o’yinni uch kishi yoki to’rt kishi o’ynashi mumkin. Eng kam ochko to’plagan bola, masalan, 200, 300 yoki 1000, ochko to’plagan bo’lsa, shuncha joyni belgilab, chillak g’ishti turgan joydan 1000 cho’p chiqadigan joygacha «zuv» so’zini bir nafasda to’xtamasdan aytib borishi kerak va cho’pni o’sha joyga qo’yishi kerak.

«Kesak qo’ydi» o’yini

Maqsad: Bolalarning xotira, eslab qolish kabi xislatlarini shakllantirishga qaratilgan.

Kerakli jihozlar: Turli qirqma hajmdagi o’yinchoqlar, o’yinchi ko’zini bog’lash uchun ro’mol.

O’yinning borishi: O’yinda barcha bolalar qatnashishlari mumkin. O’rtada yerga bir qancha predmetlar qo’yilgan bo’lib, bolalar diqqat bilan predmetlarni ko’rib oladilar va 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 ketdi deb sanaydilar. «Ketdi» so’zi kimga taqalsa, shu qatnashuvchi ko’zini yumib turadi. Onaboshi o’rtadagi biror predmetdan yonidagi bolalar etagigami, stul orqasigami yashirib qo’yadi. Ko’zi yumilgan bola ana shu yashiringan predmetning nomini qaysi bolada ekanligini topishi kerak. Topa olmasa, o’ynovchilarning talablariga binoan she’r, topishmoq aytib beradi. O’yin yana boshqa o’ynovchining ko’zini yumishi bilan boshlanadi. O’yin shu tariqa davom etadi.

«Qirq tosh» o’yini.

Maqsad: bolalarda masofani mo’ljal olishni o’rgatish, diqqatni taqsimlashga o’rgatish.

Kerakli jihozlar:sport maydonchasi, koptoklar, toshchalar.

O’yinning borishi: O’yinni maysazorda, sport zalida maydonchalarda o’tkazish mumkin. Start chizig’idan boshlab har qaysi bola uchun bir xil oraliqda doiralar belgilanadi. Har bir bola tosh yoki bittadan latta koptokchani qo’lida o’ynab tayyorlanib turadi. Tarbiyachining buyrug’i bo’yicha har qaysi bola belgilangan doirada yugurib borib toshni yoki koptokni qo’yib, o’z joyiga qaytib keladi. Oxirgi o’yinchi toshni qo’yib qaytgandan keyin bolalar tartib bilan yugurib borib, o’z toshlarini qaytarib olib ketadi. Qaysi guruh birinchi bo’lib o’z toshlarini terib olib kelsa, o’sha guruh g’olib hisoblanadi.

«Qarmoqcha» o’yini.

Maqsad: Bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish,

diqqatni jamlab o’ynashga o’rgatish.



Kerakli jihozlar: O’yin uchun 3-4ta arqon kerak bo’ladi. Arqonning bir tomonida qum yoki kepak solingan xaltacha bog’lab qo’yiladi.

O’yinning borishi: Hamma bolalar doira hosil qilib turadilar, boshlovchi doira o’rtasida turib arqonchani o’z atrofida aylantira boshlaydi. Arqonni aylantirganda xaltacha baland ko’tarilmasligi lozim. O’yinchining oyoqlariga xaltacha tegib ketmasligi uchun sakrab turadi. Arqon uchida bog’langan xaltacha o’yinchining oyoq uchi tegsa u qarmoqqa ilingan hisoblanadi. U doira o’rtasiga chiqadi va arqonni boshlovchi sifatida aylantiradi. O’yin oddiy qiziqarli bo’lganligi uchun bolalar o’z mahoratlarini namoyish qila oladilar. O’rtadagi o’yinchilar bu o’yinda uzoq turib qolmasligi uchun o’yinchini tezroq qarmoqqa ilintirib olishga harakat qilinadi. Arqonni aylantirish tezlatiladi yoki pasaytiriladi, bu o’yin 5-6 yoshli bolalar uchun mo’ljallangan.

Mavzu yuzasidan savollar


1. Harakat yo’nalishlardan “orqada, oldinda” kabi so’zlarning ma’nosini necha yoshda tushunadilar?

2. Suvning necha darajali issiqligida suv quyib chiniqtirish boshlanadi?

3. “Standart” so’zining ma’nosi nima?

4. Bolalalarning asosiy faoliyat turini aniqlang.

5. Bolalar tarbiyasiga ta’sir etadigan o’yinning qanday omillari mavjud?

6. Umumrivojlantiruvchi mashqlarni sanab o’ting.
FOYDALANILGAN MANBALAR

  1. K.D.Yarashev “ Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish” Toshkent Sino- 2002 yil




  1. “ Maktabgacha ta’lim muasasalarida ta’lim – tarbiya jarayonini rejalashtirish” mmxqtmoro’mm Toshkent – 2011




  1. “Jismoniy tarbiya metodikasi” N.N.Jamilova.Toshkent- 2003yil




  1. “ Maktabgacha tarbiya pedagogikasi” P.G.Samarukova Toshkent-1991 yil




  1. “Interfaol o’qitish metodikasi” mmxqtmoro’mm.Toshkent-2009 yil.


3.3.2 Mavzu: Sog’lomlashtirish va chiniqtirish ishlari

(2 soat nazariy )

Reja:

1.Jismoniy mashqlar bilan birga amalga oshiriladigan chiniqtirish tadbirlari



  1. Quyosh, suv va havo vannalarining chiniqtirishdagi o’rni

  2. Suzish va unga o’rgatish tartibi




Mavzu:

Sog’lomlashtirish va chiniqtirish ishlari


Maqsad, vazifalar:

Jismoniy mashqlar bilan birga amalga oshiriladigan chiniqtirish tadbirlari. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarni chiniqtirish maqsadida havo vannalari, suv muolajalari (artinish, suv quyish, dush, cho’milish) va quyosh vannalaridan fondalaniladi. U yoki bu muolajaning har biri alohida holda bola organizmining yetarlicha chiniqishini ta’minlay olmaydi (masalan bolalarning har kungi artinishlari va ayni paytda ularning ochiq havoda ko’p bo’lmasliklari).


O‘quv jarayon mazmuni:

1. Jismoniy tarbiya haqida tushuncha

2.Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlanishi

3.Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlanishini amalga oshirishning o‘ziga xosligi

4.MTMda bolalarning jismoniy rivojlanishi va o’z-o’ziga xizmat, gigiyena yo’nalishi.




O‘quv jarayondan kutiladigan natija:

Tabiiy omillardan kompleks foydalanish bolalarda tashqi
muhitning turli noxush ta’siriga (nam havo, yomg’ir, shamol, qizish) nisbatan chidamlilik hosil qiladi. Chiniqtirish tadbirlari jismoniy mashqlar bilan birgalikda olib borilganda juda samarali bo’ladi: aktiv muskul ishi issiqlik regulyatsiyasining takomillashuv jarayoniga va bu bilan organizmning tashqi muhitga moslashuviga yordam beradi. Chiniqish jarayonida organizmning jiddiy qayta qurilishi yuz beradi va agar bola aktiv bo’lsa, u tabiiy va oson kechadi. Bola uchun qiziqarli jismoniy mashqlar va o’yinlar bilan birgalikda amalga oshiriladigan chiniqtirish tadbirlari emotsional ko’tarinkilik uyg’otadi, oliy nerv markazlari funktsiyasini oshiradi, ichki organlar ishini va modda almashishini boshqaruvchi vegetativ nerv tizimga yaxshi ta’sir ko’rsatadi.

O‘quv jarayon turi:

Amaliy mashg‘ulot

O‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi:

Shakl: guruhlarda ishlash

Metod: guruhlarda ishlash metodi

Vosita: dars ishlanmasi namunalari, ko‘rgazma, tarkatma.

Usul:og‘zaki, yozma, ko‘rgazmali, taqdimot.

Nazorat: Savollar va javoblar.

Baholash: individual baholash, o‘z o‘zini baholash, guruh ishini baholash.

O‘quv jarayon bosqichlari va taqsimoti:

I. Tashkiliy qism – 5 minut.

II. Kichik ma’ruza metodidan foydalanish – 30 minut.

III. “Jismoniy tarbiya ” mashg‘uloti dars ishlanmasini o‘rganish va tahlil qilish - 40 minut.

Guruhlar taqdimoti – 30 daqiqa

IV. Gigiyena yo’nalishi “Klaster va Venn diagramma” - 30 daqiqa

V-bosqich: mashg‘ulotni mustahkamlash -20 minut.

IV. Darsga yakun yasash – 5 minut.


Kutiladigan natijalar:

O‘qituvchi

Tinglovchi

Yangi nazariy bilimlar beradi.

Dars jarayonini maqsadli va oqilona boshqaradi.

Tinlovchilarga dars maqsadi, o‘qitishning kutilayotgan natijalari, darsni rejalashtirishda tizimli yondashuv, o‘qitishning kutilayotgan natijalari tavsifi haqida tushuntiradi..

Tingnlovchilarni kichik guruhlarga bo‘ladi va topshiriq bilan tinishtiradi.

Qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumot to‘plashga yo‘naltiradi.

Tinglovchilarga samarali maqsad mezonlari asosida tuzilgan maqsadlarni tahlil qilishni kichik guruhlarda ishlash metodi orqali bajarishadi.

Bolalar jismoniy tarbiyaning asosiy mazmunini muntazam ravishda bajarishlari uchun turli usuldagi mashqlar mavjudligi tushuntiriladi.


Yangi nazariy bilimlar olishadi.

Axborot izlash, to‘plash va foydalanish ko‘nikmalari shakllanadi.

Tinglovchilar dars maqsadi, o‘qitishning kutilayotgan natijalari, darsni rejalashtirishda tizimli yondashuv, o‘qitishning kutilayotgan natijalari tavsifi haqida bilib oladilar.

Mustahkamlaydi va o‘z-o‘zini baholaydi hamda o‘zgalar faoliyatini tahlil qiladi.

Yakka tartibda va kichik guruhda ishlash ko‘nikmasi hosil bo‘ladi.

Olingan bilimlarni tizimli bayon etadi.

Ular asosiy harakatlar (yurish, yugurish, sakrash, irg‘itish, ilib olish, emaklash, sirpanish); oyoq va tana uchun umumrivojlantiruvchi mashqlar (turli buyumlar yordamida va ularsiz) raqs mashqlari, saflanish va qayta saflanish, harakatli o‘yinlar, turli sport o‘yinlarining muhim xususiyatlarini egallash, sport mashqlari, rolikli konkida sayr qilish, velosipedda yurish, suzish va boshqalardan tashkil etishi haqida tushunchalar oladi.


Kelgusi rejalar(tahlil, o‘zgarishlar):

O‘quv jarayonini tahlil qiladi;

Mavzu bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘ladi;

Pedagogik mahoratini oshirib boradi.


O‘quv jarayoni yuzasidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajaradilar.

Harakatli o‘yin usullaridan o‘rganib kelish;

O‘quv jarayoni yuzasidan qo‘shimcha takliflar bildiradi


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish