kirgan havoni chang va har
xil zarrachalardan tozalaydi
va bo'shliqni namlaydi.
Ko'z yoshi yo'li (kana
li)
tepa va pastki qovoqda
bittadan bo'lib, ko'z yoshi
kurtagidan boshlanadi.
Bu kanallar ko'z yoshini
xaltachaga uzatib beradi.
Ko'z yoshi xaltasi ko'z ko
sasi ichki devorining pastki
burchagidagi chuqurchada
joylashgan. Uning ustki qis
miga k o'z yoshi yo'llari
ochilsa, pastki qismi torayib,
bevosita ko'z
yoshi-burun
yo'liga o'tib ketadi.
Ko'z yoshi-burun yo'li
shu noml i suyak kanali
ichida joylashib, burun bo'shlig'iga (pastki chig'anoq ostiga) ochiladi.
Ko'zga chang zarrachalari tushganda yoki odam haddan tashqari
hayajonlanganda ko'z yoshi bezining faoliyati kuchayib, suyuqlik ko'p
ajraladi. Bunday holatda ko'z yoshi yo'liga sig'maydi, ortiqchasi esa
pastki
qovoq qirrasidan chiqib, yuz uzra pastga qarab oqa boshlaydi.
Ko'z fiziologiyasi.
Ko'z o'rtacha 400—700 mkm uzunlikdagi yorug'lik
to'lqinini normal qabul qiladi. Ammo ultrabinafsha (qisqa to'lqinli), inf-
raqizil (o'ta uzun to'lqinli) nurlarni ko'z seza olmaydi. Yorug'lik to'lqini
to'r pardaga borgandan so'ng tasvir paydo bo'ladi. Yorug'lik avvalo
shox pardaning oldingi kamerasidan ko'z qorachig'i orqali ko'z gavhariga
boradi. Undan shishasimon tana orqali o'tadi. Ko'zga tushgan nurlar
shox parda va shishasimon tanada reduksiyalanib (sinib), hajmi kichik-
lashib, so'ngra to'r pardaga boradi. To'r pardada nurlar bir nuqtaga
yig'iladi (fokuslanadi). Shundan keyingina ko'zga tushgan
narsalar teskari
(oyog'i osmondan bo'lib) aniq va ravshan ko'rinadi. T o'r pardada paydo
bo'lgan tasvir teskari bo'lishidan qat’i nazar (boshqa sezish a’zolarining
ta’siri orqali), odam tasvirlarni to'g'ri ko'radi. Ko'z ikki nuqtani aniq va
alohida ko'rsa, ko'rish o'tkirligi deb ataladi (211-rasm).
Ko'zning normal ko'rishini tasvirlarni bir minut davomida aniq va
ravshan ko'rish bilan ifodalanadi. Agar ko'rish muddati bir minutdan
kam bo'lsa, unda ko'z xiralanib, tasvirlar aniq ko'rinmaydi (209, 210-
rasmlar).
Odam uzoqdan qaraganda ko'zga tushgan nurlar to'r
pardaning kolba-
chalarini qatorasiga birdan ko'rsatsa, unda ko'zga tushgan tasvirlaming
har birini aniq ko'ra olmaydi. Ak
sincha, tasvirlar yaqindan ko'zga
tushsa, to'r pardadagi kolbachalar
oralanib tasvirlanishi natijasida
odam har bir tasvirni aniq (ayrim
nuqtalarini ham) ko'rish qobiliya
tiga ega bo'ladi.
Odamning ko'rish o'tkirligi to'r
pardaning sariq dog' markazida
joylashgan kolbachalar yig'indisiga
bog'liq bo'lib, nuqtadan uzoqlash-
gan sari
kolbachalar tayoqchalar
bilan aralashib joylashadi. Natija
da ko'rish o'tkirligi nutqadan (mar
kazdan) periferiyaga qarab kamay
ib boradi, ya’ni tasvirlarni asta-
sekin noaniq ko'ra boshlaydi.
Ko'rish o'tkirligi maxsus jad-
vallar orqali aniqlanadi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: