O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ahmadjon o‘lmasov iqòisodiyot asoslari qayta ishlangan nashri



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/121
Sana21.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#832757
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   121
Bog'liq
105iqtisodiyot

Ishlab chiqarish riski. 
Bunda firma o‘zi ko‘zlagan miqdordagi
va turdagi mahsulotlarni ishlab chiqara olmaydi.
2. 
Òijorat riski.
Bunda firma o‘z tovarlarini mo‘ljallangan hajmda
va narxda sota olmay qoladi.
3. 
Moliyaviy risk.
Bunda firma kutilgan foydaga erisha olmaydi
yoki zarar ko‘radi, aksiyasini yaxshi pullay olmaydi, soliq ortib ketadi,
davlatdan kutgan moliyaviy yordami kamayadi yoki umuman tegmaydi.
Bizneschilar riskka turlicha qaraydi. Ulardan birlari riskka borishga
tayyor turishadi, xatar borligini bilaturib tavakkaliga ish boshlaydi.
Boshqalari riskka befarq qaraydilar. Yana boshqalari umuman riskni
xush ko‘rmay, uni chetlab o‘tishga intiladilar.
Risk katta bo‘lganda unga borish katta foyda keltirishi mumkin,
lekin xatar ham ko‘p bo‘ladi. Riskka borilmaganda kam foyda bilan
qanoatlanishga to‘g‘ri keladi, lekin xotirjamlik bo‘ladi. Odatda yirik
va baquvvat firmalar riskka ko‘proq boradilar, kichik va zaif firmalar
xonavayron bo‘lmaslik uchun risk qilmaslikka moyil bo‘ladilar. Ammo
hech kim riskdan kafolatlanmaydi, lekin uning oldini olish yoki
kamaytirish mumkin.
3.7. Biznesning axloqiy qoidalari
Biznes ko‘pchilik bilan bo‘ladigan ish, shu sabab bizneschida vijdon,
imon, or-nomus kabi xislatlar bo‘lishi talab qilinadi, chunki biznesda
oldi-berdi doimo bo‘ladi, ya’ni bir tovar olinib, boshqasi sotiladi, qarz
olinadi, qarz beriladi, doimo o‘rtada pul yuradi. Rasmiy va norasmiy
qoidalarga itoat qilish talab qilingandagina biznes madaniy faoliyat bo‘lishi
mumkin, aks holda u bir-birini aldash va qalloblikka aylanadi. Biznesning
rasmiy qoidalari — bu qonun hujjatlarida va davlat yo‘riqlarida belgilangan
biznes yuritish tartibi. Norasmiy qoidalar – qonun yo‘li bilan belgilanmagan,
lekin azaldan odat tarzida saqlanib kelgan qoidalar. Bular jumlasiga lafz
va halollik qoidasini kiritish mumkin. Lafz degan narsa — bu so‘zining
ustidan chiqish, va’daga vafo qilish, boshqalar oldidagi o‘z majburiyatlarini
kanda qilmay bajarish demakdir. Lafzga amal qilinmasa bizneschining
puturi ketadi, u biznes olamida obro‘sizlanadi. Lafz — bu majburiyatlarni
shunchaki ado etish emas, uni halollik bilan vaqtida ado etishdir.
Biznesning axloqiy qoidasi faqat pulni qanday topishga emas,
balki uni qanday sarflashga ham taalluqlidir.
Madaniy biznes dabdabani va o‘z boyligini ko‘z-ko‘z qilishni
inkor etadi, uni el-yurt va Vatan ravnaqi yo‘lida sarflash zarurligini
bildiradi. Biznes ishi boylikni iste’mol yo‘lida sovurishni ham inkor
etadi. Bizneschi, shubhasiz, topganiga yarasha yaxshi yashashi lozim,
lekin bu isrofgarchilik va nonko‘rlik qilish degani emas. Har qanday


3 4
ko‘p pulning ham o‘z hisob-kitobi bor, shuning uchun xalqimizda
«Pulning o‘zini topishdan ko‘ra uning hisob-kitobini topish qiyin»
degan naql bor. Madaniyatli bizneschining yurish-turishida kamtarlik
aks etadi, u o‘z shaxsiy iste’moli bilan boshqalardan ajralishga intil-
maydi, aysh-ishratga berilmaydi.

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish