o'rta qavatlari hajmli (ganglioz) nerv hujayralaridan tuzilgan.
Ana shu
hujayralardan chiqqan nerv tolalari (aksonlar) yig'ilib, ko'rish nervini
vujudga keltiradi. Ko'rish nervi to'r pardaning orqa tomonidan tashqari
ga chiqib ketadi. Ko'rish nervining chiqib ketayotgan teshigi bir oz
chuqurroq bo'lib, unga ko'rish nervi so'rg'ichi deyiladi. Buning tashqi
tomonida ko'zning eng o'tkir ko'rish nuqtasi — sariq dog' ko'rinadi.
Sariq dog' diskasi (2 mm) faqat kolbachalardan tuzilgan bo'lib,
bu yerdan
uzoqlashgan sari kolbachalar kamayib, o'rnini tayoqchalar qoplaydi. To'r
parda ko'rish qismining old tomonida faqat tayoqchalar bo'ladi. To'r
pardada hammasi bo'lib 110— 115 mln tayoqchalar, 6— 8 mln kolbacha
lar uchraydi. Ko'z soqqasining to'r parda qismi oraliq miyadan rivojlangan.
Ko‘zning nur sindiruvchi apparati
Ko'zning nur sindiruvchi
apparati shox parda, ko'z gavhari va shisha-
simon tanadan tuzilgan.
Ko'z gavhari ikki tomonlama qavariq linzaga o'xshab tuzilgan. Gavhar
tiniq va bo'yiga cho'zilgan hujayralardan iborat bo'lib, uning markazida
o'zak qismi mavjud. Gavhami ust tomonidan o'rab
turgan tiniq parda
gardishiga to'r pardaning kipriksimon tanasi soqqasidan boshlangan bi
riktiruvchi boylamlar kelib yopishadi. Bu boylamlar ko'z gavharini ushlab
turadi. Bundan tashqari, gavharning orqa tomonida joylashgan shishasimon
tananing old tomonidagi chuqurcha gavharga mos bo'lib,
unga tegib
turadi. Gavhami ushlab turgan biriktiruvchi boylamlar ikki qavat
joylashgan
bo'lib, ular orasida suyuqlik oqib yuradigan bo'shliq (Petit kanali) bor.
Ko'z gavhari ko'zning uzoq yoki yaqinga qarashiga qarab o'zgarib
turadi. Uzoqqa qaraganda gavhar atrofi yopishgan boylamlar gavhami
chetga tortib yalpaytiradi. Yaqinga qaralganda esa kipriksimon muskullar
qisqarib, kipriksimon boylam bo'shashadi, natijada gavhar yumaloqlashadi,
akkomodatsiya deb shunga aytiladi.
Oldingi kamera shox parda (old tomondan) bilan rangdor parda (orqa
tomondan) oralig'ida joylashgan. Oldingi kamerada tiniq suyuqlik bo'lib,
rangdor parda chetida joylashgan boylamlar orasidagi
yoriqlar orqali shox
parda chetida doira bo'lib o'rnashgan Shlemm kanaliga quyiladi.
Orqa kamera rangdor parda bilan ko'z gavhari va kipriksimon tana
orasida joylashgan. Orqa kamera oldingi kameraga ko'z qorachig'i orqali
qo'shiladi. Ko'zning oldingi va orqadagi kameralarida suvsimon tiniq
suyuqlik oqib yuradi.
Shishasimon tana ko'z gavhari bilan to 'r parda oralig'ida joylashgan
tiniq — yumshoq modda bo'lib, yupqa parda bilan o'ralgan. Shishasi
mon tana bilan gavharda qon tomir va nervlar uchramaydi.
Ko'z soqqasining shox pardasi markazida (o'rtasida) ko'zning oldingi
qutbi bo'ladi. Ko'zning orqa qutbi esa shox pardaning orqa qismida
(ko'rish nervining chiqish joyidan chetroqda) joylashgan. Oldingi qutb
bilan orqa qutb oralig'i 2 mm bo'lib, ko'z soqqasining o'qi deyiladi.
Ko'z soqqasining aylana o'lchovi uning ekvatori hisoblanadi. Ko'z
soqqasining oldingi qutbi bilan orqa qutbi oralig'idagi masofa ko'z
meri-
diani nomi bilan ataladi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: