O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ahmadjon o‘lmasov iqòisodiyot asoslari qayta ishlangan nashri


Mehnatkash bo‘lish, doimo izlanishda bo‘lib, novatsiya



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/121
Sana21.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#832757
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   121
Bog'liq
105iqtisodiyot

4. Mehnatkash bo‘lish, doimo izlanishda bo‘lib, novatsiya
(yangilik)ga intilish.
Busiz tadbirkorlik iqtisodni rivojlantiruvchi kuch
bo‘la olmaydi. Òadbirkorlikni tinib-tinchimas chumolilar va asalarilar
ishiga qiyoslash mumkin.
5. Halol biznes qilish.
Òadbirkorlik qonun-qoidalar asosida,
madaniy usullarda olib boriladi, bu yerda g‘irromlikka yo‘l beril-
maydi. Bizneschilar obro‘-e’tiborli, ya’ni imijiga ega bo‘lishlari va
buni e’zozlab, o‘z sha’niga dog‘ tushirmasliklari talab qilinadi.
6. Òadbirkorlik sirining (kommersiya siri deb ham yuritiladi)
saqlanishi. 
Biznes ishining o‘z nozik tomonlari borki, ular raqobatda
qo‘l keladi va raqiblardan sir saqlanishi kerak.
Shu qoidalarga rioya etgan holda biznes qiluvchi kishilar tadbir-
korlar toifasini tashkil etadi.
3.4. Firmalar
Òadbirkorlik aksariyat hollarda firmalar doirasida boradi. 
Firma
inglizcha
(firm) so‘z bo‘lib, 
kommersiya korxonasi
degan ma’noni bildiradi. Firma
sanoat, transport, savdo-sotiq yoki qurilish sohasidagi korxona. Qishloq
xo‘jaligidagi korxona esa fermer xo‘jaligi va agrofirma deb yuritiladi.


3 0
Firma ishlab chiqaruvchilar jamoasi bo‘lib, bu yerda firma egalari,
firmaning menejerlari (boshqaruvchilari) va yollanib ishlovchilar
birlashadi. Ularni birlashtiruvchi kuch — bu firma jamoasining foyda
topishdan iborat guruhiy manfaatining umumiyligidir.
Mulkiy jihatdan firmalar 4 xil bo‘ladi: 
xususiy, davlat, jamoa
va
aralash
(xorijiylar ishtirokidagi) firmalar.
Korxonadagi mol-mulk firma egasiga qarashli bo‘ladi, lekin firma
sohibi yakka bir kishi bo‘lishi shart emas, u bir necha sohiblarning
sherikchiligidagi mulki bo‘lishi ham mumkin. Menejerlar mulkdor
nomidan firmani boshqarish bilan shug‘ullanadilar. Yollanib ishlov-
chilar — bular ishchi va xizmatchilar bo‘lib, ular o‘z mehnati bilan
mahsulot yaratadilar yoki xizmat ko‘rsatadilar.
Firmaning 3 ta asosiy belgisi mavjud:
1. Firma mehnat taqsimotida o‘z o‘rniga ega, ya’ni muayyan
vazifalarni bajaradi. U ixtisoslashgan, hamma ish bilan emas, balki
o‘ziga birkitilgan, ayrim ish bilan shug‘ullanadi. Firma bir yoki bir
necha turdagi mahsulot chiqaradi, muayyan turda xizmat ko‘rsatadi,
bozorning ma’lum qismida o‘rin egallaydi. Hozirgi kunda 25—30
mln xil mahsulot va xizmatlar bo‘lib, bularni, shubhasiz, millionlardan
iborat firmalar yaratadi.
2. Firmalar ishlab chiqarishning dastlabki bo‘g‘ini, xuddi shu
yerda talab-ehtiyojni qondiruvchi mahsulotlar chiqariladi, tovar ishlab
chiqaruvchi o‘zi uchun emas, bozorda sotish uchun mahsulot va
xizmatlarni yaratadi.
3. Firma iqtisodiy mustaqil bo‘ladi, ya’ni nimani, qancha va qanday
ishlab chiqarishni, uni kimga va qanchadan sotishni, daromadni qanday
ishlatishni o‘zi hal qiladi. Òashqaridan turib hech kim unga tazyiq
o‘tkaza olmaydi, u faqat bozor talabiga binoan ishlaydi.

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish